Tanlangan sahih hadislar  ( 56634 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 B


AbdulAziz  12 Yanvar 2009, 00:56:30

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Uchta xislat borki, ular kimda bo‘lsa, iymon lazzatini topibdi:
1. Biror kishini faqat Alloh uchun yaxshi ko‘rsa.
2. Alloh va Uning rasuli boshqa narsalardan sevimli bo‘lsa.
3. Alloh uni kufrdan qutqarganidan keyin yana kofirlikka qaytmog‘idan ko‘ra olovga tashlanishni afzalroq deb bilsa»
, dedilar.
(sahih, Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Yanvar 2009, 07:43:36

Abdulloh ibn Amr ibn Oss aytdilar:
«Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Musulmonlarning qaysi biri yaxshiroq?» deb so‘raganida, u zot: «Musulmonlar uning tili va qo‘lidan omonda bo‘luvchi kishi yaxshiroqdir», dedilar».
(sahih, Muslim rivoyati).

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Fevral 2009, 00:55:11

Anas ibn Molik rivoyat qiladilar:
«Bir odam Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Yo Rasulalloh, qiyomat Qachon bo‘lg‘ay?»—deb so‘radi. Janob Rasululloh: «Unga qanday hozirlik ko‘rib qo‘ygansan?» — dedilar. Boyagi odam: «Ko‘p hozirlik ko‘rganim yo‘q. Aytarli namoz o‘qimadim, ro‘za tutmadim, sadaqa ham bermadim, ammo men Olloh birlan uning rasulini yaxshi ko‘rg‘ayman» — dedi. Janob Rasululloh: «Sen (jannatda) o‘zing sevganlar birla bo‘lg‘aysen!» — deb aytdilar».

Sahihi Buxoriydan

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Fevral 2009, 00:58:50

Abu Burda otalari hamda bobolaridan naql qiladilar:
«Nabiy sallallohu alayhi va sallam uni (ya’ni, bobolarini) va Maoz ibn Jabalni (Yamanga) yuborayotib: «Osonlashtiringiz, qiyinlashtirmangiz, jalb qilingiz, bezdirmangiz va hamjihat bo‘ling‘iz!»—deb tayinladilar».

Sahihi Buxoriydan

Qayd etilgan


ZUBAIR  10 Fevral 2009, 00:28:36

Абу Ҳурайра розисллоҳу анҳудан ривост қилинади: А асулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам дедилар: «Ақаётган бу стларингиз дсзах ҳароратининг етмишдан бир бслагидир. «Аллоҳга қасамки, бир бслаги ҳам етарди, А А асулуллоҳ», дейилди. «Дсзах сти сша ҳолатига олтмиш тсққиз баробар кучайтирилгандир ва ҳар бири сшанча ҳароратдадир», дедилар.

(Муттафақун алайҳ).

Qayd etilgan


Muhammad Sodiq  17 Fevral 2009, 17:00:25


Abu Huraira shunday dedilar: Paygambarimiz Sallallohu alayhi wa sallam shunday dedilar: "Mening Ummatimning hammasi Jannatga kiradi, magar hohlamaganlar (Jannatni hohlamaganlargina kira olmaydi).", shunda ashoblar: "kim Jannatga kirishni hohlamaydi?" deb so'rashganda, (Rasullulloh): "Kimki menga itoat qilsa, Jannatga kiradi. Kimki menga itoat qilmas ekan, o'sha Jannatni hohlamaganligidir", deb javob berdilar. [Imom Bukhori rivoyati]

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Fevral 2009, 17:18:25

Abu Dardo (r.a.) dan  rivoyat qilingan hadis: "Kim ilm talab qilish yo'liga yursa, Alloh unga jannat yuo'lini oson qilib qo'yadi...Albatta, olimlar paygambarlarning merosxo'rlaridir. Albatta, payg'ambarlar  dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim o'shani olsa, ulug' nasibani olibdi".

Buxoriy rivoyati

Qayd etilgan


Muhammad Sodiq  17 Fevral 2009, 17:28:24

Rasululloh sallallohu alaihi va sallam shunday deb marhamat qildilar:
" Sizlarga ikki narsa tashlab ketmoqdaman, agar ularni mahkam ushlasangiz hargiz adashmaysizlar, u: Allohning Kitobi va Rasulining Sunnatidur" [Imom Molik, Al-Hakim va Al-Bayhaqi tomonidan rivoyat qilinga, sahih hadis]

Qayd etilgan


Muhammad Sodiq  19 Fevral 2009, 15:23:02

Abu Hurayra (radiallohu anhu)dan rivoyat qilinadi, Rasululloh sallallahu alayhi vassallam: "œAyol kishiga to’rtta sababga ko’ra uylaniladi: boyligi, nasabi, husni va dini. Siz dindorini tanlang, shunda baraka topasiz" dedilar. [ Imom Al Buhoriy ]
------------------------------------------------------

Rasululloh sallolohu alayhi va sallam aytdilar:

"Menga do'zax ko'rsatildi, qarasam, undagi odamlarning ko'pi inkor qiluvchi xotinlar ekan". Sahobalar: "Ollohni inkor qilganmi?", - deb so'radilar. "Erning yaxshiligini inkor qilganlar, erning qadriga yetmaganlar. Agar ularning bittasiga bir umr yaxshilik qilsang-u, keyin sendan bir kichik yomonlik ko'rsa: "Sendan nima ko'rdim, hech yaxshilik ko'rmadim", - deb aytadir", - deb javob berdilar.
(sahih, Buxoriy rivoyati).
Ayollarga insof bergin va biz erkaklarni ham ularni bundey holatga tushishlariga sababchi bo'lib qolishlikdan O'zing asra!

Qayd etilgan


siddiqa  13 Mart 2009, 04:46:55

Abu Saiyd ( ra)dan rivoyat qilinadi .
"Rasululloh sollallohu alayhi vassallam :
"Hech kimga sabrdan ko'ra yahshiroq va kengroq ato berilmagan ",-dedilar"
(beshovlari rivoyat qilishgan )

Qayd etilgan