Tanlangan sahih hadislar  ( 56627 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 10 B


AbdulAziz  16 Noyabr 2008, 13:44:39

Abdulloh ibn Amr ibn al-Os rivoyat qiladi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning «Alloh taolo ilmni bandalardan tortib olmaydi, uni ulamolarni vafot topdirish bilan tortib oladi. Odamlar birorta ham ulamo qolmaganidan so‘ng dinni tushunmaydiganlarni o‘zlariga boshliq qilib oladilar. So‘ng, ulardan so‘raydilar. Ular bilmasdan fatvo aytadilar. O'zlari ham adashadilar, o‘zgalarni ham adashtiradilar» deganlarini eshitganman»,-deb aytgan.

(sahih, Buxoriy rivoyati).

Qayd etilgan


ZUBAIR  16 Noyabr 2008, 22:56:09

Абу Ҳурайра розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам айтдилар: «Аллоҳ таоло сизлардан уч нарсага рози бслади ва уч нарсани ёқтирмайди. Унга ибодат қилишингизга, Унга бирон нарсани шерик қилмаслигингизга, барчангиз Аллоҳнинг арқонига боғланишингиз ва бслинмаслигингизга рози бслади, миш-миш ссзлар айтишингизни, ксп савол беришингизни ва молни беҳуда совуришингизни ёқтирмайди»
#

(Имом Муслим ривости).

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Noyabr 2008, 07:41:25

Rasululloh bunday deganlar: "Halol bilan harom bir narsadir. Ammo ikkalasini bir-biridan farqlashda noaniqliklar mavjud. Odamlarning ko'pi ularni bilmaslar(halol yo harom ekanini). Shuning uchun kimki shubhali narsalardan o'zini tigaydir, dinini kamchiliklardan, obro'yini ta'nadan saqlag'aydir va kimki shubhali narsalardan tiyilmaydir, u birovning ekini chekkasida qo'y boqayotgan cho'ponga o'xshaydir. Uning qo'ylarni ekinga tushirish ehtimoli bordir. Ogoh bo'lingizkim, har bir podshohning o'z chegarasi bordur. Ollohning yerdagi chegarasi harom qilingan narsalardir. Kishi badanida bir parcha go'sht bor, agar u tuzalsa, a'zolarinig barchasi tuzalgaydir, agar u buzilsa, a'zolarining barchasi buzilgaydir. U qalbdir!"

(sahih, Buxoriy rivoyati).

Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Noyabr 2008, 10:56:44

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:

"Din o'ng'aydir, hech kim uni qiyinlashtirib yubormag'ay, mobodo, qiyinlashtirib yuborsa, din uni yengib qo'yg'usidir (ya'ni, amali solihlarni haddan ziyod zimmasiga olishi natijasida ularni eplay olmay, hammasini tark etishiga sabab bo'lg'usidir). Demak, amali solihlarni o'rtacha bajaringiz, ibodatlarni mukammal ado etishga qodir bo'lmasangiz, shunga yaqinroq qilingiz. Amali solihlardan tegadigan savobdan seviningiz. Bu dunyodan oxiratga qilinadigan umr safarida erta tongdan, kechki paytdan va kechaning ba'zi bir qismidan unumli foydalaningiz!".

(sahih, Buxoriy rivoyati).

Qayd etilgan


ZUBAIR  24 Noyabr 2008, 19:51:19


Abu Hurayra  :ra: dan rivoyat qilinadi, Payg'ambar  :sw: dedilar:
«Yetti kishini Alloh taolo faqat o'zining soyasida hech bir soya bo'lmasdan faqat O'zining soyasigina bo'lgan kunda soyalantiradi: Odil podshoh, Allohning ibodatida o'sib ulg'aygan yigit, qalbi doimo masjidlarga bog'langan kishi, Allohning yo'lida bir-biriga muhabbat qo'ygan ikki kishi, ularning ko'rishishlari ham, ajralishlari ham faqat Alloh uchun bo'ladi, va yana bir kishiki uni mansabdor, chiroyli ayol o'ziga chaqirganida u: «men Allohdan qo'rqaman»- deb javob bergan, bir kishiki Alloh yo'lida sadaqa qilgan, sadaqasini shu darajada yashirganki, xatto chap qo'li o'ng qo'li infoq qilgan narsani bilmaydi, yana bir kishiki hilvatda turib Allohni zikr qilganida ko'zlaridan yoshlari quyilgandir». (Muttafaqun alayh).

Qayd etilgan


AbdulAziz  26 Dekabr 2008, 00:22:12

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:

"Menga do'zax ko'rsatildi, qarasam, undagi odamlarning ko'pi inkor qiluvchi xotinlar ekan". Sahobalar: "Ollohni inkor qilganmi?", - deb so'radilar. "Erning yaxshiligini inkor qilganlar, erning qadriga yetmaganlar. Agar ularning bittasiga bir umr yaxshilik qilsang-u, keyin sendan bir kichik yomonlik ko'rsa: "Sendan nima ko'rdim, hech yaxshilik ko'rmadim", - deb aytadir", - deb javob berdilar.
(sahih, Buxoriy rivoyati).

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Dekabr 2008, 00:42:08

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Har bir payg‘ambarning (ijobat etilishi aniq bo‘lgan) duosi bor. Men esa, inshaalloh, o‘sha duoim qiyomat kuni ummatimga shafoat bo‘lishi uchun yashirib qo‘yishni xohladim», dedilar. (sahih, Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Yanvar 2009, 09:59:44

Abu Zarr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagicha gapirib berdilar: «Jabroil alayhissalom huzurimga kelib xursandlik xabarini bergan holda: «Ummatingizdan qaysi bir kishi Allohga biror narsani sherik qilmay vafot etsa, jannatga tushadi», deganlarida, men: «Agar zino va o‘g‘rilik qilsa hammi?» desam, Jaroil alayhissalom: «Agar zino va o‘g‘rilik qilsa ham», dedilar».
(sahih, Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Yanvar 2009, 05:40:15

Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Bir kishi: «Ey Allohning rasuli, Alloh huzuridagi eng ulkan gunoh qaysi?» deganida, u zot: «Seni yaratgan Allohga (biror narsani) teng qilib, unga duo etmog‘ing», dedilar. U kishi: «So‘ngra qaysisi?» deganida, u zot: «Bolalaringni sen bilan birga taom yeyishidan qo‘rqib o‘ldirib yuborishing», dedilar. «So‘ngra qaysisi?» deganida, u zot: «Qo‘shningning xotini bilan zino qilishing», dedilar. Shundan so‘ng Alloh uning tasdig‘iga oyat nozil qildi: «Ular Alloh bilan birga boshqa biron ilohga iltijo qilmaslar. Va Alloh (o‘ldirishni harom qilgan) biron jonni nohaq o‘ldirmaslar hamda zino qilmaslar. Kim mana shu (gunohlardan birontasini) qilsa, uqubatga duchor bo‘lur» (Furqon surasi, 68-oyat). (sahih, Muslim rivoyati)

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Yanvar 2009, 09:42:30

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Iymon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysiz. Bir-biringizni yaxshi ko‘rmaguningizcha (komil) iymonli bo‘lmaysiz. Agar bajarsangiz, bir-biringizni yaxshi ko‘rishingizga sabab bo‘ladigan narsaga dalolat qilaymi? Oralaringizda salomni tarqating», deb aytdilar.
(sahih, Muslim rivoyati).

Qayd etilgan