sevolmasam she`riy to'plami  ( 65964 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 13 B


Elcom  01 Iyul 2011, 14:34:25

Sog'inaman diysiz kulib qo'yaman,
Bilmaslikka olaman bilganlarimni.
Sizga aytolmayman ko'rsatolmayman,
Ko'zimda yosh bilan kulganlarimni.


Qayd etilgan


Elcom  01 Iyul 2011, 14:34:42

Sog'inaman deysiz kulib qo'yaman,
Iltimos aytmang!....
Ichingizda qolsin shu munavvar nur!
Armon sahrosida qolgan qalbim.
Jimgina sog'inib, so'zsiz yig'layman!!!

Qayd etilgan


Elcom  01 Iyul 2011, 14:34:55

Sog'inaman deysiz boshim egaman,
Bilmaslikka olaman bilganlarimni.
Sizga aytolmayman yurak suzlarim,
Tong qadar tilovat qilganlarimni!

Qayd etilgan


Elcom  01 Iyul 2011, 14:35:10

Ahir sog'inmoq ham ibodat qilmoq,
Sog'inch ko'z yoshlarim yuzlarim yuvar!
Armon tunlarida bedor kuzlarim,
Jimgina sog'inib so'zsiz yig'layman!

Qayd etilgan


Elcom  01 Iyul 2011, 14:35:27

Sog'inaman deysiz,aytmayman men ham,
Soginch kuz yoshlardan qalbim tirnalar.
qaetmasman hijronning kuchalariga,
Tut kabi to'kilar yurak suzlarim !

Qayd etilgan


Elcom  01 Iyul 2011, 14:35:39

Iloho to'qnashmaylik tasodifan ham,
Birga uchratmasin bizni hech qachon!
Armon qalbimni urtagan har tun,
Jimgina sog'inib , so'zsiz yig'layman!

Qayd etilgan


Elcom  01 Iyul 2011, 14:36:03

Nega seni ko’rib qolsam, tez uradi yuragim,
Nahot men ham sevib qoldim, ushalgandir tilagim,
Ammo sen hech sezmaysan pinhona kuzatganim,
Qaniydi bo’lsa senga bu dunyoda keragim.

Qayd etilgan


Elcom  01 Iyul 2011, 14:36:26

Osmonimda porlagan quyoshimsiz, azizam,
Ko’zimni tark etmagan ko’z yoshimsiz, azizam.
Sizga ta’rif berishga yetmaydi so’z boyligim,
Mening qalbimdagi bor bisotimsiz, azizam

Qayd etilgan


Elcom  01 Iyul 2011, 14:36:49

O`rtalarida bolsa-da kop yiroq
Yuragini kemirsa-da otli firoq
Ularning sevgisi sonmaydi biroq
Sevmaganlar telba derlar sevishganlarni

Qayd etilgan


Elcom  01 Iyul 2011, 14:37:01

Yo'llar yetaklaydi bizlarni hamon,
Go'yo rost dunyo go'yoki yolg'on.
Hech kim bilmas yorug' olamda,
 Kim tarki dunyo-yu kim qolar omon.

Qayd etilgan