Marjoniyning bu fikriga qo‘shilgan boshqa bir fozil olim, ko‘plab asar va tadqiqotlar muallifi Muso afandi Jorullohdir. (1952 yilda Qohirada vafot etgan.) U o‘zining "œMovarounnahrga sayohat" nomli kitobida shunday yozadi: "œUsmon (r.a.) Mushafi, deb e’tiqod qilingan va hozir Peterburgda saqlanayotgan muborak Mushaf, avvalda Samarqanddagi Xo‘ja Ahror masjidida edi. Men uni Peterburgga qilgan ziyoratim chog‘ida ko‘rdim va uning Bosh Mushaf emasligini aniq bildim. Chunki, bu mushaf juda katta hajmli, Bosh Mushaf esa (olimlarning aytishicha) eniga ikki kaft barobarida va bo‘yiga bundan ko‘ra sal uzunroq ekan. Bu to‘g‘rida kitoblarda zikr qilingan. Shunga ko‘ra Usmon(r.a.) Mushafi o‘zimizning qo‘lyoema kitoblarimizdan sal kattaroq bo‘ladi va hech qachon Peterburg kutubxonasida saqlanayotgan mushaf hajmidagidek emas. Undan tashqari, Usmon (r.a.) Mushafi, u kishining shahodatlaridan keyin, g‘oyib bo‘lgan va u to‘g‘risida hech qanday xabar yo‘q. Faqat, ba’zi birovlar, u Usmon (r.a.)ning o‘gillari Xolidda edi, keyin nima bo‘lgani ma’lum emas, deydilar. Peterburg Mushafi Usmon (r.a.) Mushafi emasligi to‘g‘risida birinchilardan bo‘lib gapirgan ustoz Shahobuddin Marjoniydir". "œLekin u, deb davom etadi muallif, — bu fikrni asoslashda nishonga ura olmadi, balki mening o‘ylashimcha, xato qildi. Agar biz bu mushafning xati Bosh Mushaf xatiga muvofiq emasligini dalil qiladigan bo‘lsak, ish oson ko‘char edi. Chunki, Peterburg mushafining xati bir necha joylarda Bosh Mushaf xatiga to‘g‘ri kelmaydi". ("œTarjimatul-Marjoniy", 217-bet) Abu Ubaydning Samarqand mushafi Bosh Mushaf emasligi to‘grisidagi fikrini dalil qilgan Marjoniyning gaplari bir shart bilan haq bo‘lishi mumkin. Shart shuki, agar, Abu Ubayd aytgan so‘zi haq bo‘lsa. Vaholanki, uning aytgan gapini rad qiluvchilar bor. "œMavriduz-zam’on" (Tashnalar bulog‘i) kitobida Ad-Doniy Abu Ubaydning "œBosh Mushafda "œva lo tahina manos" dagi "œto" harfi "œhina" bilan qo‘shib yozilgan" degan rivoyatini zikr qilib, bu narsani jamiki diyorlardagi mushaflarning birortasida ham uchratmadik, deydi. Yuqorida zikr qilingan holat qadimiy mushaflarda mavjud bo‘lmaganligi uchun Abu Ubaydning bu rivoyatini ko‘pchilik rad qilgan.
Ibn Anboriy aytadilar: "œQadimiy va yangi mushaflarning hammasida "œto" harfi "œhina" so‘zidan ajratib yozilgan".
Nasir aytadilar: "œMushaflarning hammasida "œva lota" "œto" harfi bilan ya’ni, "œhina" dan ajratib yozilgan".
Ash-Shotibiy "œAl-Aqila"da: "œAbu Ubayd Bosh Mushafda "œva lo tahina" qo‘shib yozilgan deydilar, lekin, hamma buni inkor qiladi", deb yozadi.
Abu Dovud «Ithoful-fuzalo» kitobida: "œva lota hina"dagi qo‘shib yozishlik (vasl)ni inkor qilaman", deydilar.