Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152688 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 15:04:38

RIVOYATda keladiki, Namrud munoradan turib ko‘rganda, Ibrohim atrofida chechaklar ochilgan edi. Olov qizil, yashil, sariq chechaklarga aylangandi. O’t ichidan jilg‘a chiqib, xurmon daraxti ungan edi.
 - Ey Ibrohim, o‘t seni kuydirmaydimi? - deya taajub qildi Namrud.
 - Yo‘q, - dedi u.
 - Bu o‘tni sening uchun Kim sovutdi, - so‘radi yana namrud.
 - Kim o‘tga kiritgan bo‘lsa, o‘sha sovutdi, - dedi u.
 - Unda sening tangring yaxshi tangri ekan, - dedi Namrud.

So‘ng uning ko‘nglida musulmon bo‘lishga mayl uyg‘ondi. Saroydagilar bu hoxishga unamadilar, Ibrohimni tutun Bilan holk qilamiz, degan qarorga keldilar.
Ularning bu niyatlarini Lut alayhissalom Ibrohim alayhissalomga yetkazdi. Ikkovlari tunda shahardan qochib chiqdilar. Namrud yo‘llarga soqchilar qo‘ygandi. Ulrga ibroniy tilda so‘zlovchi qanday odam yo‘liqsa, tutishlikka fparmon bergandi. O’sh tunda Olloh farmoni Bilan hamma tillar uyqash ketdi, tillar buzildi. Aytishlaricha, 72 xil til hosil bo‘ldi. Xom urug‘i hindulariga 18 til tegdi, Som urug‘iga mansub arab va ajamlar ham 18 tilga ega bo‘ldi, Yosaf avlodi bo‘lgan turklar 36 til egasi bo‘ldi.

Ibrohim va Lut alayhissalomlar soqchilarning oldidan o‘tdilar.
 - Kimsizlar? - so‘radi soqchilar.
 - Biz Ibrohim va Lut ikkovimiz bo‘lamiz, - deyishdi.
 - Biz ularni poylab turibmizku, - deyishdi soqchilar o‘pkalanib, - Sizlar bizni masharalab Ibrohim Bilan Lutmiz deysizlar-a!

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:04:52

Olloh taolo ularni asradi. Ular boshqa viloyatga borib o‘rngashdilar. Namrudning g‘azabi bosilgach, Ollohjan farmon bo‘ldi:
"Ey Ibrohim! Borgil! Namrudni imonga undagil!"

Shundan so‘ng Ibrohim alayhissalom Namrudning oldiga keldi.

- Ey Namrud, butga sig‘inmagil, Ollohga iymon keltirgil! Ollohni bir degil, meni Uning payg‘ambari deb bilgil! - da’vat qildi Ibrohim alayhissalom.
 - Mendan ham boshqa tangri bormi? - so‘radi namrud.
 - Bor, - dedi Ibrohim alayhissalom.
 - U kimdir? - dedi Namrud.
 - U seni yaratgan, senga mulk-davlat bergan, yer va osmon tangrisidir! - dedi Ibrohim alayhissalom.
 - Men u bilan teng ekanman, u bilan bir jang qilayin! - dedi Namrud va jang hozirlini ko‘ra boshladi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:05:36

NAMRUDNING OSMONGA UCHGANI

Namrud Ibrohimning tangrisi Bilan jangga astoydil hozirldana boshladi, Yirtqich qushlarning bolalarini tarbiyalay boshladi. Ular ulg‘aygandan keyin bir sandiq yasattirdi: ikki qopqoqlik - biri ostida, biri ustida. Uning ustiga to‘rtta, ostiga ham to‘rtta ustun o‘rnatdilar. Ustki usutnga yirtqich qushlarni bog‘ladi. Namrud egniga sovud kiyib, yashiq to‘la o‘q solib, xizmatkori Bilan birga sandiq ichiga kirdi. Ustun ichiga bog‘langan go‘shtlarni ko‘rgan och-nahor qushlar unga talpindilar, sandiq him ular Bilan birga havoga ko‘tarilid.

 Bir kecha-kunduz uchgach, xizmatkoriga buyurdi:
 - Ustki qopqoqni ochgil, nima ko‘vrinarkan?
 - O’sha-o‘sha holni ko‘rarman, - dedi u ustki qopqoqni ocharkan.
 - Ostki qopqoqni osgil, nima ko‘rinarkin? - buyurdi yana Namrud.
 - Yer yuzining hammasini bir parchadek ko‘rarman, - dedi xizmatkor.

 Yana bir kecha-kunduz uchdilar.
 - Ustki qopqoqni ochgilsh, nima ko‘rinadir? - so‘radi namrud.
 - Osmon ilgar qanday ko‘rinsa, shunday ko‘rinur, - dedi xizmatkor.
 - Ostki qopqoqni ochgil, ne ko‘rinadir?
 - Yer avval qanday ko‘ringan bo‘lsa o‘shanday, dedi.

 Hali yetmabmiz, deya yana bir kecha-kunduz uchdilar.
 - Tepa qapqoqni ochib qarachi, nima ko‘rinadur? - buyurdi Namrud.
 - Hamma yoq tuman ichida qolibdi, dedi xizmatkor. - Hech nima ko‘rinmaydir.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:06:00


So‘ngra pastki qopqoqni ochdi.
 - Pastda ham tumandan bo‘lak narsa ko‘rinmas, dedi xizmatkor.
 - Endi yetib kelibmiz, dedi namrud va osmonga qarata o‘q otdi.

Shunda Jaboil alayhissalomga farmon bo‘ldi.
 - O’qni olib baliqqa sanchgin-da, qonga belab sandiqqa tashla! (Baliqning bo‘g‘izlanmasligiga sabab shunda deydilar).

 Qonga belgan o‘q Namrudga qaytib kelgach:
 - Osmon tangrisini o‘ldirdim! - deb o‘yladi va go‘sht bo‘laklarini yuqori ustundan olib pastki ustunga bog‘ladi. Olloh dedi: (Oyat) "Ular yomon makrlarni qilib ko‘rdilarva ularning yomon tadbirlari Hudo qoshida edi".
 Aytishlaricha, Namrud qavmida yuz ming odam Ibrohim payg‘ambarga hayrixox edi. Namrud osmondan tushgach, "Ko‘k tangrisini o‘ldirdim", deya qonli o‘qni ko‘rsatgach, bu so‘zga ishonib yana kofir bo‘lib ketdilar. (Oyat) "U Olloh hoxlagan odamini gumroh qilib qo‘yadi va xohlagan odamini to‘g‘ri yo‘lga solib qo‘yadi".

 Ibrohim alayhissalomga farmon bo‘ldi: "Borgil! Namrudga aytgil! Jang qilishga mayli bo‘lsa, qo‘shin hozirlasin!" Ibrohim alayhissalom bu farmonni Namrudga yetkazdi. Shundan keyin Namrud yurtlariga kishi yuborib qo‘shin to‘plashga kirishdi. Soni-sanog‘i yo‘q qo‘shin yig‘ildi. Ular boshdan-oyoq sovut kiygandi. Olloh taolodan chivinlar qo‘shiniga farmon bo‘ldi. Shunchalik ko‘p chivinlar chiqib keldiki, osmonni qorong‘ulik qopladi. Ular namrud qo‘shinlariga yopishib, ularni kiyimlarini, etlarini, otlarining eti-yu suyaklarigacha yeb bitirdilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:06:38

Namrud la’in saroyiga qarab qochib qoldi. Saroyga kirib hamma eshiklaru tuynuklarni berkitib oldi. Olloh taolo bir zaif va oqsoq chivinga ilhom berdi. U teshikdan kirib kelib, Namrudningya nog‘iga qo‘ndi, u yerini chaqib, qon so‘rgach, og‘zi atrofida aylanib, so‘ng burniga kirdi, miyasiga yetganda uni yeya boshladi. Qirq kungacha Namrudning miyasini chivin yeb turdi.

Ka’b ul-Axborning rivoyaticha, Olloh taolo Namrud la’inga to‘rt yuz yil podishohlik berd iva chivin to‘rt yuz yil miyasinik yemirdi. Namrudning oldiga Kim kirsa unga avval shapaloq bilan, unda ham tinmasa ensasiga musht bilan urushni buyurar edi.

HIKMAT. Namrudga berilgan azoblar shuning uchun ediki, u to‘rt yuz yil tangrilikni da’vo qildi va odamlarni o‘ziga sajda qildirdi. Shuni unutmangki, ensalariga mushtlar yegan kimsa qanday qilib tangrilikka yarasin.

Bu choralar Bilan og‘riqlar to‘g‘tamadi. To‘qmoqlar Bilan urdira boshladi, ammo bundan ham og‘riq bosilmadi, holdan ketaverdi. Nihoyat bir pahlavon xizmatchisiga to‘qmoq urish navbati keldi.

- Men borib, hammani bu balodan qutqarayin! - leli-da ertasi kuni saroyga kelib, to‘qmoq bilan namrudning boshiga chunonam soldiki, boshi yorildi, u chivin kabutar suratida uchib chiqdi.

Shundan keiyn Jabroil layhissalom qanotlari Bilan u saroyni ko‘tarib yerga bir urgandi, osti ustiga chiqib ketdi. Namrud do‘zaxga borib tushdi. Uning o‘rniga Zul-arsh nomli podishoh taxtga o‘tirdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:07:06

IBROHIM ALAYHISSALOM VA ZUL-ARSH PODISHOH QISSALARI
 
 Ibrohim alayhissalom Namrud o‘lgach, uning hamma omborlaridagi va hazinalaridagi oltin-kumushlarni, mollarni darvishlarga sadaqa qilib berdi. Ibrohim va Lut alayhissalomlar bu yurtdan chiqib ketdilar. Sora raziallohu anho va Yana ikki musulmon birga edilar.

 - Iloho, qancha yuraylik? - deya munojot qildi Ibrohim alayhissalom.
 - Qay tarafni ko‘ngil tilasa, o‘sha yerga boringlar! - degan farmon bo‘ldi.

Zul-ar podshoh yosh yigit edi. Shu bois ayollarga behad ko‘nglida moyillik bor edi. U qayorda ko‘rkam Xotin bo‘lsa o‘ziga keltirardi. Yo‘llarga sochqilar qo‘yib o‘tgan-ketganing mulkidan o‘ndan birini olib qolardi. O’n besh kishidan iborat soqchilar Ibrohim alayhissalom hamrohlariga yo‘liqdilar.

Ushr barmoqliklarini talab qildilar.
 - Bizda ushr (o‘ndan bir) bergudek molimiz yo‘q, - dedi Ibrohim alayhissalom. Yigitlamriz bor, istasangiz ularni oling.
 - Agar o‘nta bo‘lganda birini olgan bo‘lardik, to‘qqiztadan bizga hech nima tegmas, - dedilar. Sandiqlaring ichida nima bor? Oching, ko‘raylik.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:07:46

Sandiqda Sora bor edi. Payg‘ambar alayhissalomdan hajisda aytiladiki: "Yo‘l to‘sib, odamlardan narsa undirib qoluvchilardan yomon mahluq yo‘qdir". Qancha harakat qilmasinlar, iiloji bo‘lmadi, noiloj sandiqni ochdilar. Sorani ko‘rdilar, behad go‘zal edi.

- Bizning podshohimiz bunaqa ayollarni istaydi. Sen buni qayoqqa olib ketmoqchi bo‘lding? - deb Ibrohim alayhissalomni va hamrohlarini shaharga qaytardilar. Bu habarni podshohga yetkazgandilar, u hali Sorani ko‘rmayoq ko‘nglida rag‘bat uyg‘ondi. Va vaziriga buyurdi:
- Ul qochoq kimsani oldimga keltir!

Vazir borib, Ibrohim alayhissalomni podshoh huzuriga olib keldi.

Podshoh uni yoniga chorladi.
 - Isming nimadir? - so‘radi podshoh.
 - Otim Abdulloh, dedi Ibrohim alayhissalom (Ollohning qulidemoqchi).
 - Sandig‘ingda nima bor? -so‘radi podishoh.
 - Qarindoshim bordir, - dedi Ibrohim alayhissalom qo‘rqib ketganidan. Negaki, xotinim desa o‘zini o‘ldirib qo‘yishlaridan cho‘chigandi. (Oyat) "Haqiqatda hamma mo‘minlar bir*birlariga birodardiralar".
 - Ey Abdulloh, men Misr podshohiman, mol-dunyoim behisob, qarindoshingni menga bersang, seni o‘z mulkimda eng yaxshi do‘st qilurman, - dedi Zul-arsh.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:08:01

Ibrohim alayhissalom qayg‘uga botdi, boshi quyi egildi.
 - Ey Abdulloh, nega indamaysan? - so‘rad yana podshoh.
 - Qarindoshim balog‘atga yetgan qizdir, undan maslahat so‘ramoq joiz dedi Ibrohim alayhissalom va o‘rnidan turib, Sora qoshiga keldi. Podshoh tilagini unga yetkazdi.

Senga ne bo‘ldi, nega qayg‘uliksan?
 - Ey Ibrohim, nega to‘g‘risini aytmay, meni ham, o‘zingni ham baloga giriftor qilding.

Bir muncha fursat o‘tgach, podshoh betoqatlanib, vazirni ikki yuzta odam Bilan jo‘natdi:
 - Borgil, o‘sha odamni singlisi bilan meni oldimga keltirgil!

Ibrohimni Sora Bilan birga keltirdilar. Sora boshiga kattagina yopinchiq o‘ragan holda kirdi. Podshoh Ibrohimga tahti yonidan joy ko‘rsatdi.

Sora ham Ibrohim yoniga o‘tirdi.
 - Ey abdulloh, mening mol-mulkimni hisobi yo‘q, istasang yarmisini senga beraman.
 - Qarindoshim shu yerdadi, o‘zi so‘zlasin, - dedi Ibrohim alayhissalom.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:08:19

- Mening mingta xizmatkorim bor, hammasini senga berayin, ular o‘pkasi to‘lib, yig‘ladi, so‘zlay olamdi. Shunda podshoh achchig‘ chiqdi: - Ey Abdulloh, sendan uyalib so‘zlamayotir! - dedi Ibrohimni qo‘lidan ushlab tashqariga chiqardi.

Podshoh Soraga har qancha so‘z qotsa hamki, javob bermadi, ikki qo‘li Bilan yuzini to‘sgancha yig‘lar edi. Podshoh taqati toq bo‘lib, Soraning yoniga keldi, yuzini ochay Deya qo‘lini cho‘zgandi, shu on Ibrohim alayhissalom duo qildi:
- Ilohi, bu kofirga qudratingni ko‘rsatgil!

Podshohning ikki qo‘li bo‘ynigacha quridi. Shunda u:
- Ey Sora, duo qil, qo‘llarim joyiga qaytsin, seni ozod qilaman!

Duo qildi, ikki qo‘li joyiga keldi. Yana qasd qilgandi, tag‘in qo‘li quridi. Bu hol uch bor takrorlandi. Shunda zilzila turdi, yer tebrana boshladi.
 - Sendan menga tekkan bu balolar nimani bildirur? - so‘radi podshoh.
 - Yo‘q, mendan emas, ular seni kofirliging va menga nisbatan kuch ishlatganing tufayli yuz berdi, - dedi Sora.
 - Men senga kuch ishlatmaldim-ku?! - dedi podshoh.
 - Sen menga emas, balki Ollohning payg‘ambariga kuch ishlatding!
 - Qaysi payg‘ambariga zo‘rlik qilibman?
 - Ibrohim alayhissalomga! Qaysiki namrud uning qo‘lida halok bo‘lgandir!
 - Men Ibrohimni ko‘rganib yo‘qki, unga qanday qilib kuch ishlatayin?
 - Ibrohim mening erim bo‘ladi, sen uni mendan ayirding, bu ranj balolar senga shu tufayli tegdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:08:43

- U seni qarindoshim, dedi, agar xotinim deganda edi tegmasdim.
 - Seni zulming, kofirliging, qudrating vajidan aytolmadim, agar xotinim deganida o‘ldirgan bo‘larding!
 - Men hech kimdan kuch bilan narsa olmasman, - dedi podshoh va vaziriga buyurdi: - Borgil, buning erini keltirgil!
 Ibrohim alayhissalomni olib kelgach, podshoh o‘rnidan turib, uning oyog‘iga bosh urdi:
 - Sen o‘sha, namrud uning qo‘lida halok bo‘lgan Ibrohimmisan?
 - Ha, o‘shaman!
 - Tangringni sifatini bildirgil!
 - Mening tangrim yetti qat osmonni va yetti qat yerning yaratuvchisi, barchadan buyuk quvvativa barchadan ulug‘ qudrati bordir. Uning sherigi, qo‘ldoshi, teng-to‘shi, o‘rtog‘i yo‘qdir. U tug‘magan va tug‘ilmagandir. Mahluqlarga U har bir narsaga qodirdir! " - dedi Ibrohim alayhissalom.

 - Men yetmish yildirki, Zuhro yulduziga topinarman. Endi bo‘lsa shunday fikrga keldimki, bu yuksak osmonlarni ustunsiz ushlab turgan, qaro yerni suv ustida tutib turgan, yulduzlarni chaqirib, Yana botirib turgan, kunduz o‘rniga kechanik yeltirgan - bu sening tangringmi? Mening qo‘limni va bo‘ynimni qurtigan ham sening tangringmi? Unda men nima qilayin? - dedi podshoh.

 Jabroil farmon keltirdi: "Zul-arshga aytgilki, hamma mol-dunyosini, oltin-kumushini senga bersin. Men qo‘lini tuzatgayman!"

Qayd etilgan