ال artiklining hamzasi
Jumlada so’zlar gapning borishiga qarab, aniq yoki noaniq holatda bo’ladi. Noaniq holatdagi so’z odatda, tanvin bilan tugagan bo’ladi.
ال artikli esa so’zning aniq holatda ekanligini ko’rsatib turadigan
aniqlik artiklidir.
ال aniqlik artiklining hamzasi vaslali, ya’ni biriktiruvchi (o’qilmaydigan) hamzadir. U faqat gapning boshida kelganida,
"œa" deb o’qiladi:
xat — (al maktu:bu) أَلْمَكْتُوبُ kitob — (al kita:bu) أَلْكِتَابُ
Ushbu so’zlarning boshidagi
م va
ك harflari
qamariya harflari edi. Shuning uchun bu so’zlardagi
ال artiklining
ل harfi to’liq o’qiladi.
Agar so’z
shamsiya harf bilan boshlangan bo’lsa, aniqlik artiklining
ل harfi shamsiya harfga singib ketadi va yozuvda shamsiya harf ustiga
"œshadda" belgisi qo’yiladi:
أَلشَّمْسُ so’zi
"œal-shamsu" emas, balki
"œash-shamsu" deb o’qiladi:
tinchlik (as-sala:mu) أَلسَّلاَمُ dars (ad-darsu) أَلدَّرْسُ
Gapda yoki so’z birikmasining o’rtasida ( ya’ni ikki so’zning o’rtasida) kelgan vaslali hamza
ل harfi bilan oldindagi so’zning oxirgi undoshining unlisini biriktirib qo’yadi (
vasl qiladi) :
U xat yozdi (kataba-l-maktu:ba ) كَتَبَ الْمَكْتُوبَ
U kitob oldi ( axoza-l-kita:ba) أَخَذَ الْكِتَابَ
Agar vaslali hamzali yoki
ال artiklini olgan so’zdan oldingi so’zning oxiri sukun bilan tugagan bo’lsa, undan oldingi undosh harfning harakatiga qaraladi. Agar u
"œa" bo’lsa, vaslali hamzali
"œi", agar
"œi" bo’lsa va u so’z fe’l bo’lmasa, vaslali hamza
"œa",
"œu" bo’lsa, vaslali hamza ham
"œu" deb o’qiladi:
Maktabdan (mina-l-madrosati) مِنَ الْمَدْرَسَةِ
Direktor kim? (mani-l-mudi:ru) مَنِ الْمُدِيرُ ؟
Ular musulmonlar"¦. (humu-l-muslimu:na) هُمُ الْمُسْلِمُونَ
Agar bu so’z fe’l bo’lsa,
ال ning vaslali hamzasi
"œi" deb o’qiladi:
Darsni yoz! (uktubi-d-darsa) — أُكْتُبِ الدَّرْسَ
Aniq holatdagi so’z oldida
لِ old ko’makchisi qo’shilib yozilganda,
ا yozuvda tushib qoladi — yozilmaydi:
Uy uchun — لاَلْبَيْتِ) لِلْبَيْتِ → لِ + الْبَيْتِ emas)
Muallim uchun — لاَلْمُعَلِّمِ) لِلْمُعَلِّمِ → لِ + الْمُعَلِّمِ emas)
Agar
ل harfi bilan boshlangan aniq holatdagi so’z oldiga
لِ ko’makchisi birikib kelsa, yozuvda aniqlik artikli tushib qoladi,
ل harfi esa saqlanib qoladi. Chunki so’zning
ل harfi ikkilanib kelyapti:
til uchun — لِلِّسَانِ → لِ + لِسَانٌ ( emas لأَللِّسَانِ)