Assalamu Alaykum.
Abu Muslim aka. Mualliflik huquqini eslatib to'g'ri qilgansiz. Mualliflik huquqi bor. Uni barcha e'tirof qiladi. Va amal ham qiladi.
Lekin bu - mualliflik huquqini ro'kach qilib, shaxsiy kelishmovchiliklarni o'rtaga otishga bahona bo'lmasligi kerak.
Keyin bir kishi o'zi yozgan kitobi uchun bu huquqni da'vo qilishi to'g'ri. Lekin o'zi yozmagan, ijod mahsuli bo'lmagan kitob, ixtiro uchun bu huquqni da'vo qilish - bu shar'an joiz narsa emas. Ha, tan olaman, bu dunyoviy qonunchilikda bor. Lekin Biz - Ahli muslim har narsada G'arbga ko'r-ko'rona ergashib ketmasligimiz kerak.
Ayni tortishuv Imom Buxoriyning "Al-Jomi' As-Sahih"i yuzasidan kelib chiqqanidan xabarim bor. Endi shu kitobni misol qilib olsak, bu kitobning mualliflik huquqi kimga tegishli? "Qomuslar Bosh Tahririyati"(1991 yilda bu hadis to'plamining 1-nashri bosmadan chiqqanda "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi" nashriyoti shunday nomlanardi)gami? Xoja Baxtiyor Nabixon Chustiy(tarjimonlardan biri)gami? Yoki boshqa birovgami?
Agar haqiqiy voqe'likdan kelib chiqsak, kitob muallifi Imom Muhammad ibn Ismoil Al-Buxoriy hisoblanadi. Lekin keyingi shaxslar, nashriyotlar bu kishidan kitobni tarjima qilish, uni omma orasida tarqatib pul ishlash uchun ruxsat olishdimi?
Savolim ahmoqona bo'lsa, uzr so'rayman. Zero, bundan 1128 yil oldin vafot etib ketgan (871 yil, Alloh rahmat qilsin) kishidan kim ham ruxsat so'rardi? Lekin bu yerda mualliflik huquqini ochiq-oydin poymol qilish bor. Chunki bevosita muallifdan "ruxsat olinmadi". Mana bu ushbu qonunning kamchiligi va - mana shu joyiga e'tibor bering - Biz - Ahli Muslimga to'g'ri kelmaydigan joyi.
Endi agar "Ular pul ishlash uchun emas, balki savob uchun bu ishni qilishdi", desangiz, unda "Ziyouz.Com sayti va Forumida qilingan bu ish nima uchun qilindi", deb savol beramiz. Har holda bu yerdagi maqsad pul ishlash uchun bo'lmaganligi ma'lum.
Bu mavzuda Islom.Uz forumida ham 2005 yil sentyabrda munozara ketgan. Buni O'zingiz mendan yaxshi bilasiz. Yana Sizga qarshi keltirilgan dalillarga aniq javob qaytarolmaganingiz ham ma'lum.
Qiziquvchilar shu mavzudagi munozaraga link: Ксчирмачилик иллатиAgar Biz G'arb o'ylab topgan mana shu qonunga "to'liq amal qilsak", bugun ko'p narsa yo'qotgan bo'lardik. Ummat zalolatda qolib ketardi. Minglab olimlarning asarlari ruxsat bo'lmaganligi, mualliflik huquqi to'sqinlik qilgani uchun qayta nashr qilinmay, tarjima qilinmay, izoh yozilmay, chang bosib yo'qolib ketardi.
Ilm Allohning mulki va olimlar meros qoldiradigan yagona boylik. Endi kim uni berkitsa, tarqalishiga to'sqinlik qilsa, yoki to'siqlar o'ylab topsa(mana shu qonun singari) Allohning mana bu oyatidagi hukm uning ustiga tushib qolishi mumkin:
5. Tavrot yuklangan — berilgan, so‘ngra uni ko‘tara olmagan (ya’ni uning ko‘rsatmalariga amal qilmagan) kimsalar (yahudiylar)ning misoli xuddi kitoblarni ko‘tarib ketayotgan eshakka o‘xshaydi (ya’ni, uning vazminligidan charchab-toladilaru, ammo u Kitobning ichidagi narsalardan foydalanmaydilar). Allohning oyatlarini yolg‘on degan qavmning misoli naqadar yomondir. Alloh bunday zolim qavmni hidoyat qilmas!.
"Jum'a" surasi. 5-oyat. Bevosita mavzuga qaytadigan bo'lsak, AbdulAziz aka barcha kitoblarni joylashda bu huquq buzilmasligiga rioya qilganlarini ko'rish mumkin. Barcha qo'yilgan maqola, kitob, risolalarning muallifi, manbasi, internetdagi manzili (linki) berilgan. Va aksariyat asar mualliflaridan ruxsat ham olingan. Shunday ekan ortiqcha gapga hojat yo'q.
Yakunda Abu Muslim akamizni ham, AbdulAziz akamizni ham, O'zimizni - barcha Ahli Muslimni ham Allohning hidoyati va tavfiqida bardavom bo'lishimizni, qalblarimizda bir-birimizga nisbatan g'illu-g'ashlik qilmasligini Allohdan so'rayman:10. Ulardan keyin (dunyoga) kelgan zotlar ayturlar: «Parvardigoro, O’zing bizlarni va bizlardan ilgari iymon bilan o‘tgan zotlarni mag‘firat qilgin va qalblarimizda iymon keltirgan zotlar uchun biron g‘illi-g‘ash qilmagin. Parvardigoro, albatta Sen mehribon va rahmlidirsan». "Hashr" surasi, 10-oyat.