Savob uchun tender...  ( 322844 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 ... 69 B


Abdullоh  22 Yanvar 2009, 19:04:02

Assalomu alaykum, menga Tafakkur kitobi Ihyou ulumid-din. (Abu Homid G'azzoliy)ni bering. O'ylaymanki bu ishni yaxshi uddalayman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  23 Yanvar 2009, 00:45:43

Assalomu alaykum, menga Tafakkur kitobi Ihyou ulumid-din. (Abu Homid G'azzoliy)ni bering. O'ylaymanki bu ishni yaxshi uddalayman.

va alaykum assalom!
E-mailingizga kitobni va tahrir qilish shartlarini jo'natdim.

Qayd etilgan


shoir  23 Yanvar 2009, 14:53:03

Nodira bilan Yeseninni menga bersangiz.

Qayd etilgan


Azza binti Baxrom  24 Yanvar 2009, 16:37:48


   Assalomu aleykum va rahmatullohu va barokotuhuh!
 Men ham ushbu tenderda ishtirok etmoqchiman, savob umidida. Iltimos, menga "Jannat o'zi qaydadir". Erkin A'zamning kitobini yuborsangiz....

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Yanvar 2009, 00:41:56

Nodira bilan Yeseninni menga bersangiz.

Nodira kitobi tahriri uchun tashakkur.
Yeseninning tahririni ham kutib qolaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Yanvar 2009, 00:45:56

Assalomu aleykum va rahmatullohu va barokotuhuh!
Men ham ushbu tenderda ishtirok etmoqchiman, savob umidida. Iltimos, menga "Jannat o'zi qaydadir". Erkin A'zamning kitobini yuborsangiz....

Va alaykum assalom!

Aziza, sizga so'ragan kitobingizni jo'natyapman.

Uni tahrir qilish shartlari:

- avval arxivlangan fayldan word faylni ajratib olasiz.
- kitob kirill alifbosida bo'lib, tahriri ham shu alifboda bo'ladi.
- agar tushunmagan joylaringiz bo'lsa, qizil harf bilan belgilab qo'ying.
- tahrir qilib bo'lganingizdan so'ng, menga jo'nating, man ko'rib, yana xatolari bo'lsa to'grilab sizga jo'nataman va siz forumfga joylashingiz mumkin bo'ladi.

Alloh rozi bo'lsin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Yanvar 2009, 00:50:10

O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasini forumga kiritish loyihasi ham davom etmoqda.

AbduRahmon o'zlari kiritgan Г ҳарфи istilohlarini menga jo'natdilar.

Ularga yana Л ҳарфи istilohlari jo'natildi.

Quyidagi harf istilohlariga talabgorlar qabul qilinadi:

O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi - А  ҳарфи
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi - С ҳарфи
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi - Т ҳарфи
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi - У ҳарфи 
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi - Ф ҳарфи
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi - Х ҳарфи
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi - Ч ҳарфи 

Qayd etilgan


Munavvara  28 Yanvar 2009, 16:04:50

Assalomu alaykum!

"Savob uchun tender" loyihasi davom etadi. Bu loyihada ishtirok etayotgan barcha muslim va muslimalarga Allohning Rahmati va salomlari yor bo'lsin!

Yana bir qancha kitoblar yig'ilgan edi. Shularni ham olishga talabgorlar bo'lsa, marhamat:

Tafakkur kitobi Ihyou ulumid-din. Abu Homid G'azzoliy
Ey, farzand! Abu Homid G'azzoliy
40 hadisi qudsiy. Abu Homid G'azzoliy
Ichkilik iymon zavoli. Muhammad Zohid Qo'tqu
O'g'limga 12 nasihat. Muhammad Kamol
Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom. Abdulla Avloniy
Ayollarga oid eng zarur fiqhiy masalalar

Amir Temur o'gitlari.
Zamonaviy turk she'riyati.
Buxoro tarixining hasrati tarixi. Amir Olimxon
Hikmatlar. Jaloliddin Rumiy
Tanlangan asarlar. Aleksandr Pushkin
Yosh yuraklar to'lqini. Hikoyalar
Saylanma. Nodira
Fors taronalari. Sergey Yesenin
Jannat o'zi qaydadir. Erkin A'zam
Saylanma. Yusuf Saryomiy

Kiprikda qolgan tong (qissa va hikoyalar). Said Ahmad.
Ushbu kitobni Robiya oldilar.

Yana kimga qaysi kitobni beray?

Hikmatlar kitobini men olsam maylimi :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Yanvar 2009, 20:15:39

Assalomu alaykum!

Dilsora, sizga so'ragan kitobingizni jo'natdim.

Uni tahrir qilish shartlari:

- avval arxivlangan fayldan word faylni ajratib olasiz.
- kitob kirill alifbosida bo'lib, tahriri ham shu alifboda bo'ladi.
- agar tushunmagan joylaringiz bo'lsa, qizil harf bilan belgilab qo'ying.
- Skaner qilinganda qolib ketgan sahifa taqamlarini o'chirib tashlang.
- Hikmatlar masnaviy shaklida bo'lib, har ikki qatordan so'ng, bir qator tashlang.
- Ba'zi so'zlar izohini o'sha hikmatning so'nggida keltiring. Hikmatlar * * * bilan ajratilgan.
- tahrir qilib bo'lganingizdan so'ng, menga jo'nating, man ko'rib, yana xatolari bo'lsa to'grilab sizga jo'nataman va siz forumfga joylashingiz mumkin bo'ladi.

Dastlabki 7 sahifasini tahrir qilib qo'ydim, shunga o'xshab davom ettiraverasiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Yanvar 2009, 07:54:59

Abdulloh90 Imom G'azzoliyning Ihyou ulumid-din. tafakkur kitobi tahririni tugatib, forumga ham joylab bo'ldilar.
Ularga yana:
Ichkilik iymon zavoli. Muhammad Zohid Qo'tqu
O'g'limga 12 nasihat. Muhammad Kamol
kitoblari yuborildi.

Yana Chingiz Aytmatov va Muxtor Shoxonovning "Cho'qqida qolgan ovchining ohu zori" asarini ham tahrir qilishga va'da berdilar.

Qayd etilgan