Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152946 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 15:50:22

- Ul yulduzlar - chizon, toriq, qoyis, handuq faylaq, musabbih, vassob, rayyol, zayyol, zulumudon, zulfara’, zulkitofon. Bu o‘n bir yulduz quyosh va oy Bilan birgalikda osmonning etagida, ko‘kdan tushib, sajda qildilar, - dedi payg‘ambar alayhissalom.

 -Ollohga qasamkim, Tavrot ichida shunday deb o‘qigan edim,- dedi juhud va imon keltirdi.
 
O’g‘li tushini eshitgan ota shunday maslaxat berdi :
 - Ey yusuf, tushlaring juda hayrli erur, uni birodarlaringga aytmagil, senga dushman bo‘lib qoladilar, Shayton odamzot uchun ochiq dushmandir.

 Bu so‘zlarni Rubilning onasi Qamar eshitib turgandi, borib o‘g‘liga aytdi, u esa akalariga bildirdi. Bu so‘zni eshitgan Ya’qub o‘g‘onlarining nafrat-hasratdan bo‘yin tomirlari bo‘rtib chiqdi, terilari jimirlashdi va tuklari tik turdi.

 - Rohilning o‘g‘liga teng emasmizmiki, otamiz uni bizdan ortiq suyar, o‘ziga yaqin tutar. Bu ham yetmaganday, u o‘zini ortiqroq sevdirayin deb tush ko‘rganligini yolg‘ondan so‘zlar. Biz bo‘lsak tunu kun sahroda mol-qo‘y boqsak, mehnat-mashaqqat cheksak hamki, unga teng bo‘lolmasmiz, - Deya o‘g‘lonlari torindilar. So‘ngra kengashdilar - Yo Yusufni o‘ldiraylik, yo shahardan uzoqroqqa badarg‘a qildiraylik. Shunda otamizning muhabbati bizga xos bo‘lsa ajabmas.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:51:04

Savol: Yusufni o‘ldiringlar yoki uzoqroq bir yerga olib borib tashlanglar, degan Kim edi?

Javob: Birodarlari bir-birlariga aytganlar. Yana bir javob shuki, Bu so‘zni shayton so‘zlagandi. U keksa chol qiyofaida kelib ularga:
 - Yusuf sizlarning qullaring bo‘lishga loyiq, - dedi.
 - Buning uchun nima qilaylik, - deyishdi birodarlari.
 - O’ldiring yoki shahardan olisroq yerga yashiring. Uni qo‘sh-*qumrsqalar yesa, otangiz muhabbati sizlar tomon burilgay, - dedi shayton.
 - Yusufni o‘ldirsak, otamizga va Olloh taologa osiy bo‘lamiz, - deyishdi ular.
 - Bu ishni qilgach, tavba etsangiz Olloh taologa osiy bo‘lmagaysiz, (Oyat): "Va shundan keyin yaxshi bir qavm bo‘lasizlar", - dedi shayton va shularni so‘zlagach, g‘oyib bo‘ldi. Bu gapni muhokama qila boshladilar.
 - Bu niyatdan qayting, Yusufni o‘ldirmang, uni biror tashlandiq quduqqa tashlangalarki, zora yo‘lovchilar olib ketsa, - dedi birodarlaridan biri.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:53:14

Savol: Bu tadbirni o‘rgatgan kim edi?

Javob: Aytishlaricha, Rubil edi, chunki u hamalaridan kattarog‘i va xolasining o‘g‘li edi. Yana ba’zilarning aytishlarcha, Yaxudo edi. Ba’zilar Sham’un edi dedilar. So‘ngra "Qon to‘kmaklik - ulug‘ gunoh, quduqqa tashlaylik", deb kengashdilar. Maslahat pishgach, otalari qoshiga bordilar.
 - Ey ota, kunlar isib qoldi. Bu kun Quyosh otlik sulton Hut degan qishloqdan Hamal degan qishloqqa kirdi. Shu kezda yuksak osmon yig‘lar, haqir yer esa kular. Bulutlarning oqizgan ko‘z yoshlaridan yer go‘yoki onadan Yangi tug‘ilgan o‘g‘lon kabi yashnab, yashil maysalarga burkanar. (Shu joyda Rabzuziyning "Bahoriyot"i berilgan).

Kun hamalga kirdi ersa, keldi olam navro‘zi,
Kechdi bahman zamharir qish, keldi olam navro‘zi. . .

 - Ey ota, bunday safoli kunlarda, suvlar sharqiragan ayyomda Yusufni bizga qo‘shgil, gulga burkangan sahroalrni ko‘rsin, qo‘yu-qo‘zilarni ko‘rib, ko‘ngillari yayrasin, qayg‘ulardan forig‘ bo‘lsin, - deyishdi o‘g‘lonlari Ya’g‘ub alayhissalomga yolg‘on til bilan.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:53:27

- Ey o‘g‘lonlarim! Bilasizki, men yusufsiz go‘yo suvsiz qolgan baliqman. Bir dam ko‘rmasam chidolmasman, sizlarga qo‘shib sahroga yuborib qandoq ham chidarman, - dedi otasi.

 - Ey ota, bizlarga ishonmaysanmi? Yusufga sen ota bo‘lsang, bizlar qarindoshimiz. Sen uni qanchalik sevsang, biz ham uni shunchalik suyarmiz, o‘n birodar uchar qushni asraganday asraguvchidirmiz, - deyishdi birodarlari.

(Oyat): "Uni olib ketishlaringiz meni mahzun etar, Men sizlar g‘aflatda qolib, uni bo‘ri yeb ketishidan qo‘rqaman", - dedi otalari.

Savol: Ya’qub payg‘ambar alayhissalomning "Sizlar ovga borganda Yusufni bo‘ri yegay", demoqligiga qanday dalil bor?

Javob: Payg‘ambarimiz muhammad alayhissalom deganlarki, "Olloh taolo Ya’qubni Yusuf firoqi bilan yig‘latmoqni tilagan chog‘da Ya’qubning ko‘ngliga havf shahshatini soldi. Bu dahshat vahmidan Ya’qub qirq kecha-kunduz mijja qoqmadi, toat-ibodatdan ayrilmadi, behad azob tortdi. Qirq kecha-kunduz tamom bo‘lgach, Ya’qubga uyqu g‘alaba qildi, tush ko‘rdi: tushida tog‘ ustida yotganda, Yusuf qo‘ynida edi. O’n bo‘ri paydo bo‘lib, Yusufni qo‘ynidan tortib, bo‘rilardan birining boshqalarini haydab, Yusufni hujumdan xalos qilganini, so‘ngra yer yorilib Yusufning unga tushgani va uch kundan keyin yana chiqqanini ko‘rgan edi. Ya’qubning qo‘rqinchiga va yuqoridagi so‘zlarni aytmoqligiga sabab shu edi".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:53:40

Otalarining Yusufga ijozat bermasliklarini bilgan birodarlari Yusufning oldiga kelib, aldov vam akr-hiyla bilan ko‘nglini ovladilar. Yusuf otasi oldiga borib, yalindi, iltimos qildi:

- Meni birodarlarimga qo‘shib, sahroga yuborgin, gullagan biyobonni va qo‘y-qo‘zilarni ko‘rayin, ko‘nglim ochilsin.

- Ey ko‘zimning nuri, belimning quvvati, ko‘nglim chirog‘i, - dedi yig‘lab Ya’qub alayhissalom. - Men seni shunchalik sevarmanki, qarigan chog‘imda sensiz qanday chiday olayin.

- Bilamanki, meni ko‘p sevarman. Sevmoqlikning alomati shuki, mahbubing tilagiga rozi bo‘lishdir. Mening tilagim birodarlarim Bilan borishlikdir, - dedi Yusuf.

- Ey ko‘rkam yuzli Yusufim, so‘zingni qanday qilib sindirayin! Olloh hukmiga rozi bo‘ldim. Ertaga birodarlaring Bilan qo‘shib yuborurman, - dedi Ya’qub alayhissalom ruxsat bermakka iloj topolmay. - Bu kecha qo‘ynimga olayin, bag‘rimga bosayin, ko‘rkam yuzlaringga boqib to‘yayin.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:54:14

Ertasi kuni birodarlari kelishdi, Yusufni otalaridan tiladilar.

- Ey o‘g‘lonlarim, meni Yusufimdan ayrib qo‘ymang. Yusufga yaxshi qarang: ochiqsa ovqat Bering, chanqasa suv bering, toliqsa ko‘tarib oling. Yusufni o‘zlaringdan yiroq qilmanglar, bo‘ri va tulkiga oldirmanglar, yaxshi parvo qilinglar. Sizlarni xudoga topshirdim, - dedi Ya’qub alayhissalom yig‘lab turib.

- Ey ota, bu gapni begonalarga aytsang yarashadi, nahotki biz o‘z birodarlarimizni ochqatib, chanqatib qo‘ysak, - deyishdi birodarlari.

Ya’qub alayhissalom yig‘lab yurgan holda Yusufning boshini yuvdi, sochini taradi, yaxshi liboslar kiydirdi, so‘ngra duoga qo‘l ko‘tardi:

- Parvardigoro, Yusufimni senga topshirdim, uni menga tirik qaytargin. Firoq o‘tida yondirmagin, - dedi Ya’qub alayhissalom.

Shundan keyin Yusufni akalari qo‘liga topshirdi. Otalari oldida Yusufni Rubil yelkasiga mindirib oldi. Keyin Yahudo, so‘ngra sha’mun, undan Loviy oldi. Ya’qub alayhissalom baland tepa ustiga chiqib, o‘g‘illarining qorasi ko‘rinmay qolguncha termulib, bo‘tasidan ayrilgan tuyaday ingranib turdi. Ular ko‘rinmay qolgach, bor ovovzida yig‘laganicha, uyiga kirib ketdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:54:59

Otalari oldidan uzoqlashgani hamono Yusufni yerga tushirdilar-da:
 - Ey rohilning o‘g‘li, otamizga yaxshi ko‘rinish uchun yolg‘on tushlar aytganlaring yetmaganday, endi bo‘ynimizga minarmisan, o‘z oyog‘ing bilan yurgil, - deyishdi.
 Piyoda holda oldilariga solib, quvladilar. Yo‘l qumlik, havo issiq edi. Bechora yusufning oyoqlari kuydi. U qaysi akasi yoniga ko‘mak istab kelsa, urib quvladilar, rahm qilmadilar. Shunda horigan, qorinlari ochiqqan, chanqagan Yusuf otalarini shafe’ keltirib yolbordi, ammo bunga hech qaysisi quloq solmadi.
 - Ey birodarlarim, behad ochiqdim - tamo bering, chanqadim - suv bering, - deya zor-zor yig‘ladi Yusuf.
 - Borib yolg‘on tushingdan so‘ragil, senga non-suv bersin, deyishdi. Suv so‘rasa - shapati berishdi, non tilasa - musht. Yusuf alayhissalom och-nahor, horib-charchab, qiynalib yurdi, muborak oyoqlari tosh va tikan zahridan yara bo‘ldi, yuzu ko‘zlari qon va tuproqqa belandi. Akalari oldinroq borib bir tepa ustiga chiqdilar-da, kengasha boshladilar.
 - Tosh bilan urib o‘ldiraylik, - dedi biri.
 - Pichoq bilan so‘yib qo‘ya qolaylik, - dedi ikkinchisi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:56:19

- Borib o‘sha yolg‘on tushingga ayt, seni qutqarsin! - dedi Rubil yuz o‘girib.
 Yusuf alayhissalom Rubildan yaxshilik chiqmagach, Sha’munga borib yolvordi, undan ham turtki yedi, yuzi Bilan yerga yiqilib, yanoqlari qumga belandi. Osmonga boqdi - uzoq, yerga boqdi - qattiq. Oh tortdi, endi Yahudo oyog‘iga bosh urib yig‘ladi:
 - Ey Yahudo, bularning hammasidan ko‘ra mehribon, oq ko‘ngil edinng, zorimga quloq tut, rahm et, - deb qip-qizil yanog‘i uzra ko‘z yoshlarni anhordek oqizdi Yusuf alayhissalom.
 - Ey ukajon, menga yaqinlashmagin, sen bilan so‘zlashayotganimni ko‘rishsa, meni ham o‘ldirgaylar, - dedi mehri tovlana boshlagan Yahudo. So‘ngra atrofiga to‘plana boshlagan birodarlarini insofga chaqirdi. - Ey qarindoshlarim, kelinglar, otamiz haqqini asraylik, ukamizga yovuzlik qilmaylik, ulug‘ kunda qanday javob berishimizni o‘ylaylik.
 Aka-ukalar Yahudoni turli ta’nalar Bilan ozorladilar. Buni eshitgan Yusuf alayhissalom yolvorib, zori nola qildi:
 - Ey birodarlarim, meni qaysi gunohim uchun o‘ldirursiz?!
 - Buni o‘ldirganimiz bilan yer bizga kengayib qoladimi? Kelinglar, qo‘l-oyog‘ini bog‘lab quduqqa tashlay qolaylik, o‘sha joyda o‘lib ketadi, - dedi Yahudo.
 Shundan keyin maslahatlashib, Yusufni quduqqa tashlamoqqa kelishdilar. (Izoh boshqa manbalarda bu quduq Som ibn nuh qudug‘i deb ataladi). Yusufni tutib, quduq tepasiga sudrab olib kelishdi. Shunda u har bir birodarining yuziga bir-bir boqib yolvordi:
 - Ey birodarlarim, menga rahm qiling. Menga rahmingiz kelmasa, keksa otamga rahmingiz kelsin. Olloh taolodan qo‘rqing!

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:57:13

- Bunday yalinguncha ustingdagi kiyimni yech! - deyishdi unga.
 - Ey qarindoshlarim, otam haqqi kiyimlarimni yechib olmanglar. Agar tirik qolsam avratimni o‘raydi, o‘lib ketsam kafanim bo‘ladi. O’tinchim - qo‘limni bolamang, toki quduqdagi ilon, chayonlardan o‘zimni qo‘rigayman, - Deya ko‘p zorlandilar, parvo qilishmadi.
 - Oy, kunu yana bir yulduzingga aytgil kiyim bersin, qo‘lingni yechsin, - deyishdi-da, kiyimlarini yechib olishdi, oyoq-qo‘lini bog‘lashdi. So‘ngra belidan arqonga bog‘lab quduqqa tashladilar. Quduqning yarmiga yetganlarida arqonni kesib yubordilar. Goh boshlaricha, goh oyoqlaricha, quduq atrofiga urinib-turtinib pastga tushib boraverdilar. Shunda Olloh taolodan Sidrat ul-muntahoda  Jabroil alayhissalomga farmon bo‘ldi: "Bandamni tutgil!" Jabroil alayhissalom quduq suviga yetmasdan turib tutdilar. Quduq ostida bir oq tosh bor edi. Uni suv ustiga chiqardilar va qanotlari Bilan siladilar, tosh muloyim bo‘ldi. So‘ngra uning ustiga o‘tkazdilar, Olloh taolo farmoni bilan jannatdan bir ko‘ylak keltirib, kiydirdilar va shunday dedilar:
 - Ey Yusuf, Olloh taolo salom yo‘lladi va farishtalar durud aytdilar, senga payg‘ambarlik keltirdim. Olloh taolo ayturki, mening hikmatimga rozi bo‘lib, balolarimga sabr qilsin, najot berib, Misr eliga podshoh qilaman, Yana otasiga qo‘shgumdir, - Deya payg‘om keltirdi Jabroil alayhissalom va ushbu duoni o‘rgatdilar:
 "Ey bori Hudoyo! Ey har bir qayg‘uni ketkazguvchi! Va ey duolar eshitguvchi! Va ey bor mavjudotning ustasi! Va ey har bir siniqni tuzatguvchi! Va ey g‘ariblarning hamnishini! Va ey yolg‘izlarning munisi! Va ey har bir sirri suhbatning guvohi! Va ey bandaning boshiga tushgan balolardan habardor! Va ey sendan o‘zga birorta ma’bud bo‘lmagan poko parvardigoro!

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:57:45

Sendan bu tashvishdan chiqish joyinimenga oson va yengil qilishingni so‘rayman va mening qalbimga o‘z muhabbatingni solib qo‘yishingni so‘raymanki, menda sendan boshqa zikr va qayg‘u bo‘lmasin va meni o‘z hifzu himoyangga olishingni so‘rayman va ey mehribonlarning mehribonrog‘i, menga rahming kelishini so‘rayman".

 Jabroil alayhissalom qanoti Bilan quduq ichini silagandi bo‘ston kabi gullar bilan bezandi. Bu quduq madina Bilan misr orasida edi. Kan’onga uch yig‘ochlik yo‘l edi. Uni Nuh alayhissalomning o‘g‘li Som qazigandi. Oti "Hubbul-ahyor", ya’ni "Ezgu quduq" demakdir. Quduqning suvi achchiq edi, shirin bo‘ldi, qorong‘u edi ravshan va muattar bo‘ldi. Jabroil alayhissalom Yusuf alayhissalomning qo‘l-oyoqlarini bo‘shatdi, jannatdan bir tovoqda meva (behi) keltirdi, yedilar, to‘ydilar. Quduqning ichida bir so‘qir ilon bor edi. Yusuf alayhissalomning ovozini eshitib, bosh ko‘targan edi, Jabroil alayhissalom "Ey aziyat berguvchilar, Yusufi siddiq bundan chiqmaguncha bosh ko‘tarmang", deb nidro qildi, ilonning qulog‘i eshitmaydigan bo‘ldi.

RIVOYAT. Shayh Basriy (rahmatullohi alayh) ayturlarki, Yusuf quduqqa kirganda yetti yoshda (ba’zi manbalarda o‘n ikki yoshda) edi. Malik qo‘lida sakson yil bo‘ldi, bir yuz yigirma yoshda vafot etdi. Habarda kelishicha, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom Jabroil alayhissalomdan so‘radilar: "Osmondan yerga tushmoqlikda qiynalmasmisan?" Javob berdi: "Ey Ollohning rasuli! To‘rt marta behad mashaqqat tortganman. Birinchisi, Ibrohim halilullohni manjaniqqa solib, gulhanga otganlarida Sudrat-ul muttahodan tushib, qanotlarim Bilan o‘tga tushmasdin ilgari tutib oldim. Ikkinchisi, Ibrohim Ismoilni qo‘rbon qilganda pichoqni tortmasdan oldin "Tutgil!" degan farmon bo‘ldi. Shunda sidrat-ul muntahodan tushib, pichoqni yuzini orqasiga qaytardim. Uchinchisi, Yusufni birodarlari quduqqa tashlab, arqonni kesganlarida, Sidrat-ul muntahodan tushib, uni tutdim. To‘rtinchisi, Uhud jangida sening muborak tishingga tosh tegib, qon oqqanda "Qon yerga tushmasdan burun tutgil!" degan farmon bo‘lganda Sidrat-ul muntahodan tushib tutdim. Agar qon yerga tushganida qiyomatga qadar unda maysa-giyoh unmagan bo‘lardi. Shu tariqa to‘rt marta mashaqqat tortganman".

Qayd etilgan