Savob uchun tender...  ( 458646 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 69 B


AbdulAziz  24 Iyul 2008, 07:59:32

Assalomu alaykum!

Yana bir savobtalab Registon o'zlariga yuborilgan Musulmonlik degan kitobni nihoyasiga yetkazdilar.

Ilhomjon, emailingizga, Munavvar qorining "Musulmonlik" kitobini lotin alifbosida jo'natdim. Uni Islomiy kitoblar bo'limiga joylashingiz mumkin. Yuqorida kitob joylash qoidalari bayon qilindi.

Yana Imom G'azzoliyning Ihyou ulumid-din - Zakot va ro'za kitobini ham jo'natdim. Uni tahrir qilishingiz mumkin.
Alloh rozi bo'lsin!


Shunigdek, Shoir ham o'zlariga yuborilgan Qisasul anbiyo va Tasadduq yo rasululloh! kitoblarini kiritishni boshlabdilar.
yana boshqa kitoblarni ham yubordim.
G'ayrat v shijoat sizni tark etmasin!

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  24 Iyul 2008, 10:22:05

Assalomu alaikum!

Ulugbek-uz siz bilan kelishaylik, man Sunani Termiziyni olay. Man Toshkentda turaman va AbdulAziz b-n uchrashib manbaani olishim ham mumkin. Manga shu kitob kerak, shu sababli ruhsat bering man olay...

Aytgancha, Sunani Termiziyni hamma boblari bitta qilinadimi?

Naimjon, bexijolat, bemalol... ruxsat so'rashingiz nimasi...Abdulazizga murojaat qiling..

Qayd etilgan


Naimjon  24 Iyul 2008, 23:49:08

Ulugbek-uz rahmat!

AbdulAziz bo'lmasa, Sunani Termiziyni man olaman...

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Iyul 2008, 07:06:30

Ulugbek-uz rahmat!

AbdulAziz bo'lmasa, Sunani Termiziyni man olaman...

Naimjon, PMda kontaktlaringizni yozvoring.

Qayd etilgan


AbdulAziz  25 Iyul 2008, 08:13:46

Yana bir ishtirokchimiz Asadulloh o'zlariga yuborilgan Abu Homid G'azzoliyning "Oxiratnoma" kitobini yakunladilar.

Asadulloh, sizga yangi kitobni yubordim.
Sizga yuborganim "Mukoshafatul-qulub"ning bir qismi. Asta-sekin boshqa qismlarini ham yuboraman, inshaalloh.

Kitobni tahrir qilish uchun ba'zi shartlar:
- kitobda izohlar alohida berilgan bo'lib, biuz uni matnga kiritishimiz kerak. Ya'ni kitobda snoska qilib berilgan raqamlarni o'chirib, qavs ichida kursiv bilan uning izohini beramiz. Izohlarni ham matn oxiriga kiritdim.

Masalan:
Айтинг: «А­й, нафсига зулм қилаётганлар! Аллоҳнинг раҳматидан ноумид бслмангиз! Чунки Аллоҳ барча гуноҳларни афр стиш қудратига сгадир. Шубҳасизки, у ксп афв стувчи, ксп меҳрибондир»11.
bo'lsa, siz pastdan 11 ning izohini olib qavs ichida kursiv bilan berasiz:

Айтинг: «А­й, нафсига зулм қилаётганлар! Аллоҳнинг раҳматидан ноумид бслмангиз! Чунки Аллоҳ барча гуноҳларни афр стиш қудратига сгадир. Шубҳасизки, у ксп афв стувчи, ксп меҳрибондир» (Зумар сураси, 53-ост.).

Qilayotgan xizmatingizni Alloh mukofotlasin!

Qayd etilgan


AbdulAziz  27 Iyul 2008, 07:35:19

Assalomu alaykum!
Katta kitoblarni olgan userlar diqqatiga:

O'qib, tahrir qilgan joyingizgacha menbga jo'nating. Lotinga aylantirib, xatolari bo'lsa to'g'rilab, forumga joylash uchun sizga jo'nataman.


PS. Imom Abu Homid G'azzoliyning "Tavba kitobi" kimda bor?

Qayd etilgan


Musannif Adham  27 Iyul 2008, 08:45:13

Assalomu alaykum!

PS. Imom Abu Homid G'azzoliyning "Tavba kitobi" kimda bor?

Agar shoshilinch bo'lmasa, 3-4 kunning ichida topishga harakat qilaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  28 Iyul 2008, 07:09:44

Assalomu alaykum!

PS. Imom Abu Homid G'azzoliyning "Tavba kitobi" kimda bor?

Agar shoshilinch bo'lmasa, 3-4 kunning ichida topishga harakat qilaman.

Juda shoshilinch emas. ushbu kitobni forumga qo'yish boshlangan ekan. Lekin chala qolgan ekan. Shuni oxiriga yetkazib qo'yish kerak. Shunga so'ragandim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  29 Iyul 2008, 08:05:08

Assalomu alaykum!

Loyiha ishtirokchilari Robiya va Mastura o'zlariga berilgan ushbu kitoblarni tugatdilar:

Kimyoi saodat. Imom G'azzoliy
Turkiston qayg'usi. Alixonto'ra Sog'uniy

Qayd etilgan


AbdulAziz  31 Iyul 2008, 08:17:53

Ulugbek-uz rahmat!

AbdulAziz bo'lmasa, Sunani Termiziyni man olaman...

Naimjon, sizga Sunani Termiziyning bir qismini jo'natdim.

Uni tahrir qilish shartlari:

- avval arxivlangan fayldan word faylni ajratib olasiz.
- kitob kirill alifbosida bo'lib, tahriri ham shu alifboda bo'ladi.
- o'qib borib, keraksiz elementlarni o'chirib yuborasiz.
- agar tushunmagan joylaringiz bo'lsa, qizil harf bilan belgilab qo'ying.
- ba'zi joylarda snoskalar mavjud. Snoska qilib berilgan raqamlarni o'chirib, qavs ichida kursiv bilan uning izohini berasiz. Snoskaning izohi ham pastda bo'ladi.
- tahrir qilib bo'lganingizdan so'ng, menga jo'nating, man ko'rib, yana xatolari bo'lsa to'grilab sizga jo'nataman va siz forumfga joylashingiz mumkin bo'ladi.

Qayd etilgan