Tanlangan sahih hadislar  ( 56636 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 B


ЖАМШИДЖОН  22 Iyul 2009, 08:30:14

Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "har bir mo’min o’z birodarining ko’zgusi, har bir mo’min ikkinchi mo’minning birodari - akasi yo ukasidir, uni zoe bo’lishdan saqlaydi va uni muhofaza qilib yuradi", dedilar".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  22 Iyul 2009, 08:32:32

Ato ibn Yasor aytdilar: "Men Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) bilan uchrashib, u kishidan Tavrotda Rasululloh (s.a.v.)ning sifatlari haqida yozilgan gaplarni menga aytib bersangiz, deb so’radim. U kishi Rasululloh (s.a.v.)ning Qur'onda aytilgan sifatlari dan ba'zisi Tavrotda ham bor, dedilarda, "Ey, Pay-hambar! Darhaqiqat. Biz Sizni (qiyomatda barcha ummatlarga) guvoh bo’luvchi, (jannat haqida) xushxabar beruvchi va (do’zax azobidan) ogohlantiruvchi etib yubordik", deb "Ahzob" surasidagi 45-oyatni o’qidilar. (Yana Tavrotda shunday sifatlangan): "O’qish va yozishni bilmaydigan xalqlar (arablar)ni muhofaza qiluvchi qilib yubordim", deyilgan. Unda yana: "Ey, Muhammad! Sen mening bandam va elchimsan. Men senga o’zimgagana tavakkul qiluvchi, deb nom qo’ydim. Sen badxulq va qo’pol muomalalik, yomonlikka yomonlik qaytaruvchi emas, balki yomonlikni kechiruvchi, afv qiluvchisan. Sen Ibrohim xalilullohning o’zidan keyin buzilgan va o’zgartirilgan dinini barpo qilib, arablar "Lo iloha il-lolloh" kalimasini aytib, shu kalima bilan ko’r ko’zlarini, garang quloqlarini va yaralangan dillarini ochmaguncha dunyodan ketmaysan", deyilgan, dedilar".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  22 Iyul 2009, 08:34:07

Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning ovozlarini baland chiqarib kulganlarini sira ko’rmadim, u zot faqat tabassum bilangina kular edilar. Rasululloh (s.a.v.) bulut ko’rsalar yoki shamolni tursa, yuzlarida xafalik alomatlari sezilardi. Shunda men: "Yo Rasululloh! Odamlar bulutni ko’rganda yomg’ir yoqsa kerak, deb xursand bo’ladilar, ammo shunday paytda sizning yuzingizda xafalik alomatini ko’raman", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Bulutda biror azob bo’lmasligidan menga kim kafolat beradi? qaysi bir qavmlar shamol bilan azoblangan. Ba'zi qavmlar bulutni ko’rganda bu bulut bizga yomg’ir olib keladi, deb xursand bo’lib turgan vaqtlarida yomshr o’rniga azob kelib qolgan", dedilar".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  22 Iyul 2009, 08:34:46

Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Bir qancha sahobiylar kulishib o’tirishgan vaqtida Rasululloh (s.a.v.) chiqib qoldilar-da: "Jonim qudrat qo’lida bo’lgan Alloh taolo nomi bilan qasamyod qilamanki, men biladigan narsalarni bilganingizda, albatta, oz kulib, ko’p yig’lagan bo’lardingiz", deb chiqib ketdilar. Sahobiylarning kulgisi yig’iga aylandi. Shunda Rasululloh(s.a.v.)gaAllohtaolo: "Ey, Muhammad, nima uchun bandalarimni noumid qilasan?" - deb vahiy qildi. Rasululloh (s.a.v.) ularning oldiga qaytib chiqdilarda: "Ey, ummatlarim! Sizlarga shodlik bo’lsin! To’g’ri so’z bo’lingaz, o’rta yo’lni tanlangiz!" - dedilar".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  23 Iyul 2009, 12:51:09

"Аллоҳ таоло ҳаром қилган нарсалардан сзингни сақла, снг схши ибодат қилувчилардан бсласан. Аллоҳ таоло сенга берган нарсасига рози бсл, бой одамлардан бсласан. Қсшнингга схши муомала қил, чин мсмин бсласан. Ўзинг учун схши ксрган нарсаларни бошқалар учун ҳам схши ксргин, чин мусулмон бсласан. Ксп кулишга одат қилма, ксп кулги қалбни слдиради"


Qayd etilgan


IXLOS  23 Iyul 2009, 17:22:18

Payg'ambarimizdan Abu Hurayra (r.a) rivoyat qiladi: "Albatta, Alloh taolo
bir bandani yaxshi ko'rsa, Jabroil alayhissalomga : "Men falon bandani yaxshi
ko'rdim sen xam uni yaxshi ko'r" ,deydi.Jabroil alayhissalom osmon farishtalariga: "Parvardigoringiz falonchini  yaxshi ko'ribdi, uni sizlar xam yaxshi ko'ringlar", deydi.
U bandani osmon ahli xam yaxshi ko'radi.Mazkur banda barcha yer ahliga xam
maqbul bo'ladi va bir bandani yomon ko'rib qolsa xam, xuddi shunday e'lon qiladi".
 *Muttafaqun alayhi*.  Buxoriy va Muslim


Qayd etilgan


AbdulAziz  24 Iyul 2009, 09:47:34

Uboda ibn as-Somit rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimdakim Olloh taoloning visolini ko‘rmoq istagida ersa, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni xohlagaydir. Kimdakim Olloh taoloning visolini ko‘rmoqni istamagaydir, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni xohlamagaydir»,— dedilar. Shunda Oisha onamiz yokim ul zotning zavjai muhtaramalaridan biri: «Darhaqiqat, biz o‘lmoqni istamag‘aydirmiz»,— dedilar. Janob Rasululloh: "Yo‘q, unday ermas! Ammo, mo‘min odam uchun, qoshiga o‘lim kelib, Olloh taoloning rizoligi hamda marhamatidan bashorat qilinganda, oldida turgan o‘limdan ko‘ra suyukliroq narsa bo‘lmagaydir va ul Olloh taoloning visolini ko‘rmoqni istab qolgaydir, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni xohlagaydir. Kofir uchun ersa, qoshiga o‘lim kelib Olloh taoloning azob-uqubatidan bashorat qilinganda, oldida turgan o‘limdan ko‘ra yomonroq narsa bo‘lmagaydir va ul Olloh taoloning visolini ko‘rmoqni istamagaydir, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni xohlamagaydir»,— dedilar».

Sahih, Buxoriy rivoyati

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  24 Iyul 2009, 10:15:31

:assalam: 

Aбу Жаъд аз-Зомрий розисллоxу анxудан ривост килинади:
«Аабий соллаллоxу алайxи васаллам:
«Ким писанд килмай уч жумани тарк стса, Аллоx унинг калбига муxр босгай», дедилар».
Сунан сгалари ва ал-Xоким ривост килган.

Шарx:
Уч Жума намозини узрсиз, сътиборсизлик ила тарк килган одамнинг калбига Аллоx муxр босиб, схшилик кирмайдиган килиб ксйиши сша одамнинг сзи учун, оиласи учун, жамисти учун катта бахтсизликдир. Чунки Аллоx муxрлаб ксйган калбдан xеч качон схшилик чикмайди. Бундан ортик бахтсизлик бслиши мумкин смас.
Демак,оила аъзолари ичида Жума намози скийдиганлари ксп бслган жамистда схшилик ксп бслади. Xар бир жамистнинг аъзолари ичида Жума намоз скимайдиганлари канча ксп бслса, сша жамистнинг ёмонлари, мусибатлари ва мушкиллари xам шунчалик кспайиб бораверади. Ичимизда Жума скимайдиганларимиз бсла туриб, нега жамистимиз схшиликка сриша олмаспти, деб ажабланмасак xам бславеради.

Жумъа намози барчангизга насиб стсин!  Жумъа муборак! 

Baссалому алaйкyм!

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  30 Iyul 2009, 07:59:39

Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Suhbatdoshlarning eng yaxshisi xushfe'l va ko’ngilga ma'quli va qo’shnilarning ham eng yaxshisi qo’shnisiga munosabatda mumtozidir", dedilar".

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  30 Iyul 2009, 08:00:45

Abu Zarr G’iforiy (r.a.) aytdilar: "Rabibim va do’stim Rasululloh (s.a.v.) menga uch narsani buyurdilar: birinchi - Hatto agar burni va qo’l-oyoqlari kesilgan qul senga boshliq bo’lsa ham unga itoat qil;ikkinchi - sho’rbo qilsang, suvini ko’proq qilib, qo’shnilaring ahvoliga qarab, shundan minnat qilmay ularga ham ber; uchinchi - namozlarni o’z vaqtida ado qil! Agar imom namozni o’qib qo’ygan bo’lsa, sen shu namozni (uyda o’qiganing uchun) ado qilgan bo’lasan, o’qimagan bo’lsang, unga iqtido qilasanda, u sen uchun nafl namozi bo’ladi".

Qayd etilgan