LATIFA. Yuqori osmonda o‘n ikki burj mavjud. Bu burjlar quyidagilardir: qo‘y (hamal), sigir (savr), egizaklar (javzo), qisqichbaqa (saraton), arslon (asad), boshoq (sunbula), tarozi (mezon), chayon (aqrab), yoy (qavs), tog‘ echkisi (jadiy), qovg‘a (dalv), baliq (hut). Bu o‘n ikki burjda yettita yulduz bo‘ladi. Ular qaysilar? Bular: Zuhal (Saturn), Mushtariy (Yupiter), Mirrix (Mars), Shams (Quyosh), Zuhra (Venera), Atorud (Merkuriy), Qamar (Oy).
Quyi osmonda bu yetti yulduzdan o‘n ikki burj paydo bo‘ldi. Yetti yulduz degani shunga ishoraki, Ya’qub alayhissalom va olti xotini Shavsha, Za’ura, Sunbula, Qamar, Habiba, Rahil Bilan yettilikni tashkil qilar. o‘n ikki yulduzlar shuki, bular Ya’qub alayhissalomning o‘n ikki o‘g‘illari - Rubil, Loviy, Sham’un, Yahudo, Joda, Don, Yag‘sar, Yastoxir, Zabotuq, Qozur, Yusuf, Ibn Yaminga ishoradir.
Yusuf o‘n birinchi o‘g‘il edi. Olloh taolo unga o‘n karomatni ato etdi. Bular - chiroy, yaxshi qiliq, uzrhonlik (kechirimlilik), payg‘ambarlik, tushni ta’birlash, to‘g‘ri so‘zlik, omadlilik, yaxshi oqibat (natija), mushkulotlarni yecha olish, Ibrohim alayhissalom kitoblar sharhini bilmoqlik.
Rivoyat qilishlaricha, Misr xalqi yetti yil qahatchilikkka mubtalo bo‘ldi. Ular molini, dunyomini, mulkini, asbobini, qulini, ko‘nglini Yusufga sotib, yegulik olardilar. Bora-bora omborlarda yegulik narsa qolmadi. Yangi xosil pishishiga esa to‘rt oy qolgandi. Shunda odamlar Yusuf alayhissalomning uydan chiqqanligini idrok etardi. Kimki Yusuf alayhissalomga boqsa, huddi ko‘zguga qaraganday o‘zini ko‘rardi. U taomni yutsa, bo‘g‘izidan to xalqumigacha ko‘rinib turardi. Qorong‘u kechada u kunday bo‘lib ko‘rinardi. Manglay nurlaridan "Shoqiyu an-ni’mon deb nomlangan chechak uyalardi.