Umumiy bo'lim > Rasululloh SAV va sahobalar

Rasululloh SAV aytgan hikoyatlar

(1/4) > >>

AbdulAziz:
    Assalamu alaykum wa rahmatulloh.

    Ushbu mavzuda hadisi shariflarda Rasululloh SAV tillaridan rivoyat qilingan hikoyatlar berib boriladi.

    Hikoyatlarni berishda sahih manbalardan foydalanilsa, va manbani aniq ko'rsatilsa, yaxshi bo'lardi.


* * *

Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
«Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Uch kishi yo‘lda ketayotgan erdi, birdan yomg‘ir yog‘ib qolib, tog‘dagi bir g‘orga kirib berkinishdi. Shu payt, tog‘dan bir katta tosh (qoya) dumalab tushib, g‘orning og‘zini tusib qo‘ydi. Shunda ular bir-birlariga: «Olloh yo‘lida biror xayrli ish qilgan bo‘lsangizlar, o‘shani o‘rtaga qo‘yib parvardigorga iltijo qilingizlar, zora u g‘orning og‘zini ochsa!» — deyishdi. Ulardan biri: «Yo Olloh, mening keksayib qolgan ota-onam bor erdilar. O’zim ersam qo‘ychivonlik qilardim. Har kuni yaylovdan qaytgach, quylarni sog‘ib, sutini avval ota-onamga, so‘ng bolalarim va ahli ayolimga berardim. Bir kuni yaylovda kech qolib ketdim, kelsam, ular uxlab qolishibdi. Odatdagidek, quylarni sog‘ib, sutini ota-onamning huzurlariga olib bordim-u, ularni uyg‘otishga botinolmay turib qoldim. Bolalarim ersa (sut so‘rab) oyoqlarim ostida talpinib yig‘lashardi. Shu ahvolda tong ottirdik. Yo Olloh, agar bilsang, bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim. Bizga g‘orning og‘zini bir oz ochgil, toki biz osmonni ko‘raylik!» — deb iltijo qildi. Shunda Olloh taolo g‘orning og‘zini bir oz ochdi. Keyin, ularning ikkinchisi: «Yo Olloh, agar bilsang, men amakimning qizlaridan birini erkaklar ayollarni yaxshi kurgandek qattiq sevardim. U (ya’ni, amakimning qizi menga): «Yuz dinor bermaguningcha maqsadga erisholmaysan», — dedi. Men yuz dinor topib uning oldiga bordim-da, o‘zimni oyoqlari orasiga olib erdim: «Ollohdan qyorqgil, muhrni halollab ochgil!» — dedi. Shunda men darhol o‘rnimdan turib, undan nari ketdim. Yo Olloh, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim. Bizga g‘orning og‘zini (kattaroq) ochgil!» — dedi. Olloh taolo g‘or og‘zining uchdan ikki qismini ochdi. So‘ng, ulardan uchinchisi: «Yo Olloh, agar bilsang, men bir kishini bir faraq (3 so’) makkajo‘xoriga yollab erdim. Ish tugagach, haqini berdim, ammo u olmay ketib qoldi. Keyin, men o‘sha (bir faraq) makkajo‘xorini ekib, dehqonchilik qildim, hosilini sotib, puliga bir sigir va molga qarab turish uchun bir xizmatkor (qul) sotib oldim. Bir kuni o‘sha yollangan odam kelib, haqini mendan talab qildi. Men: «Bor, anavi sigir va uning boquvchisi senga!» — dedim. U menga: «Meni masxara qilayotirsanmi?» — dedi. Men: «Yo‘q, masxara qilmayotirman, o‘sha sigir va uning boquvchisi senga, ularni olib ketaver!» — dedim. Yo Olloh, agar bilsang, men bu ishni seni yuz-xotir qilib qilgan erdim. G’orning og‘zini butunlay ochgil!» — deb iltijo qildi. Shunda Olloh taolo g‘orniig ogzini butunlay ochdi».

(Buxoriy rivoyati, "Al-jome' as-sahih", Savdo-sotiq kitobi, 93-bob)

AbdulAziz:
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
«Nabiy sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Ibrohim alayhissalom Bibi Sora birlan birga hijrat qilib, podshohi zolim bir yurtga keldilar. Shunda unga: «Ibrohim dunyoda tenggi yo‘q bir go‘zal ayol birlan birga shahringizga kirib keldi» — deb xabar qilishdi. Podshoh Ibrohim alayhissalomga odam yubordi. Ular Ibrohim alayhissalomdan: «Bu ayol kim?» — deb so‘rashdi. Ibrohim alayhissalom: «Bu mening (dindosh) singlim» — deb javob berdilar-da, Bibi Soraning huzurlariga kirib: «Msn sizni ularga (dindosh) singlim, dsb tanitdim. So‘zimni yolg‘onga chiqarmang. Biz hozir turgan yerda bizdan bo‘lak mo‘min yo‘q», — dedilar. So‘ng, Bibi Sorani podshohning huzuriga olib ketishdi. Bibi Sora saroyga borgach, tahorat olib, namoz o‘qidilar-da, Ollohga iltijo qilib: «Yo Olloh, senga va sening elchingga iymon keltirganman. Farjimni jufti halolimdan bo‘lak erkaklardan saqlaganman, kofirni menga ega qilmagil!» - dedilar. Podshoh Bibi Soraga endi yaqinlashmoqchi ham bo‘lgan erdiki, qandaydir kuch tomog‘idan bo‘g‘ib, nafas oldirmay qo‘ydi. Shunda Bibi Sora: «Yo Olloh, agar u o‘lib qolsa, Sora o‘ldirdi, deb o‘ylashur», — dedilar. Shul bois podshoh qo‘yib yuborildi. Ammo, u hushiga kelib, yana Bibi Soraga yaqinlashmoqchi bo‘ldi. Bibi Sora yana Olloh taologa iltijo qilib: «Yo Olloh, men senga va sening elchingga iymon keltirganman. Farjimni jufti halolimdan bo‘lak erkaklardan saqlaganman, kofirni menga ega qilmagil!» — dedilar. G’oibiy kuch uni yana bo‘g‘ib, nafas oldirmay qo‘ydi. Shunda Sora: «Agar u o‘lib qolsa, mendan ko‘rishur», — dedilar. U yana qo‘yib yuborildi. Uchinchi bor shu holat takrorlangandan ksyin, podshoh xodimlariga: «Xudo haqi, sizlar menga shaytonni olib kelibsizlar, buni Ibrohim alayhissalomga qaytaringlar, unga Hojarni ham berib yuboringlar!» — dedi. Bibi Sora Ibrohim alayhissalomning huzurlariga qaytib kelib: «Ko‘rdingizmi?! Olloh kofirni o‘z uyasida daf qilib, msnga Hojarni xizmatkor qilib bsrdi» — dedilar».

(Buxoriy rivoyati, "Al-jome' as-sahih", Savdo-sotiq kitobi, 95-bob)

shoir:
BU BOBDA RASULULLOH SOLLALLOHU ALAYHI VASALLAMNING KECHQURUNDA QILGAN HIKOYALARI HAQIDA BAYON QILINADI

192. Oisha roziyallohu anho dedilar: Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘z uylarida xotinlariga bir qissa bayon qildilar. Ayollaridan birlari dedilar: bu qissa xayratda va taajjubda tamom Xurofaning voqealariga o‘xshar ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Bilasizlarmi, Xurofa nima? Xurofa Bani Uzra jamoasidan bo‘lgan bir kishi edi. Johiliyat zamonasida uni jinlar asir qilib olib ketgan edilar. U jinlar bilan bir necha muddat birga turdi, keyin ular o‘zlari uni olib kelib, qo‘yib ketdilar. Keyin u kishi jinlar orasida ko‘rgan qiziq voqealarni so‘zlab berar edi. Keyin odamlar uning so‘zini eshitganlarida, bu so‘z «Xurofa so‘zi» der edilar. Shundan keyin, arablar orasida har bir qiziq so‘zni Xurofa so‘zi deyiladigan bo‘ldi.

UMMU ZAR’ HIKOYASI

193. Oisha roziyallohu anho dedilar: Kunlarning birida o‘n bir nafar xotin bir yerga jam bo‘ldilar va hammalari o‘z erlarining ahvolini to‘laligicha bayon qilishni va hech bir so‘zni yashirmaslikka ahd qildilar. Bu xotinlar hammalari Yaman xotinlari yo Hijoz xotinlari edilar. Nomlari aniq ma’lum emasdir.

Birinchilari dedi: Mening erim ishdan chiqqan, oriq tuyaning go‘shtidir. Yana o‘zi chiqishi qiyin bir tog‘ning ustidadir. Tog‘ yo‘li oson emaski, unga chiqilsa. Go‘sht ham semiz mol go‘shti emasdirki, uni ixtiyor qilinsa, va olib tushilsa, ya’ni, butun foydasiz bekor bir narsadur.

Ikkinchilari dedi: Men erim rozilarini bayon qilmasman. Qo‘rqurmanki, agar uning ayblarini berkitmay so‘zlab qolsam, "zohiriy" va "botiniy" ayblarining hech birini qo‘ymay so‘zlab tashlarman, ya’ni mening erimda bor ayblarni sanab bo‘lmas, qaysi birini ham so‘zlab o‘tiray.

Uchinchilari dedi: Mening erim badxulq, bedavo uzundki, undan shikoyat qilsam, yo o‘ziga bir so‘z qilib qolsam, taloq qilinurman. Agar so‘z qilmay ketaversam, butun umrim muallaqa holda keturman, ya’ni, erliklar qatorlarida ham emasman, bevalar qatorida ham emasman.

To‘rtinchilari dedi: Mening erim Tahoma iqlimining kechquruniga o‘xshaydi. Na issiq va na sovuq. Na undan qurqilur va na undin zerikilur. Ya’ni, nihoyatda mijozi mo‘‘tadildir. Issiqda salqindir va sovuqda issiqdir. Afv marhamati ko‘pdir. Hech bir holda odamga malol kelmas.

I z o h. Tahoma deb, Makkai mukarramani va atroflarini aytiladi.

Beshinchilari dedi: Mening erim uyga kirsa, qoplon bo‘lib kirur, uydan chiqsa sher bo‘lib chiqur. Uydagi o‘ziga ma’lum narsalar xasida taftish qilib o‘tirmas, ya’ni ko‘chadan kelsa, qoplon kabi o‘z ahlini sog‘inib keladi va ko‘chaga chiqsa yo‘lbarsdek olijanob yuradi. O’zi u qadar himmatlik, karim insondirki, bo‘lar-bo‘lmas narsalar ustida oilasi bilan janjal qilib, pastlik qilib o‘tirmaydi.

Oltinchilari dedi: Mening erim taom yesa, dasturxonda bor narsani hammasin yeb tugatadi va suv ichsa, idish ostida qolgan suvni ham ichib xalos qilur, va yotsa, o‘zi tanho bir ko‘rpaga o‘ralib yotadi. Yonida yotgan odamni qo‘yniga qo‘lini uzatib ham ko‘rmaski, dardini bilsin, yo sog‘, yo bemor ekanligini faxmlasin, ya’ni, taomga to‘ymas va suvga qonmas va hamxonasi holini sezmas, bir bemuruvvat insondir.

Yettinchilari dedi: Mening erim o‘zi nomard, so‘zdan ojiz. Hamisha bemor bir insonki, dunyoda bor bemorlikdan namuna unda bor. U qadar beaxloqki, suz qilsang, boshingni yoradi, yo badaningni zaxm qiladi, yo xoxlasa har ikkisini birga qilur.

Sakkizinchilari dedi: Mening erim badani quyon kabi muloyim va isi za’faron kabi hammani xushbo‘y qilib turadi, ya’ni uning vujudi nihoyatda mahbubdir. Nozik badan va xushbo‘yligidan jismoniy va ruxoniy lazzat har ikkisi unda mavjuddir.

To‘qqizinchilari dedi: Mening erim, uyi baland, mexmoni ko‘p, qomati raso va davlat xonasi jamoat xonaga yaqin bir zotdir, ya’ni sharaflik, saholatlik va shijoatlik bir dodxodirki, hamma insonga maxbub va marji’dir.

O’ninchilari dedi: Mening erim, molikdir. Bilasizlarmi, molik kim? Ta’rif qilingan zotlarning hammalaridan ziyoda, yaxshidir. Chunki har-har yerga cho‘kib yotadigan tuyalari ko‘pdir. Tuyalari o‘tlagani kam borishadi. Qachon surnayning ovozini eshitsalar bilurlarki, ularni so‘yilur, ya’ni molik davlatmand va karamlik bir insondir. Hamisha mollarini o‘z oldida boqadi, yaylovga kam yuboradi. Mollari ham uning mijozini yaxshi biladilar. Qachon surnay chalinsa, bilurlarki, shu soatda mehmon taomi uchun zabx etilurlar.

O’n birinchilari dedi: Mening erim Abu Zar’dur. Bilasizlarmi, Abu Zar’ kim? U shunday mexribon erki, ikki kulog‘imni qimmati yuqori taqinchoqlardan ham qilgandir, va ikki bilagimni ko‘p yedirib, charvidan to‘ldirgandir. Meni shunday xush va xurram saqlaganki, undan men kibr va g‘ururga berilib, o‘zimni unuta boshladim. Bu er meni olganda, men bir nechta echki bilan kun o‘tkazadigan nihoyatda bir g‘arib xonadonda edim Meni shunday bir davlatmand xonadonga olib keldiki, ularda otlar, tuyalar, qo‘sh ho‘kizlar va dehqonlar bor edi. Otlari kishnar, tuyalari bo‘kirar, ho‘kiz, sigirlari xirmon xaydar, xodimlari donlarni somonlardan alohida qilib tozalar edilar. Men bo‘lsam u er qoshida erka edim, har qanday so‘z aytsam ham, so‘zing yomon demas edi. Yotsam tong otguncha yotar edim, hech kim meni uyg‘ota olmas edi. Yemak va ichmakda shunday mo‘l-ko‘lchilik ediki, men yeb-ichib turib ketardim, taom va sharob shunday qolar edi. Bu sifat erimning sifati edi.

Uning bir onasi ham bor edi. Bilasizlarmi, u qanday xotun edi. U nihoyatda olijanob xotin ediki, idishlari hammasi katta-katta va narsalari to‘la-to‘la turar edi. Uyi nihoyatda keng va unda hamisha mehmonlar bo‘lar edi. Abu Zar’ning o‘g‘li ham bor edi. Bilasizlarmi, o‘g‘li kim? Shunday yigitki, badani nozik va ozg‘in, yonboshi go‘yo po‘stlog‘i archilgan xurmo novdasiga yoki g‘ilofidan chiqarilgan qilichga o‘xshar va yosh echkining qo‘li uni to‘yg‘izadi (ya’ni, nihoyatda betakalluf, bahodirmijoz yigitdir).

Abu Zar’ning qizi ham bor. U qizni nima desam bo‘ladi. Otasiga itoatli va onasiga farmonbardor, sixat va jamoli, aqlu-kamoli shunday ediki, xotinlik kishiga tushib qolsa, kundoshi kuyib o‘tadi. Abu Zar’ning cho‘risi ham bor. Uni qanday ta’rif qilay? U cho‘ri dindorligidan uydagi so‘zlarni boshqa yerlarga tarqatmaydi va aminligidan uyidagi taomni ham beijozat harj qilmaydi, va tozaligidan uyni nihoyatda sof va pokiza saqlaydi. Axlatxona qilib qo‘ymaydi. Ummu Zar’ dedi: bizning Abu Zar’ bilan muhabbatimiz va o‘rtadagi aloqamiz men yuqorida aytgandek edi. Ittifoqo, bir kun Abu Zar’ ko‘chaga chiqdi. Bahor fasli edi. Sut, yog‘ meshkachalarda olinib turgan vaqt edi. Ketib turib, oldida ikki o‘g‘li ham bor bir xotinni ko‘rib koldi. Qoplondek irg‘ishib, onalarining beli atrofida ikki anor bilan uynashib turibdilar. Bu holni ko‘rgach, meni taloq qilib o‘z nikohiga o‘sha xotinni oldi. Uni devona qilgan xotinning xusnlik sho‘x o‘g‘illarini ko‘rib, shoyad menga ham shunday o‘g‘illarni tug‘ib bersa, deb umid qilgan edi. Men ham keyin bir olijanob, saxiy erga tegdimki, uning uchqur zotdor bir oti bor edi. Uni minar edi. Xat degan bir maqomda ishlangan nayza taqardi. O’sha er meni olgach, kech kirmay turib, kelib mollarini haydatib, mening xuzurimga keltirdi, va har qaytgan namunadan bir juftdan menga berib, dedi: Ey, Ummu Zar’, ol, yegin va axllaringga ham bergin. Lekin men bu ikkinchi erning menga bergan narsalarin hammasini to‘plasam, qimmati va bahosi Abu Zar’ning menga bergan bir kichkina idishining qimmatiga ham barobar kelmaydi.

Oisha roziyallohu anho dedilar: Bu xikoyani tamom eshitib bo‘lgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga dedilar: Ey, Oisha, men ham senga Abu Zar’ Ummu Zar’ga mehribon bo‘lgan kabi mexribondirman. Lekin biz ajralmasmiz.

I z o h. Bu hadis muborakdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning axloqi jamilalarining va xonadon hayotlarining naqadar ulug‘ligi ma’lum bo‘ladi. Sollallohu alayhi vasallam. 

Shamoili Muhammadiydan

AbdulAziz:
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday dedilar: «Banu Isroilga mansub bir yahudiy ikkinchi bir yahudiydan qarz so‘radi. Shunda qarz berguvchi: «Menga ishonchli guvohlar keltir!» — dedi. Qarz olguvchi: «Ollohning guvohligi kifoya» — deb aytdi. Qarz berguvchi: «Unday bo‘lsa, menga kafil keltir!» — dedi. Qarz olguvchi: «Ollohning kafilligi kifoya», — dedi. Qarz berguvchi: «Rost gapni aytding», — dedi-da, unga muayyan muddatga qarz berdi. Keyin, qarz olgan odam kemaga ultirib ravona bo‘ldi-da, mo‘ljallagan ishlarini ado etgach, qarz bergan odamga olgan qarzini vaqtida olib borib berish uchun kema axtara boshladi, ammo birorta ham kema topa olmadi. Noiloj, u bir yog‘ochni oldi-da, ichini uyib, kavagiga ming dinor va qarz bergan kishiga yozgan xatini tiqib qo‘ydi. So‘ng, kavak og‘zini berkitib, yog‘ochni dengiz sohiliga olib keldi-da: «Yo parvardigoro, mening bir odamdan ming dinor qarz olganimni va u guvoh keltirmog‘imni talab qilganda «Ollohning guvohligi kifoya» deganimni, so‘ng u sening guvohligingta rozi bo‘lib, kafil keltirmog‘imni talab qilganda «Ollohning kafilligi kifoya» deganimni va u sening kafilligingga rozi bo‘lganini bilursan. Keyin, men uning haqini vaqtida olib borib berish uchun kema topishga ko‘p harakat qildim, ammo topolmadim. Endi, bu omonatni senga ishonib topshirurman» — deb yog‘ochni dengizga tashladi, yog‘och dengizda ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
So‘ng, u o‘z yurtiga boradirgan kema axtara boshladi. Unga qarz bergan boyagi kishi xususiga kelsak, u: «Shoyad qarz olgan kishi biror kemada pulimni olib kelib qolgan bo‘lsa, borib qaray-chi!» — dedi-da, uyidan chiqib sohilga bordi. Shunda uning ko‘zi suvda qalqib turgan bir yog‘ochga tushib, «O’tinga yarab qolar» degan o‘y birlan uni uyiga olib ketdi.
Uyiga borgach, yog‘ochni arralab erdi, ichidan pul va bir xat chiqdi. Shu asnoda qarz olgan kishi yetib kelib, ung‘a ming dinor uzatdi-da: «Olloh taolo haqi, qarzimni vaqtida olib kelib berish uchun tinmay kema axtardim, ammo hozir men kelgan kemadan ilgariroq yo‘lga chiqadirgan kema topolmadim» — deb uzr aytdi. Qarz bergan kishi unga: «Menga biror narsa jo‘natib erdingmi?» — dedi. Qarz olgan kishi: «Senga hozir aytdim-ku, axir, bundan ilgariroq yetib kelish uchun kema topolmadim, deb!» — dedi. Shunda qarz bergan kishi unga: «Darhaqiqat, Olloh taolo yog‘och ichida yuborgan narsangni sening nomingdan menga yetkazdi», — dedi. So‘ng qarz olgan kishi o‘zi birlan olib kelgan ming dinorni qaytarib olib ketdi».

(Buxoriy rivoyati, "Al-Jom'e as-Sahih"dan)

AbdulAziz:
Абу Ҳурайра разисллоҳу анҳу ривост қиладилар:
«А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: «Бир одам йслда кетаётиб чанқаб қолди-да, бир қудуқни учратиб, унинг ичига тушиб сув ичди. Сснг, қудуқдан чиқиб, бир итнинг ташналикдан ҳарсиллаб тупроқ намини слаётганини ксрди. Шунда у сзига-сзи: «Бу ит ҳам мен каби чанқаб қолибди» — деб қудуққа қайта тушди ва маҳсисини сувга тслдирди-да, қудуқдан чиқиб итга ичирди. Оллоҳ таоло бул амали солиҳи учун унинг гуноҳларини кечирди», — дедилар. Шунда саҳобалар: «А А асулаллоҳ, ҳайвонларга сув ичирсак ҳам, бизга савоб тегурми?» — дейишди. Жаноб А асулуллоҳ: «(Биз суғорадирган) ҳар бир жонзотда биз учун савоб (ажр) мавжуддур», — дедилар».

Саҳиҳул-Бухорий, Сув хусусида ҳикматлар китоби, 10-боб

Navigation

[0] Message Index

[#] Next page

Go to full version