Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152700 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 15:12:20

Abu Lahab, Abbos, Hizor, Hamza, Muqaddam, Jahl, Zubayr, Abu Tolib. Bular hammasi bir onadan edilar. O’ninchisi Abdulloh boshqa onadan tug‘ildi. Abdulmutallib hamma o‘g‘illaridan ko‘ra Abdullohni suyardi. Qurbonlik uchun qur’a solinganda, qur’a Abdulloh nomiga chiqdi. Ota qo‘liga pichoqni olib, qurbon qilish uchun Abdullohga yaqinlashganida, uni Abdullohni onasining Temur mahzum ismli qarindoshi to‘xtatadi. Negaki, uning so‘zi Makkada hammaga o‘tguvchi edi. U Shom viloyatidagi folbinni yodga soladi:

- Folbinga odam yuboring, u kelib hukm qilsin, uning aytganini qiling, - deb.
 Borib undan maslahat so‘radilar. Folbin:

 - Abdullohni bir tomonga turg‘izib, bir tomonga o‘nat tuyani qo‘ying, so‘ngra qur’a soling. Agar qura’ tuya otiga chiqsa, Abdulloh qolsin, tuyalarni qurbon qiling. Bashardi qur’a Abdulloh otiga chiqsa, unda Yana o‘nta tuya qo‘shingda yangidan qur’a soling. Shu tariqa o‘nta-o‘nta oshiravering, toki qur’a tuya otiga chiqmaguncha, - dedi.

Shunday qildilar. Tuyalar soni yuztaga yetgandagina qur’a tuya otiga chiqdi. Shunda tuyalarni qurbon qilib, Abdullohni olib qoldilar. Bugunga kelib er kishining bahosi shariatda yuz tuyaga teng bo‘ladi. Payg‘ambar alayhissalomning "Ikki qurbonlikning o‘g‘liman", deyishi boisi shundandir.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:12:49

JAVONMARDLIK QISSASI
 
Har gal islomiy manbaalarni qo‘lga olganimda, har safar ushbu qissani o‘qiganimda vujudga titroq kiradi, yurak hapqiradi, fidoiylik va jovonmardlikning oliy namunasi bo‘lgan bu tarixiy kechmishdan ruhiy quvvat, ma’naviy qudrat, shuuriy ma’rifat olaman. Men o‘zim yaxshi ko‘rgan bu qissani sizga ham qilindim. Uni ko‘nglim qo‘riga yo‘g‘irib havola etmoqdaman.
 
***
 
O’zining buyuk Halloqi bilan roz aytishish baxtiga muyassar bo‘lgan ulug‘ zot - Ibrohim halilulloh o‘z ayoli Hojar bilan farzanda ismoil alayhissalomni qaqrab yotgan cho‘l o‘rtasiga tashlab kelgandan keyin navbatidagi hol so‘rashni ihtiyor etgan chog‘da paydar-pay uch kungacha tush ko‘radilar. Ma’lumki, vhiylar ul zotga aksariyat tushlarida kelar edi. Hazrat Ibrohim alayhissalomga tushlarida Olloh taolodan farmon bo‘ldi:
- Turgil, qurbon qilg‘il!

Tongda turdilar-da yuzta qo‘yni keltirib, qurbon qildilar. Ikkinchi kecha tushlarida Yana farmon bo‘ldi:
- Ey Ibrohim, tur va qurbonlik qil!

Tong Bilan turib, yuzta tuyani qurbonlik keltirdilar. Uchinchi kecha ko‘rgan tushlarida farmon Yana qaytarildi:
- Tur va qurbonlik qil!

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:13:12

Ibrohim alayhissalom so‘radilarki:
- Mening qurbonim nimadir, neni qurbon qilayin?

Aytdilar:
- Bizdan boshqa yana kimni sevar bo‘lsang o‘shani qurbon qilgil!

Ibrohim halilulloh bildilarki, sevgan jigargo‘shasi, suyukli dilbandi Ismoil alayhissalomni qurbon qilish talab etilmoqda edi. Ul zot Ollohga munojat qildilar:
- Ey bori Hudoyo! Nima sababki menga Jabroil alayhissalomni yubormay, lozim bo‘lgan bandalikni ravshan bildirmay tushimda ishorat qilursan?

Olloh taolo tarafidan nida keldiki:
- Ey Ibrohim! Sen mening do‘stimdirsan. Ikki do‘stning o‘rastida begonaning vosita bo‘lmog‘i durust bo‘lmas. Shuning uchun Jabroilni nozil qilmasman!

Shunda Ibrohim halilulloh yana murojat qildilarki:
- Hudoyo! O’g‘lim Ismoilni ne sababdan so‘yarman?

Olloht taolo tarafidan nido keladiki:
- Ey Ibrohim! Menga do‘stlikni da’vo qilursanu, lekin o‘g‘lingni ko‘p do‘st tutursan! Bir ko‘ngilda ikki kishining muhabbati bo‘lishi durust emas. Agar meni chin do‘st tutar bo‘lsang, o‘g‘lingdan kechgil, mening roziligim uchun uni qurbonlik qilgil!

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:14:46

Ibrohim alayhissalom shundan so‘ng Parvardigori amriga itoat etib, qarigan chog‘ida ko‘rgan yolg‘iz frazandini Olloh yo‘lida qurbonlik qilishga qaror qildi. Ayollari bibi hojarga shunday dedilar:

- Bir aziz do‘stim o‘g‘limni ko‘rishni istaydur. O’g‘lim ismoilni boshu kokillarini yuvib, pokiza qil, ozoda libos kiydirgil, unga olib borayin.

Bibi Hojar o‘g‘illarini yuvintirdilar, ozoda liboslar kiyintirdilar. Shu asnoda ko‘ngillariga shubha oraladi-da Yana savol qildilar:
- O’g‘limni o‘zi qayga olib borursiz?
- Ziyoratga olib borurman, - dedilar.
- Ziyoratga bo‘lsa bunchalik pardoz qildirmas edingiz, - dedi bibi Hojar. Bu yerda bir sinoat bordirki, siz uni mendan yashirmoqdasiz. Har ne bo‘lganda ham o‘g‘limni Hudoga topshirdim.

Gumon qilmoqqa hojar onada asos bor edi, chunki ibrohim alayhissalom yashirinchi bir pichoq va arqon olgandi.

Sochu boshlari yuvilgan, tarangan, pokiza liboslar kiygan Ismoil alayhissalom g‘oyatda ko‘rkli edi. Onalari o‘g‘lining oydek yuzi-yu, kundek ko‘rkiga, qalamdek qoshlari-yu, kamon o‘qidek kipriklariga, injudek tishlari-yu, pistadek og‘izlariga, qizil yanoqlariga boqib to‘ymadi, bo‘yinlaridan quchib o‘pti-da:

 - Ey ko‘nglim ovunchog‘i! Uzoq o‘ynab qolmagin! Yolg‘izlikda onaginang bag‘rini o‘rtamagin! - dedi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:15:04

Ota-o‘g‘il yo‘lga tushdilar. Ibrohim halilulloh o‘g‘illariga "Ortimdan kelgil!" dedilar, ortidan bordilar. Bu hodisotlar Iblis alayhil la’naning sabrini toshirdi. U o‘zini odam qiyofasiga solib, Ismoil alayhissalomni vasvasaga solmoqni niyat qildi-da, uning qoshiga keldi:
 - Otang seni qaerga elturin bilurmisan?
 - Do‘stining huzuriga olib borurlar, - dedi.
 Iblis rostiga ko‘chdi:
 - Seni so‘ymoq uchun olib ketmoqdadir.
 - Qaysi ota o‘z o‘g‘lini so‘yibdiki, mening otam meni so‘ysalar, - dedi Ismoil alayhissalom.
 - "Tangri yorlig‘i Bilan qurbon qilaman", deb eltmoqdadir, - dedi iblis gij-gijlashda davom qilib.
 - Tangri farmoni bilan bo‘lsa, mingta jonim bo‘lsa ham fido qildim, - dedilar Ismoil layhissalom.
- Tangri farmon berdi, - dedi Iblis.
 - Ey ahmoq! Tangri farmoni bilan bo‘lsa mingta jon fido bo‘lsin! - dedilar Bibi hojar.
 Iblis noumid bo‘lib, shalviragancha Yana Ismoil alayhissalomning qoshiga keldi, vasvasaga kirishdi:
 - Ismoil alayhissalom otalariga maslahat soldilar:
 - Bir odam kelib meni afsusga solmoqchi bo‘lar:
 - Ul shaytondur, tosh otgin, ketsin! - dedi otalari. O’g‘il yetti dona tosh olib shaytonga otdi (Shu joyda tosh otmoqlik hojilarga sunnat bo‘lib qoldi). Otalari ham yetti dona tosh olib shaytonga otdilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:15:20

Ibrohim halilulloh o‘g‘illarini Mino tog‘iga olib chiqqach, qo‘yinlaridan arqonlarni oldilar. O’g‘lining oyoq-qo‘lini bog‘lamoqqa qasd qilganlarida Ismoil alayhissalom so‘radiki:
- Ey ota! Nimaga qasd qilmoqdasiz?

Ibrohim alayhissalom ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib:
- Ey o‘g‘lim! Tushimda seni bo‘g‘izlashim ayon bo‘ldi. Do‘stimning bu amrini ado qilmoqchiman! - dedilar.

- E - ota! Tangri do‘stligini da’vo qilursan. Do‘stlikni quruq da’vo qilishning o‘zi bo‘ladimi? Olloh taolo roziligi yo‘lida so‘yib, qurbon qilmoqchi ekansiz, bu rizolik yo‘lida mingta jonim fido bo‘lsin. Beto‘xtov qurbon qiling! Inshaolloh, meni sabrli kishilardan ekanligimga ishonch xosil qilarsiz. Tangri rizoligi uchun o‘g‘lingdan kechgan ekansan, men jonimdan kechdim, - dedilar Ismoil alayhissalom otalari farmoniga, Parvardigorining iymon sinoviga hech ikbilanmasdan rizo bo‘lib.

 - Ey o‘g‘lim! Nechku sabr qilgayman? - dedilar otalari.

 - Parvardigorim istasa, o‘zi meni sobirlardan qilg‘usidir, - dedilar Ismoil layhissalom, so‘ngra yana savol qildilar. - Otajon! Bu habarni nechku uyda bildirmadingiz, toki men onamning oyog‘iga bosh qo‘yib uzr so‘rardim, suyukli diydorini ko‘rib olardim. Mayli otajon, barcha ishga roziman, faqat uch o‘tinchim bor: biri shuki, mening qo‘lu oyoqlarimni mahkam bog‘langiz, toki jon og‘rig‘ida talpinib, sizga ozor bermayin, ustingizga qon tegmasin. Ikkinchisi shuki, yuzimni yerga qaratib bo‘g‘izdang, toki yuzimga boqqanda otalik mehringiz jo‘shib, pichoq tortishga qiynalmang. Uchinchisi shuki, qo‘ylagimga qonimdan surtib, sochimdan bir qism qirqib, onamning qoshiga olib boring, toki ul mushtipar bolasini sog‘inganda, jigarporasini qo‘masagnda qonli ko‘ylagini bag‘riga bosib, kokillarim hidini dimog‘iga to‘yib, g‘amzada ko‘ngli taskin olsin.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:15:37

Ota ko‘ngli dar dva mung bilan, ko‘zlari alam yoshlari bilan to‘lgan holda suyuklisining qo‘l-oyog‘ini bog‘ladi. Ismoil alayhissalom o‘z ihtiyorlari Bilan "Bismilloh" degancha yerga yotdilar.

Ibrohim alayhissalom o‘g‘illarining yuzini yerga qaratib, pichoq tortdilar, kesmadi. Harchand zo‘r berib surtdilar, hargiz kesmadi. Necha hiyla qildi, kesmadi.

Pichoq amri ilohiyga bo‘ysungan edi. Aytmishlarki, pichoqni tortar mahalda Ismoil alayhissalom kuldilar. Shunda otalari hayron bo‘lib so‘radilarki:

- Ne uchun kularsan?
- Pichoq yuzida "Bismillahir rahmanir rahiym" bitiklik turganin ko‘rarman, - dedi o‘g‘illari unga javoban. - Ey ota, pichoq uzra tangri oti bitiklik bo‘lsa-yu u mening bo‘ynimnik yessin!

Aytmishlarki, pichoq Ismoil alayhissalom bo‘g‘izlariga urilmasadn ilgari Jabroil alayhissalomga farmon bo‘ldiki: "Bandamning madadiga borib yet! Pichoqning tig‘ini teskari qilgin!" Shunda Jabroil alayhissalom pichoq tig‘iga qanotlarini qo‘yib qaytardilar.

 Ibrohim halilulloh yetti marta pichoq tortidlar, lekin ismoil alayhissalomning bo‘yinlariga o‘tmadi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:15:54

- Ey ota! Pichoqning uchini tiqing, shoyad kechcha, - dedi Ismoil alayhissalom. Pichoq bukilib, qayrilib ketdi hamki kesmadi. Shunda qahrlari kelib, pichoqni yerga urdilar, pichoqdan sado chiqdi:

- Vo ajayuo! Xalil "kesgin!" deb amr qilur, Jalil "Kesmagil!" deb amr qilur. Menga Halilning amridin Jalilning amri zarurroqdir, lekin Halilning itobi menga og‘irroqdir. Bilsang agar qiyomat kuni bo‘lganda Muhammad alayhissalom ummatlari Do‘zahga kirgizilgay, ammo ularni o‘t kuydirmagay. Shunda do‘zax Moliki "Nechun kuydirmassan?" deganlarida o‘t "Qanday kuydirayinki, Butun mulklar egasi: "Kuydirmagil!" deb tursa" derkan.

Shunda farishtalar murojat qilarkanlar:
- Iloho, Lavh ul-mahfuzda ko‘rarmizki, "Oxir zamon payg‘ambari Ismoil urug‘idan bo‘lgay", deyilgan. Ul Muhammadning haqqi-hurmatidin bularga farah bergin!

Havodan nido keldi:
 - Ey Ibrohim! Farzandingni so‘yishdan to‘xtagin! Sen sinovdan o‘tding. Parvardigoring amrini bajarishga nechog‘li ixlosli va itoatli ekanliging sinaldi. Sen tushni haqiqat qilding, najot topguvchilardan bo‘lding! Farzanding evaziga manna bu qo‘chqorni qurbonlik qilg‘il! O’g‘ling salomat qolsin!

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:16:14

Ibrohim alayhissalom taajub Bilan so‘radiki:
- Bori Hudoyo! Pichoqning kesmaganligida nima hikmat bordir?

Olloh taolo tarafidan nido keldiki:
- Ey Halil! Pichoq qanday qilib ham kessinki, Bibi Hojar Ismoilni menga topshirib yuborgandi. Bas, agar men ismoilni salomat saqlamasam, uni o‘ldirsam, bu mening Hojarga hiyonatim bo‘lardi. Mendek Hudodin hiyonat sodir qilmoq durust emas.

Shu payt osmonda ovoz eshitildi:
- Allohu akbar! Allohu akbar!

Ibrohim alayhissalom boshlarini ko‘tarib qarab, Jabroil alayhissalomni ko‘rdilar, u bir qo‘chqorni yetaklab kelayotgan edi. Sevinib ketdilarda, bu kalimlar tillarida joriy bo‘ldi:
- Laa ilaaha illa-llohu Allohu akbar!

So‘ngra ko‘ngillari quvonchdan yorishib, o‘g‘illari Ismoil alayhissalomga shunday dedilar:
- Ko‘rgil! Olloh taolo meni va seni bu og‘ir zahmatdan xaol qildi.
- Allohu akbar! Va lillahil hamd! - dedilar Ismoil alayhissalom yuraklari Yaratganga bo‘lgan shukronalarga, ko‘zlari sevinch yoshlariga to‘lgan holda.

Bilingki, kimda Kim Ushbu takbirni Qurbon hayiti va tashriq kunlarida aytsa, Dabroil aminning, Ibrohim halilulning va Ismoil zabihning shafoatiga muyassar bo‘lar ekan.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:17:16

***
 
Bu go‘zal qissa intiho topdi. Har galgiday bu safar ham turli, sanoqsiz mulohazalar qurshab oladi. Ilohiy hikmatlarni anglamoqqa urinmagan. Bu o‘rinda aziz farzandida kechgan ota javonmardmi yo shirin jonidan kechgan o‘g‘ilmi? Agar Ismoil alayhissalom qurbon qilinganda edi u Parvardigoriga yetishardi, otalari esa to umrlari so‘ngigacha uning firoqida kuyib o‘tardi. Yaxshi-yamki, Ismoil alayhissalom qurbon qilimadi, yo‘qsa bu sunnat ish qiyomatga qadar mo‘minlarga vojib bo‘lardi! Uning bo‘g‘izlanmagani musulmonlarga rahmat bo‘lgan ekan.

Yaratganga beadad shukrki, sizu bizni shunday javonmard zotlar millatidan qilibdi, bunday fidoiylarni bizga meros qilibdi. Bu ibratlardan xulosa chiqarmoq imkonini beribdi.

Qayd etilgan