Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152752 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 16:06:31

- Ey hojam, u qul tuyadan tushib qochibdi, - deya faryod ko‘tardi qul Aflih Yusuf alayhissalomni yo‘qotib qo‘yib.
 - Sotgan kishilar qochoq ekan deb to‘g‘ri aytgan ekanlar, - dedi Malik qidirib topinglar.
 Hamma izlashga tushdi. Aflih yetib kelib ko‘rdiki, u bir qabrni quchib, yig‘lab yotardi.
 - Bo‘ldi, bas, o‘g‘ri qul! - deya zolim habash Aflih Yusuf alayhissalomni bir shapatilab urdi va oyoqlaridan sudrab olib bordi. Shunda Yusuf alayhissalomning ko‘zi oldida o‘t chaqildi, ko‘ngli og‘rindi, og‘iz-burinlariga tuproq to‘ldi, girya va nola qildi:
 - Iloho, o‘zing ko‘rib, bilib turibsa! Na bo‘lg‘ayki, karvon ahliga qudrating Bilan bir tanbeh bersang!
 - Iloho, bu yetim bechoraning holiga rahm qil, uning nolasiga toqatimiz qolmadi, - deyishdi farishtalar ham larzaga kelib.
 Duo ijobat bo‘ldi. Shamol qo‘zg‘ali, olamni qora bulut bosdi. Shamol zo‘rayib, ko‘z ochib bo‘lmay qoldi. Qorong‘ulik kunduzni kechga aylantirdi. Karvon yo‘lini yo‘qotdi.
 - Agar karvonda Ollloh taologa isyon qilgan kishi bo‘lsa, tavba qilsin, - dedi Malik Za’r karvonni to‘plab. Shoyad, Olloh taolo bu baloni bizlardan daf qilsa.
 - Bu o‘g‘lon duo qilgandi, shu voqealar sodir bo‘ldi, - dedi Aflih Malik Za’r oldiga borib. Shunda Malik Aflihni olib kelib, Yusuf alayhissalomning oyoqlariga yiqildilar, uzrhohlik qildilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:06:40

- Ey Yusuf, bu Afliq bilmay beadablik va behurmatlik qilibdi. Siz avf etib, gunohini bag‘ishlang, shoyad bu balo bizdan daf bo‘lsa.
 Yusuf alayhissalomning ko‘ngillari hush bo‘ldilar, kuldilar. Shu zamon havo ochildi, olam charog‘on bo‘ldi. Karvon ahli bu mo‘jizani ko‘rib, xushg‘ol bo‘ldilar. Yusuf alayhissalomning oyoqlaridan kishanlarni yechib oldilar, chiroyli kiyimlarni kiydirdilar.
 - Ey Yusuf, sen karvonning oldida yurishga loyiqsan, boshqalar hammalari seni orqangdan yursinlar, - deyishdi unga. Olloh taolo bir parcha bulutga amr qildi. Bu bulut soya qilib, cho‘l issig‘idan saqlab bordi.
 - Ey malik, bu bola Ollohga yaqin o‘g‘lon ekan. Uning ko‘nglini zinhor og‘ritmang! - deyishdi karvon ahli bu mo‘jizalardan tong qolib.
 - Ey Yusuf, tuyadan tushib qolibsan, qochish maqsading bormi? - so‘radi malik Za’r.
 - Hudo saqlasin, hargiz qochmagayman. U joyda onamning qabri bor edi, u bilan vidolashgani tushgandim, - dedi Yusuf alayhissalom.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:06:57

Savol: payg‘ambarlar haloyiqni duoibad qilmas edilar. Yusufning karvon ahlini duo qilmog‘ida ne hikmat bor?

Javob: Yusufning duosi duoibad emas. U xot bu qul meni urdi, gunohkor bo‘ldi, qiyomatda azob ko‘rgusi. Zora Olloh qudratini ko‘rib, tavba qilsa, gunohidan forig‘ bo‘lsa, do‘zax azobidan qutilsa, degan umidda hayrli duo qilgandi.

Alqissa, karvon yo‘lga ravona bo‘ldi. Misrga yetishga bir kunlik yo‘l qolganda Ushvon degan joyda, dengiz qirg‘og‘ida to‘xtadilar.

- Ey o‘g‘lim, suvga tushib, yuvinib, o‘zingni gard-g‘uborlardan poklab olgin, ertaga shahar xalqi bilan uchrashurmiz, - dedi malik Za’r.

Yusuf alayhissalom suv bo‘yiga keldilar va Ollohga munojat qildilar:

- Iloho, bir pardani karomat qilgil. Badanlarimni kishilar ko‘rmasinlar.

Olloh taolo Aynulhiton baliqqa amr qildi. U baliq suv ichidan chiqib, gavdasi biolan Yusuf alayhissalomni to‘sdi. Ul zot yechinib, yuvina boshladi.

 - Iloho, Yusufning barokatidan shunday karomat bergilki, jamiki baliqlar ichida nomim ezgulikka burkansin, - dedi baliq. Bu duo ijobat bo‘ldi. Olloh taolo unga ikkita balo berdiki, ulardan birining qornida Yusuf alayhissalom qirq kun turdi. Yana birining qornida esa Sulaymon alayhissalomning uzuklari qirq kun turib qoldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:07:09

Yusuf alayhissalom yuvinib bo‘lganlaridan so‘ng Jabroil alayhissalom jannatdan nurdan yaratilgan ko‘ylak keltirdi. Malik Za’r unga shohona to‘n kiydirdi, boshiga oltin toj, kiydirib gavharlar Bilan ziynatilgan kamar bog‘ladi. Yasatib, tuya kajavasiga o‘tkazgan edi Yusuf alayhissalomning bir husnlari ming bo‘ldi, haloyiqning ko‘zi hira, aqli tiyra bo‘ldi.

Savol: O’sha karvon ichida boshqa joylardan kelganlar ham bor edi. Yusufni aynan Malik Za’r qo‘liga tushirilganda qanday hikmat bor?

Javob: Misr shahrida Zulayho degan zaimfa bor edi. Olloh taolo taqdiri azalda bu zaifaga Yusuf alayhissalom qo‘lida imon keltirishlikni taqdir qilgandi. Yusufning Malik Za’r sotilish, Misrga keltirilishi va Yana sotilishidan sabab shu edi.

Vaqtiki, malik Za’r Yusuf alayhissalomni Misr yaqiniga olib kelganida shaharda shunday gap yurdi: "Malik osmon oyini yerdan topib olganmish. Kimki uning yuziga boqsa, ko‘zi hira bo‘larmish. Uning husnu malohati oldida kunu oy hira tortarmish". Bu gapni eshitgna Misr ahli borki, hammasi: yoshu qari, erkaku ayol tomoshaga chiqdilar. Hammasining ko‘zi Yusuf alayhissalomda edi, uning boshi uzra bir parcha bulut soya tashlab turardi. Buni ko‘rgan odam borki, oshiqu shaydo bo‘lardi, Yana bir ko‘rsam, deya orzu qilardi, hargiz ajratgilari kelmasdi. Hamma viloyatning beklari kelib, Yusufni sotib olmoq umidida oltin, kumush, mol-qo‘y, tovar yig‘a boshladi. Ular pullari yetmasa, jonlarini ham berishga tayyor edilar. Dallollar oraga kirib, narhini tinmay oshirish payida edilar. Chiroyli ko‘rinishli ayvon qurib, naqshlar Bilan bezatdi, shohona gilam va bisotlar bilan oroyish berdi. Oltin taxt qo‘yib, zarboplar Bilan bezatdi. Juma kuni edi. Misr xalqi kimdir sotib olishga, kimdir tomoshaga yig‘ildilar. Jarchi baland ovoz Bilan chorlay boshladi:

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:07:38

- Ey Misr xalqi, ko‘ringlar, chiroyda hech bir odam bolasi tenglasha olmaydigan bu o‘g‘lonni kim sotib oladi. Kulcha yuzli, yumaloq boshli, qora sochli, o‘ngi so‘lida qirq gajaklik, badani kumushdek oppoq, qoshlari kamon bilan chizilgandek kamon, yuzi kundek ravshan, yanoqlari anor donasidek qizil, kipriklari o‘qdek, tishlari gavhardek, og‘izlari pistadek, hipcha bellik, shirin so‘zlik - suratiyu sifati shunday o‘g‘lonni sotib olishga kim qodir. (Oyat) "Kim dunyoda o‘xshasha bo‘lmagan nazofatli, go‘zal so‘zli g‘ulomni Kim sotib oladi?"
 - Ey jarchi, - dedi Yusuf alayhissalom boshini quyi solib, ko‘zidan qonli yoshlarni oqizib, - sifatlaydigan bo‘lsang to‘g‘risini so‘zlagin.
 - Qanday aytayin, - dedi jarchi.
 - Aytgilki, (Oyat) "Kim dunyoda tengi bo‘lmagan qayg‘uli, zaif, orqi, bechora bir g‘ulomni sotib oladi", deb. Sening aytganlaring urf va odatlarga mos emas, - dedi Yusuf alayhissalom.
 - Rsotini aytarman, - dedi jarchi.
 - Rost so‘zlashga ko‘ngling moyil bo‘lsa aytgilki, (Oyat) "Kim Ollohning do‘sti Ibrohimning abirasi, ollohning qurboni Ishoqning nabirasi, Ollohning bandasi Ya’qubning o‘g‘li, Ollohning rostgo‘y bandasi Yusufni qul qilib sotib oladi".
 - Shunday desam haloyiqning yuragi yorilmaydimi? - taajjublandi jarchi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:08:02

Aytishlaricha, dallollar yig‘ilib, Yusuf alayhissalomning narxini oshira boshladilar. Uning qiymatini o‘zi og‘irligicha oltin, o‘zi og‘irligicha kumush, o‘zi og‘irligicha ifor, o‘zi og‘irligicha shakar, o‘zi og‘irligicha harir, o‘zi og‘irligicha anbar, o‘zi og‘irligicha kofurga tenglashtirdilar. Yana ba’zi rivoyatlarda aytilishicha, Yusuf alayhissalomning o‘n yo‘sindagi og‘irligicha bo‘ldi. Qachonki, jarchi Yusuf alayhissalom otalarining nomlarini ayta boshlasa, Malik Za’r ko‘zi yoshga to‘ldi, ko‘nglida o‘t alanga oldi.
 - Ey Yusuf, o‘sha kunda quduq boshida bu sirni nega aytmading, sotib olmagan bo‘lardim, - dedi Malik Za’r.
 - Birodarlarim meni o‘ldirib qo‘yishlaridan cho‘chigandim, - dedi Yusuf alayhissalom. (Oyat) "Tag‘in sen kaon tepaliklaridan birida o‘tirib olib, "Ey Parvardigorim, dilimning mevasi, qo‘zimning qorasi o‘g‘limni menga qaytarib ber!" deb zor-zor yig‘lab turgan g‘amgin mo‘ysafidning o‘g‘li bo‘lmagin", - dedi Malik Za’r.
 - O’sha ko‘zi yoshlik, bag‘ri kuyuk, firoq o‘tida o‘rtangan, hasrat dengizida g‘arq bo‘lgan, o‘qday bo‘yi yoydek egilgan, oydek ochiq ko‘ngilli tutdek to‘kilgan Isroilloh o‘g‘li, Zabihulloh nevarasi, Halilulloh chevarasi bo‘lgan Yusuf mendirman, - dedi. Buni eshitgan malik Za’r o‘rnidan shartta turdi-da, Yusuf alayhissalomning oyoqlariga yiqildi, behad uzr so‘radi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:08:14

O’sha paytda misrning podishohi malik Rayyon ibn Navzod, ibn ol-Valid ibn arosht, ibn Miron, ibn Umar, ibn Amloh ibn Lovad ibn Som ibn Nuh alayhissalom edi. O’g‘lon ovozasi unga ham yetdi. U Azizi Misr ismli vazirini jo‘natdi6
 - Borib ko‘rgil, odamlar aytganchalik bo‘lsa, sotib olay.
 Azizi Misr kelib, Yusuf alayhissalomni taxtu izzatda, toju davlatda, husnu malohatda ko‘rib, tanu dili Bilan oshufta bo‘ldi. Oh deganicha otidan tushdi-yu, hushi boshidan uchdi, so‘zlagani holi qolmadi. Malik Za’rga Rayyon Malikning so‘zlarini aytganicha iziga qaytdi.

FOYDA. Ko‘rarsanki, Quyosh ismli podshoh tunning yarmida baland osmondan malohatli yuzni ko‘rmoq uchun qora yerga o‘zi tushdi, Yusufga sajda qildi.

Iso alayhissalom ahvolida ham insoniyatga to‘siq-parda qo‘yildi, u ham bo‘lsa otaliq pardasi ediki. haloyiq to qiyomatga qadar fitnada qoldilar, maryamni Ollohning xotini dedilar, Iso alayhissalomni Hudoning o‘g‘li dedilar. Ammo Yusuf alayhissalomning yuziga niqob tortmadi, suratini hijob ichiga yashirmadi, shuning uchun quyosh va oy uning jamolin ko‘rib bir kecha osmondan tushdi, sajda qildi. (Oyat) "Agar Olloh taolo inson ruhini shakllantirib ko‘rsatganda edi, uni ko‘rgan odam borki, sajda qilgan bo‘lardi". Aziz ham shu boisdan oy yuzli o‘g‘lonniko‘rib, oyog‘iga bosh urdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:08:37

Xullas, Azizi Misr Yusuf alayhissalomni sotishlarini so‘radi.
 - Hali shaharga kirganimiz yo‘q, bozorni ham ko‘rmadik, qulni bozorga solmadik. Ertaga siz nimani istasangiz, o‘shani qilarmiz, - dedi Malik Za’r va Aziz Misrni qaytarib yubordi.
 Ertasi kuni Malik Za’r Yusufga podshohlar libosini kiydirdi, boshiga toj kiydirdi. Qosh yoylari, kpriq o‘qlari, malohat lashkari Bilan jonlarni asir etmoqlikka, ellarni talamoqlikka, ko‘ngillarni zabt etmoqlikka qasd qilib, shohona kiyimlar kiygan, shohona otlar mingan holda Misrga kirib bordilar. Yusuf alayhissalomni bir taxt ustiga o‘tqizdilar. Jarchilar ishga tushdilar:
 - Mana bu latofatli, zarofatli qulni bahosiga yetib kim oladi7
 - Mana bu g‘arib qulni kim oladi, deb aytgin, - dedi Yusuf alayhissalom boshini quyi solib, ko‘zidan yoshlarini oqizib.
 - Mana bu nodir qulni kim oladi? - dedi jarchi.
 - Mana bu haydalgan qulni kim oladi degin, - dedilar Yusuf alayhissalom.
 - Mana bu latif qulni kim oladi, - dedi jarchi.
 - Mana bu zaif qulni kim oladi degin, - dedi Yusuf alayhissalom.
 Jarchi xislatlarini deb tirishardi, Yusuf alayhissalomning esa ko‘zidan yoshlar shashqator bo‘lardi.
 - Ey Yusuf, qayg‘urmagil, sabr qilgil. Bugun qul bo‘lib stoilsang, ertga podishohlikka yetkazib, Misr xalqini qul qilib berurman. Bugun horlikni tortib, ertaga izzatini ko‘rgin. Bugun "Men olayin", degan haridor, ertaga "Men sotayin", deb intizqor bo‘lurlar, - Ollohning bu amirini Jabroil alayhissalom olib keldilar. (Oyat) "Bu mamlakatda Yusufga biz shunday martaba berdik".
 Rivoyatlarda kelishicha, Vahab ibn Munabbah aytdilar: "Yusufning bahosi to‘rt yuz ritl  oltin, to‘rt yuz ritl, to‘rt yuz ritl inju, to‘rt yuz ritl gavharga teng bo‘ldi". Zulayho eri Azizi Misrga dedi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:08:53

- O’sha o‘g‘lonni sotib oling, bizga qul bo‘lsin. (Bilmadiki uning zi qul bo‘larini).
 Yana bir rivoyatda Zulayho kajavada o‘tirib, sayr tamoshadan kelayotganda Yusufga yo‘liqdi, ko‘ngli buzildi.
 - Bu o‘qlonni sotib olgin, - dedi Azizi Misrga.
 - Bizda buning bahosiga yetgulik molimiz yo‘q dedi Aziz.
 - Bor molimizni beraylik, yetmaganiga otamdan keltiray, u ham yetmasa bo‘ynim va quloqlarimdagi ziynatlarimni ham chaqirib berayin, - dedi Zulayho. Darhaqiqat, qullik ipi bog‘langan bo‘yniga marjon ne hojat!
 - Ey Zulayho, men Yusufni sotib olish uchun podshohdan vakil bo‘lib kelganman. Sening nomingdan ham so‘zlayin, - dedi Aziz.
 - men borib podshohdan ruxsat so‘rayin, rozi bo‘lsa, Yusufni sotib olayin, - dedi Zulayho. U parvonaday o‘zini olovga otda, qul olmoqchi bo‘lib, o‘zini qullikka sotdi. Yo‘li Yusufga, ko‘zi go‘zalga tushgach, tuzoq qo‘yaman deb, o‘zi tuzoqa tushdi. Ko‘z Bilan ko‘rayin deb, ko‘nglini oldirdi. Uzoqqa yuguraman deb, qopqonga ilindi. Yo‘l ustida to‘lin oyni ko‘rdi-yu, asir bo‘ldi. Xushsiz bo‘lib otdan tushdi-yu, chechakday chehrasi so‘ldi. O’zga chora topolmay Azizga Yusufni olishni targ‘ib qildi. Iloji bo‘lmagach, podshohga bordi, iltimos qildi. Ijobat bo‘lgach, mol to‘pladi, bahosini berib Yusuf alayhissalomni sotib oldi.
 Aytadilarki, malik Za’r Yusuf alayhissalomning otalari kimligini bilgach, Halilning nasabidan ekanini bilgach, Isroil urug‘idanligini bilgach, savdodan pushaymon bo‘ldi, ba’yni buzmoqchi bo‘ldi, ammo uddalay olmadi. Yusufni olib Kan’onga eltmoqchi, olganlarini qaytarmoqchi bo‘ldi-yu, ko‘nmadilar. Nechukki, azalda bu taqdirni malik Zay’r yozmagandi. Taqdirda yozilgan qismadni Za’r o‘g‘li buza olmasdi. Zulayhoning ko‘ngilda tushgan "Uning muhabbatiga mubtalo bo‘libdur" oyati hukmiga Malik Za’rning shafoati foyda bermasdi. "Anna shunday martaba berdik biz Yusufga o‘sha mamlakatda" oyati amriga Abu Zuloma qanday ham ora kirsin, Zulayhoning ko‘nglidan ishqni qandayin chiqarsin, Yusufni bu davlatdan nechun mahrum eta olsin. o‘sha savdo uzilmagach, bay’ buzilmagach, Yusuf alayhissalomga yolvorishga tushdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:09:20

- Ey risolatga erishgan sulola xonadonining a’zosi, payg‘ambarlik ildizining mevasi, ey saltanat vorisi, ey saodat muhri, ey aslnasab odamizodlar ulug‘i! Koshki, o‘sha kunda rost aytganingda sotib olmagan bo‘lardim. Olsam ham Kan’onga olib borgan bo‘lardim. Endi nima qilayinki, erkim qolmadi, qaytarib olmoqqa qo‘lim qisqa, yarog‘im yo‘q, so‘zimdan qo‘ytmoqqa holim qolmadi. Imkonim yo‘q, nima hiyla qilayin, kimdan kengash so‘rayin.
 - Boshqa yo‘ling qolmagan bo‘lsa, hamma bahoimni olmagin, ozod kishilar bahosiga sotmagin, - dedi Yusuf alayhissalom. Malik za’r bu so‘zni qabul qildi. Baholarni tushira boshladi.

LATIFA. Oqil kishilarga oyyu kunday ravshanki, kofirlar bu dunyoning chiroyini behad ko‘p mol berib sotib oldilar, lekin og‘rinmadilar, chunki ular ham mol oldilar, ham jamol. Musulmonman deguvchilar, sizlar oxirat Yusufin (ya’ni go‘zal oqibatin) toat-ibodat otlik narx bilan sotib olishda og‘rinmang, yo‘qsa, ikkisidan ham quruq qolursizlar. Negaki, (Oyat) "Albatta Olloh taolo birovga oxiratning hisobiga dunyo beradi".

 - Sening so‘zlaringni eshitdim, - dedi molik Za’r Yusuf alayhissalom oldiga kelib. - Olgan mollarni Azizi Misrga topshirdim. Endi sendan bir hojatim borki, ijobatidan umidvor haridorman. Molim behad ziyoda-yu ammalarim yo‘q. Butoqlari yo‘q quruq yog‘ochman. Sendan duo bo‘lsa, uning ijobatiga haqdan umidim bor. Aytdilarku, o‘g‘il-qiz go‘rga nur, ko‘zlarga Surur bo’larlar. Rasul alayhissalom aytadilar: "Farzandlarimiz - yerda yurgan jigarlarimiz".
 Bu so‘zlarni eshitgan Yusuf alayhissalom ko‘kka muidvor tikildi.
 Jabroil amin shu lahzada keltirdi:
 - Ey Yusuf, bu qulimizning hojatini so‘ragin, ijobat eshiklari ochiq.

Qayd etilgan