sevolmasam she`riy to'plami  ( 46533 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 B


Sitora Sayfullayeva  12 Sentyabr 2011, 18:15:57

Qavs bog’lariga tun tushayotir

Yurakni bir sog’inch o’rtadi yomon.
 Hech kimga bildirrmay,
 uning yoniga
 Borgim kelayapti,
 Xudojon!
 "œTush" deysan,
 "œTush" emas,
 Tushgin, deyaqol.
 Jannat ko’klaridan tushib kelayin.
 Umrining har daqiqasiga
 Ishqimni, ko’nglimni qo’shib kelayin.

 Yoki olib ketay Arshi a’lomga,
 Yo qolayin uning qoshida omon.
 Qayda qilsang, qilgin,
 ne qilsang qilgin,
 Xudojon!

 Men uning hammadan yashirgan siri,
 Jon ichida joni bo’lgim kelyapti.
 Lablarining qaynoq haroratidan
 O’lgim,
 o’lgim,
 o’lgim kelyapti!..

 Dunyo o’z karvonin tortib ketayotir,
 men unin qoshiga yetaman qachon?
 Menga farishtalik taxtini emas,
 Bir Ayol baxtini bergin, Xudojon!

 Bilmaysan,
 Men uning qonida oqdim,
 Yillarning eng Nurli xayoli bo’lib
 Izn ber.
 qolayin shu lahza haqqi,
 Uning, faqat uning haloli bo’lib.
 Dunyoning eng baxtli Ayoli bo’lib!

 Qavs bog’lariga tun tushayotir,
 Dilni bir xavotir ezdi ko’p yomon.
 Agar u tush bo’lsa
 ming yildan beri
 Kimga asrayapsan meni, Xudojon!

 Kimga asraganding meni, Xudojon!





Qayd etilgan


Sitora Sayfullayeva  13 Sentyabr 2011, 16:47:33

Bir kun xudo olsa omonat jonim,
To'xtasa tomirdan oqar bu qonim.
Ruhim chiqib ketsa qolsa oq tanim,
Sog'inib yig'laysizmi mening sevgilim?
Bir umr yumilsa abadiy ko'zim,
Kafanga o'ralsa gar meni yuzim.
Boshqa hech chiqmasa bo'g'zimdan so'zim,
Achinib yig'laysizmi mening sevgilim?
Meni qaytmas manzilga olib ketsalar,
Men uchun yig'lab aza tutsalar,
Ko'changizdan tobutim olib o'tsalar,
Eslab yig'laysizmi mening sevgilim?
Marjon bo'lolmasam garchi bo'ynizga,
Mehmon bo'lolmasam afsus uyizga.
Bir bor kirolmasam jonim qo'ynizga,
Bir men uchun yig'laysizmi mening sevgilim?
Xafa qilgan bo'lsam paymonam to'lib,
Koyib bergan bo'lsam devona bo'lib.
Kunim bitgan bo'lsa ketsamda o'lib,
Kechirib yig'laysizmi mening sevgilim

Qayd etilgan


Ansora  14 Sentyabr 2011, 12:14:18

Tilaymizki, insoniy ishqingiz ilohiy ishqqa aylansin...

Qayd etilgan


Best friend  16 Sentyabr 2011, 01:47:13

Do'stlarim balki siz ishonmasdirsiz,
Balki bu siz uchun tuyilar ertak.
Ammo tinglash uchun oz fursatingiz,
Bersangiz kifoya bo'ladi be shak.
Yigit bir kun keldi qizning oldiga,
Undan ko'zlarini bir oz yashirib.
Sevgi izxorini aytib qoldiku,
Mashuqasin sha'nin tamom oshirib.
Siz mening ko'nglimga g'ulgula solgan,
Qalbimning bir chetin band etgan xokim.
Sizni o'ylaganda uyqim yoqolgan,
Sizni uchratganda bo'lib qolgum jim.
Bu dardli so'zlarni tinglagan dildor
O'zini ming turli nozlarga soldi.
Yigitchi bechora takror va takror,
Izxor qilaverib charchadi toldi.
Qiz o'zin xaddanda tutardi mag'rur,
Ayoniga kulib turgan shoxlardek
Yigitni izxori qilmayin ta'sir,
Yo'q degan javobni bera oldi tik.
Do'stlar birgina shu voqea qayg'u,
Tog'ni talqon qilgan jussani yiqdi.
Necha yillik muxabbat parchalandiyu,
Dunyo dunyo she'rlar yolg'onchi chiqdi.
She'rlarku mayliga shuncha va'dalar,
Javobin kim berar xayqirdi yigit.
Ammo ko'zlarini o'ynatib dildor,
Joxil qarorida turardi sobit.
Qizning javobini tinglagach xorg'in,
Ortiga yeg'lablar qaytdi yoronlar.
Endi uning yo'lin to'sa olardi,
Na qorli shamollar na sel bo'ronlar.
Chunki u yoridan ayrilgan edi,
Sevgan dildoridan bo'lgandi maxrum.
Xaloyiq tamosha dorin ostida,
Qani edi o'limga etilsa maxkum.
Sevgi deganlari shu bo'ldimi deb,
Yig'lardi xokisor xoldan toyguncha.
Yigit g'irt telbaga aylanib qoldi
Toki bir kitobni ko'rib qolguncha.
Qaydandir taralgan serjilo kitob
Asriy orzularni parchalay dedi.
Oddiy bir daftardan farq qilmas kitob,
Ustiga TAVXID deb yozilgan edi.
Kitobni o'qirdi tamom behazil,
Satrlar ko'zlarini namlab yoshladi.
Butunlay yolg'ondan bezigan ko'ngil
xaqiqat eshigin ocha boshladi.
Ilox yo'q Olloxdan boshqa deb nogox
lablari pichirlay boshlaganida.
Iymoniy bir lazzat iloxiy panox
Samoviy muxabbat tuydi tanida.
Dunyoga xukmdor bo'lgan g'ulomdek
O'ziga xayronlar turardi yigit.
O'ng ko'zidan asta yoshi quyilib,
Ko'ngildan sitamni ayladi soqit.
Uning ko'nglidagi asriy zilzila go'yoki
Dunyoga solgandi go'yoki uvvos.
Dildorga uzatgan qo'llari ila
Musxafni o'qidi chiqarib ovoz.
Bu qanday yo'l dersiz birodarlarim,
Bu qanday najotdir dersiz extimol.
Xaligi dildorni o'ylamaslikni
Yigit eplay oldi do'stlar bemalol.
Tinmayin jo'sh urdi iymon tanida,
Shahviy extiyojlar tamoman so'ldi.
Yaqin o'tmishini eslaganida,
O'zidan uyalgan paytlari bo'ldi.
Xikoya shu yerda to'xtasa qandoq?
Ne deysiz shundayin bo'lsa intiho?
Ko'ryapman ko'zingiz aytmoqda shu chog':
"Biz bunday yakundan emasmiz rizo,
Bizga xikoyani oxiri kerak!
Dunyoviy sevgini nedur poyoni?
Boshlashga boshlabon go'yo bir ertak,
Yakunlab qo'y ahir bul voqeani!"
Xo'p, mayli aytaman yakunin beor,
Yo'ymaysiz o'zicha to'qib oldiga!
Qur'on ovozini tinglagan dildor,
Hijob o'rab keldi yigit oldiga.

Xayrulla Hamidov

Qayd etilgan


Donishmand  17 Sentyabr 2011, 17:10:57

:bsm3:

 :asl3:

She'r uchun tashakkur deylikmi, astag'firulloh deylikmi...

Ko'p joylari "erish tuyuladigan, bizlarga to'g'ri kelmaydigan" she'r ekan...

Bundan tashqari, ba'zi joylariga e'tiroz bildirmaslik - juda ham ulkan xato bo'ladi, nazarimizda...

Aybga buyurmang, muallifga emas, satrlarga e'tirozimiz bor...

Masalan, quyida belgilangan iboralar, jumlalar:

Qavs bog’lariga tun tushayotir

Yurakni bir sog’inch o’rtadi yomon.
 Hech kimga bildirrmay,
 uning yoniga
 Borgim kelayapti,
 Xudojon!

 "œTush" deysan,
 "œTush" emas,
 Tushgin, deyaqol.
 Jannat ko’klaridan tushib kelayin.
 Umrining har daqiqasiga
 Ishqimni, ko’nglimni qo’shib kelayin.

 Yoki olib ketay Arshi a’lomga,
 Yo qolayin uning qoshida omon.
 Qayda qilsang, qilgin,
 ne qilsang qilgin,
 Xudojon!

 Men uning hammadan yashirgan siri,
 Jon ichida joni bo’lgim kelyapti.
 Lablarining qaynoq haroratidan
 O’lgim,
 o’lgim,
 o’lgim kelyapti!..

 Dunyo o’z karvonin tortib ketayotir,
 men unin qoshiga yetaman qachon?
 Menga farishtalik taxtini emas,
 Bir Ayol baxtini bergin, Xudojon!

 Bilmaysan,
 Men uning qonida oqdim,
 Yillarning eng Nurli xayoli bo’lib
 Izn ber.
 qolayin shu lahza haqqi,
 Uning, faqat uning haloli bo’lib.
 Dunyoning eng baxtli Ayoli bo’lib!

 Qavs bog’lariga tun tushayotir,
 Dilni bir xavotir ezdi ko’p yomon.
 Agar u tush bo’lsa
 ming yildan beri
 Kimga asrayapsan meni, Xudojon!

 Kimga asraganding meni, Xudojon!


ALLOH asrasinu, yuqoridagi misralarda kufrga tortib ketadigan iboralar keltirilgan..

Na'uzu billah..

Bir safsata ishqni deb kofir bo'lib ketmaylik...

She'r degani - kufrga yetaklasa, bu achinarli holat, yig'latadigan holat...

Bu "Xudojon" she'ri - ilk boshidan to oxirigacha isyon she'r ekan..

*****

So'ng,

"Yoki olib ketay Arshi a’lomga," deyilibdi.

Muallifda ham Arshi A'lo bormi?
Arshi A'lo - o'zi aslida bittagina. Yagona. U ham muallifga oid emas..

*****

Qayda qilsang, qilgin,
Bu ham - muhimi "u" bilan bo'lsam kifoya, qayda bo'lsam ham mayli, degani, nazarimizda.

She'rning oqishiga qaraydigan bo'lsak, bu she'rda diniy mavzular ham yoritilganligi uchun -
qayda qilsang qilgin degani - jannatmi, jahannammi, arosatmi, farqi yo'q degani...

Bu - ham mantiqan, ham mazmunan, ham diniy jihatdan, ham dunyoviy jihatdan = noto'g'ri.
jahannamdan qo'rqish qani, jannatga intilish qani...

ALLOHDAN o'zga hechkim arzimaydi - "Sen bilan bo'lsam bo'ldi, qayerda bo'lsam ham mayli" deyishga.

*****

Keyin,

 Lablarining qaynoq haroratidan - deyilibdi..

Astag'firulloh...

Bu yeri ham umuman Islomiy muhitga, Islom ahliga, ayniqsa ushbu forumga ham munosib bo'lmabdi...
Musulmonga yarashmabdi.

*****

Bularga-ku, ko'zni yumib "mayli" deyish balki mumkindir,
ammo mana bunisiga, aslo:

Bilmaysan,
 Men uning qonida oqdim,
 Yillarning eng Nurli xayoli bo’lib....

"Bilmaysan?!"

Xudojon bilmaydimi?
Siz bilasizu (muallif), Xudojon (jalla jalaluhu) bilmaydimi?

Axir U emasmi - 'Aliym, 'Allam bo'lgan Zot...

Dillardagi sirlarni, qalblardagi kirlarni Bilguvchi Zot - ALLOHIMIZ emasmi?
O'sha siz "yolvorayotgan" Xudojon emasmi...

*****
*****

SubhanALLOH...

ALLOHIM bizni kechirsin..
She'r tufayli shoir emas, kufr tufayli kofir bo'lishlikdan Asrasin..



Azizlarim, bu gaplarni sizlarni suyganimizdan, oxiratingiz uchun kuyganimizdan yozdik..

Hech qaysingizni, jumladan kaminani ham jahannamda ko'rishni istamaganligimiz uchun yozdik...

Bizdan rozi bo'linglar...

 :asl3:

Assalomu alaykum. Mening hozirgi yozajak so'zlarim kimgadir erish tuyular, kimdir menday tushunar, yoki kimdir aksini... Lekin she'r, agar u haqiqiy she'r bo'lsa, insonning tilidan chiqadigan so'z emas, balki til bilan to'la ifodalolmagani, qalbning nidosi! Shunday ekan birovning qalbini tahrir qilolmaymiz.
Har bir she'rni to'g'ri ma'noda tushunib qo'yaversak, she'riyat tosh bo'ronlari ostida qolib ketishi hech gap emas. "Arshi a'lomga" deb men ham ayta olishim mumkin, bu Ollohning Arshi degani emas, bu "mening eng aziz joyim" degan ma'noni bermaydimi? Yuqoridagi she'rga bildirilgan e'tirozlarning faqatgina "bilmaysan" degan joyiga qo'shilaman. Shu so'z o'zgartirilsa she'r juda yaxshi yozilgan. Hullas, shu "bilmaysan" degan joyini hisobga olmasa she'r menga juda yoqdi.

   "Har ne qilsang oshiq qilgin, Parvardigor!" (Hoja Ahmad Yassaviy.)

Qayd etilgan


Donishmand  17 Sentyabr 2011, 19:22:13

Qavs bog’lariga tun tushayotir
 
 Bilmaysan,
 Men uning qonida oqdim,
 Yillarning eng Nurli xayoli bo’lib
 Izn ber.
 qolayin shu lahza haqqi,
 Uning, faqat uning haloli bo’lib.
 Dunyoning eng baxtli Ayoli bo’lib!
 
Shu misralarni Ollohga emas, uning o'ziga qarata aytsangiz qanday bo'larkin, masalan:

Bilmaysan,
 Men sening qoningda oqdim,
 Yillarning eng Nurli xayoli bo’lib
 Izn ber,
 qolayin shu lahza haqqi,
 Sening, faqat sening haloling bo’lib,
 Dunyoning eng baxtli Ayoli bo’lib!
 

Qayd etilgan


Sitora Sayfullayeva  19 Sentyabr 2011, 13:38:08

Tunda osmonda porlar yulduzlar,
Qalbda hayajon, befayzli tunlar.
Sendir yodimda har lahza jonim,
Sog'inganda seni,seni, eslayman
Eslab seni hech unutolmayman,
Qalbimda bir azob qiynaydi meni,
Sevish gunohmi degan savolim.
Javobsiz qolur nega bilmayman,
Boylik ustunmi sevgidan doim.
Azobga solar har xil mishmishlar,
Tashvishli kunlar xijronli tunlar,
Zulmat ichra qolgan qalbim men bilan
Dardu, alam, istirob xasrat men bilan
Taqdirim shu ekan endi, ne qilay
Bezib qolgan hayotdan umidsiz ketib,
Balki yetib borar man do'zox yo`liga


Qayd etilgan


Sitora Sayfullayeva  19 Sentyabr 2011, 13:39:32

Boshing egib kelma men tomon,
Sen ketaver... yonimga qaytma...
Ko'rib qolsang undan ham yomon
Yo'q,yo'q "meni kechir" deb aytma...
Ahir o'zing tashlab kettingku
Ahir o'zing zor yig'latdingku
"Sevaman"deb aldading yomon
Qaytma jonim endi men tomon...
Ko'z yoshlarim daryo bo'ldiku
Dard,alamim qalbim tildiku
O'zing meni ado qildinku
Qaytma endi jonim men tomon...
Sen ketaver ortinga boqma...



Qayd etilgan


Sitora Sayfullayeva  19 Sentyabr 2011, 13:40:42

Manzillar olis,olis osmonlar
Qorong'u tun bag'rida yashirin yulduzlar
Tinmay tomchilar samo yoshlari
Shu yomg'irga jo'r bo'lar qalb faryodlari
Qo'ling silkitib ketding egib bosh
Aldangan sevging deb to'kib sen ko'z yosh
Sevging yakson bo'lib toptalgan mahal
Qo'ling silkab yana beryapsan bardosh
Ayt,umringni oldingmi qarzga
Yo toptalish uchunmi yaraldi sevging
Ayt,sevgingni sotgan birovga
Yana qancha bardosh bersin yuraging?
To'rt devoring yopiq,ko'rinmas quyosh
Bu damda topilmay ketti bir sirdosh
Xasrat-alaming-u,ko'zyoshing qoldi
Sevging qudrati jim yakson bo'ldi
Birovlar kuldilar,qo'shilding sen ham
Masxara qildilar,indamading ham
Sevging faryod solib qon yig'laganda
O'zgalarga qo'shilib jim turding sen ham
Mana endi nega kech bo'lganida
Tangriga tavba qilib nola qilyapsan
U go'zal tuyg'uni ravo ko'rganda
Zor yig'latib,lek nega yana kutyapsan?
Izla agar topa olsang armonlaringdan
Yeta olsang agar samolaringdan
Izla agar sabab bo'lsa voz kechganingga
Topolmasang izlab ko'rgin gunohlaringdan
Balki emassan gunohkor-aybdor
Ammo sening aybing qildi uni xor
Balki sham yoqqandi shu bir gunohkor
Lek shu gunohkor deb,sensan aybdor
Yetganlar bor,yetmaganlar ko'p
Har kimgamas berilgan imkon
Sen qodir eding sevishga ammo
Xiyonating tufayli afsus u sarson
Beayb Parvardigor,aybdor bizlar
Yolg'onlarimiz deb uvol chin hislar
Yondim-kuydim degan so'zlar bisyor-u,
Aslida o'tmishda Farxod-Shirinlar.


Qayd etilgan


Sitora Sayfullayeva  19 Sentyabr 2011, 13:41:48

Sevdim seni telba devona bo'lib,
Nigohinga boqardim jimgina kulib.
Xiyonating ko'rguncha qolsaydim o'lib,
Seni uchratgan kunga ming bora afsus.
Siz bilan edim doim baxtiyor baxtli,
Sizsiz quvonchim ham tuyilar dardli.
Eh siz bo'lolmadiz menga vafoli,
Sizni uchratgan kunga ming bora afsus.
Seni uchratgan kunda tug'ilganman,
Seni yo'qotgan kunda o'lganman,
Sen bilan yolg'ondan baxtli bo'lganman,
Seni uchratgan kunga ming bora afsus.
O'zgaga ko'nglimni bog'lolmayabman,
Sendan osonlikcha kecholmayabman,
Qon yutib o'tyabman kulolmayabman,
Seni uchratgan kunga ming bora afsus.
Bir kuni mening ham baxtim kuladi,
Sen bilmagan sevgimni o'zga biladi.
Lekin qilmishing umrbot yodda qoladi,
Seni uchratgan kunga ming bora afsus.
Lekin senga doim baxtlar tilayman,
Sen baxtli bo'lsang shunda kulgayman,
Biroq o'zgadan sevgini aslo kutmayman,
Seni uchratgan kunga ming bora afsus.

Qayd etilgan