Arab tili darslari  ( 82903 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Musannif Adham  13 Iyun 2008, 08:34:01

Assalomu Alaykum. Bugun va'daga binoan darsni boshlaymiz. Allohga duo qilib, darslarimizning rivojini so'rab turinglar.

Arab tilini o'rganish uchun turli xil boshlang'ich ma'lumot beruvchi kitoblardan foydalanamiz. Orada shu kitoblardan iqtiboslar berib ketamiz. Xohlovchilar o'sha kitoblardan olib yanada kengroq o'rganishlari ham mumkin.

بِسْمِ اللَهِ الرحْمَانِ الرَحِيمِ

ا -alif  ب - ba  ت - ta   ث - sa  ج - jim  ح - ha  خ - xo  د - dal  ذ - zal  ر - ro ز - (az-) zay   س -sin ش - shin  ص - sod  ض - zod  ط - to  ظ - zo  ع - ayn   غ - g'oyn  ف - fa  ق - qof ك - kaf ل - lam م - mim ن - nun  و - vav  ه - ha ي- ya   

Qayd etilgan


Musannif Adham  13 Iyun 2008, 09:16:14

Imlosi. ا harfi faqat o'zidan oldingi harfga qo'shib yoziladigan ikki ko'rinishli harfdir. U faqat satr ustida yoziladi:   ا ﺎ

Alifboning birinchi harfi bo'lgan ا - alif so'zda ikki xil vazifani bajaradi:

1. Kursi vazifasini bajaradi. so'z boshida biror unli harakat bilan kelayotgan   ء - hamza undoshiga kursi bo'lib kelib, "a",  "i",  "u" tovushlarini ifodalaydi. Gohida so'zning o'rtasida ham hamza undoshiga kursi bo'lib keladi: أََ إِ أُ

2. Uzun "a" unlisini ifodalaydi: Yozuvda alif  harfi   َ- a (fatha)dan keyin kelsa, arab tilidagi uzun "a:" unlisini ifodalaydi. Cho'ziq "a:' unlisini madd belgisi deb ataluvchi ushbu ( ~) belgi ham ifodalab keladi. Bu belgiga ham kursi vazifasini alif bajaradi: آ 

(Davomi bor......)

Qayd etilgan


Musannif Adham  18 Iyun 2008, 08:31:04

ب  – ba  harfi o’zidan oldingi va keyingi harflarga qo’shilib yoziladigan, to’rt  ko’rinishli harfdir. U satr ustidan yoziladi:   ﺐ ﺒ ببب   
Talaffuzi: ب harfi yuqori va pastki lab bir-biriga yopishtirilganida hosil bo’ladi.

ت – ta harfining imlosi ham ب harfiniki kabi: تتت ﺘ ت
Talaffuzi: ت – harfi til uchi yuqori old tishlarga yopishtirilganda hosil bo’ladi.

ث – sa harfining imlosi ب va  ت harflari bilan bir xil: ث ﺜ ثثث
Talaffuzi: ث – harfi tilning uchi oldingi ost-ust tishlari orasiga qo’yib hosil qilinadi.

(Davomi bor......)

Qayd etilgan


Musannif Adham  19 Iyun 2008, 08:50:10

ج - jim harfining imlosi: bu harfning so’z boshida va so’z  o’rtasida ko’rinishlari satr ustida yoziladi. Alohida va so’z oxirida ko’rinishlari esa satr ustida boshlanib, satr ostida tugallanadi:       
ج ﺠ ﺠﺟﺞ
Talaffuzi: ج harfi tilning o’rtasi o’zining ro’parasidagi tanglayga tekkizilganda hosil bo’ladi.

ح - ha harfining imlosi  ج harfiniki kabidir: ح ﺤ ﺤحح

Talaffuzi:  ح harfini hosil qilishda chiqayotgan havo xalqum devorlari orasidan unga qattiq ishqalanib, sirg’anib o’tadi. Talaffuz jarayonida hech qanday to’siqqa uchramaydi (ya’ni qirilmaydi).  Ushbu harfni ifodalovchi tovush o’zbek tilida yo’qligi uchun, arab tilidan o’zlashgan so’zlarda  ح o’rnida  ه  harfini ifodalovchi yumshoq (ha) tovushi qo’llaniladi.

خ — xo harfining imlosi   ج   va   ح  harflari bilan bir xil: خ ﺨ خخخ

Talaffuzi: خ harfi bo’g’iz bilan og’iz orasidagi bo’shliq (tanglay oldi) ni yengil qirib hosil qilinadi.

(Davomi bor......)

Qayd etilgan


Musannif Adham  20 Iyun 2008, 06:42:43

د — dal  harfining imlosi. Bu harf ikki ko’rinishga ega bo’lib, faqat satr ustida yoziladi: ـد ﺩ

Talaffuzi: د — harfi til uchi yuqori old tishlarga yopishtirilganda hosil bo’ladi.


ذ — zal harfi ham ikki ko’rinishli bo’lib, uning imlosi د harfiniki kabidir: ـﺫ ﺫ
Talaffuzi: ذ — harfi tilning uchi oldingi ost-ust tishlari orasiga qo’yib hosil qilinadi.

ر — ro harfining imlosi. Bu harf ikki ko’rinishli bo’lib, satrdan pastga tushirib yoziladi: ر ـر
Talaffuzi: ر — tilning uchi qattiq tanglayning bir oz yuqoriroq qismi(yuqori old tishlar yaqini)ga tekkizilganda, bu harf hosil bo’ladi.

ز — harfining imlosi ر harfiniki bilan bir xil: ـز ز
Talaffuzi: ز — harfi tilning usti ikki old yuqori tishning ustiga tekkanda hosil bo’ladi.


Qayd etilgan


Musannif Adham  21 Iyun 2008, 12:17:14

س  — sin harfining imlosi. س ning so’z boshida va so’z o’rtasida ko’rinishlari satr ustida yoziladi. Uning alohida va so’z oxirida ko’rinishlari esa satr ustida boslanib, satr ostida tugallanadi:
س سـ ـسـ ـس
Talaffuzi: س — harfi tilning usti ikki old yuqori tishning ustiga tekkanda hosil bo’ladi.

 ش — shin harfining imlosi س harfiniki bilan bir xil:  ش شـ ـشـ  ـش
Talaffuzi: ش — harfi tilning o’rtasi o’zining ro’parasidagi tanglayga tekkizilganda hosil bo’ladi.

 ص — harfining imlosi. ص ning so’z boshida va so’z o’rtasida ko’rinishlari satr ustida yoziladi. Uning alohida va so’z oxirida ko’rinishlari esa satr ustida boslanib, satr ostida tugallanadi:   ص صـ ـصـ ـص 

Talaffuzi: ص — emfatik tovushga ega harfdir. Bunday tovush past ohang bilan, ammo yo’g’on talaffuz qilinadi va yonidagi undosh tovushlarning ham qattiq talaffuz qilinishiga sabab bo’ladi. ص undoshini talaffuz qilishda tilning uchi oldingi ikki tepa tishning ichki milkiga tegib turadi va tilning oldingi qismi bilan yuqori tanglay orasida tor tirqish paydo bo’ladi. Bu harfni talaffuz qilish jarayonida paydo bo’lgan havo shu tirqishdan kuch bilan sirg’alib chiqadi. U ancha bo’g’iq, talaffuzi esa xira bo’ladi.
 
ض — harfining imlosi ص niki kabidir: ض ضـ ـضـ ـض 
Talaffuzi: ض undoshini hosil qilishda tilning o’ng yoki chap yoni ost-ust oziq tishlari (jag’ tishlari) orasiga qo’yib turiladi. Bunda tilning uchi oldingi tepa tishlarga orqa tarafdan biroz tegib turadi. ض tovushi faqat arab tilida bor bo’lib, boshqa tillarda yo’q. Shuning uchun arablarni yana أَهْلُ الضَادِ   —  "œ Dod harfini talaffuz qiluvchilar" deb ham ataydilar.

Qayd etilgan


Musannif Adham  22 Iyun 2008, 07:32:44

ط — to harfining imlosi. Bu harfning barcha ko’rinishlari satr ustida yoziladi:    ط طـ ـطـ ـط
Talaffuzi: ط undoshini tilning oldingi yarim qismini yuqori tishlar tomonga ko’tarib va tanglay tomonga yo’naltirilgan holda hosil qilinadi.

ظ — zo harfining imlosi ط harfiniki kabidir:      ﻅ ﻅـ ـﻅـ ـﻅ 
Talaffuzi: ظ — harfi tilning uchi oldingi ost-ust tishlari orasiga qo’yib hosil qilinadi.

ع — ‘ayn harfining so’z boshida va so’z o’rtasida ko’rinishlari satr ustida yoziladi. Alohida va so’z oxirida ko’rinishlari esa satr ustida boshlanib, satr ostida tugallanadi:   ع عـ ـعـ ـع 
Talaffuzi: ع  undoshi ح harfi kabi hosil bo’lish o’rniga ko’ra bo’g’iz tovushi bo’lib, uni hosil qilishda chuqur bo’g’iz devorlari bir-biriga tegadi va o’pkadan kelayotgan havo shu yerda sirg’anib o’tadi.

غ — g’oyn harfining imlosi ع harfiniki bilan bir xil:    غ غـ ـغـ  ـغ 
Talaffuzi: غ — harfi bo’g’iz bilan og’iz orasidagi bo’shliq (tanglay oldi) ni yengil qirib hosil qilinadi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  23 Iyun 2008, 06:16:11

ف — fa harfining imlosi. Bu harfning barcha ko’rinishlari satr ustida yoziladi:   ف فـ ـفـ ـف 
Talaffuzi: ف harfi pastki labning ichki qismi yuqori old tishning chetiga tekkizilib, hosil qilinadi.

ق — qof harfining imlosi. Bu harfning so’z boshida va so’z o’rtasida ko’rinishlari satr ustida yoziladi. Alohida va so’z oxirida ko’rinishlari esa satr ustida boshlanib, satr ostida tugallanadi: ق قـ  ـقـ ـق 
Talaffuzi:  ق tilning tubi tanglayning eng orqa qismiga tekkizilganida hosil bo’ladi.

ك — kaf harfining barcha ko’rinishlari satr ustida yoziladi:   ك كـ ـكـ ـك   
Talaffuzi: ك til tubining bir oz yuqoriroq qismi ro’parasidagi tanglayga tekkizilganda (ق  chiqadigan joydan yuqoriroqda) hosil bo’ladi.

ل — lam harfining so’z boshida va so’z o’rtasida ko’rinishlari satr ustida yoziladi. Alohida va so’z oxirida ko’rinishlari esa satr ustida boshlanib, satr ostida tugallanadi:ل لـ ـلـ ـل 
Talaffuzi: ل tilning oldi yonini oldidagi yuqori olti tishning ichki milkiga yopishtirilganda hosil bo’ladi.

م — mim harfining so’z boshida va so’z o’rtasida ko’rinishlari satr ustida yoziladi. Alohida va so’z oxirida ko’rinishlari esa satr ustida boshlanib, satr ostida tugallanadi:  مـ  ـمـ  ـم   م   
Talaffuzi:  م  harfi yuqori va pastki lab bir-briga yopishtirilganida hosil bo’ladi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  24 Iyun 2008, 06:23:28

ن — nun harfining imlosi. Bu harfning so’z boshida va so’z o’rtasida ko’rinishlari satr ustida, alohida va so’z oxirida ko’rinishlarining yarmi satr ustida, qolgan yarmi satr ostida yoziladi:   ن نـ ـنـ ـن
Talaffuzi:  ن til uchi yuzasi qattiq tanglayning oxiriga tekkizilib hoisl qilinadi.

ه — ha harfi to’rt ko’rinishli harf bo’lib, uning so’z o’rtasida ko’rinishidan boshqa barcha ko’rinishlari satr ustida yoziladi:       ه هـ ـهـ ـه   
Talaffuzi: ه undoshini talaffuz qilish jarayonida nutq a’zolari erkin vaziyatda bo’ladi. Xalqumdan chiqayotgan havo bo’g’izdagi tovush paychalari orasidan yengil sirg’anib o’tadi. Odam hansiraganda aynan shu tovush eshitiladi.

و — vav harfi ikki ko’rinishli bo’lib, yarmi satr ustida va qolgan yarmi satr ostida yoziladi:    و ـو
Talaffuzi: و undoshi lab-lab undoshi hisoblanib, uni talaffuz qilishda faqat lablar ishtirok etadi va talaffuz paytida ikki lab biroz oldinga cho’ziladi.

ي — ya harfining imlosi. Bu harfning so’z boshida va so’z o’rtasida ko’rinishlari satr ustida, alohida va so’z oxirida ko’rinishlarining yarmi satr ustida, qolgan yarmi satr ostida yoziladi: ي  يـ  ـيـ  ـي 
Talaffuzi: ي harfi tilning o’rtasi o’zining ro’parasidagi tanglayga tekkizilib hosil qilinadi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  25 Iyun 2008, 06:57:45

Diakritik belgilar
   Arab tilida unli tovushlar yo’q. Buning o’rniga qisqa unlilarni ifodalash uchun harakatlar ishlatiladi.

1. فتحةfatha: ( َ) . Qisqa "œa" unlisini ifodalaydi, harflarning ustiga qo’yiladi: أَ بَ تَ ثَ جَ حَ

 كسرة .2 - kasra: ( ِ) . Qisqa "œi" unlisini ifodalaydi, harflarning ostiga qo’yiladi:إِ بِ تِ ثِ جِ حِ

ضمة .3 - zamma: ( ُ) . Qisqa "œu" unlisini ifodalaydi:  أُ بُ تُ ثُ جُ حُ
 
  سكون .4 - sukun: ( ْ) . Harakatsiz harflarning ustiga qo’yilib, shu harfning hech qanday unli tovush bilan talaffuz qilinmasligini, shu harfda bir oz to’xtalib o’tish kerakligini bildiradi: أْ بْ تْ ثْ جْ حْ

 شدة .5- shadda yoki tashdid: ( ّ). Arab tilida ikkita bir xil harf ketma-ket yozilmaydi. Shu sababli bunday o’rinda bir harfning ustiga ushbu tashdid belgisini qo’yish bilan uning 2 ta ekanligi ifodalanadi: دَرَّسَ — "œdarrosa", الصَّبِيّ — "œas-sobiyyu".

6. مدة - madda: ( ~) . Bu belgi cho’ziq "œa" unlisini ifodalash uchun ishlatiladi: جآءَ — "œjaaa-a".

Qayd etilgan