Muallif Mavzu: Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 92603 marta o'qilgan)

0 Foydalanuvchilar va 2 Mehmonlar ushbu mavzuni kuzatishmoqda.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo
« : 23 Iyul 2008, 14:12:36 »
Nosiruddin Rabg'uziy

QISASUL ANBIYO


OSMONLAR VA YERLAR HAQIDA SO’Z
 
    Habarda keltiribdilarki, Olloh subhanahu va taolo hamma narsadan ilgari bir gavharni yaratdi. Bu gavharga haybat nazari bilan qaragan edi, u erib ketdi. Erib suv bo‘lgan gavhardan yerni yaratdi. Suv ustiga tushgach, u ko‘piklandi. U ko‘pikdan tutun ko‘tarildi, u tutundan ko‘kni yaratdi. Ul suv Olloh taoloning haybatidan qaynab ko‘piklandi. Ul ko‘pikdan Ka’baning o‘rnicha yerni yaratdi. Shundan keyin osmonlarni yaratishga kirishda. (Oyat) "So‘ng osmon tomonga yuzlandi va ularni yetti qavat osmon qilib yaratdi". Osmonlarni yaratib bo‘lgandan keyin avvalda yaratilgan yerni mashriqdan mag‘ribgacha yozib tekisladi. (Oyat) "Va yerni undan keyin to‘shadi".

    Bu yerlar va osmonlar bir qavat edi, qudrati bilan osmonni yerdan ayirdi, har qaysilari yetti qavatdan bo‘ldi. (Oyat) "Olloh shunday zotki, u yetti osmonni yaratibdur va yerlardan ham shunchani". Bu yetti yer ustida suvlar yaratildi. U yerlarni ushlab termoq uchun tog‘larni ular ustiga qoziq qilib yaratdi.

    Olloh taolo butun olamni olti kunda yaratdi. (Oyat) "Badahqiq, Biz osmonlarni, yerni va ularning o‘rtalaridagi bor narsalarni olti kunda yaratdik". Habarda keltirilishicha, yakshanba kuni osmonlarni yaratdi, dushanba kuni oyni, quyoshni, yulduzlarni yaratib, falak ichida turgizdi, seshanba kuni qush-qumirsqalarni, farishtalarni yaratdi, chorshanba kuni suvlarni yaratdi, shamollarni, bulutlarni chaqirdi, daraxtlarni, o‘t-o‘lanlarni undirdi, rizq-nasibalarni ulashdi, payshanba kuni jannat, do‘zaxni, rahmat va azob farishtalarini, hurlarni yaratdi, juma kuni Odamni yaratdi, shanba kuni hech narsa yaratmadi. Bu hamma narsalarni va yana minglab narsalarni ko‘z ochib yumguncha yaratguvchi qudrati bor edi. Shuning uchun olti kunda yaratdiki, bunda bandalariga ta’lim bor edi: "Men qodir bo‘lsam-da shoshilib qilmasman", degan. Rasululloh dedi: "Shoshilish shaytonning ishi va shoshilmaslik Rahmonning ishidur".

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #1 : 23 Iyul 2008, 14:13:48 »
OSMONLARNING SIFATI

    Ilk qavat osmon yashil zumraddandir, uni Rafiq derlar. Farishtalari dovon suratida, ulug‘larning oti Ismoildir. Ikkinchi qavat osmon kumushdandir, uni Ruq’a derlar. Farishtalari burgut su’ratida, ulug‘larning oti Raqobildir. Uchinchi qavat osmon yoqutdandir, uni Qaydam derlar. Farishtalari sigir suratida, ulug‘laorning oti Ko‘kboildir. To‘rtinchi qavat osmon oq injudandir, uni Mo’un derlar. Farishtalari ot suratida, ulug‘larining oti Nubyoyildir. Beshinchi qavat osmon oltindandir, uni Ratqo derlar. Farishtalari hur suratida, ulug‘larining oti Siftboildir. Oltinchi qavat osmon sariq yoqutdandir, uni Aribo derlar. Farishtalari odamiy suratida, ulug‘larining oti Nurboildur.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #2 : 23 Iyul 2008, 14:14:13 »
YERLARNING SIFATI

    Ilk qavat yerni Ramko derlar. Aqim otlig‘ shamol ustida yetmish ming xalqada turar. Har bir xalqani yetmish ming farishtalar tutib turarlar. Ikkinchi qavat yerni Julza derlar. Uning ichida do‘zax chayonlari bordir, ul chayonlar tuyalarga teng kelar, nayzalari quduq sifatlidir. Har bir olti yuz oltmish bo‘yin, har bo‘ynida olti yuz oltmish bosh, har boshida olti yuz oltmish zaharli olma bordir. Ulardan biri bu dunyoga cho‘kib qolsa, olam ahlining brachasi halok bo‘lg‘ay. Uchinchi qavat yerni Arqa derlar. Uning ichida har biri Kof tog‘idan ham kattaroq bo‘lgan urumlar bordir. To‘rtinchi qavat yerni Harna derlar. Uning ichida do‘zax ilonlari bordir. Har bir ilonning ming tishi bor, har bir tishi xurmo daraxtidek, har bir tishi ostida og‘u bilan to‘la o‘n sakkiz olma bordir. Beshinchi qavat yerni Malso derlar. Uning ichi do‘zax toshlariga to‘ladir. Oltinchi qavat yerni Sijjin derlar. Uning ichida do‘zaxiylarning jonlari turadir. Yetti qavat yerni Ajibo derlar. Iblis shunda turar. Har yilda bir chiqar va yana qaytib kirar. Har bir kunning uzunligi besh yuz yilga tengdir.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #3 : 23 Iyul 2008, 14:14:49 »
FARISHTALAR, JINLAR VA ODAMLARNING YARATILISHI HAQIDA SO’Z

    Olloh taolo farishtalarni o‘tning yorug‘ligidan, parilarni esa o‘tning alangasidan yaratdi. Ularning asllari bo‘lsa hamki, uch narsa bilan farqlanadilar. Buri shuki, farishtalar nurdan, parilar alangadan bino bo‘lgandilar. Ikkinchisi shuki, farishtalar malak deb, parilar esa jin deb ataldi. Uchinchisi shuki, farishtalarning makoni osmonda, jinlarniki esa yerda bo‘ladi.

    Habarda kelishicha, Olloh taolo jahannam ichida ikkita mahluq yaratdi: biri erkak arslon suratida, oti Jablit, ikkinchisi esa urg‘ochibo‘ri suratida - oti Tablit. Jablitning quyrug‘i dumi ilonga o‘xshash, Tablitning quyrug‘i chayonga o‘xshash. Ollohning farmoni bilan ikkovining quyruqlari do‘zax ichiga tushdi. Bunga qadar do‘zax ichida na ilon va na chayon bor edi.

    Jabroil alayhissalomga farmon bo‘ldiki, Tablitni nikoh qilib Jablitga bergin, deb. Hamma muhluqotlar ichida eng birinchi nikoh shu edi, ungacha nikoh bo‘lmagandi. Jablit bilan Jablit qo‘shilgach, egizak nasllar: bir o‘g‘il, bir qiz tug‘ila boshladi. Jablit tug‘ilgan qizlarni birga tug‘ilgan o‘qillarga berar edi. Yettinchi farzand ko‘rganda o‘g‘liga Xoris deb nom berdi. U g‘oyat makkor bo‘ldi. Jablit u bilan birga tug‘ilgan qizni Xorisga berayin degnada Ollohdan farmon bo‘ldiki: "Bundan buyon birga tug‘ilganlarni nikohlamagin. Oldin tug‘ilgan o‘g‘ilga keyin tug‘ilgan qizni bergin!" Jablit Xoris bilan tug‘ilgan qizni boshqa o‘g‘liga berdi. Bundan Xoris o‘pkalab, boshqa qizni olishga unamadi. Do‘zaxning holi bir burchagida o‘tirib, ibodatga mashg‘ul bo‘ldi. Ko‘p yillar ibodat qilgach, tangri uni oltincha qavat yerga chiqardi. Unda ham ko‘p ibodat qilgan edi, beshinchi qavat yerga chiqardi. Bunda ham ziyoda ibodatga mashg‘ul bo‘lgandi, bu dunyoga chiqardi. Bu dunyoda ham chandon ibodat qildiki, Mashriqdan Mag‘ribga qadar Xoris sajda qilmagan bir qarich yer ham qolmadi. Shundan keyin Olloh taolo uni osmonga chiqardi. Unda ham ziyoda toatlar qilgani bois ikkinchi osmonga chiqardi. Shu tariqa yettinchi osmonga ham chiqdi. So‘ngra, Jannatga kirgizgandi, u yerda farishtalarga ustod bo‘ldi. Shunda Xoris otini o‘zgartirib, Azozil deb atadilar. U istasa jannatga kirar, istasa osmonga chiqardi. Onadan tug‘ilgandan keyin uch ming yil o‘tgandi. (Oyat) "Eslagin, ey Muhammad, ul vaqtiki Parvardigoring farishtalarga dedi: Sajda qilinglar Odamga! Bas sajda qildilar hammalari, ammo iblis sajda qilmadi". Bu iblis Azozil edi. Aytishlaricha, Azozil Jonn urug‘idan edi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #4 : 23 Iyul 2008, 14:16:01 »
   Shundan keyin yer yuzida o‘tgan Jonn otlig‘ mahluq yaratildi. (Oyat) "Va undan ilgari jinlarni yaratdik Biz esib turgan o‘tdan". Rivoyatlarga ko‘ra, ular dunyoda yetmish ming yil turdilar. Ollohga gunohkor bo‘lgach, ular ketkazildi. O’rinlariga Jon ibn al-Jon otlig‘ haloyiq keldi. O’n zakkiz ming yil umr ko‘rdilar. Ular ham osiylik qilgach, o‘rinlari farishtalarga berildi. Farishtalar yetmish ming yil turdilar. Azozil ular bilan birga edi. Dunyoga ko‘ngil bog‘ladilar, bu Ollohga xush kelmadi: "Mendan boshqaga ko‘ngil berdingiz, sizlarni ketkazurman, keyin xalq yaratib, bu mulkni ularga berarman", deb xitob qildi. (Oyat) "Albatta Men yer yuzida xalifa, "o‘rin bosar" yaratmoqchiman".

    Yana bir habarda aytilishicha, Olloh taolo dunyoni yaratgandan so‘ng yer mulkini qushlarga berdi. Yetti ming yil qushlar ihtiyorida bo‘ldi. Undan keyin Jin ibn al-Jonga berdi, ular ham yetti ming yil umrguzaronlik qildilar. Gunoh, shariatga xilof ko‘p ishlarni qilganlarki, qon to‘kkanlari uchun yer yuzi tasarrufini ulardan olib, farishtalarga berdi. Yetti ming yil bo‘lgandan keyin ulardan ham olar vaqt yetgach, Olloh taolo: "Men yer yuziga halifa yaraturman", deb xitob qildi. Farishtalar bu xitobni eshitgach, g‘amgin bo‘ldilar va "Ilohi, yer yuzida gunohkorlar va qon to‘kuvchilarni yaraturmisan? Yer mulkin biz tasbih va tahlil aytuvchilardan olib, ularga berurmisan?", dedilar. Xitob qildi: "Men bilurman, sizlar bilmassiz".

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #5 : 23 Iyul 2008, 14:16:54 »
Savol: Farishtalar odam farzandlarini ko‘rmagandilar va ularning fasod ishlar qilganlarini va qon to‘kkanlarini qaerdan bildilar?

Javob: Darhaqiqat, ular Odamlarni ko‘rmagandilar, ammo Jin ibn-Jonni ko‘rgan, gunohkorliklarini bilgan edila va shunga qiyosan so‘z aytgandilar. Olloh taoloning "Sizlar bilmagan narsalarni men bilaman", deyishiga sabab shuki, birinchidan - Ollohning ushbu kalomiga ko‘ra u zot aytadiki: "Muhammad mustafi alayhissalom odam farzandlaridan bo‘ladi. Bu jahonni, oy, quyosh va barcha narsalarni uning suyukliligi uchun yaratdim. Kim mening do‘stim ekanligini o‘zim bilurman, sizlar bilmassizlar". Ikkinchidan - Olloh taolo shunday debdur: "Men bilamanki sizlarning ibodatlaringiz (ujb) o‘ziga bino qo‘yish bilan aralashgan va ularning gunoh ishlari uzr bilan aralashgan. Uzrli gunoh mening nazdimda ujblik gunohdan mahbubroqdir".

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #6 : 23 Iyul 2008, 14:20:01 »
ODAM ALAYHISSALOM QISSASI

 Payg‘ambar alayhisalom dedilar: "Kimda-kim dunyo ajoyibotlarini ko‘rmoqchi bo‘lsa, Odam alayhissalom qissasiga qarasin".

 Olloh subhanahu va taolo odamni yaratishlikka ahd qildi va Jabroil alayhissalomga amr qildi: "Borgil, yer yuzidan bir hovuch tuproq keltirgil!" Jabroil kelib tuproq olmoqchi bo‘lgandi, yer ont berdi: "Mendan tuproq olmangiz!" deb. Hazrat Jabroil yerga rahmi kelib, tuproq olmadi. Hazrat Isrofilni yubordi, unga ham ont berdi va u ham tuproq olmadi. Keyin hazrat Makoilni jo‘natdi, yer unga ham ont berdi, u ham tuproq olmadi. Shundan keyin hazrat Azroilga farmon bo‘ldi. Yer unga ham ont berdi. Azroil aytdi: "Olloh taoloning buyrug‘i sening ontingdan azizroq turadi". So‘ng yer yuzidan bir hovuch tuproq oldi. Ollohdan xitob keldi: "Ey Azroil, qattiq ko‘ngilli ekansan. Shunday taqdir qildimki, hamma tiriklarning jonini senga oldiraman".

 U tuproqda oq, qora, chuchuk, achchiq, sariq, yashil, qizil, ko‘k, qattiq, yumshoq, toza, nopok, totli va totlig‘siz - hammasining suvi bor edi. Shul sababdan odam farzandlari bir-biriga o‘xshamaslar, kimi poku, kimi nopok, kimi betobu kimi sog‘lom, kimi qorayu kimi oq, kim sarig‘u kimi qizil, kim esligu kimi aqlsiz, kimi chuchuk so‘zliyu kimi achchiq so‘zli, kimi qattiq ko‘ngilliyu kimi yumshoq ko‘ngillidirlar. Azroil u tuproqni Makka va Toif orasidagi Daxno nomli yerga qo‘ydi. U tuproq ustiga qirq yil yomg‘ir yog‘di, o‘ttiz to‘qqiz yil qayg‘u-alam yomg‘iri, bir yil esa sevinch yomg‘iri yog‘di. Shu boisdan Odamga sevinchdan ko‘ra qayg‘u ko‘proq bo‘ldi. Olloh taolo qirq yildan keyin qudrat qo‘li bilan odam suratini barpo qildi. Odamning boshi toif taravga oyog‘i Makka tarafga qaragan edi. Buning hikmati toifning Makkadan ulug‘ligini ko‘rsatish uchun emas, balki odam o‘rnidan tursa yuza Makkaga qarasin, deganlikdan shunday qilidi. Shariatda shunga monand mas’ala bor: bizning mashablardan qachon biron-bir bemor odam yotib namoz o‘qimoqchi bo‘lsa oyog‘ini qibla tarafga uzatur. Shuning uchunki, qachon u namoz ichida sihat topguday bo‘lsa va o‘rnidan tursa yuzi qiblaga qaragan bo‘lg‘ay.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #7 : 23 Iyul 2008, 14:20:23 »
Odamni tuproqdan yaratmoqlikning nima hikmati bor edi? qachon Olloh taolo odamni yarataman, deb hitob qilganida barcha narsalar bosh ko‘tarib: "Odamni bizdan yaratgil", deb ta’mia qildilar. Tog‘: "Men quvvatlikman", dedi. Dengiz: "Men haybatlikman", dedi. Oltin: "Men azizman", dedi. Osmon: "Men yuksakman", dedi. Hamma narsalar o‘zlarini baland olib gap aytdilar. Yer esa tavozu’ qilib, hokisolik bilan: "Men hammadan zaifman, oyoq ostidaman, menda quvonadigan narsa yo‘q", dedi. Shunda xitob keldi: "Men Odamni yerdan yaraturman" va Odamni tuproqdan yaratdi.

 Habarda aytadilarki, bir kuni Iblis yetmish ming farishta bilan Odam jasadi yoniga osmondan tushib keldi, ikkala qo‘li bilan Odamning qorniga urib ko‘rdiki, ichi kovak ekan. Farishtalarga aytdi: "Buni yo‘ldan chiqarish o‘ng‘ay ekan". Yana dediki: "Agar Olloh buning ustidan sizlarga erk bersa ne qilgaysizlar?" Hamalari: "Bo‘yin sungaymiz", dedilar. Iblis aytdi: (Oyat) "Hudo nomiga qasamyod etamanki, agar Olloh uni mening ustimdan hukumron qilib qo‘ysa, men unga bo‘ysunmagayman va agar meni uning ustidan hukumron qilib qo‘ysa, uni o‘ldirgayman". Va shu ondayoq kofir bo‘ldi. (Oyat) "Va u kofirlardan edi".

 Yana qirq yildan keyin Odamning jonig‘a farmon bo‘ldi: "Odamning taniga kirgin!" deb. Jon Odamning boshi ustida turib qoldi, kirgani unamadi-da "Men oliyman, bu tubanga qanday kirayin", dedi. Shunda Jabroil alayhissalom keldi, unga "Ey aziz jon, Olloh nomi bilan kirgil!" dedi. Jon Olloh nomini eshitgan hamon kirdi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #8 : 23 Iyul 2008, 14:20:50 »
Yana bir rivoyatda keladiki, Jon Odamning boshiga kirib, ikki yuz yil turib qoldi. Undan keyin ko‘ziga kirgan edi, ko‘zlari ochildi. O’z yuzini ko‘rdiki, qora tuproqdan yaralmish. Olloh o‘z qudratini ko‘rsatish uchun ko‘zni yaratgandi. So‘ngra burunga kelganda bir aksa urdi. Jabroilga xitob keldi: "Odamning burnidan chiqqan nafasni omonat saqlagil!" Undan og‘ziga keldi, shunda aytdiki: "Al-hamdu li-llahi robbil olamin". Olloh yorlaqadi: "Parvardigoring senga rahmat qilsin, Men seni shuning uchun yaratdim".

 Shundan keyin jon ko‘ksiga keldi. Shu yerda turmoqchi bo‘lgandi, tura olmadi. Shu asnoda Olloh taolo: (Oyat) "Va inson shoshiladurgan bir mahluq qilib yaratildi", dedi. Shundan so‘ng qorniga kelgandi, taom istadi. Jon jasad ichida yoyila boshladi, suyaklar, go‘sht, teri, tomir kabilan hosil bo‘ldi, tebrana boshladi.

 Odamning terisi bag‘oyat ko‘rkli edi. Kundan-kun tiniqlasha boshladi. Qachonki illatlar hosil bo‘la boshlaganda, teri suyuldi. O’sha terining belgisi barmoqlar uchida qoldi, u tirnoqlarga aylandi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #9 : 23 Iyul 2008, 14:21:03 »
Savol: Jonning kirarda osonlikda qaror topgani va chiqar chog‘ida qiyinchilik bilan chiqarida ne hikmat bor?

Javob: Buning boisi shulki, kirar paytda u Olloh taoloning "Robbing rahmati bilan kirgin", degan xitobini eshitib, o‘ng‘aygina kirgandi, chiqarda esa "Yana rahmat sevinchini eshitmaguncha chiqmasman", deyarkan. Ko‘rmasmisan, kimning baxti bor bo‘lsa, (Oyat) "Sizlarga va’da qilingan jannat bashorat bo‘lsin!" degan bashoratni eshitib, o‘ng‘aygina chiqadi, Kim badbaxt bo‘lsa joni qattig‘lik bilan chiqadi. Bundan Ollohning o‘zi asrasin.

 Odami safiy alayhissalom o‘sha holda yetti kun o‘tirdilar. Shundan keyin Olloh taolo qizil oltindan yaratilgan gavhar bilan bezak berilgan bir taxt tushurdi. Unga ajoyib sarupolar kiydirdi, boshiga oltin toj o‘rnatdi. Uni taxt ustiga o‘tkazdi. Yetti yuz ming farishtalar Olloh taoloning farmoni bilan kelib, Odamning tengrasida saflandilar. U taxt "Masjid ul-Xaram" bilan barobar kelardi. Taxt ustiga bir kursi qo‘yildi. U Ka’ba bilan barobar edi. O’n yig‘och (tahminan 9 km keladigan masofa birligi) lik yer "Xaram" deb ataldi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #10 : 23 Iyul 2008, 14:22:21 »
Olloh taolo Odamni butun ko‘rkliklar bilan bezatdi. Tishlaridan nur balqirdi, ko‘zlari nurga monand, Muhammad mustafoning nuri Odamning yuzida to‘lin oy yanglig‘ balqib turardi. Odam ul nurning ravshanligini ko‘rib, "bu nurni bir ko‘rsam", deb istak bildirdi. Ollohning farmoni bilan u nur Odamning o‘ng yanog‘iga, undan yelkasiga, undan qo‘liga indi. Nur qo‘lida ko‘tarila borib, shahodat barmog‘ining uchida to‘xtadi. Odam bu barmog‘ini yuqoriga ko‘tarib, uning ko‘rkini ko‘rib tong qoldi-da: "Laa ilaha illalohu Muhammadur rasululloh", dedi. Avval barmoqni ko‘tarib, shahoda kalimasini aytmoq Odam farzandlariga shundan sunnat bo‘lib qoldi.

Farishtalar Odamni osmonga olib chiqdilar. Jabroil alayhissalom bir ot keltirdi. U mushk-anbardan yaratilgandi. Odam unga mindi. Jabroil alayhissalom tizginini tutdi. Hazrat Mekoil o‘ngida, hazrat Isrofil so‘lida yurib, osmonlarni kezdilar. Farishtalar yo‘liqqanida Odam ularga: "Assalomu alayka yo maloikatallohu!"deb salom qilar edi. Bunga javoban farishtalar: "Alaykumus-salomu va rahmatullohi va barokatuhu!" der edilar. Olloh taolo xitob qildiik: "Bu sening saloming bo‘lur va yana sening o‘g‘lonlaringning qiyomatga qadar salomlari bo‘lur!".

Odamni jannatga kiritganlarida u yerdagi ne’matlarni, hurlarni, qasrlarni tomosha qilib yurib, o‘ziga o‘xshagan mahluqotga ko‘zi tushmagach, ko‘ngli to‘lmadi. Shunda Olloh taolo Odamni uyquga cho‘mdirdi. Uzoq davom etgan uyqu orasida Olloh taolo Odamning chap biqini qobirg‘asidan Havvoni yaratdi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #11 : 23 Iyul 2008, 14:22:39 »
Savol: Havvoni Odamning uyqusi ichida yaramoqligiga sabab nimadir?

Javob: Odam bedor bo‘lsa joni og‘rirdi, shu bois Havvoni dushman tutib qolishi mumkin edi. Agar o‘zidan yaratilganini bilmasa, uni sevmagay edi. Olloh taolo Havvoni egri suyakdan yaratdi, shu tufayli xalq orasida: "Ayollar egri suyakdan turar, uni to‘g‘itrlayman deb sindirib qo‘yish mumkin", degan matal yuradi. Odamda Havvoni o‘zidan yaratilganini ko‘rib, uning muhabbati ko‘ngliga jo bo‘ldi. Havvo g‘oyat ko‘rklik edi.

Habarda kelishicha, Olloh taolo husnni yuz ulush qildi, uning to‘qson to‘qqizini Havvoga berdi. Qolgan bir ulushini o‘n qismga bo‘lib, to‘qqizini Yusuf alayhissalomga va qolganlarini bashariyatga berdi. Odam Havvoni o‘ziga o‘xshaganligini ko‘rib, ko‘nglida rag‘bat uyg‘ondi va "Menga yaqinroq kelgil!" deya chorladi. Havvo aytdi: "Meni istasang o‘zing kelgil!" Odam o‘rnidan turdi, Havvoning qoshiga keldi. Agar u bir soat sabr qilganda edi, Havvoning o‘zi kelar edi. Shu tariqa erning xotinlar qoshiga bormoqligi sunnat bo‘lib qoldi. Ammo qachon jannatga kirsalar xotinlar erlari qoshiga keladilar.

Odam Havvoga tegingan edi, Jabroil alayhissalom to‘xtatdi: "Ey Odam, Havvo senikidir, lekin nikoh qilmaguncha ravo bo‘lmas". Olloh taolo o‘zining pok zoti ila Odam va Havvo nikohiga xutba qildi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #12 : 23 Iyul 2008, 14:22:54 »
U xutba bu turur: "Hamd-mening maqtovim, mening ismim-Olloh, rahmon - mening hazinalarim kaliti, rahim - gunohkorlarimning gunohini kechish kalti, ulug‘lik - mening libosim, buyuklik - mening to‘nim, azizlik va sahiylik - mening go‘zalligim, go‘zallik va ulug‘lik - mening martabam, insonlarning hammasi - mening qullarim va cho‘rilarim, anbiyolar va payg‘ambarlar - mening elchilarim va tanlagan bandalarimdir. Muhammad - mening habibim va payg‘ambarim, uning ummatlari - ummatlarning yaxshisidir va mening sevgan do‘stlarimdir. Men, badahqiq narsalarni juft yaratdim, toki bu bilan mening birligimga isbot topsinlar. Shohid bo‘linglar, mening farishtalarim va mening arshimni ko‘tarib turguvchilar va mening osmonimdan sokinlar - Men, batahqiq, juftladim cho‘rim Havvoni qudratimning san’ati bo‘lgan va yaratishimning ajoyiboti bo‘lgan Odamga. Menga tasbeh aytish (Subhanalloh deyish) va tahlil aytish (La ilaha illaloh deyish) va odam bolalarining namoz o‘qishi mahr qilindi. Ey Odam, jannatimga kir va mevalarimdan tanovul qil. Mana bu daraxtga yaqinlashmanglar. Salom bo‘lsin har ikkalanglarga va mening rahmatim ham bo‘lsin. Odamlarning parvardigori bo‘lgan Ollohga shukur".

Habarda kelurki, Odamdan so‘radilar: "Nega Odam atalding?" Javob berdilar: "Shuning uchunki, men bir odim yer tuprog‘idan yaratildim". Havvoga savol qildilar: "Ne uchun Havvo atadilar?" Javob berdilarki: "Tirik jondan yaratildim".

Yana ba’zilar aytadilarki, Odam tuproqdan yaratildim, tuproq turgan sayin ko‘rkli bo‘lar. Havvo esa etdan yaratildi, et turgan sari sasir. Shu tufayli xotinlar qarisa, ko‘rkini yo‘qotur.
 Odam va Havvo nikohlanganlaridan keyin xitob keldi: "Ey Odam, jufting Bilan jannatga kirgil, ne’matlardan yenglar. Ammo manna bu daraxtga yaqinlashmanglar zolimlardan bo‘lgaysizlar". Bu daraxt - bug‘doy daraxti edi.

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #13 : 23 Iyul 2008, 14:25:55 »
Ammo Havvon yer yuzida yaratildimi yo jannatda, bu xususida ulamolar orasida ixtilof bor.

Azozil jannatda erkli edi, jamiki farishtalarga ilm o‘rgatar edi. Bir kuni ko‘rdilarki, "Lavhul Mahfuz"da farishtalardan biri mal’un bo‘ladi, deb yozig‘lig‘ ekan. Farishtalar bundan behad qo‘rqdilar, Azozilga kelib: "Sen ustozmisan, biz g‘oyat qo‘rqayapmizki, bizni duo qilg‘il, Olloh taolo bizni la’natdan asrasin".

Azozil duo qildi, farishtalar "Omin" dedilar. Olloh taolo uning duosi Bilan farishtalarni asradi, o‘zi esa la’natga uchradi. Farmon keldi: "Odamni nurdan yasalgan taxt ustiga o‘tkazib, yelkalariga ko‘tarib, jannatni kezsinlar!" Bunga sabab shu Ediki, Odam hali yaratilmasdan ilgari farishtalar: "Odam farzandlari fasod ishlarni qilgaylar, qon to‘kkaylar", deb g‘iybat qilgandilar. "Biz bir qancha tasbehtaqdis lozim bo‘lsa aytarmiz", deb o‘zlarini yuqori oldilar. Ularning bu so‘zlari Ollohga xush kelmadi. Hukm qildiki: "Odamni g‘iybat qildingiz, savoblaringiz bekor bo‘ldi. Ul savoblar sizlardan olinib, Odam farzandariga berildi. O’sha g‘iybatning jazosi shudur. Bu kun hamma frishtalar boring, Odam taxtini bo‘yningizga ko‘tarib, hizmatini bajo keltiring!"

Undan keyin Olloh taolo Odamga "Ismlar ilmi"ni o‘rgatdi. So‘ng jamiki narsalarni farishtalarga ko‘rsatib: "Agar sizlar rostgo‘y bo‘lsangiz bu narsalarning otini menga aytib bering", dedi. Farishtalar ojiz bo‘lib: "Parvardigoro, Sen pokdursan, Sen o‘rgatgandan boshqa hech bir ilmimiz yo‘qdir, o‘zgasini bilmasmiz", dedilar. Odamga farmon bo‘ldi: "Ey Odam, bularga anavi narsalarning nomlarini aytib bergil!" Odam ularning nomlarini aytib berdi: "Bu daraxt, bu tosh, bu suv . . ." Hamma narsalarning nomini jamiki tillar Bilan bayon qildi. Shunda: "Ey farishtalar, sizlarga aytmadimi, Men bilganni sizlar bilmaysizlar", degan xitobi keldi, "Endi sizlarga ma’lum bo‘ldiki, Odam olimdir, sizlar obidsizlar. Mening nazdimda ming obiddan bir olim afzaldir. Qayda obid bo‘lsa, olimga hizmat qilmog‘i kerak. U mahdum bo‘lsin, sizlar hodim bo‘ling, u masjid bo‘lsin, sizlar sojid (sajda qiluvchi) bo‘ling, Odamga sajda qiling!" Jumla farishtalar sajda qildilar. Yolg‘iz Azozil sajda qilmadi, bo‘ysunmadi, ulug‘sindi, kofirlardan bo‘ldi. Qachon farishtalar sajda qilgach, ko‘rdilarki, Iblis sajda qilmasdan turardi. Shukr, dedilar va sevinganlaridan yana bir sajda keltirdilar. (Bu kun namozda ikki sajda qilmoqlik boisi shundadir).

shoir

  • Mega Member
  • *******
  • Rahmat
  • -aytdi: 2814
  • -oldi: 761
  • Xabarlar: 10773
  • Shoiru she'ru shuur
Re: QISASUL ANBIYO. Nosiruddin Rabg'uziy
« Javob #14 : 23 Iyul 2008, 14:26:09 »
Habarda kelishicha, Odam jannat ichida yarim kun qoldi. U jahonning bir kuni bu dunyoning hisobida besh yuz yil bo‘lur. Tuproqdan yaratilgandan keyin to jannatga borguncha ming ikki yuz qirq yil fursat o‘tgandi.

Azozil sajda qilmagandan so‘ng: "Ne uchun sajda qimassan?" degan xitob qildi. Iblis: "Men undan ortiqman. Meni o‘tdan yaratding, uni esa qaor tuproqdan yaratding", dedi. Bu da’voni qilgandan so‘ng Azozil otini ko‘tardilar, Iblis degan nom berdilar. Iblisning ma’nosi "noumid" deganidir. Iblisi la’in o‘tni tuproqdan ortiq, dedi. Bilmadiki, tuproq o‘tdan ortiq turishligini. Bunga dalil shuki, o‘t o‘g‘ridir, unga qanday narsani bersalar yo‘q qilur, qaytib bermas. Ammo tuproqqa bir hovuch bersangiz, o‘nni yuz qilib qaytarur. Iblis o‘tga quvondi, bu bois o‘tga qaytadigan bo‘ldi. Odam Ollohga quvondi, shuning uchun tangriga qaytadigan bo‘ldi. Kim nimadan quvonar bo‘lsa, o‘shanga qaytadigan bo‘ldi.

Iblis: "Iloho, yuz ming yil ibodat qildim, mnga uning evazini bergil!".

"Ne tilarsan?" degan xitob keldi.

Iblis qiyoma kuniga qadar yashashlik uchun uzoq umr tiladi: "Ey Parvardigorim, ular tiriladigan kunga qadar menga muhlat Ber!".

Mufassirlar ayturlar, u badbaxt Ollohga hiyla qilmoqchi bo‘ldi va qiyomat kuniga qadar umr tiladi. Maqsadi shu Ediki, o‘liklar tiriladigan kungacha hayot bo‘lsam menga boshqa o‘lim bo‘lmaydi, deb umid qilgandi. Olloh uning sirini bildi va: "Albatta, sen muhlat berilganlardandirsan, to ma’lum vaqtning kunigacha", deb javob berdi. Unga o‘zi tilagan kungacha emas, ma’lum kungacha umr berildi.

 

Abdulla Avloniy. Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom

Muallif IXLOSBo'lim Islomiy kitoblar

Javoblar: 58
Ko'rilgan: 48306
So'nggi javob 24 Avgust 2009, 05:45:55
muallifi AbdulAziz
Alisher Navoiy. Tarixul anbiyo va hukamo

Muallif AbdulAzizBo'lim Alisher Navoiy asarlari

Javoblar: 5
Ko'rilgan: 13330
So'nggi javob 22 Mart 2011, 16:17:17
muallifi Habib