Tanlangan sahih hadislar  ( 39380 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 B


ЖАМШИДЖОН  10 Iyul 2009, 11:22:45

Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Qaysi bir musulmon farzandi savob umidi bilan ertalab ota-onasini ziyorat qilsa, Alloh taolo unga jannatdan ikkita eshik ochadi. Agar ulardan bittasini ziyorat qilsa, unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha Alloh taolo undan rozi bo’lmaydi", dedilar. Shunda bir kishi: "Agarda ota-onalar bolaga zulm qilsa, bola nima qilishi kerak?" - deb so’radi. Abdulloh: "Agar ular bolaga zulm qilsalar ham bola ularni ranjitmasligi kerak", dedilar.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  10 Iyul 2009, 11:31:53

Abu Hurayra (r.a.) ikki kishini ko’rib, ulardan bittasiga: "Bu kishi senga kim bo’ladi?" - deb so’radilar. U: "Bu - otam bo’ladilar", degan edi, Abu Hurayra (r.a.): "Unday bo’lsa otangni ismini aytib chaqirma, yurishda undan ilgari yurma va undan yuqori joyda o’tirma", deb nasihat qildilar.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  10 Iyul 2009, 11:36:05

Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. "Bir xotin kishi Rasululloh huzurlariga kelib: "Yo Rasululloh, bu bolam haqiga duo qiling, men uchta bolamni ko’mdim", dedi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Sen zo’r qalqon bilan do’zaxdan to’silib qolibsan", dedilar".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  10 Iyul 2009, 11:37:11

Abu Hurayra (r.a.) shunday rivoyat qildilar: "Bir xotin Rasuli Xudoga huzurlariga kelib: "Yo Rasululloh! Siz sahobiylaringaz bilan majlis qurib o’tirganingizda men so’zlashga jur'at qilolmayman. Biron kun bizni biron joyga to’plang, (savollarimizga sizdan javob ola bilaylik)", dedi. Rasululloh (s.a.v.): "Falon kuni falonchining uyida to’planingiz", deb marhamat qildilar. Xotinlar aytilgan kuni to’planishdi va Rasululloh (s.a.v.) kelib, ularning savollariga javob berar ekanlar, orada shu gapni aytdilar: "Orangizda kimning uch bolasi o’lgan bo’lsa-yu, Allohning irodasiga sabr qilib umid tutsa, albatta, u jannatga kiradi". Bir xotin: "Yo Rasululloh! Ikki bolasi o’lgan kishi ham jannatga kiradimi?" - deb so’radi. "Ikki bolasi o’lgan bo’lsa ham", deb javob berdilar. Mazkur hadisning roviysi Suhayl hadis to’plash va hadisga suyanib fikr aytishda benihoya zehnli edi, ammo o’sha kuni bu hadisni yozib oluvchi odam topilmadi".

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2009, 09:05:58

Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) «Musulmonning musulmon ustidagi haqqi beshtadir:
1. Salomga alik olish;
2. Kasalni borib ko‘rish;
3. Janozaga ergashish;
4. Taom yoki boshqa biror narsaga) chaqirganga javob qilish;
5. Aksa urganga javob qaytarish», dedilar.
Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.

Qayd etilgan


AbdulAziz  14 Iyul 2009, 08:25:25

Suhaybdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar jannat ahli jannatga kirsa, Alloh taolo ularga: «Biror narsa xohlaysizlarmi? Men uni (sizlarga ato qilib, ne’matlarimni) ziyoda qilay», deydi. Ular: «Ey Alloh, Sen bizning yuzlarimizni oppoq qilding, jannatingga kirgizding va do‘zaxingdan panoh berding, yana boshqa ne’matlaring ham bormi?» deyishadi. Shunda Alloh taolo jamolini ko‘rsatish uchun to‘siq (parda)ni ochadi. Ular Allohning jamolini ko‘rishganidan keyin Unga nazar solishdan mahbubroq ne’mat yo‘qligini bilishadi», dedilar.
Imom Muslim rivoyati.

Qayd etilgan


AbdulAziz  16 Iyul 2009, 09:05:12

Abu Said va Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.) «Agar jannat ahli jannatga kirishsa, bir nido qiluvchi nido qilib: «Sizlar tirik bo‘lib, aslo o‘lmaysizlar. Sog‘ bo‘lib, hech kasal bo‘lmaysizlar. Doim yigit bo‘lib, hech qarimaysizlar. Doim ne’matda bo‘lib, hargiz yomon holatni ko‘rmaysizlar», deb aytadi», dedilar.
Imom Muslim rivoyati.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  22 Iyul 2009, 08:28:26

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech biringiz qulim va cho’rim deb atamang! hammalaringiz Alloh taoloning quli va hamma ayollaringiz esa Allohning cho’risidir. Lekin g’ulomim, qizim, yigitim deb gapirilsa durustdir", dedilar".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  22 Iyul 2009, 08:29:00

Ibn Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildi: "Kimki Allohga sigansa,uni muhofaza qiling. Kim Alloh uchun biron nima so’rasa, uni bering. Kim sizlarga yaxshilik qilsa, siz ham o’shandoq yaxshilik bilan qaytaring. Agar yaxshilik qilish uchun biron nima topa bilmasangiz, uni duo qilingki, yaxshiligiga javob qaytargan bo’lasiz".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  22 Iyul 2009, 08:29:53

Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "har bir mo’min banda o’z birodarining ko’zgusidir. U birodarida bir aybni ko’rsa, o’zida bo’lgan shunday aybni tuzatishga harakat qilishi kerak".

Qayd etilgan