Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytganlar:
"Din o'ng'aydir, hech kim uni qiyinlashtirib yubormag'ay, mobodo, qiyinlashtirib yuborsa, din uni yengib qo'yg'usidir (ya'ni, amali solihlarni haddan ziyod zimmasiga olishi natijasida ularni eplay olmay, hammasini tark etishiga sabab bo'lg'usidir). Demak, amali solihlarni o'rtacha bajaringiz, ibodatlarni mukammal ado etishga qodir bo'lmasangiz, shunga yaqinroq qilingiz. Amali solihlardan tegadigan savobdan seviningiz. Bu dunyodan oxiratga qilinadigan umr safarida erta tongdan, kechki paytdan va kechaning ba'zi bir qismidan unumli foydalaningiz!".
(sahih, Buxoriy rivoyati).