Savob uchun tender...  ( 458743 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 ... 69 B


Ulugbek-Uz  21 Iyul 2008, 11:50:30

Ассалому аалйкум! Шу китобни беринг унда.

Sunani Termiziy. Imom Termiziy

Qayd etilgan


Robiya  21 Iyul 2008, 12:09:37

Assalomu alaykum! Mana shu kitoblarni menga yuborsangiz tartib bilan, bittadan:

Kimyoi saodat. Imom G'azzoliy
Qur'on axloqiga ko'ra mo'minning 24 soati. Horun Yahyo
Mo'minning sifatlari. Muhammad Zohid Qo'tqu
O'limdan so'ng. Xolid ibn Abdurahmon

Qayd etilgan


shoir  21 Iyul 2008, 12:51:02

Assalomu alaykum!

Qisasi Rabguziyni ham men olsam

Yana She'riyatga oid kitoblarni menga bersangiz:

Zahiriddin Muhammad Bobur
Muhammad Rahimxon Feruz
Xaziniy
Shayx Sa'diy
Hofiz Sheroziy

Qayd etilgan


registan  22 Iyul 2008, 00:09:00

Assalomu alaykum!

Abdulaziz, xayrli ishga qo'l uribsizlar, Alloh rozi bo'lsin! Manga ham kitoblardan birini yuborsangiz, inshaalloh qo'limdan kelganicha tahrirlashga harakat qilaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 09:13:29

Ассалому аалйкум! Шу китобни беринг унда.

Sunani Termiziy. Imom Termiziy
Va alaykum assalom!

Bu kitobni hali razpoznovat qilib bo'lganim yo'q. matn holiga keltirganimdan so'ng, sizga jo'nataman.

Agar Toshkentda bo'lsangiz, bog'lansak, JPG-rasmlarini ham o'zingizga berardim. Qarab, solishtirishga ham kerak bo'lardi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 09:19:05

Assalomu alaykum! Mana shu kitoblarni menga yuborsangiz tartib bilan, bittadan:

Kimyoi saodat. Imom G'azzoliy
Qur'on axloqiga ko'ra mo'minning 24 soati. Horun Yahyo
Mo'minning sifatlari. Muhammad Zohid Qo'tqu
O'limdan so'ng. Xolid ibn Abdurahmon

va alaykum assalom!

Sizga Kimyoi saodat (Ruh haqiqati) kitobini yubordim.

Bu kitobni tahrir qilish shartlari:
- avval arxivlangan fayldan word faylni ajratib olasiz.
- kitob kirill alifbosida bo'lib, tahriri ham shu alifboda bo'ladi.
- ba'zi so'zlar ma'nosi berilgan snoskalarni alohida qilmasdan o'sha so'zdan so'ng qavs ichida bering.
- agar tushunmagan joylaringiz bo'lsa, qizil harf bilan belgilab qo'ying.
- she'rlari bor joyni misralarini alohida qatorda kursiv qilsangiz bo'ladi.
- tahrir qilib bo'lganingizdan so'ng, menga jo'nating, man ko'rib, yana xatolari bo'lsa to'grilab sizga jo'nataman va siz forumfga joylashingiz mumkin bo'ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 09:22:49

Assalomu alaykum!

Qisasi Rabguziyni ham men olsam

Yana She'riyatga oid kitoblarni menga bersangiz:

Zahiriddin Muhammad Bobur
Muhammad Rahimxon Feruz
Xaziniy
Shayx Sa'diy
Hofiz Sheroziy

va alaykum assalom!

Qisasi Rabg'uziyni jo'natdim. Uni tahrir qilib, joylayverasiz.

Yana, haziniyni o'zim tahrir qilib qo'ygandim. Uni She'riyat bo'limiga joylasangiz bo'ladi.
Islomiy she'rlari ham juda ko'p. uni islom she'riyatiga ham joylash mumkin.

Feruzni ham tahrir qilishga jo'natdim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  22 Iyul 2008, 09:36:30

Assalomu alaykum!

Abdulaziz, xayrli ishga qo'l uribsizlar, Alloh rozi bo'lsin! Manga ham kitoblardan birini yuborsangiz, inshaalloh qo'limdan kelganicha tahrirlashga harakat qilaman.

Va alaykum assalom!

Sizga Munavvar qorining Musulmonlik degan kitobchasini jo'natdim.

Bu kitobni tahrir qilish shartlari:
- avval arxivlangan fayldan word faylni ajratib olasiz.
- kitob kirill alifbosida bo'lib, tahriri ham shu alifboda bo'ladi.
- agar tushunmagan joylaringiz bo'lsa, qizil harf bilan belgilab qo'ying.
- xatolar asosan h, q harflarida. Shularga o;'qib chiqayotganingizda e'tibor bering.
- tahrir qilib bo'lganingizdan so'ng, menga jo'nating, man ko'rib, yana xatolari bo'lsa to'grilab sizga jo'nataman va siz forumfga joylashingiz mumkin bo'ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Iyul 2008, 07:11:38

Assalomu alaykum!

Xayrli loyihamiz ilk natijalarini bera boshladi.

Musannif Adham o'zlariga yuborilgan Usmon Mushafi tarixi kitobini yakunladilar.

Musannif, ushbu kitobni lotinga o'g'irib, o'zingizga jo'natdim. Uni Islomiy kitoblar bo';limiga alohida mavzu ochib, joylashingiz mumkin.

Shuningdek Rahmatulloh qori Obidovning Qur'on va tafsir ilmlari kitobini ham jo'natdim. Uni ham avvalgi kitobdagidek tahrir qilib, jo'natsangiz bo'ladi.
Qilayotgan xizmatlaringizni Alloh taolo mukofotlasin!

Forumga kitob joylash qoidalari:

1. Mavzu nomini aniq keltiring. Uning muallifini ham mavzu nomini yozganingizdan so'ng nuqta qo'yib yozing. Mavzu va kitob nomini KATTA harf bilan yozing. Ba'zi kitoblar haqida qisqacha izohni qavs ichida ham berishingiz mumkin.
Masalan: IHYOU ULUMID-DIN (O’limdan so’ng). Imom G’azzoliy

2. Mavzuning birinchi postida kitob, uning muallifi, muharriri, tarjimoni, qayerda chop etilganligi, nashriyoti, yili, nima haqdaligi haqida ma'lumotlar qoldiring.

3. Kitobning bo'lim, bob va asosiy mavzularini qora hardda bering. Shuningdek Qur'oni karim oyatlarini ham qora harfda chop eting.

4. Hadisi sharif, she'rlar va ba'zi iqtiboslarni egilgan harfda bering.

5. Har bir abzatsdan keyin 1 qator tashlang.

6. Bir postda 3-4 ta, agar qatorlari ko'p bo'lsa, 1-2 ta abzats berish mumkin.
 
7. Har bir mavzuni alohida postda bering.

8. Imloviy xatolarni bartaraf etib, forumga kiritishdan avval tekshirib chiqing.

9. Mavzu tugagandan so'ng uning mundarijasini oxirgi post qilib joylang va uni 1-postga ham ilova qiling.

Qayd etilgan


Naimjon  24 Iyul 2008, 01:43:54

Assalomu alaikum!

Ulugbek-uz siz bilan kelishaylik, man Sunani Termiziyni olay. Man Toshkentda turaman va AbdulAziz b-n uchrashib manbaani olishim ham mumkin. Manga shu kitob kerak, shu sababli ruhsat bering man olay...

Aytgancha, Sunani Termiziyni hamma boblari bitta qilinadimi?

Qayd etilgan