Suhbatga aralashib qolganim uchun, har ikkala site va forumlarida a'zoligim va qatnashishim sababli, bu fikrlarga jim qarab tura olmadim. Abu Muslim, aka fikrimcha siz mualliflik huquqini eslatib o'tgansiz, bu bila to'g'ri ish qildingiz. O'z burchingizni bajardingiz hisob olgan oldi olmaganga esa Alloh kifoya. Ammo bu gap, fahmimcha forum admini AbdulAzizga tegishli emas, chunki har bir kitob joylanganda, har kitob tahriri vaqtida albatta kitob yuborilishidan oldin
Mualliflik huquqini eslatib o'tadilar. Bu deganiki, www.(islom)ziyouz.com sitelarda,
Mualliflik huquqiga rioya qilgan holda ish olib borilyapti. Bu narsani o'zim guvohi bo'lganim bois aytib o'tdim.
Islom dinida barcha mo'min musulmonlar bir-birlariga birodardurlar, dinimiz gina kudratni sevmaydi, yanayamki bir din, bir payg'ambar Ummati ekanligini da'vogarlik qilayotgan bir davrda. Shundoq ekan, bir-birovimizni tushunib, kechirimlik bo'lgan holda, mehr muhabbatimizni bir-birovimizdan ayamay, kam ko'stimizni qog'ozga o'ragan holda bildirib. Do'stligimiz, Alloh yo'lidagi birodarlar ekanligimizni unutmasak.
Sizlardan kichik bo'la turib bu eslatmalarni yozganim uchun uzurim, aytishadiku Bir kkatadan, Bir kichikdan o'rgan deb. Albatta sizning ilmningizcha ilm bo'lmasada, eslatishni o'zim uchun joiz deb bildim.
Hurmat bilan, birodar singlingiz...