323. Yazid Forsiy roziyallohu anhu mushaf yozar edilar. Bir kecha tushlarida Rasululloh sallolloxu alayhi vasallamni ko‘rdilar. Ibn Abbos roziyollohu anhumo u zamonda tirik edilar. Tushlarini u zotga bayon qildilar. Ibn Abbos dedilar: Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam degandilarki, shayton o‘zini menga o‘xshatib ko‘rila olmas. Kimki meni tushida ko‘rsa, u haqiqatda meni ko‘ribdi. Keyin ibn Abbos Yazid Forsiyga dedilar: Sen o‘sha tushda ko‘rgan odamingning shakllarini bayon qila olasanmi? Yazid Forsiy dedi: Ha. Bayon qila olaman: u zot qomatda ham jismda ham mo‘‘tadil bir zot edilar. (Ya’ni, na uzun va na qisqa, na semiz va na oriq, o‘rta bir holda edilar). Muborak ranglari oqqa moyil, bug‘doyrang edi. Ko‘zlari surma qo‘yilgan, og‘izlari kulib turgan, yuzlarining mudavvirligi yarashgan, soqollari qalin, yuzlarini ixota etgan va siynalarini yopgan edi.
Ibn Abbos roziyallohu anhumo dedilar: Agar sen u Janobni uyg‘oqligingda ko‘rgan bo‘lsang ham, bundan ziyoda ravshan, ta’rif qila olmas eding. (Ya’ni, tamomi o‘z shakllarini mukammal bayon etding). Albatta, Janobning o‘zlarini ko‘ribsan.