Savob uchun tender...  ( 333770 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 ... 69 B


AbdulAziz  05 Avgust 2008, 15:47:37

Assalomu alaykum loyiha ijodkorlari. Menga ham  kitoblaringizdan junatsangiz, inshoolloh qulimdan kelganicha harakat qilaman.

Alemdar. Sizga Ensiklopediyaning Д харфиni jo'natmoqdaman.
Uni avvalroq Murodbek boshlagan edilar. Siz kelgan joyidan davom ettiraverasiz.

"O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi"ni tayyorlab, forumga joylash uchun umumiy qoidalar

1. Skaner qilinib, matn holiga keltirilgan fayl sizga jo'natiladi. Har bir harfni bir kishi bo'lib olyapti. A ni Shoir, Б ni Yurist, В ni Robiya oldilar. Akbar va Abdurrohman ham talabgorlardan.

2. Fayli ochib, uni avval o'qib, tahrir qilasiz. Tahrirda quyidagilarga e'tibor bering:
  - avtozamena (Ctrl H) dan foydalaning, masalan ko'p joylarda сзбек so'zi узбек tarzida ketib qolgan. Shunda siz avtozamena orqali bir necha joydagi xatolarni to'g'rilashingiz mumkin.
  - bo'g'in ko'chirilganda qolgan - belgisini o'chirib tashlang.
  - ensiklopdeya boshida keltirilgan shartli qisqartmalarni qoldiring. Masalan: б-н, ин-т, у-т, т-ра, мас.
  - har bir istiloh abzatsdan ketadi.
  - ensiklopediya kitobida sahifa tepasida shu sahifadagi so'z va sahifa raqami berilgan. Shuni o'chirib yuboriladi. Chunki bu yerdagi sahifa kitobnikiga to'g'ri kelmaydi.
  - rasm uchun berilgan izohlar ham o'chiriladi. Chunki biz rasmni joylamaganimiz uchun rasm izohi kerak emas.
  - jadvallarni ham kiritish shart emas. Ularni ham o'chirib, faqat matn bor joyni qoldiriladi.
  - ba'zi so'zlarning harflari orasida bittadan joy qolib ketgan. Ularni birlashtirish kerak. Masalan: Ф а й з и е в Т. - Файзиев Т.
  - rasm yoki jadval izohiga oid fikrni ham olib tashlanadi. Masalan: 6-жадвалга qarang.

3. Sizga yuborilgan faylni Wordda tahrir qilib bo'lganingizdan so'ng, tayyorlarini Intellekt bo'limi tarkibidagi O'zbekiston milliy Ensiklopediyasi bo'limchasida har bir harf uchun yangi mavzu qilib joylashingiz mumkin. Shularga e'tibor bering.
  - har bir istiloh alohida post qilinadi.
  - agar istilohga qarang ... deya boshqa istiloh uchun ssilka berilgan bo'lsa, 1 qator tashlab shu postda boshqa istilohni ham berishingiz mumkin.

Sizga yuborilgan harfning hamma istilohlari tahrir qilingandan so'ng, menga jo'nating.

Qilayotgan xayrli ishlaringizda Allohdan madad, kuch-quvvat tilayman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Avgust 2008, 15:50:02

Assalomu alaykum!

Abdulaziz, manga Ensiklopediyadan bitta harfni jo'natsangiz.

Yana tayyor tahrir qilingan kitoblar bo'lsa, forumga joylab berishim mumkin. Kimningdir, internetda vaqti kam bo'lishi mumkin. Shunga tayyor qilgan kitoblarini manga yuborsalar, joylab beraman.

va alaykum assalom!

Sizga Ensiklopediyaning O Харфиni jo'natdim.

Yana kitoblardan jo'nataman, inshaalloh.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Avgust 2008, 15:52:07

Assalomu alaykum!

"Masnaviy"dan ibratli hikoyatlar. Jaloliddin Rumiy (hikoyatlar)

Shuni ham band qilib qo'ysam. Yana muxbir aytganlaridek, tahrir qilingan kitoblar bo'lsa yuborsangiz, InshoALLOH kiritshga harakat qilaman.

Agar qo'lingizda tahrir qilishga boshqa kitob bo'lmasa, "Masnaviy"ni inshaalloh jo'nataman.
yangi kitob olishdan avval boshqa kitoblarni to'liq kiritib olsangiz, tartib bilan bo'ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Avgust 2008, 01:45:15

Assalomu alaykum!

Mashhura opa tomonidan yana quyidagi kitoblar tahrir qilib bo'lindi:

Tavba kitobi. Imom G'azzoliy.
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy.

Bu kitoblarni forumga kiritish uchun nomzodlar qabul qilinadi.

Mashhura opaga yana "Mantiqut-tayr" (Farididdin Attor) kitobi jo'natildi.

Robiya bilan kelishuvlariga muvofiq Jaloliddin Rumiyning "Masnaviy"laridan olingan hikoyalar kitobi mutaallimahga yuborildi.

Alloh qilayotgan amallaringini mukofotlasin!

Qayd etilgan


Sakina  14 Avgust 2008, 11:04:51

Assalamu alaykum.
Islomiy kitoblardan qolganmi? Yoki hammasi tarqatildimi?
Agar qolgan bo'lsa qanday kitoblar qoldi? Men birorta islomiy kitob olsam degan edim.
InshaAlloh ensklapediyani "J" harfini tez orada tugataman ...

Qayd etilgan


AbdulAziz  15 Avgust 2008, 08:04:26

Va alaykum assalom.
Hali kitoblar bor. Kimga kerak bo'lsa bemalol so'rayveringlar.
Katta kitoblarni yarim-yarim qilib ham tahrir qilaveramiz.

Sakina, sizga Nurul izoh deb nomlangan fikhiy qo'llanmani jo'natdim.
Hanafiy mazhabimizdagi juda ko'p fiqhiy masalalarni o'z ichiga olgan bu kitob barchamiz uchun foydali bo'ladi, inshaalloh.

Bu kitobni tahrir qilish shartlari:

- kitob kirill alifbosida bo'lib, tahriri ham shu alifboda bo'ladi.
- agar tushunmagan joylaringiz bo'lsa, qizil harf bilan belgilab qo'ying.
- tahrir qilib bo'lganingizdan so'ng, menga jo'nating, man ko'rib, yana xatolari bo'lsa to'grilab sizga jo'nataman va siz forumfga joylashingiz mumkin bo'ladi.

Qayd etilgan


binti  15 Avgust 2008, 12:21:39

Assalomu alaykum!  Olloh sizlardan rozi bo'lsin!  Savobli ish!
 Menga hamislomiy  kitoblardan bo'lsa jo'natsangiz! Men ham harakat qilib ko'rardim.

Qayd etilgan


Munavvara  16 Avgust 2008, 16:44:17

Assalomu alaykum! Savobli ishingizdan Alloh rozi bo'lsin Abdulaziz aka agar islomiy kitoblardan qolgan bo'lsa manga ham jo'nating iltimos

Qayd etilgan


Musannif Adham  17 Avgust 2008, 05:57:19

Assalomu Alaykum.
Agar "Tavba kitobi"ga boshqa talabgorlar bo'lmasa, men forumga joylashtirishim mumkin.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Avgust 2008, 10:50:39

Assalomu Alaykum.
Agar "Tavba kitobi"ga boshqa talabgorlar bo'lmasa, men forumga joylashtirishim mumkin.

Va alaykum assalom!
Adham, "Tavba kitobi"ni siz kiritavering.

Binti, Dilsora. Sizlarga inshaalloh biron kitobni jo'nataman.

Qayd etilgan