Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 116924 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 ... 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 16:14:58

Hammalari rozi bo‘lishgach, Yusuf alayhissalomga odam yubortirib, chorlatdi. Ul zot ham Zulayhoning so‘zi sinmasin, Deya chiqib keldilar. (Oyat) "Vaqtiki, u xotinlar Yusufni ko‘rdilar, g‘oyatda hayratda qoldilar. Va u xotinlar bamisoli kunduz kuni chiqqan quyoshni ko‘rdilar".
 Payg‘ambar alayhissalom dedilar: "Me’roj tunida Yusufni ko‘rdim, u to‘lin oyga o‘xshardi. Kimki Yusufning yuiza boqsa, u aksini unda ko‘radi. Misli ko‘zguda ko‘rganday. Yuzi ko‘rklik, sochlariu zun kokil, qadlari uzun bo‘ylik, oq yuzlik, shaxlo ko‘zlik, ingichka bellik, yo‘g‘on bilaklik, dumaloq boshlik edi. Kulsa tishlaridan nur taralar edi".
 Yusuf alayhissalomni ko‘rgach, ayollar shoshganlaridan pichoq Bilan go‘shtni kesib, "Yusufning og‘ziga tekkizayin", deyach ota boshladilar. Ko‘zlari Yusuf alayhissalomga bog‘lanib qolgandi. Bir ko‘z bilan ikki ishni bitirib bo‘lmas ekan. Ko‘zlari Yusufni ko‘rar, tillari Yusufning nomini tilga olar edi-yu, go‘shtning o‘rniga barmoqlari va qo‘llarini kesdilar. Va tillarida "Menga kelaqol, chunki men dugonalarimdan ko‘ra go‘zalroqman!" Deya chorlaganicha, Yusuf alayhissalomning ko‘rkiga mahliyo bo‘lib, qo‘llarini to‘g‘raganlarini ham, kiyimlari qip-qizil qonga bo‘yalganini ham sezmasdilar.
 Qatoda rahmatulloh aytadilar: "Qo‘llarini bilaklariga qadar kesdilar. Negaki, ko‘zlari va ko‘ngillari bilan Yusufning jamolini ko‘rib, og‘riqni sezmadilar".
 Vahab ibn Munahhab aytadilar: "Ular qirq xotin edilar, ularning to‘qqiz ayoli o‘ldilar".
 - Subhanolloh! Bu odam bolasi emas, farishtaning yerdagi aksidir deyishdi xotinlar. - Olloh taolo o‘zining jamolini ko‘rsatish maqsadida uni yerga jo‘natdilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:15:16

Zulayho ko‘rdiki, xotinlar go‘sht to‘g‘radilarmi yo qo‘llarini to‘g‘radilarmi, bilmas edilar. Bu manzaradan Zulayho kuldi-da, Yusufga "Uyga kirgil!" dedi.
 - Qo‘llaringizga boqing, - dedi Zulayho xotinlarga qarab. Ko‘rsalar hammalarining barmoqlari, bilaklari bo‘g‘in-bo‘g‘inlaridan kechilmish, kiyimlari qip-qizil qonga bo‘yallmish. - Sizlar bir martagina ko‘rib, qo‘llaringizni to‘g‘radingizlar. Erta-yu kech uni ko‘rib turgan holda men qandayin ham sabr qilayin?! Qandayin ham oshiq bo‘lmayin?! Malomat qilishlikka arzirmikan yo yo‘q?
 Xotinlar hijolatdan boshlarini qo‘yi soldilar. So‘zlagudek hollari qolmadi. Zulayho tahsinlar aytib, ko‘p uzrlar so‘rashdi. Zulayho qilgan ishiga iqror bo‘ldi. Aytdilarki, chiroqni ko‘rib, o‘zini o‘tga urgan parvonani malomat qiladilaru, ertasi o‘zlari ham parvona kabi chiroqqa kelib quyiladilar.
 - O’z qulingga oshiq bo‘lding, Deya malomat qildinglar, bundan tonmayin, - aybini tan oldi Zulayho. - Yusufni huzurimga chaqirib, eshiklarni berkitdim, ko‘ylagi etagini ham men yirtdim. Ammo, Yusuf o‘zini saqladi, menga bo‘ysunmadi. Bilinglarki, bu Yusuf ko‘hlikdir, pokizadir, ham zohid va olimdir. Men uning ko‘ngliga ma’qul tushmadim, rasvo bo‘ldim, El malomatiga uchradim, sharmanda bo‘ldim. Agar u mening buyrug‘imga itoat qilmasa, albatta zindonga tashlaturman.
 - Bu ishingdan qaytgin, - deyishdi xotinlar. - Bu ishni bizlarga qo‘yib bergin, uni zindon Bilan qo‘rqitib, senga moyil qilib beraylik.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:15:24

- Ey Yusuf, Zulayhoni nima uchun qabul qilmading, - dedilar xotinlar Yusuf alayhissalom chaqirtirib o‘rta olishgach. Ammo har qaysisining ko‘nglida uni o‘zlariga moyil qilish orzusi bor edi. - U seni qancha miqdorda mol berib, sotib olgan-ku! U seni o‘ldirsa ham, har qancha azob bersa ham haqlidir.
 -Iloho, avvaliga Zulayho yolg‘iz edi. Endi unga olti Xotin qo‘shildi. Yettoviga qarshi men ne qilay? Holim ne kechar? Bularning yo‘liga yurgandan ko‘ra zindon yaxshiroqdir.
 Rasul alayhissalom aytibdurlar: "Olloh taolo birodarim Yusuf alayhissalomga rahm qilsin. O’sha kunda Yusuf alayhissalomning o‘rnida men bo‘lganimda zindonga tashlanishga ko‘nmagay edim. "Iloho, meni zindondan va xotinlar balosidan o‘zing asragin", der edim".
 Deydilarki, ul xotunlarning Yusuf alayhissalomni zindonga soldirmoqlikdan niyatlari shu Ediki, "Yusuf zindonband etilsa, Zulayhodan uzoq bo‘ladi, biz ham har doim borib ko‘rishga, go‘zal yuziga to‘yib termulishga muyassar bo‘lgaymiz" degan.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:15:33

Savol: Yusuf alayhissalom uchun qiynoqlar va jazolar ko‘p edi. Nega Zulayho bilan Azizning ko‘ngliga zindondan boshqa azob berish kelmadi, buning hikmati nimada edi?

Javob: Olloh taolo bir avliyo qulini zindonga kiritgandi. U zotning ko‘nglida Yusuf alayhissalomning muhabbati bor edi. U "Hudoyo, menga Yusufning jamolini ko‘rgazgil!" deb duo qilgandi. Tangri taolo uning duosini ijobat qildi. Shu bois Zulayho bilan Azizning ko‘ngliga solindiki, ular Yusuf alayhissalomni zindonga soldirdilar. O’sha avliyoning murodi hosil bo‘ldi. AytishlarichA, Yusuf alayhissalomni zindonband qildirmoqlikdan Zulayhoning maqsadi shu Ediki, "Men El ichida ovoza bo‘ldim, Yusufni ilgarigidek ko‘rgim ham yo‘q. Men ko‘rsam, o‘zgalar ham ko‘rmasinlar" deb.
 Aytdilarki, Aziz ham, Zulayho ham Yusuf alayhissalomdan boshqalardan ko‘rmagan narsalarni: etakni yirtmog‘ini, chaqaloqning guvohini, qo‘llarning kesilganini, xotinlarning "Bu odamzotning farzandi emas", degan iqrorlarini, Yusufni pokizaligini ko‘rdilar. Zindonga solinmog‘iga sabab ham manna shunda edi.
 Deydilarki, Yusuf alayhissalomni zindonga olib kelishganda zindonbon "Yusufning kiyimlarini almashtiraylik", deganda bunga Zulayho ko‘nmadi: "Buning zindonga kirguday gunohlari yo‘q. Biz uni odamlardan asramoq uchun zindonga kiritdik", dedi. Shundan so‘ng zindonni tozaladilar, hushbo‘y qildirdilar, bisotlar to‘shadilar, taxt qo‘ydirdilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:15:55

Yusuf alayhissalom zindonga "Bismillahir rahmanir rahiym", deb kirdilar va so‘ngra "Assalomu alaykum, ey ahli zindon!" dedilar. Zindoniylar ham "Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuhu", deb javob qildilar. Yusuf alayhissalom borib taxtga o‘tirdilar, u zot kirgach, zindon yorishib ketdi, bundan zindoniylarning sevinchlari oshdi.
 Bir vaqtdan so‘ng asr namozi vaqti kirdi. Namoz o‘qidilar, so‘ngra yig‘ladilar, zindoniylar ham qo‘shilib yig‘lashdi. Olloh taolo shundan so‘ng zindonda Yusuf alayhissalom namoz o‘qib turganida Olloh taolo Jabroil alayhissalomni yubordi. U zot uzumga o‘xshash mevani keltirib, Yusuf alayhissalomning og‘ziga soldilar, meva eridi va hamma tomirlariga yoyildi, tushlar ta’biri shu orqali singidi.
 Msir xalqi turli taomlar olib, Yusuf alayhissalomni ko‘rgani kelar edilar. Qo‘li kesilgan xotinlar ham tansiq taom pishirib, zindonga keltirar edilar. Yusuf alayhissalom bu taomlarni zindon ahliga tarqatardi.
 - Ey yusuf, bizlar seni behad sevarmiz, - dedilar zindoniylar.
 - Olloh o‘zi asrasin! - dedi Yusuf alayhissalom bunga javoban va qattiq yig‘ladi. - Otam jondan azizroq tutgandi, - quduqqa tushdim, ozod edim, qul bo‘ldim. Zulayho jonidan ortiq ko‘rgandi - zindonga tushdim. Endi sizlar suyar bo‘lsangiz, boshimga Yana ne mashaqqatlar tushar ekan.
 Ertasi kuni namozni ado etgach, mehrobda turib, zindoniylarga ilm o‘rgatayotgan chog‘da ikki yigitni zindonga olib keldilar. Ularning biri Rayyon podshohning bakovuli, Yana biri esa podishohning soqiysi edi. Bakovulni Malso, soqiyni Sanvo derdilar.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:16:03

Savol: U ikkiovning zindongakirmog‘ligiga nima sabab bo‘lgan?

Javob: Abdulloh ibn abbos ayturki: "Rum podshohi Misr podshohi bilan xusumatli edi. Negaki, Rum podishohi misrga elchi yuborib tayinladi. Misrliklar bizga hiroj bersin va nomimizga pul zarb qilsin!", bu amr bajarilmagach, xusumat paydo bo‘ldi.
 - Rayyon podshohni qanday qilib daf qilarmiz, - dedi rum podishohi vazirlarini mashvaratga chorlarkan.
 - Rayyonning ikki ishonchli odam bor: biri bakovul va biri soqiy, - dedi vazirlardan biri. Ularga ko‘p mol bersak, soqiy sharob bilan bakovul taom bilan zahar berib o‘ldiradilar. Murodimiz hosil bo‘ladi.
 Bu gap podshohga ma’qul tushadi. Ikki odamga ko‘pdan-ko‘p mol-dunyo, zer-zavarlar va shirin va’dalar berib, Misrga jo‘natdi. Elchilar misrga kelganlarida kun kech bo‘lib qoladi. Tunashga uy qidirib yurib, bir kampirga duch kelishdi.
 - Qo‘noq kerakmi? - deyishdi elchilar eshigi ostonasida o‘tirgan kampirga.
 - Menday kampirni istasanglar, tushaveringiz, - dedi kampir.
 Tunagani tushdilar, ammo otlarini boylashga joy topmadilar. Bundan kampirning jahli chiqdi:
 - Podshohimizga tangri o‘lim bersin!
 - Podshohni qarg‘amoq - yomon ishdir, - deyishdi elchilar.
 - Otamdan uy bilan yer qolgan edi. Endiga kelib uni mendan tortib oldilar. Bugun mehmonlarning otini boylashga joy topolmasman, - dedi kampir, zarda bilan.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:16:43

- Biz ikkovimiz bir bo‘lib, podshohga zahar bersak bo‘larmikan? - deyishdi elchilar kampirning podshohdan norizo bo‘lganini fahmlab.
 - Podshohning soqiysi va bakovuli bor. Ular ikkovi meni ona o‘rnida ko‘radilar, - dedi kampir. - Ular mening oldimga kelib turadilar. Kelganlarida ularga mol-dunyo bersang, ishingni bitirib berarlar.
 Kampir elchilarni bakovul bilan soqiyning uyiga olib borib, tanishtirdi, do‘st tutindilar. Elchilarning gapiga ko‘ndilar.
 - Rayyon podshoh bizlarga ishonib, o‘ziga xos qildi. Uning tufayli ko‘plab mol-dunyo egasi bo‘ldik. Agar elchilarning aytganini bajarsak, podshohga ko‘rnamaklik qilgan bo‘lamiz. Men bundan ishni qilishni or deb bilaman, - deya andishaga bordi soqiy.
 - Ey soqiy, Rayyon senga ishonch bildirib, o‘ziga yaqin qildi, uning yaxshi otini mingding, yaxshi to‘nlarini kiyding. Endi bir dushmanning yolg‘on va’dalariga ishonib, ko‘rnamaklik qilasanmi, hiyonatga qo‘l urasanmi? - dedi kampir uning o‘ylanib qolganini ko‘rib.
 - Men ham shunday andishaga borgandim, sening fikrlaring menga quvvat bo‘ldi, - dedi soqiy va bundan qarori qat’iylashdi, so‘ngra rayyonga borib aytdi: - Ey podishohi olampanoh, men bakovulning hatti-harakatida shubha sezyapman. U biror shumlik boshlab qo‘ymasin, degan havotirdaman, habardor bo‘lib tursangiz undan.
 - Men soqiy bilan birgalikda sendan yoman shubha-gumonlarga bordik, - dedi podshoh bakovulini chorlatib.
 - Menda hech shubhalanadigan ish bo‘lgani yo‘qdi, - dedi bakovul o‘zini oqlab. - Ammo soqiydan men ham gumondaman.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:18:30

Rayyon so‘zlardan so‘ng har ikkisini ham gumon qilib, Azizi misrga maslahat soldi.
 - Odam o‘ldirish oson ish, - maslahat qildi aziz, - tiriltirmoq mushkul. Yaxshisi bularni zindonga solgan ma’qul.
 Podshohga bu maslahat ma’qul kelib, ikkalalarini zindonga yuborganda Yusuf alayhissalom zindoniylarga nasihat qilib, ularning tushlarini ta’birlab turgan edi. Ikkiovlarik yengashdilar.
 - Bu kecha tush ko‘ribman, - dedi soqiy Yusuf alayhissalomni sinamoqchi bo‘lib. - Tushimda bir tup tokni ko‘rdim, uch bosh uzumi bor edi. Ularni siqib, suvini qadahga solib, falakka qadah tutar emishman.
 - men esa tushimda uchta tandirni ko‘rdim: biri oq, biri qora, biri qizil. Uchovida ham non pishirib, boshimga qo‘yib, podshoha olib boray deganimda havodan qushlar kelib, talashib olib ketdilar, - dedi bakovul ul ko‘rgan tushini bayon qilib.
 Ular tushlarini aytib tugatgach, ta’birini so‘radilar. Yusuf alayhissalom ko‘rsalarki, birining tushi hayrli, biriniki esa hayrsiz edi. Ko‘ngliga keldiki, "Bularni imonga da’vt qilayin, tushlari hayrsiz ro‘yobga chiqsa ham mo‘min bo‘lib o‘lsinlar", deya.
 - yomon oqibat sodir bo‘lmasdan burun sizlarga ta’birini aytib berayin. Qani aytinglar-chi, uzum oqmidi yo qizilmidi, achchiqmidi yo chuchukmidi? Nonlari qanday edi-yu, idishlari qay tarzda edi? Hammasini so‘zlab bering, - dedi Yusuf alayhissalom ulardan so‘rarkan. Va bu belgi-alomatlarni ham o‘zlari aytib berdilar.
 - Idish ham bizniki edi, taom ham bizniki edi. Sen qaerdan bilasan ularni? - taajublanishdi ikkovlari ham.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:19:55

Rayyon so‘zlardan so‘ng har ikkisini ham gumon qilib, Azizi misrga maslahat soldi.
 - Odam o‘ldirish oson ish, - maslahat qildi aziz, - tiriltirmoq mushkul. Yaxshisi bularni zindonga solgan ma’qul.
 Podshohga bu maslahat ma’qul kelib, ikkalalarini zindonga yuborganda Yusuf alayhissalom zindoniylarga nasihat qilib, ularning tushlarini ta’birlab turgan edi. Ikkiovlarik yengashdilar.
 - Bu kecha tush ko‘ribman, - dedi soqiy Yusuf alayhissalomni sinamoqchi bo‘lib. - Tushimda bir tup tokni ko‘rdim, uch bosh uzumi bor edi. Ularni siqib, suvini qadahga solib, falakka qadah tutar emishman.
 - men esa tushimda uchta tandirni ko‘rdim: biri oq, biri qora, biri qizil. Uchovida ham non pishirib, boshimga qo‘yib, podshoha olib boray deganimda havodan qushlar kelib, talashib olib ketdilar, - dedi bakovul ul ko‘rgan tushini bayon qilib.
 Ular tushlarini aytib tugatgach, ta’birini so‘radilar. Yusuf alayhissalom ko‘rsalarki, birining tushi hayrli, biriniki esa hayrsiz edi. Ko‘ngliga keldiki, "Bularni imonga da’vt qilayin, tushlari hayrsiz ro‘yobga chiqsa ham mo‘min bo‘lib o‘lsinlar", deya.
 - yomon oqibat sodir bo‘lmasdan burun sizlarga ta’birini aytib berayin. Qani aytinglar-chi, uzum oqmidi yo qizilmidi, achchiqmidi yo chuchukmidi? Nonlari qanday edi-yu, idishlari qay tarzda edi? Hammasini so‘zlab bering, - dedi Yusuf alayhissalom ulardan so‘rarkan. Va bu belgi-alomatlarni ham o‘zlari aytib berdilar.
 - Idish ham bizniki edi, taom ham bizniki edi. Sen qaerdan bilasan ularni? - taajublanishdi ikkovlari ham.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:20:53

- (Oyat) "Har kuni rizqlanib turgan taomlaringiz kelmay turib, men sizlarga tushlaringiz ta’birini aytib berman. Bu narsa esa menga parvardigorimning ta’lim bergan narsalaridandir, - dedi Yusuf alayhissalom".
 - Bu karomatni qanday topding?
 - (Oyat) "Haqiqatda men Ollhga imon keltirmaydigan qavmlarni tark etdim. Kofirlardan uzoq bo‘ldim".
 - Bu yo‘lni tark qilgaen bo‘lsang, qaysi yo‘ldan yurursan?
 - (Oyat) "Men otalamri Ibrohim va Ishoq hamda Ya’qublarning tutgan yo‘llariga ergashdim".
 - Otalaring bu yo‘lni nimadan topdilar.
 - Olloh taologa hech kimni sherik qilmadilar, - dedi Yusuf alayhissalom. - (Oyat) "Bu esa Ollohning bizlarga va boshqa inosnlarga bergan fazlu-karamidir, lekin odamlarning ko‘pchiligi bunga shukur qilmaydilar.
 Ey mening zindoniy ikki qo‘ldoshim, yaratilgn ilohlar yaxshiroqmi yo Yaratuvchi Olloh yaxshiroqmi? Siz o‘zingiz butlar yasaysizu uni iloh deb aytasiz. Vaholanki (Oyat) "Olloh taolo ular uchun hech bir dalil tushurmagandir". Taqdir hukmi ham, hamma amrijrosi ham Ollohdandir. Ey soqiy, tushingning ta’biri shuki, uch kundan keyin seni zindondan ozod qiladilar. So‘zingning rostligi ma’lum bo‘lib, senga sarupolar berib, uzrlar aytib, mansabingga qaytarurlar, izzat-hurmating oldingidan ham ziyoda bo‘lur.
 Soqiy bu ta’birdan behad sevindi. Bakovul ham ko‘rgan tushining ta’birini istagandi, Yusuf alayhissalom "Ta’biri yo‘q", deya aytmadilar. Bakovul ko‘p qistovga oldi.

Qayd etilgan