Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 152859 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 16:12:53


 Zulayho talpinganida Yusuf alayhissalom uni ko‘rmayin, deya ortiga o‘grilganida, o‘zining suratinik o‘rdi. Zulayho Bilan birlashib turgani rasmga solingandi. O’ngga, so‘lga, osti-yu ustiga boqdi, shu manzaraga takror-takror ko‘zi tushaverdi. Shundan so‘ng Zulayhoga boqdi, bir suratiga qaradi, behad go‘zal edi. Aytishlaricha, Havvo onadan keyin ayollar ichida Zulayhodan ko‘rkami yo‘q edi, ko‘nglida mayl uyg‘ondi.

 Savol: Zulayho Yusufga qasd qildi, ammo Yusuf Zulayhoga nega qasd qilmadi?

 Javob: Zulayho kofira bo‘lganidan zinoga qasd qildi. Yana aytishlaricha, o‘sha vaziyatda mayl qilishlik erlik nishoni Bilan emas. Negaki, barcha payg‘ambarlar butun ayblardan holidir. Erkakning er emaslik aybi hamma ayblardan og‘irroqdir. Boshqa kichik ayblar payg‘ambarlarda bo‘lmas ekan, nega endi ulug‘ ayb Yusuf alayhissalomga ravo bo‘lsin.

 "Ehson al-bayon" degan tavsirda kelishicha, Madina shahrida Sulaymon ibn Yasar ismli go‘zal va ko‘rkam bir yigit bor edi. Madina ayollari uning ishqi Bilan mast bo‘lib, erlariga ko‘ngilsiz bo‘ldilar. Sulaymon ibn Yasor bundan habar topgach, baloga yo‘liqmayin, Deya madinadan qochib borib, Shomga o‘rnashdi. . . Yettish yildan so‘ng Yusuf alayhissalomni tushida ko‘radi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:13:18

Undan "Ey yusuf, xotinlarga mayl qilib, qasd qilgan senmisan?", deb so‘radi. Shunda Yusuf alayhissalom "Agar parvardigorimning mo‘jizalarini ko‘rmaganimda edi, malomating o‘rinli bo‘lardi. Ayt-chi, ayollarga qasd qilmasdan ulardan qochgan senmisan?" deya javob beribdi. Ushbu dalil Bilan ma’lum bo‘ladiki, Zulayho qasd qilganida Ollohning mo‘jizasini ko‘rgan Yusuf alayhissalom obro‘yi bilan o‘zini saqladi.

 Payg‘ambarimiz muhammad mustafo s.a.v. debdurlarki: "Menga dunyodagi uch narsa suyukli bo‘ldi: biri xushbo‘y narsalar, ikkinchisi xotin zoti va uchinchisi namozda ko‘zimning yorug‘ bo‘lishi".

 Ishorat: Agar Yusuf Zulayhoga qasd qilmaganida edi, (Oyat) "Biz shundoq qildik, undan yomonlikni va behayolikni qaytarmoq uchun" deyilmagan bo‘lardi. Yusuf alayhissalom qasd qildi, ammo Olloh taolodan qo‘rqdi va shariat haqqini saqladi. Olloh taolo marhamat qiladiki: "Kimki bizshga Yusuf singari sig‘insa, uni Yusufni qutqargandan qutqazurmiz".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:13:29

Hikoyat. Bir ayol imom Muhamma ibn hasan Shayboniyga oshiq bo‘lib qoadi. U yo‘l bo‘yida poylab o‘tirib, imom Muhammad kelganida dedi:
 - Ey mo‘minlarning imomi, sendan bir masalalni so‘ramoqchi edim. Uyga kirgil, so‘rayin.
 Imom uyga kirishi bilan ayol ortidan eshikni berkitdi-da, unga tashlandi. Imom unga qancha nasihat qilmasin, qabul qilmadi.
 - Mening xirsim kuchlidir. Jon achchig‘idan xirs achchig‘i qattiq deyishadi. Meni ko‘rgil, hojatimni ushatib olayin, undan keyin sening murodingni hosil qilayin, - dedi imom.
 Ayol bunga ko‘ndi. Imom tashqariga chiqib, o‘zining vujudidan chiqqan najosatini yuziga, bo‘yniga surtgan holda qaytib kirdi. Buni ko‘rgan ayolning ko‘ngli sovidi.
 - Erkak kishi ham shunday bo‘ladimi, bor ketgil! - deya uyidan chiqarib yubordi. Imom Muhammad uyiga borgach, ming oltinni sadaqa qildi va Olloh taologa shukrona keltirdi. Deydilarki, odamzotdan ikki narsa qolar: ezgulik va yomonlik.
 Ko‘rgilki, Zulayhoning o‘tganiga necha yillar bo‘lsa ham uning yaroqsiz ishini hamon barcha imomlar mehrobda, hamma olimlar minbarda, barcha qorilar anjumanlarda, hamma farzandlar maktablarda o‘qib keladilar. Shuning barobarida Yusuf ham dunyodan o‘tganida qancha yillar bo‘lsa-da, uning ezgu nomi qoldi va uni Olloh kalomi ichida (Oyat) "Haqiqatda u Bizning muxlik qilingan bandalarimizdar", deya qiroat qilinmoqda.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:13:35

Qachonki, Zulayho Yusufni uyga kiritganidan keyin eshiklarni temir zanjirlar bilan berkitganida Yusuf alayhissalom ko‘ngli noxushlikni sezib, ishtoni bog‘ichini tuga boshladi. Buni ko‘rgan zulayho Yusuf ishtoni bog‘ichlari yechmoqda, deb o‘ylab, sevinganidan uyning to‘rida turgan but ustini chodir Bilan yopib qo‘ydi.
 - Ustini yopganing nima edi? - so‘radi Yusuf alayhissalom.
 - Topinadigan butim o‘shadir, undan uyalurman, - dedi Zulayho.
 - Sen bir sanamdan uyalganingda men nega Ollohdan andisha qilmayin, - dedi Yusuf alayhissalom.
 Ba’zilar aytadilakrki, Yusuf bu ishni qilayinmi, Deya ikbilanib qoldi. Qulning o‘z murodi ustidan erki bo‘lmasdi, ammo Yusufni o‘zi ko‘rgan dalillar to‘xtatib qolgandi. O’sha dalillar nima edi?
 Biri shuki, Yusuf "Qanoti yulingan qushday bo‘lishni istaysan-mi? Boshqa qushlar ko‘kka uchsa, sen yerda qolursan", degan ovozni eshitgandi.
 Yana biri shuki, uy shiftida Ya’qub alayhissalomni ko‘rganda va u "Ey Yusuf, payg‘ambarlardan ekanligingni unutib, ahmoqlar ishini qilasanmi?" degan edi.
 Yana biri shuki, uyning shiftida "Ey Yusuf, zino qilmagin!" degan yozuvni ko‘rgandi.
 Yana biri shuki, Azizi Misrni ko‘rgandi. Yana aytishlaricha, Zulayhoning yuziga boqqanda, ko‘ziga ko‘rksiz ko‘rindi: yuzi yong‘oq kabi qavargandek, lablari habashiylar lablaridek, ko‘zlari chaqir, burun teshiklari keng holda namoyon bo‘ldi. Bu holatni ko‘rgan Yusuf alayhissalom yuzini o‘girdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:13:42

- Ey Yusuf, bittagina so‘zim qoldi, sabr qilgin aytib olayin, - dedi zulayho.
 Ammo Yusuf alayhissalom ortiga burildi, Zulayhodan kechmoqqa tushdi. Zulayho yusufni tutmoqchi bo‘lib o‘rnidan turdi, biri qochdi, ikkinchisi quvladi. Yusuf alayhissalom qaysi eshikka yetgani hamoni Olloh qudrati bilan eshikning temir zanjirlari o‘z-o‘zidan ochilardi. Bir-birlarin qocha-quva yettinchi eshikka yetganlarida Zulayho Yusuf alayhissaloming etagidan tutib oldi, tortganida etak yirtilib, bir parchasi qo‘lida qoldi. (Oyat) "Ular har ikkalasi darvoza tomon yugirdilar va u Xotin Yusufning orqa etagidan yirtib oldi hamda darvoza oldida ul xotinning erini uchratib qoldilar". Eshik oldida o‘z erini ko‘rgan Zulayho aybni Yusuf alayhissalomga ag‘dardi:
 - Seni uyingda xotining yomonlik qilgan, taomingga qo‘l cho‘zgan odamning jazosi nimadir? - dedi Zulayho o‘zini oqlamoqchi bo‘lib.
 - Mening ayolimga kim yomonlik qildi, kim qo‘lini cho‘zdi? - dedi eri.
 - Uyda yotgan edim, Yusuf kirib qoldi, yolg‘izligimni ko‘rib, menga qo‘l cho‘zgani qasd qildi. Achchig‘imdan uni quvib chiqqanimda, sen duch kelding, - dedi zulayho.
 Latifa. Zulayho kofira edi, o‘z ayblarini Yusufga ag‘dardi. Zulayho bir soat ichida uchta makr tuzdi. Avvalo aybini o‘z zimmasidan Yusufga ag‘dardi; keyin uni o‘ldirib qo‘yadilar deb qo‘rqdi-da, zindonga solishni talab qildi; Yana zindonga soldirganim uchun menga nisbatan adovat uyg‘onadi deb o‘yladi-da, qattiq azobga solishini tiladi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:13:49

- Men seni sotib olgandim, ishonchli va ixlosli deb bilgandim, o‘g‘il tutingandim. Bularning evaziga shunday javob qildingmi? - dedi aziz Zulayhoning iddaslarini eshitgach, Yusufnga qarab.
 - Men pokman, gunohim yo‘q, - dedi Yusuf alayhissalom o‘zini himoya qilarman. - Zulayhoning o‘zi qasd qildi, quvladi, qochib chiqdim.
 - Sen unday deysan, bu esa bunday deydi. Qaysi birlaringgizning so‘zlaringiz yolg‘on ekanligini bilmay qoldim, - dedi Aziz bu gaplardan ojiz qolib, hayolga cho‘markan.
 - Bu ishga shoshilmagin, yaxshi o‘ylab olgil, - dedi Yusuf alayhissalom.
 - Pokligingga qanday guvohlik keltirasan? - So‘radi aziz. Shunda Yusuf alayhissalom Zulayhoning Talhon ismli xizmatkorining beshikda yotgan to‘rt oylik chaqalog‘ini ko‘rsatdi.
 - Ey Yusuf, gunoh qilganing, yolg‘on so‘zlaganing yetmasmidi, yana mening ustimdan kularsan? To‘rt oylik bola qanday qilib so‘zlasin? - dedi Aziz ginaxonlik qilib.
 - Menga yaqin kelgin, so‘zlarimdan hursandchilik va farq toparsan, - dedi chaqaloq shunda azizga qarab. Aziz bolaning oldiga keldi. - Ey Aziz, Yusufning ko‘ylagini oldi tomonidan yirtilgan bo‘lsa, Zulayho rostgsho‘ylardan bo‘lar, Yusuf yolg‘onchilardan bo‘lar. Agar ko‘ylakning orqa tomnidan yirtilgan bo‘lsa, Yusuf rostgo‘ylardan bo‘lar, Zulayho yolg‘onchilardan bo‘lar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:14:05

Savol: Chaqaloq Zulayho yolg‘on aytdi, Yusuf to‘g‘ri so‘zladi, Deya aniq-ravshan nishorna bermasdan, ishorat bilan gapirdi. Buning boisi nimada?

 Javob: mahluq (yaratilmish)larning gunohliklari ikki narchadan biriga nishona beradi: yo poklaydi, yo ravo qiladi. Ammo bu bola Olloh taolo dargohidan so‘z so‘zladi. Shu sababdan yolg‘on so‘zlash ravo emasdi, rost gap aytilsa rasvolik bo‘lardi. Rasvo qilmoq Yaratganga ravo emas, shu jihatdan Zulayhoning pardasini ochmadi, balki ibrat Bilan emas, ishorat bilan bildirdi.

Foyda. Ey mo‘‘min, o‘z gunohingni o‘zgalarga yuklamagin, yuklaguday bo‘lsang, Olloh uning pokligini albatta bildirib, seni rasvo qilgay. Zinhor biror kimsaga dushmanlik qilmagilki, u ham senga dushmanlik qilmasin. Birodiring aybini odamlar oldida ochmagin. Negaki, Yusuf alayhissalom ham zarurat bo‘lmaguncha o‘zini oqlashga intilmadi.

 Chaqaloq bergan nishona ravshan bo‘lmasa ham Azizi misr mulohaza Bilan angladi. U Yusufning etagiga qarab, orqasi yirtilganini ko‘rdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:14:24

- Bu siz ayollarning hiylangiz ekan, - dedi Aziz Zulayhoga tanbeh nazari bilan boqarkan. - O’zingizni oqlash uchungunohingizni boshqalarga ag‘darib qutilmoqchi bo‘lasiz. Ayollar makri-hiylasiga chek-chegara yo‘q ekan.
 Aytishlaricha, ayollarning makri shahvat Bilan birga bo‘lganidan ulug‘ turadi, ammo shaytonning makri kichikdir, chunki u Olloh zikri bilan zaiflashdi. Zero. Olloh taolo ham Qur’onda Azizdan habar berarkan "Haqiqatda sizlarning makr-hiylalaringiz ulug‘dir" dedi, Shaytonlar haqida esa "Haqiqatda shaytonning makri zaifdir, hech narsa emasdir" deya marhamat qilgandir.

 Savol: Ayollar hiylasi nimadan ulug‘ bo‘ladi-yu, shaytonning hiylasi nimadan zaif bo‘ladi?

 Javob: Shaytonning hiylasi yashirin bo‘lganidan zaifdir. Ayollar hiylasi ochiqligidan ulug‘ bo‘ur.

 Yana bir javob: Ollohning nomini eshitsa shayton qochib ketadi, ammo ayollar ming oyat o‘qilsa ham qochmaydi.
 Yana bir javob: Shayton hiyla qilgan chog‘da yolg‘iz bo‘ladi, ayollar esa makr boshlasalar ularga shayton quldosh bo‘lur. Shu tufayli shaytonniki zaif, ayollarniki ulug‘dir.

Manbalarda hikoya qilinishicha, bu gaplarni aytgach, Aziz Misr achchiqlanib chiqib ketadi. Shunda Zulayho Yusuf alayhissalomga malomat boshlaydi:
 - Ey Yusuf, sen qochmaganingda men bu holga tushmagan bo‘lardim. Endi men senga shundoq azoblar qilayinki, ularni hali dunyo ko‘rmagan.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:14:32

- Ey Zulayho, sharm qilmading, gunohdan parhez tutmading. Menga qanday zo‘zlar aytilganini o‘zing ham eshitding. Hudodan qo‘rqmading, bandalardan uyalmading. Qo‘lingdan kelganini qilsang, mayli, roziman, - dedi Yusuf alayhissalom.
 - Ey Yusuf, menga shunday zaharning zahrini torttirdingki, men hargiz bu og‘uning totini senga ham torttirmayin qo‘ymasman, - dedi Zulayho.
 Shunda Olloh taolodan adab keldi:
 - Ey Yusuf, baloga uchrading, endi sabr qilgin! Elda yaxshilik Bilan noming chiqsin! Ey Zulayho, erksiz holda ko‘nglingni oldirding, endi tavba qilgin, gunohingni Olloh kechirsin! Ey Yusuf, Zulayhoning sirlarini boshqa ochmagin, dushman bo‘lib qolmasin! Ey Zulayho, o‘z gunohingni birovlarga ag‘darmagil, mening haqqimni saqlagil!
 Shundan so‘ng zulayhoning kundan-kunga holi zabun bo‘lib, kechasi uyqusi, kunduzi oromi qochib, Yusuf alayhissalomga muhabbatlari behad oshib boraverdi. Bo‘lib o‘tgan voqealar Misrning besh-olti ayoliga eshitilib, ular "Zulayho bir qulga oshiq bo‘lib qolib, uni o‘ziga moyil qilmoqchi bo‘lib, hamisha quvlarmish, quli esa qocharmish", deya malomat qila boshladilar.
 Ulamolarning aytishlaricha, malomatchi xotinlar olti kishi edi: vazirning, soqiyning, bakovulning, yasovulning, qozining, hojibning xotinlari edi. Azizi Misrdan so‘ng bu xotinlarning erlari podishohga yaqinroq va ulug‘roq edi. Xotinlarning g‘oyibona malomatlarini eshitgan Zulayho ulardan o‘zini torta boshladi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:14:45

- Ey Yusuf, sen tufayli malomat o‘qiga nishon bo‘ldim. Bir qancha ayollar g‘oyibona malomat qilmoqdalar. Maqsadim shuki, ularni mehmondorchilikka chaqiraman. O’sha vaqtda sen oftobda va dastsho‘y olib kirgin, - Deya tayinladi Zulayho Yusuf alayhissalomni chaqirib, u zot rozi bo‘ldilar.
 Zulayho ularni mehmondorchilikka chorladi. Tansiq taomlar pishirtirdi, hammalarining o‘tirar o‘rinlarini belgilab chiqdi. (Oyat) "Vaqtiki u (Zulayho) ularning hiylalarini eshitdi, ularga odam yubordi va ular uchun chiroyli bir majlis hozirlab qo‘ydi". Ayollarning o‘rinlari belgilangach, har birining oldiga bir tovoqda go‘sht, yoniga pichoq va qovun qo‘ydirib chiqdi. O’sha olti Xotin bilan yana boshqa ayollarni ham, jami qirq xotinni mehmonga chorladilar.
 - Ey mening dugonalarim, qo‘ldoshlarim, shuncha yilki, do‘stlashdik, bordi-keldimiz bor, taomu ne’matlardan bahramand bo‘ldingiz. Bugun sizlardan bir tilagim bor, o‘sha tilagimni bajo qilurmisiz? - dedi zulayho mehmonlari kelib o‘tirgach.
 - Ey Zulayho, nima tilaging bo‘lsa, aytgil, hozirmiz, - deyishdi xotinlar ta’zim bajo qilib.
 Chodirlaringizni kiysangiz, yuzlaringizni o‘rasangiz, pichoqlarni qo‘lingizga olsangiz. Do‘stim Yusuf kelganida mening ko‘nglim uchun oldingizda go‘sht va qovunlardan kechib, Yusufning og‘ziga qarab otavering. Kim ko‘proq tirishsa, kattaroq bo‘lakni kesib, Yusufning og‘qziga qaratib otsa, unga kattaroq mukofot in’om etaman, - dedi Zulayho.

Qayd etilgan