Chorasiz on yo'qlab kelsang maboda,
Do'stingni chin dildan sevsang maboda,
Rozi bo'lsin do'stim desang maboda,
Jannatda boshimga toj kiydirdo'stim.
Bu yo'lda mashaqqat mehnat ko'rinar,
Zahmatning ostinda rohat ko'rinar,
Otamning hasrati ko'nglimni tirnar,
Jannatda boshimga toj kiydor do'stim.
Kimdir dosti sabab mag'rur kuladi,
Kimningdir ko'z yoshi jiqqa to'ladi,
Bu dunyo ishlari bir gap bo'ladi,
Jannatda boshimga toj kiydir do'stim.