Men seni sevaman
deyolmagan qiz,
Yuzingda uyatmi,
ko ‘zingda afsus?
Meni eslaysanmi
olisligingda?
Qo ‘msab yig‘laysanmi
yolg‘izligingda?
Men seni sevaman
deyolmagan qiz,
Olisda yolg ‘izlik etmasmi
ma’yus?
Ma’yuslik ro‘yingni kuz
etmaydimi?
Kuz senga holimni
eslatmaydimi?
Men seni sevaman
deyolmagan qiz,
O ‘, kimlar poyingda tiz
cho‘kmadi, tiz.
Haliyam g‘ururing
osmondami ayt,
Haliyam men senga
yomonmanmi, ayt?
Men seni sevaman
deyolmagan qiz,
Nahotki, olamda
qoldirmading iz?!
Ismingni eslasam...
eslasam edi!
Eng ko ‘hna so‘zimni
so‘zlasam edi:
-Men seni sevaman!
-Men seni sevaman,
Men seni sevaman
deyolmagan qiz
Mendan ko'ngil uz deysan,
Qandoq qilib uzurman.
Sendan ko'ngul uzgan
chog',
Xazon kabi to'zurman.
Tosh kabi yo
ko'chgayman,
Tog'larimni aylab tark.
Qush kabi yo uchgayman,
Bog'larimni aylab tark.
Yo dengizsiz qayiqday
Qolib ketgum uzlatda,
Karvonidan adashgan
Kimsa kabi kulfatda.
O't tushgan bir daraxtday
Ich-ichimdan yongayman
Sen bo'lmasang muhabbat
Ka'basidan tongayman.
Mendan ko'ngul uz
deysan,
Qandoq qilib uzurman,
Qandoq qilib bu ko'ngil
Imoratin buzurman.
Holim bilib,azizim
Rahm etsang-chi bir
qadar,
Omonatim bergayman,
Sendan ko'ngil uzsam gar.
Yashaymanki,bir taraf
Omon qolur,sog' qolur.
Sen ketsang ul joyda ham
Chandiq qolur
Sitora Sayfullayeva