Muallif Mavzu: Arab tili grammatikasi  ( 52946 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

Musannif Adham

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: Arab tili grammatikasi
« Javob #15 : 31 Iyul 2008, 15:48:48 »
OLMOSH

Olmoshlarning bir necha turi bor. Ular:

1.   Kishilik olmoshlari â€“ أَنَا ، أَنْتَ ، أَنْتِ ، أَنْتُمَا ، هُوَ ، نَحْنُ

2.   Birikma olmoshlari – يِ ، ـكَ ، ـكِ ، ـهُ ، ـهَا 

3.   Ko’rsatish olmoshlari – هٰذَا ، هٰذِهِ ، هٰؤُلاَءِ ، ذَالِكَ ، تِلْكَ ، أُولئِٰكَ 

4.   So’roq olmoshlari â€“ مَا ؟  مَنْ ؟  أَيْ ؟  كَيْفَ ؟
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: Arab tili grammatikasi
« Javob #16 : 01 Avgust 2008, 08:56:22 »
I S M L A R N I N G  G R A M M A T I K  K A T E G O R I Y A L A R I

I. HOLAT KATEGORIYASI

Isml aniq yoki noaniq holatda bo’lishi mumkin. So'zlovchiga oldindan noma’lum bo’lgan so'zlar noaniq holatda, avvaldan ma’lum bo’lgan so'zlar aniq holatda ifodalanadi:

Men bir kitob(ni) o’qidim. (noaniq)
Bu kitob juda foydali ekan. (aniq)

Quyidagi so'zlar aniq holatda deb hisoblanadi:

1.  ال  artikli bilan kelgan so'zlar: أَلْمَدْرَسَةُ ، أَلْوَلَدُ ،  أَلْكِتَابُ ،  أَلْبِنْتُ

.2  Bu artikl bo'lmagan quyidagi ismlar:

a) atoqli otlar: مِصْرُ ، مَكَّةُ ، طَشْقَنْدُ ، أَحْمَدُ ، فَاتِمَةُ  kabi;

b) ko’rsatish olmoshlari: هٰذَا ،  هٰذِهِ ،  ذَالِكَ ،  تِلْكَ  kabi;

c) kishilik olmoshlari: أَنَا ،  أَنْتَ ،  أَنْتِ ،  هُوَ ،  هِيَ ،  نَحْنُ ،  أَنْتُمْ  kabi;

d) qaratqich – qaralmish shaklidagi (izofa) birikmaning 1- bo’lagi: كِتَابُ الطَالِبِ ،  طَالِبُ الْجَامِعَةِ kabi;

Tanvin bilan tugagan so'zlar noaniq holatda deb hisoblanadi:
(bir) maktab – مَدْرَسَةٌ    (bir) qiz – بِنْتٌ   (bir) kitob – كِتَابٌ   
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: Arab tili grammatikasi
« Javob #17 : 08 Avgust 2008, 15:38:38 »
II. JINS  KATEGORIYASI

Arab tilida so'zlar ikki xil: 1) muannas (qiz) va 2) muzakkar (er) jinsida bo’ladi.

So'zning muannas jinsda ekanligini bildiradigan yozilshidagi tashqi (morfologik) belgilari uchta:

1. So'zning “ta marbuta” bilan tugagan bo’lishi. Bunday so'zlar ko’p uchraydi:

hadya; ehson - هَدْيَةٌ         qiz - إِبْنَةٌ             amma - عَمَّةٌ

2. So'zning  ـَاءُ   (alif va hamza) bilan tugashi. Bunday so'zlar kam uchraydi:

davo -  دَوَاءٌ       sinov - بَلاَءٌ           kasallik - دَاءٌ

3. So'zning  َي  (alif maqsura) bilan tugashi. Bunday so'zlar juda kam uchraydi:

xushxabar - بُشْرَي                    kasalxona - مُسْتَشْفَي

Qolgan muannas jinsdagi so'zlar ular anglatgan mazmuniga qarab aniqlanadi:

A) Ayol kishini yoki ularning ismini bildiruvchi so'zlar:

Qiz -   بِنْتٌ      ona - أُمٌّ        Vidad (ism) -  وِدَادٌ

B) Tananing juft a’zolarini bildiruvchi so'zlar:

quloq -  أُذُنٌ            qo’l - يَدٌ

C) Xalqlar, davlatlar, shaharlarning nomlari:

Livan - لُبْنَانٌ                  Liviya - لِيبيَا

D) Yaratilishiga ko’ra yakka bo’lgan narsalarning nomlari:
quyosh -  شَمْسٌ         olov -  نَارٌ

Qolgan so’zlar muzakkar jinsga talluqli so'zlardir. Ba’zi so'zlar esa ikkala jinsga tegishlidir. Ularning ro’yxati lug’at kitoblarining oxirida beriladi.   
Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: Arab tili grammatikasi
« Javob #18 : 14 Avgust 2008, 07:12:27 »
III. SON  KATEGORIYASI

Arab tilida uchta grammatik son bor:

1. Birlik.      2. Ikkilik.      3. Ko’plik.

I K K I L I  K    S O N


Ikkilik son muzakkar yoki muannas jins, birlik sonda bo’lgan ismning oxiridagi tanvinini olib tashlab, o’rniga ـَانِ   (a:ni) qo’shimchasini qo’shib yasaladi. Bunda muannas jinsdagi so'zning ة    (“ta marbuta”)si ت  (“ta mamduda”)ga almashtiriladi:

   ikkita kitob               كِتَابَانِ                ←     kitob               كِتَابٌ       
           ikkita toliba              طَالِبَتَانِ               ←     toliba              طَالِبَةٌ            ikkita mudarris         مُدَرِّسَانِ              ←     mudarris         مُدَرِّسٌ 
           
   
Ikkilik sondagi so'z oldiga ال artikli qo’yilganida ham,  ـَانِ qo’shimchasi o’zgarmaydi:

أَلطَّالِبَتَانِ        ←  طَالِبَتَانِ                     أَلْكِتَابَانِ  ←  كِتَابَانِ
   
Alif maqsura – ي bilan tugagan ismning ikkiligi hosil qilinganda, u ي ga o’zgaradi:

Ikkita xushxabar                بُشْرَيَانِ        ←          xushxabar      بُشْرَي
   
Hamza (ء) yoki alif ( ا ) bilan tugagan so'zlardan ikkilik son hosil qilinganda, ularning hamza yoki aliflari “ wa:w” ( و ) ga o’zgarib ketadi:

ikkita go’zal             حَسْنَوَانِ        ←       go’zal      حَسْنَاءُ

Ikkilik sondagi so'zlar bosh va qaratqich-tushum kelishiklarida turlanadi:


Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: Arab tili grammatikasi
« Javob #19 : 21 Avgust 2008, 06:03:32 »
K O’ P  L  I  K    S O N

Arab tilida so'zlarning ko’pligini hosil qilish ancha murakkabdir. U bir necha usulda yasaladi.:

1. Siniq ko’plik yasash usuli;  2. To’g’ri ko’plik yasash usuli.

Siniq ko’plik.  Ismdan siniq ko’plik yasashda so'zning o’zagi go’yoki “sindiriladi” – ya’ni so’z o’zagini tashkil etuvchi undoshlarning unlilari o’zgaradi, ko’plik shakl yasovchi undoshlar kiritiladi. Natijada uning birlik shakli o’zgaradi. Shuning uchun bunday ko’plik yasash usuli “siniq ko’plik” deb ataladi. Siniq ko’plikdagi tanvin z(d)amma bilan tugagan ismlar uch kelishikda, d(z)amma  bilan tugagan ismlar  esa ikki kelishikda turlanadi:

bog’ – bog’lar    حَدِيقَةٌ – حَدَائِقُ           dars – darslar       دَرْسٌ – دُرُوسٌ
             
kitob – kitoblar    كِتَابٌ – كُتُبٌ      xabar – xabarlar    خَبَرٌ – أَخْبَارٌ

Qaysi so'zning ko’pligi to’g’ri ko’plikda va qaysinisiki “siniq ko’plik”da hosil bo’lishini aniqlaydigan ma’lum bir “temir” qoida yo’q. Buni aniqlash uchun bizga lug’at kitoblari va o’zimiz yod olgan so'z boyligimiz qo’l keladi.

To’g’ri ko’plik. Ismdan to’g’ri ko’plik yasashda uning oxiriga ko’plik qo’shimchasi qo’shiladi. Bunda birlik shakli o’zgarmay turadi. Muzakkar jinsidagi to’g’ri ko’plik shaxsni bildiradigan atoqli otlardan, ularning kasblarini bildiradigan so’zlardan, “ة  “ (“ta marbuta”) bilan tugamagan, ikkilik va to’g’ri ko’plik qo’shimchalaridan xoli bo’lgan so'zlardan hosil qilinadi.

Muzakkar jinsdagi, odamni va uning kasb-korini bildiradigan so'zlarning ko’oligi uning oxiriga “ وُنَ -” va muannas jinsdagi so'zning ko’pligi uning oxiriga “  َـاتٌ ”  qo’shimchasini qo’shib hosil qilinadi. Bu yerda ham  ة  harfi ت ga aylanadi. Muzakkar jins ko’plikdagi so'zlar ال  artikli olganda qo’shimchasi o’zgarmaydi:

mudarrislar         مُدَرِّسُونَ        ←      mudarris       مُدَرِّسٌ + ُونَ
                       
mudarrisalar    مُدَرِّسَاتٌ     ←      mudarrisa   مُدَرِّسَةٌ + َـاتٌ

To’g’ri ko’plik, muannas jinsdagi ism  ال artikli olganda tanvini tushib qoladi:

olimalar       أَلْعَلِمَاتُ    ←  عَالِمَاتٌ       +       عَالِمـ + َـاتٌ  ←  عَالِمَةٌ
   tikuvchilar     أَلْخَيَّاطَاتُ  ←  خَيَّاطَاتٌ    +        خَيَّاط + َـاتٌ  ←    خَيَّاطَةٌ

To’g’ri  ko’plikdagi ismlar ikkita kelishikda turlanadi:


Odamni bildirmaydigan, muzakkar va muannas jinsdagi aksariyat so'zlarning ko’pligi ham muannas jinsdagi to’g’ri ko’plik shaklida hosil qilinadi:

hayvon – hayvonlar                          حَيْوَانَاتٌ      ←  حَيْوَانٌ
  imtihon – imtihonlar                       إِمْتِحَانَاتٌ     ←    إِمْتِحَانٌ 

Ko’pincha odamni anglatgan bir so'zning muzakkar jinsi to’g’ri ko’plikda va muannas jinsi siniq ko’plikda hosil qilinishi mumkin.

Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Musannif Adham

  • Moderator
  • Mega Member
  • *****
  • Rahmat
  • -aytdi: 15
  • -oldi: 918
  • Xabarlar: 4138
  • Jins: Erkak
Re: Arab tili grammatikasi
« Javob #20 : 01 Sentyabr 2008, 09:10:03 »
KO’RSATISH OLMOSHLARI

Ko’rsatish olmoshlari shaxs, narsa yoki jonzotlarni ko’rsatish, belgilash uchun ishlatiladi. Ko’rsatish olmoshi qaysi shaxs yoki narsani ko’rsatib kelayotgan bo’lsa, o’shaning jinsi va soni bilan moslashib keladi. Ko’rsatish olmoshlari gapda ega, kesim va moslashgan aniqlovchi vazifasida keladi. Yaqinni ko’rsatuvchi ko’rsatish olmoshlari quyidagilardir:


Uzoqdagi predmetni ko’rsatuvchi ko’rsatish olmoshlari quyidagilardir:

Donishmand zamonasidan o'zib ketadi
Aqlli kishi zamon bilan qadam-baqadam yuradi
Aqlsiz kishi zamondan orqada qoladi
Ahmoq esa zamon yo'liga to'g'anoq bo'lishga urinadi.

Rabella

  • Sr. Member
  • ****
  • Rahmat
  • -aytdi: 183
  • -oldi: 758
  • Xabarlar: 250
    • www.mumina.uz
Re: Arab tili grammatikasi
« Javob #21 : 29 Iyun 2012, 16:27:30 »
 :asl3:
Arab tili grammatikasini arab tilida o`rgatadigan audio darslar bormi?
Agar bor bo`lsa, iltimos, link bervoringlar..

 

Ne'matillo Ibrohimov, Muhammad Yusupov. Arab tili grammatikasi. 1-jild

Muallif AbdulAzizBo'lim Chet tillari

Javoblar: 0
Ko'rilgan: 9754
So'nggi javob 29 Avgust 2012, 14:48:51
muallifi AbdulAziz
Arab tili

Muallif ShohiBo'lim Arab tili saboqlari

Javoblar: 33
Ko'rilgan: 31734
So'nggi javob 07 Yanvar 2011, 12:56:28
muallifi Solihatun
Arab tili

Muallif AzamatBo'lim Arab tili saboqlari

Javoblar: 30
Ko'rilgan: 34162
So'nggi javob 10 Iyun 2010, 00:19:20
muallifi Muhseena
Arab tili darsligi

Muallif SumayyaBo'lim Arab tili saboqlari

Javoblar: 6
Ko'rilgan: 22814
So'nggi javob 14 Fevral 2009, 03:20:56
muallifi ibnUyayna
Arab tili darslari

Muallif Musannif AdhamBo'lim Arab tili saboqlari

Javoblar: 41
Ko'rilgan: 75058
So'nggi javob 25 Sentyabr 2011, 06:39:51
muallifi _IYMONA_