Abu Hurayra (r.a.) shunday rivoyat qildilar: "Bir xotin Rasuli Xudoga huzurlariga kelib: "Yo Rasululloh! Siz sahobiylaringaz bilan majlis qurib o’tirganingizda men so’zlashga jur'at qilolmayman. Biron kun bizni biron joyga to’plang, (savollarimizga sizdan javob ola bilaylik)", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Falon kuni falonchining uyida to’planingiz", deb marhamat qildilar. Xotinlar aytilgan kuni to’planishdi va Rasululloh (s.a.v.) kelib, ularning savollariga javob berar ekanlar, orada shu gapni aytdilar: "Orangizda kimning uch bolasi o’lgan bo’lsa-yu, Allohning irodasiga sabr qilib umid tutsa, albatta, u jannatga kiradi". Bir xotin: "Yo Rasululloh! Ikki bolasi o’lgan kishi ham jannatga kiradimi?" - deb so’radi. "Ikki bolasi o’lgan bo’lsa ham", deb javob berdilar. Mazkur hadisning roviysi Suhayl hadis to’plash va hadisga suyanib fikr aytishda benihoya zehnli edi, ammo o’sha kuni bu hadisni yozib oluvchi odam topilmadi".