Nosiruddin Rabg'uziy. Qisasul anbiyo  ( 116928 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 B


shoir  23 Iyul 2008, 16:21:05

- Seni zam uch kundan keyin zindondan chiqararlar. Maydonga olib chiqib, . . . osarlar, qush-qumrsqalar kelib, go‘shtlaringni tortishib yerlar, - dedi Yusuf alayhissalom.
 - Men tush ko‘rganim yo‘q, yolg‘on aytgandim, - dedi bakovul.
 - Aytdingiz, ta’bir qildim, hxlasangiz ham, hoxlamasangiz ham bu ishlar Olloh tomonidan hukm qilib bo‘lingan, taqdirda shunday yozilgan, hukm o‘zgarmaydi, - dedi Yusuf alayhissalom.
 Uch kundan so‘ng ikkisini ham zindondan chiqardilar. Biri mukofotga, biri jazoga giriftor bo‘ldi, birining martabasi ko‘tarildi, brining esa oyog‘i yerdan ko‘tarildi, osildi.
 - Podshohga yaqin bo‘lganingda meni esingga olgin, meni bu yerdan ozod qilsin, - dedi Yusuf alayhissalom soqiy zindondan chiqayotgan chog‘ida.
 Bu so‘zlar Olloh dargohida xush kelmadi, negaki bu fikrni uning diliga shayton solgandi. Jabroil alayhissalomga farmon bo‘ldi.
 - Ey Yusuf, seni otang bilan qovushtirgan kim? - so‘radi jabroil alayhissalom.
 - Olloh taolo, - dedi Yusuf alayhissalom.
 - Birodarlaring qo‘lidan seni kim qutqardi?
 - Olloh taolo.
 - Ayollar makridan seni Kim saqladi?
 - Olloh taolo.
 - Olloh taolo senga shuncha ezguliklar qiladi-yu, sen nega Ollohni qo‘yib, boshqalardan haloslik istaysan, bandalarni rabbim deyursan? Izzatu jalolim haqqi-hurmati seni soqiyga unuttirgayman, Yana yillar davomida zindon ichida qoldirgayman, - degan farmonni yetkazdi jabroil alayhissalom.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:22:20

Keyin Shayton soqiyga Yusuf haqida podshohga aytishlikni ununntirdi, yetti yil Yana zindon ichida qolib ketdi.

Savol: Olloh taoloning soqiyga shayton tufayli unuttirmog‘ida ne hikmat bor edi?

Javob: Agar soqiy unutmaganda, podshohga aytganida Yusuf alayhissalomni zindondan chiqarsalar edi, podshoh "uni men chiqardim", deya minnat qilgan bo‘lardi. Olloh talo ularning minnatini Yusuf alayhissalomga ravo ko‘rmadi, o‘z fazli-karami Bilan chiqardi, minnat Olloh taolodan bo‘ldi.
 Bir kuni jabroil alayhissalom kelib, Ushbu duoni o‘rgatdilar: "Rahmli va mehribon Olloh nomi Bilan boshlayman. Ey barcha ulag‘larning ulug‘i. Na sherigi, na o‘xshashi bor va har narsaga qodir zot! Quyosh va yorug‘ oyni yaratguvchisi, yosh go‘dakka rizq berguvchi va ulug‘ yoshli mo‘ysafidga rahm qilguvchi va o‘liklarni tiriltirguvi zot!
Daryodan yettita sigir chiqdi: sariq tusli, yuzlari oq, yelinlaridan sut oqib turardi. Keyin yana yetti sigir chiqdi: oriq, tishlari to‘ng‘iznikiday, burni filnikiday. Oriq yetti sigir semiz yetti sigirni yedi, qorni to‘ymadi. Bundan tashqari yetti tup bug‘doyni ko‘rdim: poyasi sabza, donlari to‘la edi. Oriq sigirlar u donlarni yegani qasd qildi. Ammo yeb ulurmasan Yana yetti tup bug‘doy paydo bo‘ldi: quruq, kamdon edi. U quruq bug‘doy, serdon bug‘doyga chirmashib, uni quritdi. Shu payt bir qattiq shamol paydo bo‘ldi va yetti oriq sigirni, yetti tup kamdon bug‘doyni yo‘q qildi. Bundan qo‘rqib uyg‘onib ketdim. Ey muabbirlar, bu tushimning ta’birini aytinglar!"
 Muabbirlar tush ta’birini topa bilmadilar, uch kun maslahat so‘radilar. Uch kundan so‘ng qo‘rqqanlaridan "Bu tush parishon va bo‘lg‘anch tushdir. Uning ta’biri yo‘q", deyishdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:22:27

Aytishlaricha, o‘sha kecha Yusuf alayhissalom ham tush ko‘rdilar. Bir kishi osmondan tushib, Misr boyliklarini keltirib, Yusuf alayhissalomning qo‘yniga solardi. Yusuf alayhissalom bo‘lsa ularning hammasini qaytarib berardilar. Uyqudan uyg‘ongach, o‘z tushlariga ta’bir qilgach, zindon ahlini xushnud qildi:
 - Ey do‘stlar, sizlarga sevinchli bo‘lsin, hammalaringiz zindondan qutilib chiqqaysiz. Misr xalqi sizga qul bo‘lur, ular och, siz esa to‘q bo‘larsiz.
 Aytishlaricha, shu kecha Zulayho ham tush ko‘rdi. Tushlarida Yusuf alayhissalom taxt ustida o‘tirgan emish, boshlarida toj. Zulayho uning oyoqlariga yiqiladi, ammo Yusuf alayhissalom uni oyoqlari bilan itarib tashlaydi. Zulayho lolu hayron bo‘lib uyg‘onadi, oh urib "tushimda ham meni ho‘rlar, bo‘ysunmas!" deb yig‘lardi.
 Xullas, muabbirlar podshohning tushiga ta’bir topolmay ojiz qoldilar.
 - Shunchi yildan beri meni nonu tuzimni yedinglar. Uyalmasdan mening tushimni parishon va bulg‘anch dersizlar, - dedi podshoh g‘azablanib va kattalarini o‘ldirtirdi, bir nechasini yurtdan chiqarib, quvib yubordi.
 Shu payt zindondan qutilib chiqqan soqiy Yusuf alayhissalomni yodga oldi. Yusuf alayhissalomni Zulayho ham, Misr xalqi ham yetti yilgacha unutgan edi.
 - Bu tushning ta’birini bilguvchi oldiga men boraman, uning oldiga yuborgil, - dedi soqiy Riyonga.
 - U kimdir? - so‘radi podshoh.
 - Go‘zal suratli bir dono va rostgo‘y yigitdir, - dedi soqiy.
 - U yigit qaerda?
 - U yigit zindondadir.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:22:41

Rayyon soqiyni zindonga yubordi. Soqiy Yusuf alayhissalom oldiga kelgach, so‘zining ustidan chiqmagani, Yusuf alayhissalomni podshohga eslatib qo‘ymagani uchun hijolat tortib, ko‘p uzrlar so‘radi:
 - Sizni faromush qilibman, gunohimdan o‘tsangiz, - dedi soqiy. - Ey to‘g‘ri so‘zlik, dono yigit ma’zur tuting.
 Aytishlaricha, ular kfoir edilar, shu bois Yusuf alayhissalomni donno deya e’zozladilar. Kofirlar kofirlik hollarida ham uni olim deb hurmatladilar. Kimki olimni hurmatlasa, farishtalar qatorida bo‘lar, kimki olimni ho‘rlasa, Iblis qatorida bo‘lar.
 - Ey Siddiq, bir mushkul tushki, uning ta’birini bilishga kelibman. Rayyon podshoh tush ko‘ribdi: yetti oriq sigir yetti semiz sigirni yer. Yetti tup quruq bug‘doy yetti tup sabza bug‘doyga chirmashib quritidir. "Bu tushimizni ta’birlasin", deya meni oldingizga yubordi, - dedi soqiy.
 - Yetti semiz sigirning ma’nosi - yetti yil ma’murchilik bo‘lgay. Yetti tup sabza bug‘doy ma’nosi shuki, yetti yil hosil mo‘l bo‘lib, taom serob bo‘lgay. Yetti oriq sigir - yetti yil qahadchilik bo‘lishidan darak. Yetti quruq bug‘doy - yetti yil qurg‘oqchilikdan shohidlik berar, yetti yil yomg‘ir yog‘mas, ocharchilik bo‘lar. Odamlar non deb jon bergaylar. Ota o‘g‘lidan, ona qizidan qochgay, - dedilar Yusuf alayhissalom tush ta’birini bayon qilarkan.
 Rasuli akram s.a.v. dedilarki: "Birodarmi Yusufga rahmat! Shuncha yil zindonda yotib ham, tush ta’birini o‘zim borib podshohga aytaman, demadi, shu bahonada zindondan chiqmoqni ihtiyor etmadi. Agar men bo‘lsam shu bahonada zindondan chiqar edim. Olloh taolo fazlu karami bilan salomat asrabdi, g‘am zindonida ko‘nglini shodu hurram saqlabdi. Olloh bir bahona tufayli bir podshohni uning huzuriga yuborib, yuz ming izzatu hurmat bilan zindondan chiqarur".

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:22:48

Soqiy Yusuf alayhissalomdan eshitga ta’birlarini borib, podshohga bayon qilibdi. Podshoh hayronu lol qolibdi.
 - Borib uning ta’birini ham so‘rab kelgin, - buyurdi podshoh soqiyga.
 - Yetti yil bug‘doyu tariqni ko‘p ektirsin, yemishlariga yarashasini yanchib, qolganini omborlarga joylasin, - dedi Yusuf alayhissalom ta’bir so‘rab kelgan soqiyga. - Yetti yildan so‘ng yana yetti yil kelgayki, unda osmondan yomg‘ir yog‘aydi, yerdan giyoh unmaydi. Oldin yetti yilda to‘plangan oziqlarni keyinggi yetti yilda yeydilar. Keyin yana farovonlik bo‘lgay.
 Soqiydan bu gaplarni eshitgan podshoh farosatli yigitning aqliga qoyil qolib, hayolga cho‘mdi.
 - Borib, tush ta’birini aytgshan yigitni bu yerga olib kelgin, - buyurdi podshoh. - Bu ishning ta’birini eshitib, ko‘nglim taskin topsin.
 - Podshoh seni huzuriga chorlaydi, - dedi soqiy zindonga qaytib kelib.
 - Zindondan chiqmasman.
 - Nima uchun?
 - gunohim bormi, yo‘qmi, zindonga tushdim. Buning sababini podshoh qo‘li kesilgan ayollardan so‘rasin, ular nima uchun qo‘llarini kesdilar, egnilarini ne sababdan qonga bo‘yadilar, murodlari nima edi? Shularni so‘rab bilsin, mening gunohsizligimga ishonch hosil qilsin. Ungacha zindondan aslo chiqmasman, - dedi Yusuf alayhissalom.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:22:56

Aytishlaricha, uning maqsudi shu ediki, "Ayollarning so‘zlari podshohga ayon bo‘lmay turib chiqsam, Malik Rayyon nima sababdan zindonga tushganimni so‘rab qolsa, xotinlar holini so‘zlab bersam, Rayyon ko‘ngliga bu yoqadimi, yo‘qmi, menga dushmanlik kayfiyati uyg‘ongay. Yaxshisi o‘zi so‘rab bilsin, begunohligimni aniqlasin, so‘ngra chiqayin", degan hayolga borgandi. Payg‘ambar alayhissalom aytibdilarki, "agar o‘shanda men birodarim yusufning o‘rnida bo‘lganimda edi, darhol zindondan chiqqan bo‘lardim. Ammo u bu ishni yaxshi qildi, Malikning ko‘ngli sof va ravshan bo‘lsin, dedi".
 Soqiy kelib bo‘lgan gaplarni podshohga yetkazdi. Podshoh o‘sha xotinlarni va Zulayhoni chaqirdi, Yusuf alayhissalom va Zulayho mojarosini so‘rab-surishtirdi. Xotinlar bu mojaroni podshoh bilan utrib bizlardan so‘ramoqda, deb gumon qildilar-da, bo‘lgan voqeani birma-bir bayon qildilar.
 - Ey podshoh, Yusuf pokiza va begunohdir, unga biz tuxmat qilib, zindonga tashlagandik. Biz o‘zimizni unga bag‘ishlagan edik, ammo u bizlarga qiyo ham boqmadi. Biz unda hech bir ayb ishni ko‘rmadik, - deyishda ayollar ayblariga iqror bo‘lishib.
 - Yusuf mendan shikoyat qilib, hech yomonladimi? - so‘radi parda ichida o‘tirgan Zulayho soqiyga murojat qilib.
 - Sen haqingda bir og‘iz ham yomon gap aytmadi, - dedi soqiy.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:23:06

- Ofarin! Qanday yaxshi er kishiki, qandayin yaxshi olim va obid, qandayin yaxshi taqvodor zotki, mening tuhmatimdan o‘n ikki yil zindonda yotsa hamki, sirimni fosh etmadi, aybdor qilmadi, - dedi Zulayho. So‘ngra chodirdan chiqib keldi-da, podshoh qoshiga turib aytdi: - Ey podshoh, hozirga qadar muhabbatim majoziy edi, endiga kelib haqiqat zohir bo‘ldi, haqiiy muhabbatga erishdim, shu bois haqiqatni aytish payti keldi. Hamma gunoh menda, gunohni unga yuklagan ham men, oshiq bo‘lgan ham men, uyga chaqirgan ham men, quvlab, etagini yirtgan ham men, yolg‘on so‘zlagan ham men, gunohkor ham mendirman. U pok gunohsizdir, - dedi Zulayho.
 Ayturlarki, Zulayho Azizi Misr va rayyon oldida uch so‘zni rost aytgandi: birinchisi - haqiqat zohir bo‘ldi; uchinchisi - men uni o‘zimga moyil qilmoq uchun harakat qilgandim; uchinchisi - haqaqtda u rostgo‘ylardandir. Bu uch so‘zni karomatidan uch karomat topdi: kofira edi - imon topdi, xo‘r edi - aziz bo‘ldi, qari edi - yosh bo‘ldi, Yusuf alayhissalomga juft bo‘ldi.
 - Ey podshoh, - dedi Zulayho iqroriga davom qilarkan, - agar Yusuf bu davrgacha zindonda turmaganida edi, uning ishqida o‘zimni halok qilgan bo‘lardim. Muhabbatim avvalgidan ham ziyoda bo‘ldi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:23:19

Hikoyat. Zulayho Yusuf alayhissalomni zindonga soldirgandan keyin hpam zindonga borib turardi.
 - Borgil, Yusufni bog‘lagil, ayamay tayoq bilan savalagil, toki uning faryodini eshitib turayin, - der edi zindonbonga tayinlab. Ammo bu gap zindonbonga xush kelmay Yusuf alayhissalomga borib aytardi.
 - Zulayhoning tilagini bajo qil, meni urgal! - dedi Yusuf alayhissalom unga javoban.
 - sen bir nido qilgil! - dedi zindonbon bunga unamasdan va zulayhodan qo‘rqqanidan bir tayoqni olib kirib yerga tashlarkan. Yusuf alayhissalom zindonbonning ko‘ngli uchun nido qilardi, Zulayho buni eshitib, saroyga qaytar edi.

 Savol: Zulayho Yusufni sevardi-ku, tayoq Bilan urdirishda nima hikmat bor edi?

 Javob: Zulayho oshiq edi. U "Yusufning yuzini yaqindan ko‘rolmasman, hech yo‘qdir uzoqdan bo‘lsa-da ovozini eshitayin, ko‘nglim ovusin", der edi. Shu kabi mo‘min bandaga ham do‘zah ko‘rsatilgay. Ollohning do‘sti bo‘lgan mo‘min qullar do‘zah qo‘rqinchidan o‘t ichida turib nola qilgaylar. Shunda Olloh taolo (Oyat) "Gunohkor bandalarimning gunohlarini eslab, mendan qo‘rqim ingrashi-rostgo‘y bandalarning baqirib kulgan duosidan mahbubroqdir". Olloh taolo mo‘minlarni suygani tufayli kofirlarga ko‘rsatib, "Hayoti dunyoda meni yod qilgan qullarim bor edi. Ularni bu kun do‘zaxga tashlagandim, ular o‘t ichida turib ham meni yod etarlar", der ekan.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:23:29

Soqiy zindonga borib, ayollar va Zulayhoning so‘zlarini yetkazdi.
- Sening nafsing o‘z xohinlarida haddan oshdi, uning yo‘lidan ozdirishlaridan omonda bo‘la olmaysan, chunki nafs yetmishda shaytondan ham yomonroqdir, - dedi jabroil alayhissalom.
 Aytishlaricha, Yusuf alayhissalom yetti yil zindonda yotdilar. Soqiyga umid bog‘lagani uchun Yana olti yil zindonda qoldirildi. U zot zindonda uch yumush bilan mashg‘ul bo‘ldilar: duo qildi, xalqdan umiz uzdi va sabr qildi. Shu tufayli Olloh taolo unga farah berdi.
 Aytadilarki, Yusuf alayhissalomning so‘zlarini yetkazganlaridan podshohning ishtiyoqi ortib ketdi va zindonga shohona liboslar Bilan odam yubordi.
 - Yusufni meng olib kelinglar. Uni o‘zimga xos qilayin, mamlakat ishlarini unga topshirayin, - dedi.
 - Ey sodiq zot, turgil, seni podshoh chorlaydir. Pokliging aniq bo‘ldi, gunoh va hiyonat boshqalardan chiqdi, - dedi podshoh elchilari.
 Yusuf alayhissalom hushnud bo‘lib, zindon eshigiga kelib boshlarini yuvdilar, sochlarini taradilar, shohona liboslar kiyib, boshlariga toj qo‘ndirdilar.
 - Ey yusuf, bu zindonda ko‘p yillar beri bizga esh edingiz, oshu nonlar berib, ko‘p yaxshiliklar qildingiz. Endi bizlar sizdan ayrilib, qandoq tura olamiz, - deyishdi zindoniylar hammalari yig‘ilishib.
 - Podshohga borib, Yusuf ko‘p yillar zindon ahli bilan ulfat bo‘lib edim. Endi men bu yerdan chiqib ketadigan bo‘lsam, bularning bag‘ri biryon, ko‘zi giryon bo‘lib qoladi. Inoyat qilib, bularni ham ozod qilsin, gunohlaridan o‘tsin, yo‘0qsa meni bulardan ayirmasin deb aytdi degin. - Yusuf alayhissalom shu so‘zlar bilan soqiyni qaytarib yubordi. Soqiydan bu gaplarni eshitgan podshoh zindoniylarning barchasisni ozod qildi, yaxshi liboslar qiydirdi.

Qayd etilgan


shoir  23 Iyul 2008, 16:23:37

Bashorat. Bu kun yer podshohi Yusuf alayhissalomning sharofatlari Bilan zindoniylarni ozod qilib yubordi. Erta kelar kunda Olamlar podshohi muhamma alayhissalomning sharofatlari Bilan barcha osiy ummatlarni do‘zaxdan ozod qilsa ne ajab!
 Yusuf alayhissalom hamma zindoniylar bilan zindondan chiqqanlarida, eshik oldida oltin aravani ko‘rdilar. O’sha davrda podshoh kimga izzat ko‘rsatsa, uni oltin aravaga mindirar eldi. Yusuf alayhissalom oltin aravaga o‘tirarkan, qog‘oz va qalam so‘radilar va unga shu so‘zlarni bitib, zindon eshigiga yopishtirgizdilar: "Bu do‘zax-tiriklarga go‘rdir, do‘stlarga riyozat joyidir, dushmanlarga malomat va ozor joyidir".
 Yusuf alayhissalomni oltin aravaga mindirib, izzat-ikrom Bilan Misrga olib kirdilar.
 - O’n ikki yil oldin qo‘liga zanjir, oyog‘iga kishan urilgan, eshakka mingdirib, zindonga olib borilgan o‘g‘lon shumi?! Qarang, bugun bundayin shohona izzat-*ikromga musharraf bo‘libdi-ya! - deyishda shahar ahli bir-birlariga. - Iloho, o‘sha ho‘rlik nimaga edi-yu, bu izzatlar nimaga bo‘lur.
 - Ul zot kimni istasa aziz qilur, kimni istasa hor qilur. Men uning hukmiga roziman! - dedi Yusuf alayhissalom.
 Vaqtiki, Yusuf alayhissalom podshoh huzuriga kirganida:
 - Assalomu alaykum, marhamatli fuqarolar! - Deya salom berdi.

Qayd etilgan