Muallif Mavzu: Tanlangan sahih hadislar  ( 38608 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 1 Mehmon ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #75 : 14 Iyul 2009, 08:25:25 »
Suhaybdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.): «Agar jannat ahli jannatga kirsa, Alloh taolo ularga: «Biror narsa xohlaysizlarmi? Men uni (sizlarga ato qilib, ne’matlarimni) ziyoda qilay», deydi. Ular: «Ey Alloh, Sen bizning yuzlarimizni oppoq qilding, jannatingga kirgizding va do‘zaxingdan panoh berding, yana boshqa ne’matlaring ham bormi?» deyishadi. Shunda Alloh taolo jamolini ko‘rsatish uchun to‘siq (parda)ni ochadi. Ular Allohning jamolini ko‘rishganidan keyin Unga nazar solishdan mahbubroq ne’mat yo‘qligini bilishadi», dedilar.
Imom Muslim rivoyati.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #76 : 16 Iyul 2009, 09:05:12 »
Abu Said va Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi.
Rasululloh (s.a.v.) «Agar jannat ahli jannatga kirishsa, bir nido qiluvchi nido qilib: «Sizlar tirik bo‘lib, aslo o‘lmaysizlar. Sog‘ bo‘lib, hech kasal bo‘lmaysizlar. Doim yigit bo‘lib, hech qarimaysizlar. Doim ne’matda bo‘lib, hargiz yomon holatni ko‘rmaysizlar», deb aytadi», dedilar.
Imom Muslim rivoyati.
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #77 : 22 Iyul 2009, 08:28:26 »
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Hech biringiz qulim va cho’rim deb atamang! hammalaringiz Alloh taoloning quli va hamma ayollaringiz esa Allohning cho’risidir. Lekin g’ulomim, qizim, yigitim deb gapirilsa durustdir", dedilar".

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #78 : 22 Iyul 2009, 08:29:00 »
Ibn Umar (r.a.) Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini rivoyat qildi: "Kimki Allohga sigansa,uni muhofaza qiling. Kim Alloh uchun biron nima so’rasa, uni bering. Kim sizlarga yaxshilik qilsa, siz ham o’shandoq yaxshilik bilan qaytaring. Agar yaxshilik qilish uchun biron nima topa bilmasangiz, uni duo qilingki, yaxshiligiga javob qaytargan bo’lasiz".

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #79 : 22 Iyul 2009, 08:29:53 »
Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "har bir mo’min banda o’z birodarining ko’zgusidir. U birodarida bir aybni ko’rsa, o’zida bo’lgan shunday aybni tuzatishga harakat qilishi kerak".

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #80 : 22 Iyul 2009, 08:30:14 »
Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "har bir mo’min o’z birodarining ko’zgusi, har bir mo’min ikkinchi mo’minning birodari - akasi yo ukasidir, uni zoe bo’lishdan saqlaydi va uni muhofaza qilib yuradi", dedilar".

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #81 : 22 Iyul 2009, 08:32:32 »
Ato ibn Yasor aytdilar: "Men Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) bilan uchrashib, u kishidan Tavrotda Rasululloh (s.a.v.)ning sifatlari haqida yozilgan gaplarni menga aytib bersangiz, deb so’radim. U kishi Rasululloh (s.a.v.)ning Qur'onda aytilgan sifatlari dan ba'zisi Tavrotda ham bor, dedilarda, "Ey, Pay-hambar! Darhaqiqat. Biz Sizni (qiyomatda barcha ummatlarga) guvoh bo’luvchi, (jannat haqida) xushxabar beruvchi va (do’zax azobidan) ogohlantiruvchi etib yubordik", deb "Ahzob" surasidagi 45-oyatni o’qidilar. (Yana Tavrotda shunday sifatlangan): "O’qish va yozishni bilmaydigan xalqlar (arablar)ni muhofaza qiluvchi qilib yubordim", deyilgan. Unda yana: "Ey, Muhammad! Sen mening bandam va elchimsan. Men senga o’zimgagana tavakkul qiluvchi, deb nom qo’ydim. Sen badxulq va qo’pol muomalalik, yomonlikka yomonlik qaytaruvchi emas, balki yomonlikni kechiruvchi, afv qiluvchisan. Sen Ibrohim xalilullohning o’zidan keyin buzilgan va o’zgartirilgan dinini barpo qilib, arablar "Lo iloha il-lolloh" kalimasini aytib, shu kalima bilan ko’r ko’zlarini, garang quloqlarini va yaralangan dillarini ochmaguncha dunyodan ketmaysan", deyilgan, dedilar".

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #82 : 22 Iyul 2009, 08:34:07 »
Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning ovozlarini baland chiqarib kulganlarini sira ko’rmadim, u zot faqat tabassum bilangina kular edilar. Rasululloh (s.a.v.) bulut ko’rsalar yoki shamolni tursa, yuzlarida xafalik alomatlari sezilardi. Shunda men: "Yo Rasululloh! Odamlar bulutni ko’rganda yomg’ir yoqsa kerak, deb xursand bo’ladilar, ammo shunday paytda sizning yuzingizda xafalik alomatini ko’raman", dedim. Rasululloh (s.a.v.): "Bulutda biror azob bo’lmasligidan menga kim kafolat beradi? qaysi bir qavmlar shamol bilan azoblangan. Ba'zi qavmlar bulutni ko’rganda bu bulut bizga yomg’ir olib keladi, deb xursand bo’lib turgan vaqtlarida yomshr o’rniga azob kelib qolgan", dedilar".

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #83 : 22 Iyul 2009, 08:34:46 »
Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Bir qancha sahobiylar kulishib o’tirishgan vaqtida Rasululloh (s.a.v.) chiqib qoldilar-da: "Jonim qudrat qo’lida bo’lgan Alloh taolo nomi bilan qasamyod qilamanki, men biladigan narsalarni bilganingizda, albatta, oz kulib, ko’p yig’lagan bo’lardingiz", deb chiqib ketdilar. Sahobiylarning kulgisi yig’iga aylandi. Shunda Rasululloh(s.a.v.)gaAllohtaolo: "Ey, Muhammad, nima uchun bandalarimni noumid qilasan?" - deb vahiy qildi. Rasululloh (s.a.v.) ularning oldiga qaytib chiqdilarda: "Ey, ummatlarim! Sizlarga shodlik bo’lsin! To’g’ri so’z bo’lingaz, o’rta yo’lni tanlangiz!" - dedilar".

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #84 : 23 Iyul 2009, 12:51:09 »
"Аллоҳ таоло ҳаром қилган нарсалардан ўзингни сақла, энг яхши ибодат қилувчилардан бўласан. Аллоҳ таоло сенга берган нарсасига рози бўл, бой одамлардан бўласан. Қўшнингга яхши муомала қил, чин мўмин бўласан. Ўзинг учун яхши кўрган нарсаларни бошқалар учун ҳам яхши кўргин, чин мусулмон бўласан. Кўп кулишга одат қилма, кўп кулги қалбни ўлдиради"


IXLOS

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 226
  • -oldi: 312
  • Xabarlar: 274
  • Jins: Erkak
  • Osmonlar va yerdagi hamma narsa Allohnikidir....
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #85 : 23 Iyul 2009, 17:22:18 »
Payg'ambarimizdan Abu Hurayra (r.a) rivoyat qiladi: "Albatta, Alloh taolo
bir bandani yaxshi ko'rsa, Jabroil alayhissalomga : "Men falon bandani yaxshi
ko'rdim sen xam uni yaxshi ko'r" ,deydi.Jabroil alayhissalom osmon farishtalariga: "Parvardigoringiz falonchini  yaxshi ko'ribdi, uni sizlar xam yaxshi ko'ringlar", deydi.
U bandani osmon ahli xam yaxshi ko'radi.Mazkur banda barcha yer ahliga xam
maqbul bo'ladi va bir bandani yomon ko'rib qolsa xam, xuddi shunday e'lon qiladi".
 *Muttafaqun alayhi*.  Buxoriy va Muslim

1.  Odamning ko'p so'zlashi aqli ozligidan, yolg'on so'zlashi irodasi zaifligidan, ovozi balandligi ichi bo'shligidandir.
2.  Bahs-munozarada johilni yengish qiyin, buning misoli shuki, o'tni puflab o'chira olmaysan, aksincha, alanga puflagan sayin zo'rayadi.
3.Yahshilarning diydoriga boqish umrni uzaytirishi, ko'zni o'tkirlashtirishi va ko'ngilni har xil g'ubordan poklashini unutmang...

AbdulAziz

  • Forum Administratori
  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 6942
  • -oldi: 12023
  • Xabarlar: 20359
  • Jins: Erkak
  • Sevelim, sevilelim. Yunus Emre
    • Ziyo Uz
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #86 : 24 Iyul 2009, 09:47:34 »
Uboda ibn as-Somit rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimdakim Olloh taoloning visolini ko‘rmoq istagida ersa, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni xohlagaydir. Kimdakim Olloh taoloning visolini ko‘rmoqni istamagaydir, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni xohlamagaydir»,— dedilar. Shunda Oisha onamiz yokim ul zotning zavjai muhtaramalaridan biri: «Darhaqiqat, biz o‘lmoqni istamag‘aydirmiz»,— dedilar. Janob Rasululloh: "Yo‘q, unday ermas! Ammo, mo‘min odam uchun, qoshiga o‘lim kelib, Olloh taoloning rizoligi hamda marhamatidan bashorat qilinganda, oldida turgan o‘limdan ko‘ra suyukliroq narsa bo‘lmagaydir va ul Olloh taoloning visolini ko‘rmoqni istab qolgaydir, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni xohlagaydir. Kofir uchun ersa, qoshiga o‘lim kelib Olloh taoloning azob-uqubatidan bashorat qilinganda, oldida turgan o‘limdan ko‘ra yomonroq narsa bo‘lmagaydir va ul Olloh taoloning visolini ko‘rmoqni istamagaydir, Olloh taolo ham uni ko‘rmoqni xohlamagaydir»,— dedilar».

Sahih, Buxoriy rivoyati
Ilm o'rganish - Allohdan qo'rqish, uni talab qilish - ibodat, izlash - jihod, bilmaganga o'rgatish - sadaqa, uni o'z ahliga o'rgatish - Allohga qurbatdir. Ilm - tanholikda hamroh, hilvatda - do'st, to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi - dalil, begonlar oldida - eng sodiq do'st, Jannat yo'lining minorasidir.
Hazrati Umar ibn Hattob r.a.

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #87 : 24 Iyul 2009, 10:15:31 »
:assalam: 

Aбу Жаъд аз-Зомрий розияллоxу анxудан ривоят килинади:
«ÐÐ°Ð±Ð¸Ð¹ соллаллоxу алайxи васаллам:
«ÐšÐ¸Ð¼ писанд килмай уч жумани тарк этса, Аллоx унинг калбига муxÑ€ босгай», дедилар».
Сунан эгалари ва ал-Xоким ривоят килган.

Шарx:
Уч Жума намозини узрсиз, эътиборсизлик ила тарк килган одамнинг калбига Аллоx муxр босиб, яхшилик кирмайдиган килиб кўйиши ўша одамнинг ўзи учун, оиласи учун, жамияти учун катта бахтсизликдир. Чунки Аллоx муxрлаб кўйган калбдан xеч качон яхшилик чикмайди. Бундан ортик бахтсизлик бўлиши мумкин эмас.
Демак,оила аъзолари ичида Жума намози ўкийдиганлари кўп бўлган жамиятда яхшилик кўп бўлади. Xар бир жамиятнинг аъзолари ичида Жума намоз ўкимайдиганлари канча кўп бўлса, ўша жамиятнинг ёмонлари, мусибатлари ва мушкиллари xам шунчалик кўпайиб бораверади. Ичимизда Жума ўкимайдиганларимиз бўла туриб, нега жамиятимиз яхшиликка эриша олмаяпти, деб ажабланмасак xам бўлаверади.

Жумъа намози барчангизга насиб этсин!  Жумъа муборак! 

Baссалому алaйкyм!

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #88 : 30 Iyul 2009, 07:59:39 »
Abdulloh ibn Amr ibn Oss (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Suhbatdoshlarning eng yaxshisi xushfe'l va ko’ngilga ma'quli va qo’shnilarning ham eng yaxshisi qo’shnisiga munosabatda mumtozidir", dedilar".

ЖАМШИДЖОН

  • Hero Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 31
  • -oldi: 398
  • Xabarlar: 945
  • Jins: Erkak
  • Assalomu aleykum!!!
    • FORUM.ZIYOUZ.COM
Re: Tanlangan sahih hadislar
« Javob #89 : 30 Iyul 2009, 08:00:45 »
Abu Zarr G’iforiy (r.a.) aytdilar: "Rabibim va do’stim Rasululloh (s.a.v.) menga uch narsani buyurdilar: birinchi - Hatto agar burni va qo’l-oyoqlari kesilgan qul senga boshliq bo’lsa ham unga itoat qil;ikkinchi - sho’rbo qilsang, suvini ko’proq qilib, qo’shnilaring ahvoliga qarab, shundan minnat qilmay ularga ham ber; uchinchi - namozlarni o’z vaqtida ado qil! Agar imom namozni o’qib qo’ygan bo’lsa, sen shu namozni (uyda o’qiganing uchun) ado qilgan bo’lasan, o’qimagan bo’lsang, unga iqtido qilasanda, u sen uchun nafl namozi bo’ladi".

 

Hadislar — ezgulik kaliti

Muallif AbdulAzizBo'lim Islom

Javoblar: 786
Ko'rilgan: 220661
So'nggi javob 31 Iyul 2013, 16:46:19
muallifi Sadulla
Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (1-jild)

Muallif LayloBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1274
Ko'rilgan: 580043
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 01:24:13
muallifi AbdulAziz
Ro'za haqida hadislar

Muallif DoniyorBo'lim Ro'za

Javoblar: 215
Ko'rilgan: 88365
So'nggi javob 18 Aprel 2019, 15:03:32
muallifi MirzoMuhammad
Namoz haqida hadislar

Muallif DoniyorBo'lim Namoz

Javoblar: 27
Ko'rilgan: 20338
So'nggi javob 16 May 2019, 11:55:30
muallifi MirzoMuhammad
Imom al-Buxoriy. Al-jome' as-sahih (2-jild)

Muallif DoniyorBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 1106
Ko'rilgan: 319293
So'nggi javob 07 Iyun 2009, 01:13:41
muallifi AbdulAziz