Tanlangan sahih hadislar  ( 56616 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 10 B


AbdulAziz  29 Iyul 2008, 07:46:25

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:

 «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb marhamat qildilar: «Inson (o‘z) vujudining har bir bo‘g‘imi uchun Quyosh chiqib (olamni munavvar qilguvchi) har kuni (Olloh taolo yo‘lida) xayru ehson (amali solihlar) qilmog‘i lozim bo‘lib, uning ikki odam orasini kelishtirib qo‘ygani ham savobdur, (safarda) hamrohini uloviga mingashtirib olib yoki uning yukini uloviga ortib olib, yordam qilgani ham savobdur, (birovning ko‘nglini ko‘targuvchi, unga dalda berguvchi) yaxshi (shirin) so‘z aytgani ham savobdur, namoz (uqiyman, deb) qo‘ygan har biri qadami ham savobdur va (odamlarga) ozor berguvchi (tosh, kesak, najosat kabi) narsalarni yo‘ldan olib tashlagani ham savobdur».

Buxoriy rivoyati. "œAl-jome’ as-sahih"dan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Avgust 2008, 09:43:45

Abu Burda raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Muoz (ibn Jabal) va Abu Musoni Yamanga (ya’ni, Yamandagi ikki viloyatga amir qilib) yuborayotib: «Osonlashtiringizlar, qiyinlashtirmangizlar, (Olloh taoloning fazlu karami benihoyat keng ekanligini aytib, odamlarni) xushnud qilingizlar, (do‘q-po‘pisalar birlan) ularni cho‘chitib quymangizlar, bir-biringiz birlan kelishib (ish qilingizlar), o‘zaro janjallashmangizlar!» — deb tayinladilar».

Buxoriy rivoyati. "œAl-jome’ as-sahih"dan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Avgust 2008, 08:40:34

Muoviya rivoyat qiladilar:

«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo qaysi bandasiga savob (ya’ni, barcha savoblarni yohud ulkan savob) ato etmoqni ixtiyor qilsa, uni din borasida faqih (dinni teran tushunguvchi, din bilimdoni) qilur. Darhaqiqat men Qosim (taqsim qilguvchi)man, Olloh taolo ersa ato etguvchidur. Bu ummat Olloh taoloning amri kelgunga (ya’ni, Qiyomatga) qadar ham o‘zlariga muxoliflik qilayotganlarga qarshi kurashni davom ettirurlar!» — deb marhamat qildilar».

Buxoriy rivoyati. "œAl-jome’ as-sahih"dan.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Avgust 2008, 07:58:21

Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhdan rivoyat qilinadi.
«Men: «Ey Allohning nabiyi, amallarning qaysisi jannatga yaqinroq?» deb so‘rasam, u zot: «Vaqtida o‘qilgan namoz», dedilar. Men: «Ey Allohning nabiyi, yana-chi?» desam, u zot: «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. Men: «Ey Allohning nabiyi, yana-chi?» desam, u zot: «Alloh yo‘lida jihod», dedilar».
(Sahihi Muslimdan)

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Avgust 2008, 09:23:05

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar:
 «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga Madina bozorlaridan birmda erdim. Janob Rasululloh (bozordan)  qaytdilar, men ham qaytdim. Keyin: «Qani mening kichkintoyim?!« —deb uch marotaba takrorladilarda: «Hasan ibn Alini chaqir!» — dedilar. Hasan ibn Ali bo’yniga munchoq taqqan holda o’rnidan turib kela boshladi. Nabiy sallallohu alayhi va sallam quchoqlarini ochib: «Mana bunday qil!» dedilar. Hasan ibn Ali ham quchog’ini ochib Mana bunday qiling!»— dedida, ul zotning bag’rlariga o’zini tashladi. Janob Rasululloh: «Ey xudoyim, men buni juda ham yaxshi ko’raman, buni yaxshi ko’rganni ham  yaxshi ko’raman dedilar. Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shu gapni aytganlaridan so’ng Hasan ibn Ali mening uchun eng suyukli odam bo’lib qoldi!» — deydilar.

Buxoriy rivoyati, sahih

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Avgust 2008, 07:58:50

Абу Ҳурайра разисллоҳу анҳу ривост қиладилар:
«А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам бундай деб айтдилар: «Агар Оллоҳ таоло бирор бандасини севиб қолса, Ҳазрат Жаброилга: «Дарҳақиқат Оллоҳ таоло фалон бандасини севиб қолди, сен ҳам уни севгил!» — деб нидо қилгай. Шунда Жаброил алайҳиссалом уни севиб қолгайлар-да, осмон аҳлига: «Дарҳақиқат Оллоҳ таоло фалон бандасини севиб қолди, сизлар ҳам уни севингизлар!» — деб нидо қилгайлар. Шунда осмон аҳли ҳам сшал бандани севиб қолгай. Ана шундан сснггина ердагилар (одамлар) қалбида унга нисбатан муҳаббат пайдо бслгай».

Бухорий ривости. "œАл-жомеъ ас-саҳиҳ"дан.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Avgust 2008, 10:25:51

Абу Ҳурайра разисллоҳу анҳу ривост қиладилар:

«А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва саллам бундай дедилар: «Шайтон қайси бирингизнингдир олдингизга келади-да (съни, юрагингизга васваса солади-да): «Фалон нарсани ким сратган, фалон нарсани ким сратган?» — дейди, ҳаттоки- «А аббингни ким сратган?» — деб айтади (съни, хаёлингизга мазкур саволларни келтиради). Агар (хаёлингизга шундай шайтоний) саволлар келса, дарҳол: «Аъуузу биллоҳи минаш-шайтонир-ражийм!» — деб шайтоннинг васвасасидан қутилингиз!».

Бухорий ривости. "œАл-жомеъ ас-саҳиҳ"дан.

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Avgust 2008, 09:02:55

Анас разисллоҳу анҳу ривост қиладилар:

«Бир киши А асулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи ва салламга Қиёмат хусусида савол бериб: «Қиёмат қачон?» — деди. Жаноб А асулуллоҳ (унга): «Қиёматга қандай ҳозирлик ксриб қсйгансан?» — дедилар. У: «Оллоҳ таоло бирлан унинг А асулига бслган муҳаббатимдан бслак ҳеч қандай тайёргарлигим йсқ», — деди. Жаноб А асулуллоҳ: «Сен сзинг севганлар бирлан биргасан», — дедилар. Биз Жаноб А асулуллоҳнинг «Сен сзинг севганлар бирлан биргасан» деган гапларига қувонганчалик ҳеч нарсага қувонмаган срдик. Мен ҳам Жаноб А асулуллоҳни, Ҳазрат Абу Бакр ва Ҳазрат Умарни севаман. Гарчи мен улар қилган амали солиҳларни қилмаган бслсам-да, уларга бслган муҳаббатим туфайли (охиратда) улар бирлан бирга бслмоғимни орзу қилурман!».

Бухорий ривости. "œАл-жомеъ ас-саҳиҳ"дан.

Оллоҳ таоло бирлан унинг А асулига бслган муҳаббат билан Жаннатга дохил бслиш барчамизга насиб стсин!

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Sentyabr 2008, 04:46:42

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:

"Menga do'zax ko'rsatildi, qarasam, undagi odamlarning ko'pi inkor qiluvchi xotinlar ekan". Sahobalar: "Ollohni inkor qilganmi?", - deb so'radilar. "Erning yaxshiligini inkor qilganlar, erning qadriga yetmaganlar. Agar ularning bittasiga bir umr yaxshilik qilsang-u, keyin sendan bir kichik yomonlik ko'rsa: "Sendan nima ko'rdim, hech yaxshilik ko'rmadim", - deb aytadir", - deb javob berdilar.
(sahih, Buxoriy rivoyati).

Qayd etilgan


ZUBAIR  26 Sentyabr 2008, 00:12:01

Оиша разисллоҳу анҳо дедилар: «А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам вафот стгунларига қадар А амазон ойининг охирги сн кунида сътикоф қилдилар. Ундан сснг рафиқалари ҳам (рамазон ойининг охирги сн кунида) сътикоф қилар сдилар».

(Имом Бухорий, Муслим ривости).

Qayd etilgan