Qiladigan ishlaringiz uchun Alloh sizdan rozi bo'lsin. Bilasizmi nima, man anchadan beri arab tilini o'rganmoqchi bo'lib yuribman. Alhamdulillah, tajvidni bilaman, qur'onni o'qiy olaman, lekin tarjimasini bilmasa qiyin ekanda. Shuning uchun arab tilini o'rganishga qasd qildim, ammo mani sabrim kamroq hamma narsani tez qilishni xohlayman. Shuning uchun manga arab tili darslari video kurslari kerak edi. O'zim internetdan qidirib ko'rdim, topolmadim, topganlarim ham boshlang'ich yani harflardan boshlangan ekan. Agar manga arab tili video kurslarini topishga yordan bersangiz juda yaxshi bo'lar edi.