Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 96718 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 14:30:05

Savol: Istihoza nimadir?

Javob: Odam va Havvoning tavbalari qabul bo‘lguncha yig‘lagan ko‘z yoshlari hayz bo‘ldi. Tavbadan keyin yig‘lagandagi ko‘z yoshlari istihoza bo‘ldi.

Savol: Nifos nimadir?

Javob: Havvo bug‘doy mevasini olib kelguncha qirq marta nafas oldi, har bir nafas uchun bir kundan iflos bo‘ldi.

Yana maqsadga kelaylik. Odam va Havvo horlikka uchraganlarida boshlaridan tojlari, ustlaridan kiyimlari tushib, yalang qoldilar. Qo‘llar bilan avratlarini to‘sganlaricha daraxtdan daraxtga yugirib, yaproq tiladilar. Qaysi daraxtga bormasinlar yaproq bermadi. Odam yugirib borayotganda jiyda daraxti nayzasi Bilan sochini tutdi. "Qayga borursan? Qo‘ymasman! Agar qo‘yib yuborsam, Hudoga osiy bo‘lurman", dedi. Shu sababdan odamlar daraxt ekkanlarida jydani suvdan uzoqqa ekdilar, suvsiz qolsin deb.

Hikmat. Hamma daraxtlar ichida o‘t bor. Daraxt suv ichmasa o‘sha o‘t uni quritar. Olloh taolo jiydani qurib qolmasin, deb o‘tini ketgazgandir.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:30:35

Hukm keldi: "Ey Odam, Mendan qocharsanmu?" Dedi: "Iloho, andisha qilib Sendan Senga qocharman". Jabroil Odamning qo‘lidan ushlab, Olloh huzuriga keltirdi. Farmon bo‘ldi: "Ey Odam, seni tuproqdan yaratdimmi, ma’rifat Bilan mukofotladimmi, chiroyli surat bilan bezadimmi, jannatga kiritdimmi, ne’matlar bilan siyladimmi, Havvoni senga juft qildimmi, bug‘doy daraxti mevasini yemagan dedimmi, shayton sizga dushman deb aytmadimmi? Nechuk bug‘doy yeding?" Dedi: "Iloho, ul hukmni Kim qildi-yu ul qazoni kim yaratdi?" Farmon keldi: "Men yuritdim men qazo qildim. Ammo mening qazom, hukmim, taqdirim g‘ayb turar, buyrug‘im, farmonim esa ochiq turar. Zohirni ko‘rib nega g‘oybga yuzlanding?" Dedi: "Iloho, shunday hukm qilding, qazo yuritding, meni kechirgil, yorlaqagil". Farmon keldi: "Seni yorlaqadim, sendan keyin keladigan farzandlaring ham shunday iqror bo‘lsalar, ularni ham yorlaqagayman. Endi jannatdan chiqqil", dedi.

Habarda kelurki, anjir daraxti Odam va Havvoga besh yaproq berdi, ular andomlarini yopib chiqdilar. Tong otgandan keyin o‘sha besh yaproqning birini kiyik yedi, ifor (mushk) bo‘ldi. Birini sigir yedi, anbar bo‘ldi. Birini arii yedi, asal bo‘ldi. Birini qurt yedi, ipak bo‘ldi. Birini Odam yerga ekdi, yung bo‘ldi. Qiyomatga qadar farzandlariga kafan bo‘ldi.

Nukta. Olloh taolo Odamga yaproq berganligi uchun anjir daraxtini jazoladi. Ma’lumki, barcha yeguliklar uch turli bo‘ladi: birining tashi yeyilur - olma, nok kabi, birining ichi yeyilur - yong‘oq, bodom singari, birining tashi-yu yeyilmas ichi yeyilur - qovun, tarvuz kabi. Ammo anjirning tashi ham yeyilur, ichi ham yeyilur.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:30:50

Odamga, Havvoga, Iblisga, tovusga, ilonga jannatdan chiqing, degant farmon bo‘ldi. Odam va Havvo (Oyat) "Ey Parvardigorimiz, biz o‘z-o‘zimizga zulm qildik va agar Sen bizni gunohimizni kechmasang va bizga arhming kelmasa, unda ziyon tortguvchilardan bo‘lib qolamiz", deya iltijo-yalvorish bilan yig‘lab chiqdilar.

Odam Hindistondagi Anjalus degan yerdagi Sarandib tog‘iga tushdi. Havvo Jida tog‘iga tushdi. Iblis Basraga tushdi, shu bois isfaxonliklar baxil bo‘lur. Odam va Havvo yalang‘och g‘oldilar, Iblis mal’un bo‘ldi, Ilonning chiroyli surati aynidi, qornini sudrab yurguvchi, achchiq tuproq yeguvchi bo‘ldi. Odam tushgan joyida behad xo‘ng yig‘ladi, yuz yig‘och (tahminan 9 km keladigan masofa borligi)lik yerda uning ko‘z yoshidan daraxtlar undi, jilg‘a va buloqlar ko‘z ochdi. Odamning yoshi tomgan yerda o‘t-o‘lan, achchiq-chuchuk dorivorlar undi. Havvoning ko‘z yoshi tomgan yerda qalampirmunchoq, sunbul, xinr, o‘sma o‘sdi. Ular qiyomatgacha Odam farzandlariga meros bo‘lib qoldi.

Bir vaqt Iblis yer yuzidagi qush-qumrsqalarni yig‘ib dedi: "Yer yuziga bir jonzot keldiki, u sizlarni urug‘-aymog‘ingiz Bilan qirib tashlaydi, hammalairng bir bo‘lib o‘ldiringlar, bo‘lmasa omon qolmagaysizlar".

Hammalari yig‘ilib keldilar. Eng avvalo sicha (qush nomi) kelib, Odamning boshiga qo‘nib, sochini yula boshladi. Shuning uchun Odam avlodlari sichani tutib, patlarini yulib, pishiradilar. Odam qush-qumrchqalarni ko‘rib, qo‘rqib ketdi. Shunda farmon bo‘ldi: "Ey Odam, ulardan biri huzuringga kelganda boshini silagil!" Odam itning boshini siladi. It yuizini qush-qumrqalarga qaratib, hammasini qopdi. O’sha kundan boshlab it Odam avlodlari bilan birga qoldi. Boshqa hayvonlar bilan dushman bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:31:01

Yana farmon bo‘ldi: "Ey Odam, poklanish mavridi keldi, sen Makkaga borgil, Mening uchun bir uy bino qilgil". Dedi: "Iloho, u yerning qayda turishini bilmasman". Olloh taolo bir qushni yo‘lboshlovchi qildi. Uning oti arab tilida Axyol erdi, turkchasiga esa ko‘k qarg‘a. U uchib boradi, Odam uning ortidan yurib boraverardi.

Payg‘ambar alayhissalom aytdiki: "Olti qo‘shni o‘ldirmang, biri ko‘k qarg‘i-Odamga yo‘l boshlovchi bo‘lgani uchun, ikkinchisi chumoli - Sulaymon alahissalomga o‘g‘it bergani uchun, uchinchisi qaldirg‘och - "Xashr" surasining ohirini o‘qigani uchun va yana ba’zilarninga aytishicha, "Bayt ul-Muqaddas" mag‘lub bo‘lishida qismatiga yig‘lagani uchun, to‘rtinchi sassiqpopshak - Sulaymon alayhissalomga elchi bo‘lgani uchun, beshinchisi suv baqasi - Namrud o‘tiga suv keltirgani uchun, oltinchi asalari - undan odamzotga shifo bo‘lgan asal uchun.

Odam Makkaga kelib bir uy bino etdi va uning atrofini tavof etdi. Odamning bu hizmati Ollohga maqbul bo‘ldi, gunohini kechirdi. Qachonki, Nuh to‘foni bo‘lganida Olloh taoloning farmoni bilan Jabroil u binoni o‘rnidan ko‘tarib, to‘rtinchi qavat osmonga olib chiqdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:31:12

Odam Havvoning qo‘lidan tutib, Yana Hindistonga qaytib bordi. Olloh taolo ularga sakkizta qo‘y yubordi. Ularning yettitasi sovliq, biri qo‘chqor edi. Havvo u qo‘ylarning yungini yigirdi, Odam undan mato tikdi, ikkovlari uni kiyim qildilar. Shu boisdan ham yer yuzida qo‘ydan qutlug‘roq Biron-bir boshqa jonivor yo‘q, deydilar. Payg‘ambar alayhissalom ham ayturki: "Bir qo‘y barokat, ikki qo‘y ikki barokat, uch qo‘y ganj".

Odamning qorni behad ochqadi. Jabroil Olloh farmoni Bilan jannatdan ikkisigir keltirdi, biri qizil, biri qora. Yana jabroil jannatdan uch uvun bug‘doy keltirib, uch xissa qildi: "Ikkisi senga biri Havvoga", dedi. Har bir uvun yuz ming idishda edi. Sigirlar jannnatdan chiqqanlarida behad yig‘ladilar, ko‘zlari yoshidan qo‘noq undi, tahoratlarining avvlgi sinishidan no‘xat, keyingisidan yusmuq (dukkakli ekin) undi. Jabroil uch uvun bug‘doydan uch hissa ajratdi, uning ikki hissasini Odam, bir hissasini Havvo yerga qadadilar. Odamning sepganidan bug‘doy, Havvoning sepganidan arpa undi.

Odam bug‘doydan ulush olganda so‘radi: "Yeyinmi?" Jabroil aytdi: "Yo‘q ekkil". Ekdi, dedi: "Yeyinmi?" Aytdi: "O’rgil". O’rdi, dedi: "Yeyinmi?" Aytdi: "Yanchgil". Yanchdi, dedi: "Yeyinmi?" Aytdi: "Tozalagil". Tozaladi, dedi "Yeyinmi?" Aytdi: "Tortgil". Tortdi, dedi: "Yeyinmi?" Aytdi: "Qorgil" Qordi, dedi: "Yeyinmi?" Aytdi: "Pishirgil". Dedi: "Yeyinmi?" Shunda farmon keldi: "Ey Odam, kunduzning ikki qismi bordir, bir qismi o‘tdi, biri qoldi. Kun botguncha sabr qilgil. Bir kun ro‘za tutgil (U kun - ashuro kuni edi). Men sen Bilan bir ish qilayin, toki bu ishdan Men hushnud bo‘layin7, gunohingni yorlaqayin, jannatga kirgizayn".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:31:28

Odam ul taomni yemoqqa chog‘langanida Jabroil keldi v aul taomni uch hissaga bo‘ldi, ikkisini Odamga, birini Havvoga berdi (Erga ikki hissa, xotinga bir hissa berishlik taomili shundan qalgandir). Odam o‘z ulushini to‘la yedi. Havvo esa yarmini yeb, yarmini qoldirdi. Shunda Jabroil dedi: "Ey Odam, sening yeganing kabi Havvo ham tugal yeganida edi, farzandlaring qiyomatga qadar qahatchilik ko‘rmagan edilar".

Ul taomni yegach, Odamning qorni og‘ridi. Shunda jabroil Odamning qo‘lidan tutib, sahroga yetakladi, Odam bo‘shanib oldi, undan badbo‘y hid keldi. "Ey Jabroil, bu nimadir?", dedi. Jabroil: "U sening gunohing yomonligidir", dedi. Shundan keyin Jabroil qo‘lini Odam boshiga urgandi, Odamning bo‘yi yetmish qari (ya’ni, qo‘l uchidan tirsakkacha bo‘lgan o‘lchov birligi) qisqardi, undan oldin Odamning bo‘yi osmonga tegar edi.

Odam Bilan Havvo yerga tushganlaridan keyin ikki yuz yil ayriliqda yashadilar. Odam ikki yuz yil yig‘ladi, shundan keyin ular arofat tog‘ida qovushdilar. Shundan keyin (Oyat) "Unga (ya’ni xotunga) yengil bir yuk paydo bo‘ldi". Qachonki, (Oyat) "O’sha yuk ya’ni haml" og‘irlashganda har ikkalalari Ollohga yolbordilar".

Shu orada Iblis Havvo qoshiga keldi va "Qorningda nima bor?" dedi. Havvo "Bilmayman", dedi. Iblis dedi: "Qorningda sigir, buzoq bo‘lgay". Bu so‘zdan Havvo ko‘p qayg‘uga botdi. Shunda Iblis Yana gap boshladi: "Men pokiza, solih kishiman, Olloh taolo huzurida hurmatim va izzatim bor. Duo qilsam qorningdagi farzanding senday pokiza shaklda tug‘ilguvsidir, shunda unga meningsh otimni qo‘yasanmi?" Havvo dedi: "Sening oting nimadir?" Dedi: "Mening otim Horisdir". U farzanda tug‘ilganda ismi Xoris ataldi, lekin bola ko‘p yashamadi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:31:40

Sha’biy raziallohu anhu rivoyat qiladilarki, payg‘ambar alayhissalom vafot etganlarida Ali karamollohu vajhahu muborak jasadlarini taxta ustiga olib, yuvmoqchi bo‘lganida havodan (Oyat) "Ey Ali, Muhammadni yuvmanglar, chunki u pok va poklangandir", degan ovoz keldi. Ali ayturki: "Shundaymikan deb fikrim o‘zgardi, undan so‘radim, sen kimsan, payqambarni yuvmoqlikni man’ qilursan, yuvmoqlik Muhammadning sunnati turadi-ku!" Shunda Yana g‘oyibdan ovoz keldi: "Ey Ali, u so‘zlagan Iblisdir, Muhammadga hasad qilur, sen yuvgil!" Ali uni ezgu duo qildi: "Olloh senga ko‘p yaxshi mukofot bersin". So‘radi: "Sen kimsan?" Dedi: "Men Xizrman. Muhammadning janozasini o‘qimoqlikka keldim".

Habarda kelurki, Havvo yetmish qorin bir o‘qil va bir qiz egiz tug‘di. Undan keyin Qobil urug‘i yetti ming er-xotun, Qobil urug‘i esa qirq ming er-xotun, Xobul urug‘i esa qirq ming er-xotin bo‘ldi. Odam har yili qurbonliq qilardi, qaysi qurbonligi qabul bo‘lsa, osmondan bir o‘t kelib uni kuydirardi, qabil bo‘lmasa qo‘ydirmasdi.

Odam go‘sht yemoqlikni istadi. Farmon bo‘ldi: "Borgil, qush ovlagil!" Shunda u bir qirg‘ovul va bir burguntni tutid. Ularni bo‘g‘izladi, o‘tga tutdi, qirg‘ovul pishdi-yu, burgut pishmadi. Odamning g‘azabi keldi, burgutni o‘tga ko‘mgandi, tamoman kuyib ketdi. Odam qayg‘uga botdi, chunki qirg‘ovulni Havvoga, burgutni esa o‘ziga mo‘ljallagandi. Jabroil keldi va dedi: "Ey Odam, qayg‘urmagil, bu qushning o‘rniga boshqa qush bergay. Bu qush senga va farzanlaringga qiyomatga qadar harom bo‘ldi".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:32:06

Shundan beri Odam qurbonlik qilar, o‘t kelib kuydirar edi. Undan keiyngi barcha payg‘ambarlar shariatda ham qurbonliklarini o‘tga kuydirmaklik ravo edi. Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo kelganda qurbonlikni o‘tda kuydirmaklik harom qilindi, yemaklik esa halol bo‘ldi.

Foyda: Bu dunyoda mo‘minlarning kuydirmaklik harom qilindi, zero Olloh oxiratda mo‘minlarning tanini do‘zax o‘tiga harom qilsa ne ajab?!

Dedilarki, Odam qo‘sh qo‘shib, buqdoy yanchayotgan chog‘da sigirni bir urdi. Shunda u yuzini Odamga burib: "Ey Odam, meni nega urasan?Kim gunoh qilsa o‘shani urgin-da!" dedi. Odam sigirni Kim so‘zlatganini bildi: "Vo darig‘o, ilgarilari farishtalaring sajda qilur edilar, endi esa bu sigir men bilan so‘z talashur", dedi-da ko‘p yig‘ladi.

Odam Safiy alayhissalom qissasi shu yerda nihoyasiga yetdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:32:39

QOBIL VA HOBIL QISSASI
 
Bu qissa shunday boshlanar. Odamning so‘nggi tug‘ilgan farzanlaridan biri bo‘lgan o‘g‘li Abdulmug‘is deb ataldi, qizi esa Amat -ul Mug‘isa deb. Bu ikkovlari anchagina farzand ko‘rdilarki, Odamning urug‘ini qirq ming band (lug‘atda band so‘zi o‘n ming kishi demakdir)ga yetdi.

Qachonki, Qobil tug‘ilganida u bilan birga tavallud topgan qiz chiroyli edi, Iqlimo deb ataldi. Ikki yil keyin Hobil tuqildi. U Bilan birga tug‘ilgan qiz esa g‘oyatda hunuk edi, uni Abudo derdilar.

Odam o‘z shariatiga ko‘ra Qobilning egizagini Hobilgan bermoqchi bo‘ldi, Hobil Bilan egizdosh qizni esa Qobilga. Bu niyat Qobilga hush kelmadi.
 - O’zim bilan tug‘ilgan qizni olaman, - dedi Qobil.
 - Shari’atda bunday bo‘lmaydi, - dedi Odam.
 - Agar bu qiz menga qarindosh bo‘lsa, unisi ham qarindosh emasmi? - deya talashdi Qobil.
 - Unday bo‘lsa ikkalangizlar qurbonlik qiling, qaysingizni qurbonligingiz qabul bo‘lsa, Iqlimoni o‘sha olsin, - dedi Odam.

Hobil qo‘y boqar edi, katta semiz qo‘yni keltirib oyoqlarini bog‘ladi-da, qurbonlik qo‘yadigan joyga qo‘ydi. Osmondan o‘t tushib, Hobilning 0qurbonligini kuydirdi, Qobilnikiga esa tegmadi. Shunda Iblis keldi-da, Qobilga gezlay boshladi:
 - Hobilning qurbonligi shul bois qabul bo‘ldiki, uning Olloh taolo huzurida izzat va yaqinligi bor. Otang Odam ham uni yaxshi ko‘rar. Yana otangni bir tilagi borki, yerning halifaligini Hobilga bermoqchidir.
 - Men Hobilni o‘ldirayin. Qiz ham, halifalik ham menga qolsin, - dedi Qobil g‘azabga kelib.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 14:32:51

Qobil Hobilni o‘ldirmoqlikka ahd qildi-yu, ammo uni qanday qilib o‘ldirishlikni bilmas edi. Bir kuni biyobonda o‘tirganida Iblisni ko‘rdi. U odam qiyofasida kelgandi, qo‘lida bir qush bor edi. Iblis qushni tosh ustiga qo‘yib, boshqa bir tosh Bilan uni majag‘ladi. Qobil buni ko‘rib, o‘rganib oldi. So‘ngra Qobil Hobilning oldiga keldi.
 - Men seni o‘ldirarman, - dedi Qobil.
 - Men sen Bilan olishmasman, Olloh taolodan qo‘rqaman, - dedi Hobil.

Bu paytda Hobil qum ustida yotib, uxlamoqda edi. Qobil bir tosh bilan urib o‘ldirdi. Qiyomatga qadar odam o‘ldirmoq, qon to‘kmoq Qobilning qilmishidan meros qoldi. Habarda kelishicha, payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo alayhissalom dedilarki: "Kimki bir yaxsha odatni chiqarsa, unga o‘sha odatning savobi bo‘lur va to qiyomat kunigacha shu odatga amal qilganlarning ham savobi unga bo‘lur. Kimki bir yomon odatni chiqarsa, unga o‘sha odatning gunohi bo‘lur va shuningdek to qiyomatga qadar o‘sha yomon odatga amal qilganlarning ham gunohi o‘sha odamga bo‘lur".

Qobil Hobilni o‘ldirganida yigirma yoshda edi. U Hobilning jasadini bir qopga solib, orqasiga ko‘tarib oldi. Shu holatda bir necha fursat yurdi. Shunda tangri farmoni Bilan ikki qarg‘a keldi, bir-biri bilan urishdi va biri boshqasini o‘ldirdi. Tirik qolgan qarg‘a tumshug‘i Bilan yerni kavlab, o‘lik qarg‘ani ko‘mdi. Qobil bu holni ko‘rgach o‘kindi:
 - Meni shu qarg‘achalik aqlim yo‘q ekan, - deb.

Qayd etilgan