Tanlangan sahih hadislar  ( 41335 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


AbdulAziz  09 Iyul 2009, 09:42:55

Abu Umora Baro ibn Ozibdan (r.a.) rivoyat qilinadi.
«Rasululloh (s.a.v.) yetti narsaga buyurib, yetti narsadan qaytardilar.
Buyurganlari:
1) kasalni ziyorat qilish;
2) janozada ishtirok etish;
3) aksa urib «Alhamdulillah», desa, «Yarhamukalloh», deb javob berish;
4) qasamni bajarish;
5) mazlumga yordam berish;
6) (taom yoki boshqa narsaga) chaqiruvchiga javob berish;
7) salomni (tanigan va tanimaganlar orasida) yoyish.

Qaytarganlari:
1) tilla uzuk taqmoq;
2) kumush idishda ichmoq;
3) tuya egarlariga kimxob yoki ipakdan to‘shamoq;
4) ipak va kanop aralashtirilgan libosni kiymoq;
5) ipakni kiymoq;
6) qalin ipakni kiymoq;
7) yupqa ipakni kiymoq».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  09 Iyul 2009, 17:56:55

Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohumma solli 'ala Muhammad va 'ala ali Muhammad kama sallayta 'ala Ibrohima va ali IbroHim, va barik 'ala Muhammadin va 'ala ali Muhammad kama borakta 'ala Ibrohima va ali Ibrohim va tarahhum 'ala Muhammadin va 'ala ali Muhammad kama tarahhimta 'ala Ibrohima va ali Ibrohim" desa qiyomat kuni men u(ning musulmonligi)ga guvohlik beraman va uni shafoat qilaman", dedilar".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  09 Iyul 2009, 18:09:37

Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Allohim, Sendan faqirlik, yetishmovchilik, xorlikdan panoh so'rayman hamda biror kimsaga zulm qilib qo'yishdan va birovdan zulm ko'rishdan panoh tilayman", der edilar".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  09 Iyul 2009, 18:14:20

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh(s.a.v.): "Gumondan saqlanish, zero gumon so'zlarning yolg'onidir. Josuslik qilmang, bir-biringiz bi-lan raqobatlashmang, o'zaro adovat qilmang, bir-bi-ringazga hasad qilmang va g'azab qilmang, Allohning solih bandalari bo'ling!" - dedilar".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  09 Iyul 2009, 18:18:59

Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Ummatimning yomonlari bekorchi, nojo'ya gaplarni tinmay javraganidir, ummatimning yaxshila-ri esa eng go'zal xulklilaridir", dedilar

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Iyul 2009, 02:09:45

Abu Abdurahmon Abdulloh ibn Mas’uddan (r.a.) rivoyat qilinadi.
«Rasululloh (s.a.v.)dan «Qaysi amal Alloh taologa mahbubroq?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. «Keyin qaysinisi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. «Keyin qaysinisi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lidagi jihod», dedilar».
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  10 Iyul 2009, 09:54:09

Ibn ummu Abd aytdilarki, qaysi bir mo'minning oldida g'iybat qilinganda u o'sha g'iybatni to'xtatsa, Alloh taolo uni dunyo va ohiratda mukofotlaydi. Qaysi bir mo'min oldida bo'layotgan g'iybatni to'xtatmasa, Alloh taolo uni dunyo va oxiratda jazolasin! Kishi bir mo'minni g'iybat qilishi bilan harom luqmani og'zi-ga olgan bo'ladi; o'sha gapirayotgan odamdagi bor narsani aytsa, g'iybat qilgan bo'ladi. Agar yo'q narsani aytsa, unga tuhmat qilgan bo'ladi.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  10 Iyul 2009, 09:57:32

. Abu Hurayra (r.a.)ddn rivoyat qilindi: Rasu-lulloh (s.a.v.) aytdilar: "Parvardigorimiz Alloh taborak va taolo har kecha dunyo osmoniga kechaning oxirgi uchdan bir qismi qolganda tushib aytadi: "Men-ga duo qiladigan kimsa bormi, ijobat qilayin. Men-dan biror narsa so'raydigan bormi, berayin. Mendan gunohini so'raydigan bormi, mag'firat qilayin".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  10 Iyul 2009, 10:02:22

Abu Hurayra aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Kimning "odamlar buzilib ketdi deyotganini eshidangiz, bilingki, o'shaning o'zi birinchi bo'lib buzilgandir", dedilar.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  10 Iyul 2009, 10:02:56

Abdulloh ibn Burayda otalaridan rivoyat qildilar. Otalari aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Munofiq odamni, garchi u hurmatlirog'ingiz, ish boshingiz bo'lsa ham "sayyid" demang, shunday desangiz Parvardigoringizning g'azabini duchor bo'lasiz", dedilar.

Qayd etilgan