Tanlangan sahih hadislar  ( 56624 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


AbdulAziz  22 Iyun 2009, 04:49:39

Abdurrahmon ibn Abu Bakra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uch bor: «Eng katta gunohi azimlar xususida sizlarga xabar qilayinmi?» — dedilar. Sahobalar: «Ha, yo Rasulalloh!» — deyishdi. Shunda Janob Rasululloh: «Ollohga shirk keltirmoqlik, ota-onaga itoatsizlik...» — dedilar-da, yonboshlab yetgan erdilar, o‘ltirib oldilar. So‘ng: «Yolg‘on gap ham (eng katta gunohi azimlardan) emasmi?!» — deb takror-takror aytaverdilarki, hatto biz: «Qaniydi, bas qilsalar!» — dedik».

Buxoriy rivoyati. "œAl-jome’ as-sahih"dan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Iyun 2009, 09:16:19

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Yetti halokatli (gunohi azimlar)dan o‘zingizni olib qochingizlar!» — dedilar. (Sahobalar): «Yo Rasulalloh, ular qaysi (gunohi azimlar?)» — deyishdi. Janob Rasululloh: «Olloh taologa shirk keltirmoq, sihr qilmoq, Olloh taolo (o‘ldirmoqni harom) qilgan jonni nohaq o‘ldirmoq, poraxo‘rlik qilmoq, yetimlar molini yemoq, qo‘shin yurish qilgan kuni jangdan qochmoq va buzuqlik (ne ekanligi)dan bexabar, pokdomon mo‘minalarni badnom qilib qo‘ymoqdur», — dedilar».

Buxoriy rivoyati. "œAl-jome’ as-sahih"dan.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  26 Iyun 2009, 14:39:09

Abu Yazid (r.a.)dan rivoyat qilinishiga ko'ra, Rasululloh (s.a.v.): "Sizlar hammangiz masjidlaringizda to'planing, qaysiki masjidda qavm to'la ravishda to'plangach, meni chaqi-ringlar", deb marhamat qildilar. Bizning masjidimizda birinchi bo'lib qavm to'plandi. Rasululloh (s.a.v.)ni taklif qildik. Ul zot kelib o'tirishlari bilan bir kishi: "Allohga hamd aytamiz, ammo bu hamd uchun na oldimizda bir maqsad bor, na ortidan keladigan bir manfaat bor", dedi.Rasululloh (s.a.v.) uning bu gapidan ozorlanib, mas-jiddan o'sha zahotiyoq chiqib ketdilar. Biz ham xafa bo'lib bir-birimizga qarab qoldik. Bildikki, Rasululloh (s.a.v.) boshqa bir masjidga ketganlar, ortlaridan izlab bordik va bir masjidda o'tirganlarini ko'rib, biz.ham o'sha masjidga kirib o'tirdik. "Istaganini oldiga, istaganini ortiga qo'ygan Allohga hamdlar bo'lsin, haqiqatda jozibador so'zlar bor", dedilar Rasululloh (s.a.v.). So'ng bizlarga haqiqatdan ta'lim berdilar.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  26 Iyun 2009, 14:41:15

Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Men hech kimni ushbu oyatga amal qilayotganini ko'rmayapman: "Ey, insonlar! Darhaqiqat Biz sizlarni bir erkak (Odam (a.s) va bir ayol (Havvo)dan yaratdik hamda bir-birlaringiz bilan tanishishingiz uchun sizlarni (turli-tuman) xalqlar va qabila (elat)lar qilib qo'ydik. Albatta, Alloh nazdida eng (azizu) mukarramrog'ingiz taqvodorrog'ingizdir..." (49:13). Odamlar bir-birlariga "Men sendan hurmatliroqman!" - deydi. Holbuki, birov birovdan faqat Alloh taologa qilgan taqvosi bilangina ustun va hurmatlidir

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Iyul 2009, 01:03:55

Абу Ҳурайра разисллоҳу анҳу ривост қиладилар: «А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам: «Одамларнинг (сзаро қилган) ҳар бир салом-алиги учун савоб ёзилур, Қуёш чиқадирган ҳар бир кунда (съни, бу дунёда) одамлар сртасида қилинган адолат учун савоб ёзилур!» — деб марҳамат қилдилар».

Бухорий ривости. "œАл-жомеъ ас-саҳиҳ"дан.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  03 Iyul 2009, 13:54:52

Abu Zarr (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Do'sting-ning chelagiga o'z chelagingdan suv quyib qo'yishing ham sadaqadir, do'stinpta tabassum bilan qarashing ham sa-daqadir, odamlar o'tadigan yo'ldan tosh, tikon va suyaklarni olib tashlashing ham sadaqadir, yo'ldan adashgan bir kimsaga to'g'ri yo'lni ko'rsatash ham sadaqadir".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  03 Iyul 2009, 14:00:12

Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir yig'inda o'tirganlarida bir kishi kelib: "Assalomu alaykum", dedi. Rasululloh: "O'nta hasanot", dedilar. Yana bir kishi keldi-da:i "Assalomu alaykum va rahmatulloh", dedi. Ul zot: "Yigirmata hasanot", deb qo'ydilar. So'ng yana bir kishi kelib: "Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu", dedi. Ul zot: "O'ttizta hasanot", dedilar. Shunda bir kishi yig'in-dan turib ketayotib salom bermadi. Rasululloh (s.a.v.): "Do'stingiz salomni unutayozdi, agar birortangiz odam-lar to'plangan joyga kelsangiz salom bering, joy ko'rsatilsa o'tiring, turib ketishda (yana) salom be-ring. Birinchi (salom) ikkinchisidan (savob va fazi-latga) haqliroq emas", deya marhamat qildilar".

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Iyul 2009, 08:43:04

Ҳусайн ибн Абдурраҳмон ривост қиладилар: «Саъид ибн Жубайрнинг хузурида слтирган срднм, у Ибн Аббосдан нақл қилиб: «А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам бундай деб айтганлар»,— деди: «Умматларимдан етмиш минг киши савол-жавобсиз жаннатга киргайдир. Улар сзларига дам солдирмайдирган, ирим-сирим қилдирмайдирган ва Оллоҳ таолонинг сзига таваккал қиладирган кишилардир!».

Бухорий ривости, саҳиҳ

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Iyul 2009, 00:32:09

Tamiym ad-Doriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Din xolislikdir», deganlarida, biz: «Kim uchun ey Rasululloh?» dedik. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohga, kitobiga, rasuliga va musulmonlar imomi hamda ommasiga», deb aytdilar.

(Izoh: Allohga xolislik - Unga iymon keltirib, amrlarini bajarish, qaytariqlaridan qaytish. Kitobiga xolislik - undagi narsalarga bo‘ysunib, tilovat qilish. Rasuliga xolislik - u zot olib kelgan risolatni tasdiqlash. Musulmonlar imomiga xolislik - haq bo‘lsa, unga yordam berib, itoat qilish. Ommaga xolislik - ularga amru-ma’ruf, nahyi-munkar qilish hamda ozor bermaslik bilan bo‘ladi.)

"œSahihi Muslim"dan

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  08 Iyul 2009, 01:19:27

 Олимларнинг ишларини муҳокама қилишдан ожизман-ку, аммо мана шу ҳадис таржимасининг матнидаги "холисликдир" ссзиниг срнига "насиҳатдир" деган ссзни ишлатилса, мақсадга мувофиқроқ бслармикин! Чунки, Аасиҳат- холислик, покиза, содиқлик маъноларини билдиради! Маъно кенгайса керак!
Валлоҳу аълам!

Qayd etilgan