Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152929 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 15:58:14

Savol: Yusufni quduqqa solib, Yana chiqarishlikning hikmati nimada?

Javob: Bashi rva Bushro ismli ikki habashiy yigit bor edi. Ular ikkalasi ham Malik Za’r degan podishohga qul edilar. Qirq yil qullik qilganlaridan so‘ng Za’r podshoh Misrda Shomga tomon sayohatga chiqar bo‘ldi. Olloh qudrati Bilan Ka’non viloyatiga kelib qoldilar. Yusuf yotgan quduq boshiga kelganlarida ularning qo‘lliklariga qirq yil, Yusufni quduqqa tushganiga to‘rt kun bo‘lgandi. Bashi rva busharoni quduqdan suv olgani yubordilar. Ular quduqqa chelak tashladilar. Olloh farmoni Bilan Yusuf ikki oyog‘ini chelakka soldi. Bashir chelakni tortib olib, ko‘rsaki, chelak ichida oydan-da, kundan-da chiroyli Yusufni ko‘rdi va sherigini chorladi:
 - Bushro, suyunchi quduqdan bir yigit chiqdi.
 Ya’qub payg‘ambar alayhissalomning o‘g‘illari birodarlari Yusufni quduqqa tashlaganlaridan so‘ng bir qo‘yni sfo‘yib, unitng ko‘ylagini o‘sha qo‘yning qoniga bo‘yadilar. Kechki payt ular g‘amgin qiyofada, "Oh Yusufim, oh Yusufim" - deya otalari oldiga yig‘lagan hollarida kirib keldilar.
 - Ey ota, Yusufni narsalar oldida qoldirib ketgan edik, bizlar kelguncha uni bo‘ri yeb ketibdi, - deya qonli ko‘ylakni otalari oldiga tashladilar.
 Bu so‘zlarning eshitgan Ya’qub alayhissalom behush bo‘lib yiqildilar. Qachon hushiga kelganlarida "Endi Yusufimni qaerdan izlayin", deya faryod chekardilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:58:58

- Qandoq mehribon va rahmdil bo‘ri ekanki, ko‘ylagini yirtmasdan yebdi. Agar rostdan ham bo‘ri yeganida yeko‘ylagini yirtgan bo‘lardi. Agar ko‘ylagi uchun o‘ldirganida edi, unda nega ko‘ylakni olib ketmabdi, - deb otash-firoqlari ziyoda bo‘lardi. Bo‘ri yedi deganlarini quloqlari Bilan eshitib, qonli ko‘ylaklarini ko‘zi bilan ko‘rib, g‘amlari ziyoda bo‘ldi, yetti kechayu kundan Kan’on biyobonini zor-zor yig‘lab kezib chiqdi. Tilida esa ushbu so‘zlar joriy edi.

 "Ey suyukligim, ey ko‘zimning nuri, ey bag‘rimning bir parchasi, ey ko‘nglimning mevaasi! Qaysi quduqqa ko‘mdilar seni, qaysi djaryoga qarq qildilar seni, qaysi qilich bilan chopdilar seni, qaychsi yerga ko‘mdilar seni! Ey Yusufim! Qaysi bo‘ri qornida yotursan, ushal yumshoq etlaringni yeyar chog‘da qiynalishlarga qandoq sabr qilding. O’shal pokiza suyaklaring qaysi byuiyobonda yotur ekan. Koshki, seni yegan bo‘rini ko‘rsaydim, oyog‘i tuprog‘ini ko‘zimga surtardim, uni oldimdan ketkazmasdim".

 Yetti kun ichida uch yuz oltmish marta hushidan ketdilar. Uch kun chida biror luqma taom yemadilar, biror qatra suv ichmadilar.
(Izoh: boshqa manbalarda aytilishicha, shu holda farishtala: "Iloho, do‘stingni bunchalik betoqatligiga o‘zing rahm qil!" Deya munojat qildilar. Shunda Jabroil alayhissalomga farmon bo‘ldi: "Ya’qub xotiriga tasalli bergil!" Jabroil alayhissalom keldilar va: "Ey Ya’qub, sabr qilgil, o‘g‘ling bilan topisharsan", dedilar. Shunda Ya’qub alayhissalomning: "Ey birodar Jabroil, Yusufdan habar berarmisan?" degan so‘rog‘iga Jabroil alayhissalom sukut qildilar. Yusuf alayhissalomning birodarlari o‘z g‘qilmishlaridan yuz ming pushaymon va nadomatlar chekdilar, sharmandalikdan otalari yuziga boqa olmadilar).

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 15:59:58

- Birodamiz Yusufni zoy’e qildik, otamizni o‘ldirdik-ku! - deya otalariga qo‘shilib yig‘lashdi ular ham.

 - Ey o‘g‘lonlar, bu ish sizlarning makrlaringizdir, hasaddan bo‘lgan ishdir. Endi menga sabrdan o‘zga chora yo‘qdir, - dedi Ya’qub alayhissalom ko‘zlaridan qonli yoshlar oqizib.

 - Ey ota, bo‘ri yeganiga ishonmayapsan, istasan biz Yusufni yegan bo‘rini tutib keltiraylik, zora, uni ko‘rib ko‘ngling taskin topsa, deyishdi o‘g‘lonlari.

 - Boring, keltiring, - dedi otalari.
 Hammalari biyobonga otlandilar. Oldilaridan bir bo‘ri chiqib qoldi, uni tutdilar, oyoqlarini bog‘ladilar, og‘ziga qon surtib,
(Izoh: boshqa manbalarda keladiki, bo‘ri dedi: "Misrdan bo‘laman, bir qarindoshimni yo‘qotibman. Bu mamlakatga uni izlab kelganman. Bilishimcha, uni shu mamlakatning podishohi tutib olibdi. Shuni g‘amida o‘n yetti kun bo‘ldiki, taom yeganim yo‘q). Ey Ya’’ub, bu yolg‘onchilar meni tutib, og‘zimga qon surtib, senga olib keldilar. Duo qilgilki, uning barokatidan farzandimni topib olsam, - dedi bo‘ri.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:00:22

- Shu bo‘ri yedi, demaganmidilaringiz? - so‘radi ota o‘g‘illaridan.
 - Boshqa bo‘ri yegan ekan, borib topib kelamiz, - deya yana chiqib ketdilar.
 - Ey bo‘ri, Yusuf haqida hech habaring bormi? - so‘radi payg‘ambar.
 - Ey nabiulloh, Jabroildan so‘ramadingizmi?
 - So‘radim, javob bermadilar.
 - Agar ul zot sirni ochmagan bo‘lsalar, men ham bu sirni oshkor qilmasman, ammo uni bo‘ri yemagandir.
 - Duo qilsam, farzandingni topsang.
 - Men ham duo qilayin, Yusufingiz topilsin. Iloho, Ya’qub payg‘ambarining o‘g‘lini salomat yetkazgan, - jeji bo‘ri. Ya’qub alayhissalom duosi barokatidan bo‘ri shu kuniyoq bolasini topdi vash od-hurram bo‘lib Misrga qaytib ketdi. Naql qiladilarki, jannatga besh hayvon - Ya’qub alayhissalomning bo‘rilari, Ashobi Qahfning itlari, Solih alayhissalomning tuyalari, Iso alayhissalomning eshhaklari, Ali raziallohu anhuning duldullari kirarkan.

 - Bu ish oshkora bo‘ladigan ko‘rinadi. Endi borib yusufni topaylik, agar o‘lmagan bo‘lsa, chiqarib o‘ldiraylik, boshinik yechib otamizga keltiraylik, shunda zora ko‘ngli joyiga tushchsa, - Deya kengashdi o‘g‘illari sahroga chiqqach.

 Shu paytda Yahuda bu kengashdan behabar holda quduq yoniga kelgandi, hol-ahvol so‘rab, taom berayotgandi. Qaytayotib birodarlariga duch keladi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:00:39

- Borib Yusufni quduqdan chiqaraylik, otamizning oldiga olib boraylik. Sirimizni aytmaslikni tayinlaylik-da "o‘g‘ri olib ketgandi", deb ayttiraylik. Shunda otamizni firoq dardidan qutqaramiz. Bechora otamiz betoqat bo‘lib, taom yemay ko‘p aziyat chekmoqdalar, - dedi Ya’hudo birodarlariga. Bu gapdan ular behad g‘amgin bo‘lishdi. So‘ngra quduq boshiga ravona bo‘ldilar.

 - Qayon borursizlar? - so‘radi shayton la’in solih odam qiyofasida kelib, birodarlar yo‘lini to‘sarkan.
 - Yusufni chohdan chiqargani borurmiz, - deyishdi birodarlar.
 - otangiz oldida yana yolg‘onchi bo‘lasizlarki? Ilgari bo‘ri yedi deb, endi o‘g‘ri olganda deb borsangiz, gapingizni burdi qoladimi? Otangiz ham, haloyiq ham sizni dushman deb biladilar, - dedi Shayton la’in. (Ushbu gunoh, ya’ni otalarini ranjitganlari sababli ular payg‘ambar bo‘lmadilar).

Hikoyatda keladiki, payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom aytadilar: "malik Za’r Hazoyi degan savdogar bor edi. Uyi Misrda edi. U bir kecha tush ko‘rdi6 Quyosh osmondan tushib, qo‘yniga kirdi. So‘ngra bir parcha oq bulut kelib, undan javohirlar yog‘ildi. Muabbirlardan ta’birini so‘radi.

 - Ey malik, kan’on diyoridan bo‘lgan bir qulga ega bo‘lasan, mol-mulkin behisob bo‘ladi, avlodalarining ham boy bo‘ladilar, - dedi muabbir va malikdan munosib tuhfalarni oldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:02:26

Bu ta’birdan hurram va hushg‘ol bo‘lgan Malik hozirlik ko‘rib, Shom safariga chiqdi. Kan’on diyoriga kelgach, bir necha kun turib qoldi. Shomga bordi hamki, ko‘rgan tushining ro‘yobidan darak bo‘lmadi. Shomga qaytar chog‘ida ham qulning fikri-yodi xotiridan ketmadi. Qaytar chog‘ida karvon ahli yo‘lini yo‘qotdi. Shunda Jabroil alayhissalom tuyalar boshini tutib, quduqning yoniga olib keldi. Savdogarlar yo‘lidan adashganlarini bildilar, haddi va poenii yo‘q sahro o‘rtasida. To‘xtab, suv qidirdilar. Ikki qo‘lini (ya’ni, Bashi rva Bushro) suv topib kelishga buyurdilar. Ular suv qidirib yurib, quduqqa duch kelishdi. Charm chelakni quduqqa tashlab, suv tortib oldilar. Uchinchi tortishlarida Yusuf alayhissalom o‘zini chelak ichiga soldi. Shu mahalda Jabroil alayhissalom: "Ey Yusuf, esingda bormi, falon paytda o‘zingni oynaga solib, bahoingni bilmoqchi bo‘lganding, endi o‘z bahoingni ko‘rgil", dedilar. Qullar chelakni quduqdan torta olmadilar, yordamga uchinchi odamni ham chaqirdilar. Malikni ham chorladilar to‘rt kishilashib tortdilar. Shunda Jabroil alayhissalom ko‘makka keldi, chelakni tortib olishdi. Ko‘rdilarki, chelak ichida bir oy ruhsor o‘tirardi.

 - Ey bashorat bo‘lmish zot, qachondan beri seni ko‘yingda yurardim, endi topdim, - dedi Malik. . .

 Yusuf alayhissalomni quduqdan chiqarganlarida ul zot qo‘llari Bilan ikkila habashiy qulning yuzlarini silanandi, badanlari oppoq bo‘ldi. Bundan sevinishib imon keltirdilar va sajdaga bosh qo‘ydilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:03:19

- Ey yigitlar, mahluqqa, mahluqqa sajda qilmangalar, bu ravo emas, sizu bizni yaratgan tangriga sajda qiling, - dedi Yusuf alayhissalom.
 - Sizu bizni kim yaratgandir? - so‘radi Bushro.
 - Borliqni yaratgan Ollohdir. Uning mulkiga sherik va zavoli yo‘qdir, - dedi Yusuf alayhissalom.
 - Bizga imondan saboq bergil, - deyishib, Yusuf alayhissalom ko‘magi bilan imon keltirdilar va musulmon bo‘ldilar. Yusuf alayhissalomni quduqdan chiqarmoqning hikmati shu edi.\

 Savol: Payg‘ambar farzandlarini sotmoq joiz emas. Yusufning qul sifatida sotilmog‘iga nima hikmat bordir?

 Javob: Kunlarning birida Yusuf ko‘zguga boqib, o‘z aksini ko‘radi va hayratlanadi. Shunda uning ko‘nglida "Shu chiroy Bilan qul bo‘lganimda sotib olishga kimning kuchi yetar edi", deya o‘z ko‘rkiga quvongandi. Go‘zalikka quvonmoqlikning bahosini ko‘rgizdilar. Sotilmoqlikning hikmati shunda.

 Yusuf alayhissalomni quduqdan chiqarib olganlarida birodarlari yetib qoldilar.
 - Bu bizning qochib yurgan qulimiz edi, uch kundan beri qidirib yurgandik, agar olmoqchi bo‘lsang, sotamiz, - deyishdi. So‘ngra Rubil kelib, Ibriy tilida tayinladi: - Biz nimani istasak, sen shunday edi, deb turgil, yo‘qsa o‘ldiramiz.
 - Qulmisan? - so‘radi Malik Za’r.
 - Ha, qulman, Ollohning quli, - dedi Yusuf alayhissalom.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:03:33

- Bu qul kichikligidan boshlab biz bilan birgadir, shu bois sotishga ko‘ngilimiz yo‘qdir, agar o‘zi hohlasagina soamiz, - deyishdi. Ammo, buning uch aybi bor, birinchi aybi - o‘g‘ridir, ikkinchi aybi - qochoqdir, uchinchi aybi - yig‘loqidir.

 - Mayli roziman. Ammo menda aqcha yo‘q edi, istasangiz ot, tuya, mol-qo‘y berayin, - dedi malik Za’r.

 - Bizga unday narsalar kerak emas, ulardan zerikkanmiz, ozgina bo‘lsa ham aqcha bersang bo‘ldi, rozimiz, - deyishdi ular bir-birlari bilan obdan kengashib olgach. Negaki, ular mol-qo‘y oladigan bo‘lsalar, otalari oldida ayblari oshkor bo‘lib qolardi.

 - Qnacha beray bo‘lmasa, - dedi malik Za’r.
 - O’n sakkiz aqcha bersangiz kifoya, - deyishdi.
 - Mayli, oling, - dedi Malik Za’r va o‘rnidan turib aqcha keltirdi. Misr aqchalarini tarozida tortib ko‘rdilar, ular Kan’on yarmog‘ining yarmiga to‘g‘ri keldi. Demak, Yusuf alayhissalom to‘g‘g‘iz Ka’on aqchasiga sotildi.
 - O’z qo‘lingiz bilan xat qilib berasiz,- dedi Malik Za’r.
 - Xatni shu shart bilan beramizki, qulimizning oyog‘iga kishan urasan, qattiq egarga mindirasan, uzoqroq yerga olib borib sotasan, - deyishdi va shurtga Malik Za’r ham rozi bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:06:15

Xat bitildi, uni Yahudo yozdi:
 "Bismillohir rahmonir rahiym. Biz Ya’qub alayhissalomning o‘nala o‘g‘lonlari: Birinchi - Rubil, ikkinchi - Sham’un, uchinchi - Yahudo, to‘rtinchi - Loviy, beshinchi - Joda, oltinchi - Don, yettinchi - Yag‘sar, sakkizinchi - Yastoxir, to‘g‘g‘izinchi - Zabotuq (ba’zi rivotlarda Riyyolun deyilardi), o‘ninchi - Qozur -Yusuf degan qulimizni malik Zo’rga o‘n sakkiz aqchaga sotdik hamda uch aybini: o‘g‘rilik, qochoqlik, yig‘loqilik - aytdik va Malik Za’r bilan uch shartga - oyog‘iga kishan urmoqlik, qattiq egarga mindirmoqlik, yiroq joyga eltib sotmoqlikka kelishdik, deb bu xatni faoln kun, falon oyda o‘z qo‘limiz bilan bitdik".

 Vaqtiki, birodarlari Yusuf alayhissalomni Malik Za’rga topshirib, o‘tovlariga qaytgandan so‘ng uylariga ketmay turdilar. Chunki ular ko‘nglida "Mobodo Yusuf, otamiz qoshiga qochib borib, bizlarni sharmanda qilmasin", degan hadik bor edi. Kech kirgach, Yusuf alayhissalom Malikdan ruxsat tiladilar:
 - Ey Malik, bir kishini hamroh qilsang, birodarlarim bilan vido qilib kelsam. Kichikligimdan beri ular Bilan katta bo‘lganman.

 - Ular seni qulimiz deya sotishdi-yu, sen bo‘lsang birodarlari deysan, - deya taajublandi. Shundan bo‘lsa-da bir odamni hamroh qilib ruxsat berdi. Oyoqlariga kishan urilgan Yusuf alayhissalom yiqila-yiqila ko‘rklik yuzlari tuproqqa belanib, yanoqlariga tikanlar sanchilib, yuzu ko‘zi qonga belanib, qarindoshlari oldiga keldi. Yusufni bu ahvolda ko‘rib, ular ham yig‘lashdi, hijolatdan yuziga boqolmadilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:06:23

- Ey birodarlarmi, bunday ishni menga nisbatan qildingiz, boshqalarga hargiz qilmangiz. Qari otamdan ayirdingiz, qiyomat kuni unga qanday javob berarsizldar?! Taqdiri ilohiy shu ekan, rizo bo‘lmoqdan o‘zga choram yo‘q. Otamga mendan salom denglar. Otam men uchun ko‘p ta’ziyatlar tutadilar, - dedi Yusuf alayhissalom birodarlarining har qaysisi Bilan alohida-alohida vido qilarkan. Navbat Yahudoga yetganda bo‘ynidan quchoqlab olib, ho‘ng-ho‘ng yig‘ladi. - Ey jondan aziz qarindoshim, menga hammadan mehribonroq eding. Qaerda quduq ko‘rsang, meni yodingga olgin. Qachonki otam Bilan birga bo‘lsang, "Yusuf qaerda ekan, Kim bilan birga yuribdi ekan", deb yodlagin. Ey Yahudo, bugun to‘rtinchi kunki, sizlardan ayrilganman. Sizlarsiz g‘ariblikda nima qilaman, - dedi Yusuf alayhissalom akalariga qarab.

 Yusuf alayhissalom shunday bir holatga tushdiki, butun badani suv bo‘lib eridi, iztirobga tushdi-da, betoqatlik bilan "Oh, onam! Oh, onam!" deganicha o‘zini tuyadan tashladilar. Qabrni quchoqlab, oftobdek ravshan yuzlarini tuproqqa surtib, rosa yig‘ladilar. Ul zotning yig‘ilaridan osmonda uchgan qushlaru, daryoda suzgan baliqlar ham tug‘yon va fig‘onga keldilar.

 - Eyo onam, sizdan ayrilganim yetmasmidi, otamdan ham ayirdilar. Ustiga-ustak qul bo‘lib sotildim, qattiq egardan nozik badanlarim yanchildi. Qo‘l-oyog‘im og‘ir zanjirlardan xarob bo‘ldi. Mehribonginam, koshki tirik bo‘lganingizda holimni so‘rgan bo‘lardingiz, - Deya nolayu zor qildilar.

Qayd etilgan