Savob uchun tender...  ( 459000 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 37 38 39 40 41 42 43 44 45 46 47 ... 69 B


AbdulAziz-Solih  12 Iyul 2010, 08:35:24

Assalamu alaykum!AbdulAziz aka man u kitobni tahrir qilmaslikka qaror qildim!Unda ruslar va  eski sarqitlar kuylangan ekan...shuning uchun shu qarorga keldim.Uzr

Qayd etilgan


AbdulAziz-Solih  12 Iyul 2010, 08:37:52

AbdulAziz aka quyidagi kitobni bersangiz iltimos <<Ibratul g'ofiliyn. Dukchi eshon>> (wordda 41 bet).Oldindan rahmat!buni tezda tahrir qilaman,InshaAlloh!!!

Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2010, 10:57:00

AbdulAziz aka quyidagi kitobni bersangiz iltimos <<Ibratul g'ofiliyn. Dukchi eshon>> (wordda 41 bet).Oldindan rahmat!buni tezda tahrir qilaman,InshaAlloh!!!

Sizga "Ibratul g'ofiliyn. Dukchi eshon" kitobini yubordim.
Avvalgi "Allomalar ibrati" kitobi tahriri menga yetib kelmadi.
Shuni qayta jo'natsangiz.


Qayd etilgan


AbdulAziz  12 Iyul 2010, 11:08:32

Assalamu alaykum. Menga "Oxunjon qiziq hangomalari" ni bersangiz. Oldindan rahmat!

  Unday bo'lsa "Amir Temurning O'rta Osiyo tarixida tutgan o'rni va roli" kitobini bersangiz. Oldindan rahmat.

Va alaykum assalom!
Nodirbeklar, sizlarga so'ragan kitobingizni yubordim.

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Iyul 2010, 11:37:11

Munisaxonga tashakkurlar!
"Usta va Margarita", "Paronimlar lug'ati" va "Sudxo'rning o'limi" kitoblarini tahrir qilib jo'natdilar.

AbdulAziz-Solihga ham tashakkurlar!
"Ibratul-g'ofiliyn" va "Allomalar ibrati" kitoblarini tahrir qilib jo'natdilar.

Boshqa ishtirokchilarga ham xayriyat tilaymiz.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  17 Iyul 2010, 17:40:54

Bismillohir rohmanir rohim!

Assalomu alaykum! Aziz Adminimiz AbdulAziz aka va forumimiz faollari!

Men shu kungacha bunaqa tashabbus borligini bilmay yurgan ekanman. Olloh sizlardan rozi bo'lsin, Ilohim.

Men ham shu tenderda qatnashish ilinjida edim, menga ham bironta kitob bersalaringiz, vaqt topishim bilan, komputerda terib berar edim. Savobni katta kichigi bo'lmaydiku, axir.

Men ziyouz kutubxonasidan juda adabiyotlarni, romanlarni, qissalarni komputerimga saqlab olgan edim. Vaqtim bo'lganda o'qib, maroq olib va shu kitoblarni internetga qo'ygan, elektron kitob shakliga keltirgan kishilardan minnatdor bo'lib, duo qilib qo'yardim. Men juda ham hayron bo'lardim, chet elda, men ta'lim oladigan joyda, barcha elektron kitoblar pullik, ziyouzda pullik degan gapni ko'rmadim. Olloh sizlardan rozi bo'lsin,Ilohim!

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokatoh!

Qayd etilgan


AbdulAziz  17 Iyul 2010, 17:44:27

Va alaykum assalom!
Yuqoridagi kitoblardan birini tanlashingiz mumkin.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  17 Iyul 2010, 17:52:35

Bismillohir rohmanir rohim!

Birinchi marta bu savobli ishga qo'l urayotganim uchun, mana shu  oz sahifali kitobni "Qiyomat qarz  (pyesa). O'lmas Umarbekov (wordda 36 bet)" tanladim. InshoOlloh, ancha muncha qo'lim o'rganib qolsa, ko'p sahifalik kitoblarni ham terib beraman.

PS: Admin aka, bu kitobni faqat wordda yozib jo'nataymi yoki PDF formatda?

Qayd etilgan


AbdulAziz-Solih  18 Iyul 2010, 05:41:02

Assalamu alaykum va rahmatullahi va barokatuhu!
AbdulAziz aka tashakkur!Allohga beadad hamdu sanolar bo'lsin!Sizga ham katta rahmat shunday savobli ishga qo'l urganiz uchun...manga quyidagi kitobni bersangiz iltimos <<Maqol va idiomalar tarjimasi. (Wordda 73 bet)>>.InshaAlloh harakat qilamiz tahrir qilishga.Oldindan rahmat!!!

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Iyul 2010, 15:56:26

PS: Admin aka, bu kitobni faqat wordda yozib jo'nataymi yoki PDF formatda?

Kitobni yubordim.
Kitobni terib chiqmaysiz.
Fayl skaner qilinib, o'qitilgan. O'qitilgandan keyingi xatolarni to'g'rilab chiqasiz xolos.

Qayd etilgan