sevolmasam she`riy to'plami  ( 65921 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 13 B


Navruz  06 Iyul 2008, 14:53:45

SIZCHI KIMNIDIR
Deydilar dunyoni bir kamligi bor,
Menk-u sevdim bo'lib sevgingizga zor.
Gulim qancha aytmay qilmas sizga kor,
Men sizni sevaman sizchi kimnidir.

Umidli baxorim xazon bo'lganda,
Nogaxon ko'zlarim yoshga to'lganda,
Asragan gulim xam qurib so'lganda,
Men sizni esladim sizchi kimnidir.

Dardga dardkash kerak dardimga darmon,
Bulbulga xonish-u zayilga zamon.
Gulim sizni bugun so'g'insam yomon,
Men sizni izladim sizchi kimnidir.

Mayin esgan shamol qirlarda tursa,
Baxorni nafasi dimoqqa ursa.
Taqdir yo'lim siz tamon bursa,
Men sizni qumsadim sizchi kimnidir.

Men taqdir yo'lini past-u do'ngida,
Xayrlashmasdan ketib ko'zim o'ngida
Sizga aytilmagan so'zim so'ngida
Men sizni sevaman sizchi kimnidir.
                             Agar she`r o'xshamagan bo'lasa uzr xo'p  Azizbek yoki Navruz


 JAVOBSIZ SEVGI

Nogoxon qo'limga ushlasam qalam,

Dardlarim ko'tarmas bu yorug' olam.

Bir savol qiynasa titrasa tanam,

Oxiring bormikan javobsiz sevgi.

 

Seni qo'lingda men yolg'iz ovunchoq,

Anglolmadim bilmam yoki o'yinchoq.

Baliki qilgandirsan  xatta qo'g'irchoq,

Taqdirim shumidi javobsiz sevgi.

 

Ko'zlaringda bilmam xovotir nechun,

O'zgaga talpinsang sinamoq nechun.

Yana seni aybim sevganim uchun,

Jazoying shumidi javobsiz sevgi.

 

Ming o'lib ming omon qolaman yana,

Ba'zan  kuyib so'ngra yonaman yana.

Bu yurak tonolmay sevaman yana,

Bemexrda bevafo javobsiz sevgi.

 

Kutishdan charchadim bag'ri dilim qon,

Bag'ri qon dilimda yuragim vayron,

Mana olaqolgin kerak bolsa jon,

Jonimga jabirmi javobsiz sevgi





  ILK MUXABBATIM.

O`tib ketgandir qancha zamonlar,

Fasli yomg`irlar kuchli bo`ronlar,

Bir  biriga vox etmay   yoronlar,

Menga armonmi ilk muxabbatim.

 

Shirin azoblar bo`lsang qalbimda,

Charx urarsan xamon aqlimda,

Qayda yursam borsan  naqlimda,

Menga xayolmi ilk muxabbatim.

 

Ko`laringa boqsam boqmas menga,

Baxting tilarman baxtim xam senga,

O`ylasam sevgi qiynoqmi menga,

Menga jazomi ilk muxabbatim.

 

Sevgi deb qo`larda nechun qalam,

Xali bitmay turib dildagi yaram,

Yodga tushsa dilimda yashar alam,

Menga xijronmi ilk muxabbatim.

 

Sevgi degani shirin tushmidi,

Baxtim kulgani omad qushmidi,

Dilga yoqqani totli xushmidi,

Menga suyukli ilk muxabbatim.

 

Boqishlaring jodu xuddi e`rtak,

Qiliqlaring yoqar nechun e`rmak,

Sen xam ayt meni sevgansan demak,

Menga beg`ubor ilk muxabbatim.

 

Ilk muxabbatim tanxosanda bir,

Ilk muxabbatim tushlarimga kir,

Ilk muxabbatim xech kim bilmas sir,

Menga  xayronmi ilk muxabbatim.

 

Men seni sevdim sevman xamon,

Xayollarim ket faqat ul tamon,

Seni bugun vox sog`indim yamon,

Menga sog`nchmi ilk muxabbatim.

     

 



Xayollaring senga bo'lsa qadirdon
Ko'z yumib bo'lmas tursada to'fon
Birdan xayolingda bolsam nomoyon
Aybing meni sevib qilganing jonim

Yana shirin o'ylar xayollar sursang
Kimligim qiziqdir bilomay tursang
Xaronlar qolarsan bir meni ko'rsang
Aybing meni sevib qolganing jonim







 Sevolmasam !

Ishqingizda bitta shamcha yonolmasam,

Sizga bir do`st ishongan tog` bo`lolmasam.

Siz  sevarsiz   ishqingizni  tuyolmasam,

Mendan keching agar sizni sevolmasam.

 

Menga  yor bo`lmoqchisiz turmushda o`rtoq,

Goxi yonarsiz goxida bo`lib mushtoq.

Men sizni sevmayman sevolmam biroq,

Mendan keching agar sizni sevolmasam.

 

Qo`llariga o`xshamas bilaklaringiz,

Farq qiladi orzu o`y tilaklaringiz.

Go`zal qiz qon bo`lmasdan yuraklaringiz,

Mendan keching agar sizni sevolmasam.

 

Xayolimda o`zga qizni nigoxlari,

Gulim yeg`lar yo`qolganda panoxlari.

Sizga qolmay o`zga  so`zni izoxlari,

Mendan keching agar sizni sevolmasam.

 

Ranjimang siz meni achchiq so`zlarimdan,

O`zga qizni suydirgan zor ko`zlarimdan.

Ketar bo`lsam bo`zlamang izlarimdan,

Mendan keching agar sizni sevolmasam.

 


Mexmon bo'ling

Xamon dardim yozar o`sha qalam qo`larimda

Unutolmayman yor yana borsiz o`ylarimda

Dardim og`ir oxang  yo`qolgandir  kuylarimda

Birbor mexmon bo`ling endi gulim to`ylarimda.

 

Aqlimdan ayirgan sizni mayus ko`zlaringiz.

Ko`zyosh bilan aytgan o`sha mungli so`zlaringiz,

Ishontirib qo`yib vos kechgan xam o`zlaringiz,

Birbor mexmon bo`ling e`ndi gulim to`ylarimda.

 

U qizni gunoxi rozi bo`lganimi e`ssiz,

Uni desam yurak to`xtar yor ruxim xam xissiz.

Gulim qandoq yashayman ayting men endi sizsiz,

Birbor mexmon bo`ling e`ndi gulim to`ylarimda.

 

Yigit kishi yeg`lamas afsus ko`zlarimda nam,

Xech kimni boshiga tushmasin yor bundayin g`am .

O`zimni aldadim dedim zor dunyo xam bir kam,

Birbor mexmon bo`ling e`ndi guilim to`ylarimda.

 

Ox nima desa dedi o`sha yamon tillarim,

Yor netay vayron bo`lsa bo`ldi meni dillarim.

Gulim xayronsiz lolsiz erda qolmay so`zlarim,

Birbor mexmon bo`ling e`ndi gulim to`ylarimda. 





Xiyonat

Ko'z ko'zga tushib sevmoq Olloxning karomati

Sevgidan kir axtarish zinoni alomati.

Go'zal seni nomusing begingni omonati,

Yigit uchun o'limdir bilsang yor xiyonati.

 

Dars ketadi ko'rsang qoyalardan toshlari,

Yuragiga oqadi ko'rinmasdan yoshlari.

Vox sinib qolar ekan erkak mag'rur boshlari,

Yigit uchun o'limdir  bilsang yor xiyonati.

 

Tig'lanmas ichlarini bugun itlar tirnaydi,

Osha yor xiyonati eslaridan chiqmaydi.

Qancha gapirma xozir  qulog'iga kirmaydi,

Yigit uchun o'limdir bilsang yor xiyonati.

 

Nima qilishin bilmas qo'rqitgan firoqlardan,

Orzular qolib ketdi ko'p olis yiroqlardan.

Suvlar ichmagan to'yib ishq degan buloqlardan,

Yigit uchun o'limdir bilsang yor xiyonati.

 

Shunday savdo tuchganmi sizga do'st-u g'animlar,

Qo'ygin kerakmas yozma deysiz qilsa alamlar.

Sinib qolsa bo'masmidi yarim yo'lda qalamlar,

Yigit uchun o'limdir bilsang yor xiyonati.

 Azizbek Otaxonov 





                Unutdingmikan!

Sen bir yugit bilan tanhosan bog`da

Ko`rdim netay qoldim armonda dog`da

Shu yigit qo`llaring ushlagan chog`da

Yor xayolingdan men o`tmadimmikan.

 

Kulib turar quvnoq shodon ko`zlaring,

Uni xam aldaydi shirin so`zlaring.

Otash ko`zlariga boqqan kezlaring,

Ko`zlarim yodinda bo`lmadimikan.

 

Misli farishtasan borarsan asta,

So`zlaringdan bo`lib yuragi xasta.

Poyinga to`ldirar balki guldasta,

Bilmam o`zligingni unutdingmikan.

 

Nega titramaysan uni so`zidan,

O`tli qarash xumor otash ko`zidan.

Yor yurak yaralmas mato bo`zidan,

Balki quloqlaring  o`rgandimikan.

 

Samimiy sevgiga etmoqlik qiyin,

Sen uni xam gulim aldashing tayin.

Mensiz kunlar quvib o`tgani sayin,

Sher`larim bag`ringni tilmadimikan

 

                     Azizbek Otaxonov.

 

 

Qayd etilgan


Navruz  06 Iyul 2008, 14:59:25

Bilmadim kimga yoqar kimgadir yoq fikrilaringini bilmoqchiman ijobiymi tanqidiymi yozing xursan  bo'laman salom bilan Navruz

Qayd etilgan


yoruq  07 Fevral 2011, 13:15:55

SIZCHI KIMNIDIR

bu sheringiz bek yahshi ikan !

-bir uyghur qerindishingizdin

Qayd etilgan


Oy  31 Mart 2011, 11:27:58

She'riyatda hali kim aytmagan gapni ayta oldim, deb o'ylaysizmi? Umuman olganda, menga yoqdi.

Qayd etilgan


Elcom  08 Iyun 2011, 07:27:04

Men sizni sog’indim, sog’inyapman,
Vujudim nomidan aytmoqda yurak.
Qalbimda mujassam faqat bir tilak,
Siz manga keraksiz judayam kerak.

Qayd etilgan


Elcom  08 Iyun 2011, 07:27:38

Kechalari yo'qolgan orom,
So'roqlayman seni bolishdan.
Nigohlaring aylaganda rom,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
So'zlashardim sen bilan to'lib,
Charchamasdim hech ham kulishdan.
Ba'zan faqat xayolga tolib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Kundan kunga borarding yoqib,
Baxtli edim birga yurishdan.
Vujudimda bir nido oqib,
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Bugun o'ta totli boqishlar,
Qarshisida turolmadim jim.
Qo'rqar edim sevib qolishdan.
Lekin sevib ulgurgan edim.

Qayd etilgan


Elcom  08 Iyun 2011, 07:31:22

Kechish mumkin go'zal bahordan,
Undan kechsam jonim o'lmaydi.
Atirguldan kechish mumkinu,
Nega sizdan kechib bo'lmaydi?
Yulduzarga tutindim sirdosh,
Quyosh chiqsa yulduz kulmaydi.
Hammasidan kechish mumkinu,
Nega sizdan kechib bo'lmaydi?
Ismingizni qalbimga yozdim,
Kim sevganda yonib sevmaydi?
Jonu tandan kechish mumkinu,
Nega sizdan kechib bo'lmaydi?!

Qayd etilgan


Elcom  08 Iyun 2011, 07:34:37

Ko’zlaring judayam beg’ubor,
Ko’zlaringga cho’kkim keladi,
bir nafas qarshingda o’tirib,
dardlarimni to’kkim keladi,
Ko’zlaring judayam beg''ubor,
Ko’zlaringda kulgim keladi,
Ko’zlaringda yashab bir umr,
Ko’zlaringda o’lgim keladi....

Qayd etilgan


Elcom  08 Iyun 2011, 07:34:54

Bulut to’kar ko’z yoshin yig’lab,
termulaman uzoqlarga jim,
hayol ichra deyman shivirlab,
SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM.

Sen men uchun eng go’zal hayot,
O’zingdursan qalbdagi sirim,
yuragimdan otilar faryod,
SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!

O’chog’iga ishqdan o’t qalab,
O’rtanadi bu g’amgin dilim,
oz-oziga deydi shivirlab,
SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!

Yuragimning har urishida,
takrorlanar qadrdon ism,
yig’lab deyman hatto tushimda,
SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!

Aytolmasman kelsak yuzma yuz,
balki ko’nglimdagi dardlarim,
ko’zlarimda namoyon shu so’z,
SENI MENDEK SEVOLMAS HECH KIM!

Mayli taqdir ko’rmasin ravo,
sening bilan yashaydi sevgim,
yoqtirsinlar yonsinlar ammo,
SEVOLMASIN MENINGDEK HECH KIM!!!

Qayd etilgan


Elcom  08 Iyun 2011, 07:35:30

SENI YERU KO`KDA SAMO ASRASIN
DASTURXON BOSHIDA DUO ASRASIN
IYMONNI YOD ETIB ISLOMMI SAQLAB
SENI PANOHIDA ALLOX ASRASIN

Qayd etilgan