Abdulloh bin Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: Men hammadan keyin duzaxdan chiqadigan odamni yaxshi taniyman. U do‘zaxdan dumbasi bilan sudralib chiqadi. Unga deyiladiki, bor jannatga kirgin, u jannatga kirmoq uchun boradi. Lekin kuradiki, odamlar hammalari o‘z joylarini egallab, joylanib bo‘libdilar. Qaytib borib, arz qiladi: Yo, rabbiy, odamlar o‘z joylarini olib bo‘libdilar. Unga deyiladi, dunyoda o‘zing o‘tgan zamon xotiringda bormi? Keyin Alloh taolo, ey bandam, orzu qil va nimani talab qilmoqchi bo‘lsang, qil. U orzu qiladi, keyin unga deyiladi, endi senga orzu qilgan narsalaringni va o‘zing ko‘rgan dunyoning o‘n barobarini berilur. Bu so‘zni eshitib, bechora deydiki; Ey, Xudo, podshohlar podishohi bo‘lib turib, meni mashara kilasanmi? Ibni Mas’ud dedilar, Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko‘rdim. Bu so‘zni aytib turib, shunday kuldilarki, muborak tishlari ravshan ko‘rindi.
Termiziy rivoyati, "œShamoil"dan.