Savob uchun tender...  ( 325277 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 69 B


AbdulAziz  07 Fevral 2009, 08:30:47

Robiya ushbu kitoblarni band qildilar:

Muslim ibn Hajjoj. Ubaudulla Uvatov (64 bet)
O'lim yo'qlikmi?. Ismoil Hakim o'g'li (68 bet)
Hukmdorga o'gitlar. Mavlono Muhammad Qozi
Hazrati Umar. 1-kitob. Ahmad Lutfiy (212 bet)
Hazrati Umar. 2-kitob. Ahmad Lutfiy (232 bet)

Qayd etilgan


Abdullоh  07 Fevral 2009, 12:20:21

Assalomu alaykum. AbdulAziz aka sizga bir birodarim haqida yozgan edim. U ham forumga Hamidulloh niki bilan a'zo bo'ldi. U  tahrir qilishga sizdan "Ikki buyuk donishmand" kitobini so'ramoqda. Kitobni mening yoki Hamidullohning e-mailiga jo'natishingiz mumkin.

Yana bir narsa, men ham Robiyaga o'xshab kitoblarni band qilib qo'ysam bo'ladimi? Agar iloji bo'lsa "Hazrati Abu Bakr 1-2-3-4-kitob" ni men uchun band qilib qo'ying, iltimos. Alloh xohlasa tez kunda "Cho'qqida qolgan ovchining oxi-zori" kitobini tahrir qilib bo'laman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  09 Fevral 2009, 02:56:49

Muslimaa o'zlariga yuborilgan Islom ikki o't orasida kitobini,
Robiya esa O'limdan so'ng, Hukmdorga o'gitlar kitoblarini tahrirlab jo'natdilar.
Alloh rozi bo'lsin!

Hamidullohga "Ikki buyuk donishmand" kitobi,
Abdulloh90ga esa "Hazrati Abu Bakr 1-2-3-4-kitob" yuborildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Mart 2009, 08:07:18

Assalomu alaykum!

Muslimaa singlimizga tashakkur. Rasululloh SAVning izdoshlari kitobini tahrirlab bo'ldilar.

Abdulloh ga ham tashakkur. Cho'qqida qolgan ovchining ohi-zori kitobini tugatib jo'natdilar.

Rahshona singlimizga Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari (Xoliq Nurboqiy) kitobi, Muslimaaga esa Siz Rasululloh SAVni ko'rganmisiz? kitobi jo'natildi.

Abdurahmon o'zlariga yuborilgan Buxoro va Movarounnahr tarixi kitobini joylamoqda.

Qayd etilgan


G_u_l_i  02 Mart 2009, 08:58:16

 :as:
Manga ham kichikroq hajmdagi kitoblardan jo`nating, harakat qilib ko`raman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Mart 2009, 00:58:09

:as:
Manga ham kichikroq hajmdagi kitoblardan jo`nating, harakat qilib ko`raman.

Va alaykum assalom!
Sizga "Ayollarga xos fiqhiy masalalar" kitobini jo'natdim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Mart 2009, 08:36:31

Rahshona singlimiz Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari (Xoliq Nurboqiy) kitobini tahrirlab, jo'natdilar. Bu kitobni forumga chiroyli qilib joylashga talabgorlar qabul qilinadi.

Fatima singlimizga ham "Amir Temur o'gitlari" kitobi jo'natildi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  08 Mart 2009, 06:59:01

"Savob uchun tender" loyihasida hali olinmagan kitoblar:

1. Dinlar tarixi. Abdulvohid Zayriyev (146 bet)
2. Fir'avnlar mamlakati. A.Salohuddinov (44 bet)
3. Samariya (Samarqand tarixi). Abu Tohirxo'ja (80 bet)
4. Buxoro tarixi. Narshaxiy (92 bet)
5. Shajarai Xorazmshohiy. Muhammad Yusuf Bayoniy (90 bet)
6. Farg'ona tarixi. Isxoqxon Ibrat (70 bet)
7. Musulmon sulolalar. K.E.Bosvort (269 bet)
8. O'g'uznoma. Xalq og'zaki ijodi (40 bet)
9. Partiyaning oltinlari. Igor Bunich (375 bet)
10. A.S.Pushkin. Tanlangan asarlar (she'rlar, doston va nasriy asarlar) (320 bet)
11. Qatlnoma. Hujjatli qissa. Nabijon Boqiy (224 bet)
12. She'r san'atlarini bilasizmi? Anvar Hojiahmedov (96 bet)
13. Turkiston xalqlari qo'llagan taqvimlar. M.Hakimov (30 bet)
14. Shajarai tarokima. Abulg'ozi Bahodirxon (50 bet)
15. Ajoibul maqdur fi tarixi Taymur (1-kitob). Ibn Arabshoh (326 bet)
16. Ajoibul maqdur fi tarixi Taymur (2-kitob). Ibn Arabshoh (190 bet)
17. Lisonut-tayr. Alisher Navoiy (264 bet)

Qayd etilgan


Abdullоh  08 Mart 2009, 12:44:36

Assalomu alaykum AbdulAziz aka. Menga berilgan Hazrati Abu Bakr Siddiq kitobni tahrir qilib bo'lishimga ozgina qoldi. Shuning uchun menga quyidagi kitoblarni jo'natishingizni so'rayman. (Tezroq bo'laman deb, sahifasi ozrog'ini olmoqdaman :))

1. Fir'avnlar mamlakati.
2. O'g'uznoma
3. Turkiston xalqlari qo'llagan taqvimlar.
4. Shajarai tarokima.

Qayd etilgan


Munavvara  08 Mart 2009, 14:31:54

 :as: AbdulAziz aka manga Qatlnoma kitobini bering :) qiziq tuyilyapti...

Qayd etilgan