"Arab tili" mavzusi bo'yicha fikr-mulohazalar  ( 39280 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 B


Musannif Adham  06 Iyul 2008, 06:52:32


Assalomu Alaykum.

Hurmatli forumdoshlar bu yerda Darsxona bo'limi tarkibidagi "Arab tili" mavzusi bo'yicha o'z fikrlaringizni bildirib o'tsangiz.

Jumladan,

1. Ushbu mavzuning faoliyatiga ehtiyoj bor-yo'qligi.......

2. Undagi xato-kamchiliklar va nuqsonlar, ularni hal qilish uchun maslahatlar....

3. Mavzuni yanada rivojlantirish uchun takliflar ......

...... Va hokazo.....

Bu mavzuda har kim o'z fikrini erkin bildirishi uchun ma'lum bir qolipga asoslangan so'rovnoma tashkil qilmadim. Fikr-mulohazalaringizni kutib qolaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Iyul 2008, 09:42:19

Va alaykum assalom!
Alloh rozi bo'lsin! Judayam go'zal mavzu bo'lgan. Juda ko'p tolibi ilmlar uchun foydsali bo'lyapti.

1. Ushbu mavzuning rivojlanishi, davom etishiga ehtiyoj bor. Buni statistikadan ham ko'rishingiz mumkin. Hozirgacha bu mavzuni 1200 marta ko'rishgan.

2. Menimcha mavzuni alohida "Arab tilidan darslik" deb ajratish kerak. Yangi mavzuda faqat darslik matnlari ketadi. Eski mavzuda esa muxlislarning savollariga javoblar va hokazolar qolaveradi. Buning texnik jihatini men hal qilib beraman.

3. Menimcha osonroq, qisqa matnlardan ko'proq berib borilsa va biroz, grammatikadan ham ta'lim berilsa...

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Iyul 2008, 01:59:32

Bildirgan fikrlaringiz uchun rahmat.



2. Menimcha mavzuni alohida "Arab tilidan darslik" deb ajratish kerak. Yangi mavzuda faqat darslik matnlari ketadi. Eski mavzuda esa muxlislarning savollariga javoblar va hokazolar qolaveradi. Buning texnik jihatini men hal qilib beraman.

3. Menimcha osonroq, qisqa matnlardan ko'proq berib borilsa va biroz, grammatikadan ham ta'lim berilsa...

AbdulAziz aka, agar bu mavzu alohida qilib ajratilsa, yanada yaxshi bo'lardi.

Takliflaringizni inobatga olishga harakat qilaman.

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Iyul 2008, 02:33:13

va alaykum assalom

2. Buni kamchilik desa bo'ladimi bilmadim, lekin yozilayotgan arab so'zlarini transkripsiyasi bilan berilsa, o'qilishida xatolik bo'masmidi.

3. Oldindan uzur noo'rin taklif bo'lsa. Shu darslarni ma'lum bobmi yoki qismlarga bo'lib olib borilsa. Har bir bob tugatilgandan keyin ozgina tekshiruv savollarimi, yoki test sifatidagi o'zimizni imtihon qiladigan savol javob bo'lsa.


Bu yerda har bir dars bo'limlarga bo'lingan. Ya'ni, 1-dars, 2-dars, ....... tarzida tartiblangan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Iyul 2008, 08:30:30

Adham, mavzuni alohida "Arab tili darslari" deb nomlab qo'ydim:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2645.0

Qayd etilgan


Musannif Adham  07 Iyul 2008, 16:54:54

Rahmat. Alloh ishlaringizga rivoj bersin.

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Iyul 2008, 02:05:22

"Arab tili grammatikasi" alohida mavzu qilib ochildi:

http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2659.0

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Iyul 2008, 02:08:04

Agar kimda Arab tili grammatikasi, yoki "Arab tili darslari" mavzusida kiritilayotgan darslar tarjimasi bo'yicha savollar bo'lsa, shu yerda yoki "Arab tili" mavzusi bo'yicha fikr-mulohazalar sahifasida (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2642.msg131873#msg131873)qoldirishi mumkin. Savollarga imkon boricha javob berishga harakat qilaman.

Qayd etilgan


Mahdiyah  13 Iyul 2008, 15:24:36

Assalamu alaykum.

Internetga kirib har doim imkon qadar o'zim uchun bir narsa o'rgansam diyman.
Lekin ko'pincha vaqt bekorchi narsalarga ketib qoladi.
Inshaolloh man ham arab tilini shu mavzu orqali ozgina bo'lsa ham o'rganmoqchiman yordamingizni ayamaysiz degan umiddaman

Qayd etilgan


Mohlaroyim  13 Iyul 2008, 16:54:34

Assalaamu alaikum
Bu bo'limni kiritib juda yaxshi qilibsiz, biz ham o'rganmoqchimiz, yordamiz uchun rahmat

Qayd etilgan