Savob uchun tender...  ( 458796 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 69 B


Fatima  19 Iyun 2009, 14:59:34

:as:
 
AbdulAziz aka, uzr mavzudan chetlashganim uchun. Man tahrir uchun kitob olmoqchi edim  :)

Iloji bo`lsa "Vafo qilsang. Qul Ubaydiy (46 bet)" shu kitobni menga yuborsangiz, agar hech kim tanlab qo`ymagan bo`lsa, albatta.

PS: bu forumga ko`pchilik user(ka)lar ilm olish maqsadida kirishadi. Shunday ekan har bir forumni o`z holiga qo`yinglar.
 
Va assalomu alaykum warohmatullahu wabarokatuhu.


Va alaykum assalom!

Singlim, siz mavzudan chetlashmadingiz, aynan mavzubop post qildingiz.
Mavzudan esa biz chetlashdik...

Bu kitob tahrir qilib bo'lingan edi. Boshqa kitobni tanlashingiz mumkin.

 :as:

AbdulAziz aka, o`ziz manga birorta hajmi kichikroq bo`lsa ham nasriymi, nazmiymi (qanaqa bo`lishini farqi yo`q) birorta kitobni yuborsangiz, iltimos.

Qayd etilgan


AbdulAziz  20 Iyun 2009, 04:58:32

:as:

AbdulAziz aka, o`ziz manga birorta hajmi kichikroq bo`lsa ham nasriymi, nazmiymi (qanaqa bo`lishini farqi yo`q) birorta kitobni yuborsangiz, iltimos.

Va alaykum assalom!
Sizga Ibrohim Rahimning "Ishbilarmon qismati" qissasini jo'natdim.
Qissa Wordda 35 betdan iborat. Ikki betini tahrir qilib qo'ydim, qolganidan davom ettiraverasiz.

Qayd etilgan


AbdulAziz  05 Iyul 2009, 08:16:28

Assalomu alaykum!

Quyidagi kitoblar tahriri nihoyasiga yetdi:
Fitna san'ati. 1-kitob. Nashrga tayyorlovchilar: Ahmadjon Meliboyev, Sa'dulla Ahmad.
Fitna san'ati. 2-kitob. Nashrga tayyorlovchilar: Ahmadjon Meliboyev, Sa'dulla Ahmad.
Husayn Boyqaro (Devon)
Abu Ali ibn Sino. Lirika
Salomon va Ibsol. Falsafiy hikoyalar

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  05 Iyul 2009, 23:58:52

 Муҳтарам Админстратор жаноблари! А­ҳтиёт таҳрир ишлари бслса, биз ҳам қслдан келганча бажарармидик! Хурсандчилик билан!  :)

Qayd etilgan


AbdulAziz  06 Iyul 2009, 07:22:14

Муҳтарам Админстратор жаноблари! А­ҳтиёт таҳрир ишлари бслса, биз ҳам қслдан келганча бажарармидик! Хурсандчилик билан!  :)

Yuqorida, 1-postda qoldirilgan kitoblardan birini tanlashingiz mumkin.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  06 Iyul 2009, 13:40:13


Samariya (Samarqand tarixi). Abu Tohirxo'ja (80 bet)
 

 Мана шуни бериб қсс қолинг! Енгилроғидан бошлайликчи!

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Iyul 2009, 01:22:47


Samariya (Samarqand tarixi). Abu Tohirxo'ja (80 bet)
 

 Мана шуни бериб қсс қолинг! Енгилроғидан бошлайликчи!

Assalamu alaykum!
Boshlanishiga yanayam ozroq sahifaligini bersam:
Ishoqxon Ibrat. tarixi Farg'ona
Wordda 33 bet ekan. 2 ta betini tahrir qilib qo'ydim. Shunga qarab, qolganini davom ettiraverasiz. Judayam yaxshi kitob, ayniqsa, Qo'qon xonligining so'nggi kunlari, ruslar bosqini haqida muhim ma'lumotlar bor.

Kitob tahriri uchun shartlar:
- avval arxivlangan fayldan word faylni ajratib olasiz.
- kitob kirill alifbosida bo'lib, tahriri ham shu alifboda bo'ladi.
- o'qib borib, keraksiz elementlarni o'chirib yuborasiz.
- kitobdagi ssilkalar kichikroq shriftda berilgan, uni wordda tegoshli joyga qo'yib chiqish kerak.
- agar tushunmagan joylaringiz bo'lsa, qizil harf bilan belgilab qo'ying.
- tahrir qilib bo'lganingizdan so'ng, menga jo'nating, man ko'rib, yana xatolari bo'lsa to'grilab sizga jo'nataman va siz forumga joylashingiz mumkin bo'ladi.

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  07 Iyul 2009, 01:39:25

Муҳтарам Админстратор шахсий почтага ҳали етиб келмабди жснатган нарсангиз! У ерда ҳам худди мана шу ердаги ёзувлар бор холос!

Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Iyul 2009, 01:45:33

Муҳтарам Админстратор шахсий почтага ҳали етиб келмабди жснатган нарсангиз! У ерда ҳам худди мана шу ердаги ёзувлар бор холос!

E-mailingizga quyidagi fayl jo'natilgan:
tarixi_fargona.doc (306KB)
Shuni skachat qilib olasiz.

Qayd etilgan


Muzayyana  07 Iyul 2009, 15:56:20

Assalamu alaykum!
AbdulAziz aka manda Imom G'azzoliyning "Qirq hadisi qudsiy" mana shu kitobining elektron nusxasi bor edi.
Agar mana shu kitob joylanmagan bo'lsa ruxsat berseyiz avval sizga yuborar edim, ko'rib chiqib xop deseyiz joylar edim forumga, inshaAlloh.
Kitob 2008-yilda nashr qiligan, Toshkent Islom Universiteti matbaa nashriyoti tomonidan.

Qayd etilgan