Islom bilan sharaflangan zotlar  ( 5094 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Zamiraxon  09 Iyul 2009, 10:58:04

                               Omir ibn Fuhayra

  Mashhur sahobiylardan Abu Umar Omiribn Fuhayra  :ra: aslida qul edi. Rasululloh  :sw: Arqam ibn Abul Arqam hovlisiga kirishlaridan oldin Abu Bakr bu kishini sotib olib, ozod qilgan. Rasululloh  :sw: va Abu Bakr siddiq Madinaga hijrat qilishayotganida mushriklarni chalg'itib-adashtirib yurgan odam Omir ibn Fuhayra edi. U Badr, Uhud voqealari ishtirokchisi, hijratning to'rtinchi yili "Bi'ru ma'ina" kuni, qirq yoshda vafot etgan.

 

Qayd etilgan


Zamiraxon  10 Iyul 2009, 09:35:50

              Omir ibn Rabi'a

  Omir ibn Rabi'a  :ra: mashhur sahobiylardan. Rasululloh  :sw: Arqam xonadoniga kirishlaridan oldin Islom bilan sharaflangan. Habashistonga ikki marta safar qilgan. Yasribga Abu Salamadan keyin ko'chgan.
  Abdulloh aytishicha, odamlar hazrati Usmon  :ra: haqida turli gaplarni aytib yurishganida, bu zot kechasi namozdan keyin uyquga ketib, tush ko'radi. Tushida unga "Turgin, solih bandalar so'ragani kabi sen ham fitnadan omonlik so'rab, duo qilgin", deyiladi. Omir darhol turib, namoz o'qiydi, duo qiladi. Voqidiy aytishicha, Omir ibn Rabi'a hazrati Usmon  :ra: vafot etganidan bir necha kun keyin olamdan o'tadi.

Qayd etilgan