Savob uchun tender...  ( 334133 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 62 63 64 65 66 67 68 69 B


AbdulAziz  06 Noyabr 2012, 09:16:54

:asl3:
Erkin Vohidov. Qumursqalar jangi (38 bet) ni menga yuborishingiz mumkin.

Emailingizga yubordim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Noyabr 2012, 09:17:30

Assalomu alaykum Davron aka. Yaxshi loyiha o'ylabsiz. O'zbekning hashari degan ulug' an'anamiz bor. Birgalashib hammamiz ko'pgina kitoblarni boshqa kitobxon muxlislariga tayyorlaymiz, shu bahonada tahrir asosida kitobni o'qib yanada ilmlarimizni ottiramiz. Shunday ekan barcha forumdoshlarga shijoat yor bo'lsin. Menga ham tahrir uchun quyidagi kitoblarni yuboring:
1.Muhabbat Hamroyeva. Erta so'ngan yulduzlar (366 bet)
2.Najmiddin Komilov. Najmiddin Kubro (18 bet)
3.Shavkat Rahmon. Yurak qirralari (43 bet)
4.Muhammad Yusuf yoxud ustozdan o'zgan shogird (52 bet)


Agar bittadan yuborish sharti bo'lsa , yuqorida tartiblangan nomer bo'yicha yuboravering, faqat bir savol bor edi: Ayrim kitoblarda suratlar bo'ladi. Ularga tahrir davomida ta'sir qilinmaydimi? Aytgancha menda lotin-kirill tarjimon dasturi bor(ehtimol boshqalarda ham bordir) Shu dastur vositasida yuborgan kitoblaringizni tahrir yakunlangach ikki xil alifbo - lotin va kirilda forumga qo'ysam bo'ladimi? (Dastur 99,9 % aniqlikda harflarni tarjima qiladi (jumladan q, g', y, yu, ya, o' kabi harflarni ham)

Tahrir etib bo'lingan kitoblar nomini yuqoridagi ro'yxatdan belgilab qo'ysangiz, biz chalg'imas edik.

Bir taklif bor edi :Tendirda balki eng ko'p sahifa tahrirlayotgan forumdoshlar reytinggini ham tashkil etib borarmiz. Balki bu bizni yanada faolroq bo'lishimizga turtki bo'lar :). Tendir yakunida esa kuchli o'ntalikka kirgan forumdoshlarga sovg'a (o'zlari tahrirlagan kitoblardan) tashkil qilsak yanada qiziqarli bo'larmidi?

1-kitobni yubordim.
Takliflar uchun tashakkur.

Qayd etilgan


AbdulAziz  13 Noyabr 2012, 08:59:47

Tahrir qilish uchun ushbu yangi kitoblar tenderga qo'yiladi:

Abdusaid Ko'chimov. Halqa. Hikoya va qissalar (66 bet)
Bahrom Ro'zimuhammad. Ikki nur (37 bet)
Halima Ahmedova. Erk darichasi (55 bet)
Mahtumquli. Saylanma (199 bet)
Turob Niyoz. Gullagan bog'lar (63 bet)
O'zbek tili stilistikasi (222 bet)
Saydi Umirov. Dorilfununlar taqdirimda (208 bet)
Sobir Abdulla. Mavlono Muqimiy (roman) (313 bet)
Yoqub Xaimov, Malik Rahmon. Darbadar. Roman (199 bet)
Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. 2-jid (190 bet)
Abdurauf Fitrat. Tanlangan asarlar. 5-jid (196 bet)
Jahon adabiyoti - 1997-yil, 4-son (222 bet)
Ma'rufjon Yo'ldoshev. Badiiy matn lingvopoetikasi (101 bet)
Ma'rufjon Yo'ldoshev. Cho'lpon so'zining sirlari (54 bet)
O'zbek adabiyoti. 3-jild (374 bet)

Qayd etilgan


jentelmen  30 Dekabr 2012, 12:10:28

Men ham yordam bermoqchiman. Kimga va qayerga murojaat qilishim kerak.

Qayd etilgan


Ҳанафий  28 Fevral 2013, 16:46:21

Ассалому алайкум.

АллоÒ³ схшиликлар билан сийласин, режа ва Ò³аракатлар жуда схши деб сйлайман. Аммо снада манфаатли китоблар слектрон китоб шаклида тайёрланса схши бслар сди. Шеърий тсплам, роман ёки Ò›исса сÒ›иб дунё ва охиратимиз учун арзигулик манфаат ола олмаймиз деб сйлайман. Диний китобларни слектрон китоб Ò›илиб тайёрлаш учун муаллиф рухсат берадиган китоблар кам бслса, (диний бслмаса Ò³ам) илмий китоблар тайёрланишини илтимос Ò›илардим.

Qayd etilgan


Bechora_Bandang_  07 Mart 2013, 04:42:33

Assalomu alaykum birodarlar Menda bitta iltimos bor edi..
Ahmad Lutfiy Qozonchini adashmasam "Qaynona" degan romani bor edi men adashayotgann bo'lishim ham mumkin men eshitgandim bu asarni huddi shu yozuvchini " O'gay ona" asarini davomi deb
Meni iltimosim shu asarni ham (Qaynona) elektron holatga keltiringlar
Men saytdan izlab topa olmadim yoki yahshi qaramagandurman...
Agar shu asar bo'lsa men ham tahrir qilishga harakat qilib ko'rardim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Mart 2013, 06:32:23


Qayd etilgan


Bechora_Bandang_  07 Mart 2013, 19:12:17

Ha Rahmat AbdulAziz aka men kecha bu postni yozib qoldirganimdan keyin topib oldim  :)  Yana "Saodat asri qissalari" ham bor ekan bu juda zo'r

Qayd etilgan


Bechora_Bandang_  16 Mart 2013, 09:31:38

Assalomu alaykum

Menga ham mana shu kitobni beringar agar hech kim olmagan bo'lsa:
Ahmad Lutfiy Qozonchi. Bir vijdon uyg'onur. Roman (73 bet)
Agar olingan band bo'lsa boshqa bir diniy kitobga ham roziman.
Faqat bir qator vazifalarimni va qanday qilishim kerakligini tushuntirib ketasiz...
Agar yana tushunmagan joyim bo'lsa so'rashga haqliman deb o'ylayman.

Qayd etilgan


Muxsiya  20 Mart 2013, 13:11:03

men saytga kitob joylashni bilmayman lekin o'zimda bor kitoblarni skanerlab biladigan odamga jo'natishim mumkin, faqat skanerim jpg qilib skanerlaysi wordga tashlaydigan qilishni bilselar o'rgatilar wordga tashab adminga jo'nataman menda bor kitoblar
"Jannati odamlar" O'tkir Hoshimov
"Don kixotning sarguzashtlari" Servantest
"Kapinat qizi" Pushkin
"Sherlok Xolmning sarguzashlari" Artur konan Doyl
"Qobusnoma" Kaykovus
"Firdavsiy" Sotim Ulug'zoda
"Qutlug' qon" Oybek va boshqalar bularda ayrimlar saytda bo'lishiyam mumkin yo'qlari bo'lsa bajonidil tenderda qatnashaman

Qayd etilgan