Tanlangan sahih hadislar  ( 56597 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 B


ЖАМШИДЖОН  30 Iyul 2009, 08:01:18

Nofi' ibn Abdul Horis (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) "Keng turar joy, solih qo’shni va beozor ulov bo’lishi musulmon kishining saodatidir", dedilar". Solih kishi deb so’zida, ishida va umuman barcha hatti-harakatlarida to’g’rilikni, rostguylikni, poklikni o’ziga dastur qilib olgan insonni aytilgan.

Qayd etilgan


ЖАМШИДЖОН  30 Iyul 2009, 08:04:16

Hz. Ali (k.v.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning dardlari og’irlashgan vaqtida menga: "Ey, Ali! Menga hayvon kuragidan olib kel, men ummatlarim zalolatga tushmaydigan narsalarni yozdiraman", dedilar. Men esa, kurakni olib kelgunimcha Rasulullohning olamdan o’tib qolishlaridan qo’rqib: "Yo Rasulalloh! Aytadigan gaplaringizni men yodimda saqlab qolaman", dedim. Shu vaqtda Rasulullohning muborak boshlari mening bilagim bilan yelkam ustida edi. Rasululloh (s.a.v.)shunda: "Namozni o’z vaqtida o’qinglar, zakotni beringlar hamda qo’l ostingizdagi kishilarga yaxshi qaranglar", deb vasiyat qildilar va jonlari chiqqunga qadar shunday so’zlarni aytib, oxirida "Lo iloha illalloh,Muhammadu-r-Rasululloh" kalimasiga guvohlik berishga buyurdilarda: "Kim shu kalimaga ko’ngil bilan guvohlik bersa, Alloh taolo uning jasadini do’zax o’tiga harom qiladi", dedilar".

Qayd etilgan


IXLOS  30 Iyul 2009, 10:03:23

  Rasululloh (s.a.v.) aytganlarki: "Kimiki urfda yaxshi ishni joriy qilsa, shu yaxshi ishning savobi
va ergashib shu yaxshi ishni qilgan kishining savobi unga qiyomatgacha yetib turadi. Va kimki
urfda yomon bir ishni joriy etsa, o'sha yomonligining gunohi va ergashib shu yomonlikni qilgan
kishining gunohi unga qiyomatgacha yetib turadi".
Ammo agar unga birov ergashganligi uchun emas, balki o'zining ishi oshkora bo'lganligi uchun
quvonsa, bu holda amalining savobi ketishidan qo'rqmog'i kerak.


"Sahih".   Muslim, "Zakot" kitobi

Qayd etilgan


siddiqa  03 Avgust 2009, 00:42:50

 :as:

Abu Hurayra (ra)dan
Nabiy (sav):
"agar ummatimga mashaqqat bo'lishinio'ylamaganimda ,albatta ularni har namozdan oldin misvok qilishga amr etgan bo'lur edim"dedilar
beshovlari rivoyat qilishgan.

Qayd etilgan


Mahdiyah  03 Avgust 2009, 07:44:21

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Oz bo'lib kifoya qilib turgani, ko'p bo'lib yo'ldan ozdirganidan yaxshidir"

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Avgust 2009, 10:00:30

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo bunday deydi», — dedilar: «Mening bandamga munosabatim uning mening haqimdagi fikru o‘yiga bog‘liq bo‘lib, agar meni yod etsa, hamisha unga yormen! Agar ul meni ko‘nglida yod etsa, men ham uni ko‘nglimda yod etgaymen, agar ul meni ko‘pchilik orasida yod etsa, men ham uni undan afzalroq ko‘pchilik ichida yod etgaymen. Agar ul menga bir qarich yaqinlashsa, men unga bir tirsak yaqinlashgaymen, agar ul menga bir tirsak yaqinlashsa, men unga bir quloch yaqinlashgaymen, agar ul men tomon yurib kelsa, men ul tomon chopib borgaymen!».

Buxoriy rivoyati, sahih

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Avgust 2009, 07:40:13

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb aytdilar: «(Sizlardan ilgari o‘tgan odamlarning orasida) bir (badavlat) kishi bo‘lgan bo‘lib, u odamlarga (beg‘araz) qarz berib turar erdi hamda xizmatkoriga (doimo): «Agar biror muhtoj odamning qoshiga (olgan qarzini so‘rab) borsang-u, (u hozir uzolmasligini aytsa), olgan qarzidan kechgil, shoyad Olloh taolo bizning ham (gunohlarimizdan) kechsa!» — der erdi. Keyin, (o‘shal kishi vafot qilganda) Olloh taolo uning gunohlaridan o‘tdi».

Buxoriy rivoyati, sahih

Qayd etilgan


siddiqa  27 Oktyabr 2009, 20:12:57

Abu Huraira shunday dedilar: Paygambarimiz Sallallohu alayhi wa sallam shunday dedilar: "Mening Ummatimning hammasi Jannatga kiradi, magar hohlamaganlar (Jannatni hohlamaganlargina kira olmaydi).", shunda ashoblar: "kim Jannatga kirishni hohlamaydi?" deb so'rashganda, (Rasullulloh): "Kimki menga itoat qilsa, Jannatga kiradi. Kimki menga itoat qilmas ekan, o'sha Jannatni hohlamaganligidir", deb javob berdilar. [Imom Bukhori rivoyati]

Qayd etilgan


siddiqa  24 Iyun 2011, 12:38:34

 Abdulloh ibn Amr ra dan rivoyat qilinadi. " Nabiy sollallohu alayhi vasallam : " Sizlarning eng yahshingiz husni hulqligingizdir" dedilar."  ( Termiziy, muslim, Buxoriy)

Qayd etilgan