Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor  ( 9865 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


AbdulAziz  14 Iyul 2008, 01:48:41

Bismillahir rohmanir rohim.

Buyuk Xoliqimiz va Parvardigorimiz Alloh subhanahu va taologa behisob hamdu sanolar bo‘lsin! Sarvari koinot - Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga, u zotning ashoblari va ahli baytlariga salovotu durudlar bo‘lsin!
Odamzod tug‘ilganidan to umrining nihoyasigacha bilim olishga, o‘rganishga, tajriba orttirishga, anglashga muhtoj. U ana shu yo‘lda Alloh taolo Qur’oni karim orqali ato etgan ilmlarni o‘rganishga kirishadi. Uning Rasuli Muhammad (s.a.v.) keltirgan ilmlar ummonidan bahramand bo‘lmoqqa intiladi. U ana shu yo‘lda solih salaflar, ulug‘ allomalarning izidan borishga rag‘bat ko‘rsatadi. Insoniyat Alloh taoloning so‘nggi, komil, haq dini – Islomga doir, uning asoslari, arkonlari, ibodatlariga oid ilmlardan yaxshi xabardor bo‘lishga ko‘proq muhtoj. Chunki Islomning tub mohiyatini, uning shariatini anglamay, bilmay saodatga erishib bo‘lmaydi. Shu boisdan dinimizda ilm olishga, bilmagan narsalarini so‘rab, din asoslarini va ibodat tartiblarini o‘rganishga katta e’tibor bilan qaralgan.
Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat etadi: «Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja – martabalarga ko‘tarur» (Mujodala surasi, 11-oyat). Alloh taolo yana aytadi: «Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur» (Fotir surasi, 28-oyat).
Hadisi shariflarda ham ilm olish, so‘rab-o‘rganishning fazilatlari keng bayon etilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ummatga beshikdan qabrgacha ilm izlamoqni vasiyat qilganlar. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «Kimga Alloh yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih (teran anglovchi) qilib qo‘yadi va unga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatadi». (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).
Alhamdulillah, musulmonlarimiz bugungi kunda Allohning amr-farmonlariga, Uning Rasuli sunnatiga amal qilib, dinlarini teranroq anglash, shariatni chuqurroq tushunish yo‘lidan borishyapti. Keyingi yillarda masjid imomlariga berilayotgan, gazeta va jurnallarning tahririyatlariga kelayotgan dinimizga doir savollarning ko‘payib borayotgani ham shunga dalolat! Qo‘lingizdagi bu kitobga musulmonlarimizdan kelgan Islom dini, shariati, ibodatlari, axloqiga doir yuzlab savollarga javoblar asosida tartib berildi. Javoblarni tayyorlashda Qur’oni karim va tafsirlari, hadisi shariflardan, Movarounnahr diyorida ma’lum va mashhur bo‘lgan «Hidoya», «Muxtasar ul-viqoya», «Jomi’ ur-ramuz», «Hazonat ul-fiqh», «Majmuat ul- fatovo», «Halabi sag‘ir», «Sharhi avrod», «Radd ul-muxtor», «Sirojiyya», «Hadiyyat us-su’luk» «Mabsuti Saraxsiy», «Halabi sabir», «Minhoj us-solihin», «Fatavoi Jung», «Sharhi Ilyos», «Fatavoi Hindiyya», «Ayollar fiqhi», «Sharhi fiqh ul-akbar» va boshqa ko‘pgina fiqh kitoblari, mazhabboshimiz Imom A’zam asarlaridan foydalanildi. Zarur o‘rinlarda ana shu manbalar ko‘rsatib o‘tildi.

Mavzular

G'ayb, bid'at, irim-sirimlar
Qur'on va Mushaf
Savdo-sotiq 
Haj va umra 
Poklik, g'usl, tayammum
Islomiy odob
Iymon 
Aqida
Zakot
Halol va harom
Ro'za va Ramazondagi ibodatlar 
Tahorat
Namoz
Jamoat
Janoza va dafn odoblari
Tarix
Nikoh va taloq 
Ayollar fiqhi 
Oilaviy munosabatlar 
Qurbonlik so'yish 
Turli masalalar

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Iyul 2008, 01:50:57

Dinda savolim bor... (1-kitob)



Muallif: Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad

Hajmi: 114 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Iyul 2008, 01:51:09

Dinda savolim bor... (2-kitob)



Muallif: Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad

Hajmi: 102 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Iyul 2008, 01:51:19

Dinda savolim bor... (3-kitob)



Muallif: Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad

Hajmi: 123 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Iyul 2008, 01:51:40

Dinda savolim bor... (4-kitob)



Muallif: Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad

Hajmi: 125 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Iyul 2008, 01:51:53

Dinda savolim bor... (5-kitob)



Muallif: Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad

Hajmi: 130 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Iyul 2008, 01:52:07

Dinda savolim bor... (6-kitob)



Muallif: Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad

Hajmi: 102 Kb
Fayl tipi: pdf, zip

Saqlab olish

Online o'qish

Qayd etilgan