Savob uchun tender...  ( 458815 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 ... 69 B


AbdulAziz  31 Iyul 2008, 08:23:10

Yana bir ishtirokchimiz Mashhuraga Horun Yahyoning Qur'on axloqiga ko'ra mo'minning 24 soati degan kitobni yubordim.

Uni tahrir qilish shartlari:

- avval arxivlangan fayldan word faylni ajratib olasiz.
- kitob kirill alifbosida bo'lib, tahriri ham shu alifboda bo'ladi.
- agar tushunmagan joylaringiz bo'lsa, qizil harf bilan belgilab qo'ying.
- tahrir qilib bo'lganingizdan so'ng, menga jo'nating, man ko'rib, yana xatolari bo'lsa to'grilab sizga jo'nataman va siz forumfga joylashingiz mumkin bo'ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Avgust 2008, 09:27:41

Loyiha qatnashchisi Mashhura o'zlariga yuborilgan Horun Yahyoning Qur'on axloqiga ko'ra mo'minning 24 soati degan kitobini tugatib jo'natdilar.

Uni forumga kiritishga nomzodlar qabul qilinadi.

Mashhura ga tahrir qilishga Imom G'azzoliyning Tavba kitobi jo'natildi.

Qayd etilgan


Musannif Adham  03 Avgust 2008, 11:35:22

Agar bersangiz men kiritishim mumkin. Faqat bunda  Mashhuraning qilgan xizmatini ham ko'rsatib o'tish kerak.

Qayd etilgan


Abdul_Malik  03 Avgust 2008, 19:32:46

Assalomu alaykum loyiha ijodkorlari. Menga ham  kitoblaringizdan junatsangiz, inshoolloh qulimdan kelganicha harakat qilaman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Avgust 2008, 08:23:47

Agar bersangiz men kiritishim mumkin. Faqat bunda  Mashhuraning qilgan xizmatini ham ko'rsatib o'tish kerak.

Mashhura rozi bo'ldilar.
Uni o'zlari kiritishga imkoniyatlari kamroq ekan.
Shunga bironta boshqasiga beravering degandilar.
Inshaalloh sizga yuboraman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Avgust 2008, 08:26:12

Assalomu alaykum loyiha ijodkorlari. Menga ham  kitoblaringizdan junatsangiz, inshoolloh qulimdan kelganicha harakat qilaman.

Va alaykum assalom!
Milliy Ensiklopediyani kiritishda qatnasha olasizmi?

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Avgust 2008, 08:11:51

Assalomu alaykum!
Yana quyidagi kitoblar tenderga qo'yildi:

Nurul-izoh. Abul-ixlos Shurunbiloliy (fiqhiy qo'llanma)
"Masnaviy"dan ibratli hikoyatlar. Jaloliddin Rumiy (hikoyatlar)
Mabdai Nur. Boborahim Mashrab (g'azal va mustazodlar)
Tanlangan asarlar- 2-jild. Shukur Xolmirzayev (hikoyalar)
Tanlangan asarlar- 1-jild. O'lmas Umarbekov (hikoyalar)
Saylanma. Zulfiya (she'rlar)

Qayd etilgan


Abdul_Malik  05 Avgust 2008, 10:11:51

Assalomu alaykum loyiha ijodkorlari. Menga ham  kitoblaringizdan junatsangiz, inshoolloh qulimdan kelganicha harakat qilaman.

Va alaykum assalom!
Milliy Ensiklopediyani kiritishda qatnasha olasizmi?

Qatnashaman inshoolloh

Qayd etilgan


muxbir  05 Avgust 2008, 11:36:22

Assalomu alaykum!

Abdulaziz, manga Ensiklopediyadan bitta harfni jo'natsangiz.

Yana tayyor tahrir qilingan kitoblar bo'lsa, forumga joylab berishim mumkin. Kimningdir, internetda vaqti kam bo'lishi mumkin. Shunga tayyor qilgan kitoblarini manga yuborsalar, joylab beraman.

Qayd etilgan


Robiya  05 Avgust 2008, 15:05:26

Assalomu alaykum!

"Masnaviy"dan ibratli hikoyatlar. Jaloliddin Rumiy (hikoyatlar)

Shuni ham band qilib qo'ysam. Yana muxbir aytganlaridek, tahrir qilingan kitoblar bo'lsa yuborsangiz, InshoALLOH kiritshga harakat qilaman.

Qayd etilgan