Savob uchun tender...  ( 458808 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 69 B


AbdulAziz  30 Yanvar 2009, 08:00:53

Yana ushbu kitoblar tahrir uchun beriladi:

Qatlnoma. Nabijon Boqiy (Abdulla Qodiriyning sud ishi va sotqinlar haqida)

Bozor. Roman. Xurshid Do'stmuhammad.

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Yanvar 2009, 19:47:46

Hozircha Abdulloh90 eng faollardan bo'lib turibdi.

Abdulloh zudlik bilan
Ichkilik iymon zavoli. Muhammad Zohid Qo'tqu
O'g'limga 12 nasihat. Muhammad Kamol
kitoblarini tugatib menga jo'natdilar.

Abdulloh yozadi:
"Yana bir quvonchli yangilik, bir birodarim ham kitob tahrirlashga yordam bermoqchi. Uni ham Alloh xohlasa tez kunda forumga a'zo qilamiz".

Qayd etilgan


Slavabduz  31 Yanvar 2009, 09:14:54

Assalomu alaykum va rohmatullohu va barakotuh
Hurmatli admin, savob ishni boshlabsizlar, men ham bu ishga o'z hissamni qo'shmoqchiman.
Arab va ingliz tillari bo'yicha tarjionman.
Manga Xurshid Do'stmuhammadning Bozor romanini yuborsangiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Fevral 2009, 08:31:57

Quyidagi kitoblar ham tenderga qo'yildi:

Islomiy adabiyotlar:
Abu Bakr Siddiq. 1-2-3-4-kitoblar. Ahmad Lutfiy (jami 250 bet)
Hazrati Umar. 1-kitob. Ahmad Lutfiy (212 bet)
Hazrati Umar. 2-kitob. Ahmad Lutfiy (232 bet)
Sevgi nima?. Alouddin Bashar (64 bet)
O'lim yo'qlikmi?. Ismoil Hakim o'g'li (68 bet)
Siz Payg'ambarni ko'rganmisiz? 1-kitob. Abdulazim Ziyovuddin (152 bet)
Qur'oni karimning ilmiy mo'jizalari. Xoluq Nurboqiy (120 bet)
Ikki Buyuk donishmand. (Buxoriy va Termiziy haqida). Ubaudulla Uvatov (80 bet)
Muslim ibn Hajjoj. Ubaudulla Uvatov (64 bet)
Musulmon sulolalari. K.E.Bosvort (270 bet)

Tarixiy adabiyotlar:
Turkiston xalqlari qo'llagan taqvimlar. M.Hakimov (28 bet)
Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi. Herman Vamberi (96 bet)
Fir'avnlar mamlakati. X.Salohuddinov (60 bet)
Shosh vohasi xodimlari ilmiy-adabiy merosi. Ne'matulloh Muhammedov (164 bet)
To'rt ulus tarixi. Mirzo Ulug'bek (352 bet)
Partiyaning oltinlari. Igor Bunich (372 bet)
Amir Temur tarixi. 1-kitob. Ibn Arabshoh (326 bet)
Amir Temur tarixi. 2-kitob. Ibn Arabshoh (192 bet)
Samariya. Buxoro tarixi. Shajarai Xorazmshohiy. Tarixi Farg'ona (334 bet)
Yurt bo'ynidagi qilich yoki istilo. Majid Hasaniy (128 bet)

She'riy adabiyotlar:
She'r san'atlarini bilasizmi? Anvar Hojiahmedov (96 bet)
Layli va Majnun. Alisher Navoiy (356 bet)
Lisonut Tayr (nazmiy bayon). Alisher Navoiy (266 bet)

Qayd etilgan


AbdulAziz  01 Fevral 2009, 08:34:01

Assalomu alaykum va rohmatullohu va barakotuh
Hurmatli admin, savob ishni boshlabsizlar, men ham bu ishga o'z hissamni qo'shmoqchiman.
Arab va ingliz tillari bo'yicha tarjionman.
Manga Xurshid Do'stmuhammadning Bozor romanini yuborsangiz.

Va alaykum assalom!
Bu kitobni emailingizga yuboraman.

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2009, 07:49:54

Yana ushbu kitoblarni ham olishingiz mumkin:

Qalbimizning nuri. To'plovchi: Abdulloh Murod (72 bet)
Rasulullohning izdoshlari. Abdulaziz Shanaviy (76 bet)

Qayd etilgan


AbdulAziz  04 Fevral 2009, 07:24:55

Ushbu kitoblarni ham tanlashingiz mumkin:

Islom ikki o't orasizda
O'g'uznoma
. Xalq og'zaki ijodi
Hukmdorga o'gitlar. Mavlono Muhammad Qozi

Qayd etilgan


Hadija  04 Fevral 2009, 18:33:51

Ushbu kitoblarni ham tanlashingiz mumkin:

Islom ikki o't orasizda
O'g'uznoma
. Xalq og'zaki ijodi
Hukmdorga o'gitlar. Mavlono Muhammad Qozi

Assalam alaykum...

Iltimos agarda m-n b-sa, "Islom ikki o't orasida" kitobini bersangiz. Oldindan tashakkur...

Alloh rozi bo'lsin...

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Fevral 2009, 01:59:52

Va alaykum assalom!

So'ragan kitobingizni yubordim. Kichkina kitob, wordda 15 bet. Inshaalloh yarim soatga qo'lmay o'qib, tahrir qilib bo'lasiz.

Tahrir qilish shartlari:

- avval arxivlangan fayldan word faylni ajratib olasiz.
- kitob kirill alifbosida bo'lib, tahriri ham shu alifboda bo'ladi.
- agar tushunmagan joylaringiz bo'lsa, qizil harf bilan belgilab qo'ying.
- tahrir qilib bo'lganingizdan so'ng, menga jo'nating, man ko'rib, yana xatolari bo'lsa to'grilab sizga jo'nataman va siz forumfga joylashingiz mumkin bo'ladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Fevral 2009, 08:28:02

Quyidagi kitoblar olindi:

"Sevgi nima?". Alouddin Bashar
Qalbimizning nuri. Abdulloh Murod Xolmurod o'gli


Abdulloh90 o'zlariga berilgan Buxoro xalqining hasrati tarixi kitobini yakunlab jo'natdilar.

Raxshona ham Abu Homid G'azzoliyning Ey, farzand kitobi tahririni tugatdilar.

Qayd etilgan